Mundarija Kirish … 4 I



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə4/11
tarix20.11.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#162830
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Aman

I. ASOSIY QISM
1.1. Releli himoya turlari va ularga qo‘yiladigan asosiy talablar
Energetika tizimlaridagi ko‘pgina shikastlanishlar fazalarning o‘zaro yoki yer bilan qisqa tutashuvlaridan kelib chiqadi. Shikastlanishlarning asosiy sabablariga izolyasiyalarning buzilishi, eskirishi, kuchlanishning normadan oshib ketishi, xizmat ko‘rsatuvchi shaxslarning noto‘g‘ri xizmati va xatolari kiradi, jumladan, uzgichni kuchlanish ostida uzish, qisqa tutatgich qurilmasi ulanib turgan holda kuchlanishni ulash va x.k.
Shuning uchun shikastlanish qachondir sodir bo‘lishi mumkinligini hisobga olgan holda uning oldini olish tadbir va choralari ko‘rilishi maqsadga muvofiqdir. Qisqa tutashuv jarayoni shikastlanishga olib keladigan eng xavfli va og‘ir holatdir. Qisqa tutashuv manbaining EYuKi, transformator yoki o‘tkazgichlarning kichik qarshiliklari orqali zanjir hosil qilishi natijasida yuzaga keladi.
Releli himoyanining yana bir xususiyati shundaki, u ichki shikastlanishga ta'sir etishi, ammo tashqi shikastlanishga ta'sir etmasligi mumkin va uning aksi. Ichki shikastlanishga: tarmoqning taqsimlagichlari, uzatuvchi shinalar, kuch transformatorlari, kuchlanish va tok o‘lchov transformatorlari, sinxron generator, kondensator batareyalari va boshqalardagi shikastlanishlar kiradi.
Ulardan tashqari releli himoyaning o‘zidagi kamchiliklar hisobiga ayrim noaniqliklar paydo bo‘lishi mumkin. Bunga releli himoyaning noaniq ishlashi, buzilishi, umuman ishlamasligi, yoki mo‘ljaldan tezroq o‘chirib qo‘yishi va xokazolar kiradi.
Releli himoya asosiy va zahira turlarga bo‘linadi: asosiy releli himoyasi deb har qanday qisqa tutashuv jarayonida yoki uning ayrim ko‘rinishlarida boshqa barcha himoya turlaridan vaqt bo‘yicha avvalroq ishga tushuvchi majmuaga aytiladi. Zahira releli himoyasi deb asosiy va boshqa turdagi himoyalar ishlamay qolganda ishga tushuvchi himoya majmuasiga aytiladi.
Releli himoya ma'lum bir sxema bo‘yicha ulangan bir necha relelar majmuasidan tashkil topadi. Rele bu avtomatik qurilma bo‘lib, ma'lum bir ta'sir etuvchi o‘lchamning belgilangan qiymatida harakatga keladi yoki ishlaydi.
Elektr tizimlarini releli himoyalash ularga salbiy ta'sir etuvchi qisqa tutashuv toki, o‘ta yuklanish jarayoni, kuchlanishning keskin kamayishi va boshqalarga qarab juda ko‘p usullarda bajarilishi mumkin. Umuman olganda releli himoya qurilmalari ikki asosiy qismdan tashkil topadi: o‘lchash va mantiqiy qismlardan (1.1–rasm.).
O‘lchash qismidagi o‘lchov relelari belgilangan qismning holatini uzluksiz nazorat qiladi va uni o‘chirish shartlariga asosan umumiy holatini aniqlaydi.
Mantiqiy qism esa, himoyaning o‘lchash qismidan unga uzatilgan axborotlarga ko‘ra ta'sir etuvchi signal–buyruq tayyorlaydi. Odatda mantiqiy qism o‘chirish qurilmalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta'sir etmaydi, balki ish bajaruvchi uskuna(chiqish organ)larni ishga tushiradi. Undan tashqari himoyaning ikkala qismiga alohida aloqa yo‘llari bilan ham nazorat axborotlari yuborilishi mumkin.
Bularga yana qo‘shimcha axborot elementlari (signalizasiya bloki) kiritiladiki, ular butunlay tizimning yoki uning ayrim qismining uzilganliklari xaqida xabar beradilar. Hozirgi kunlarda himoyaning ishonchliligini oshirish maqsadida ularning barcha elementlari aloxida tayanch manbadan energiya bilan ta'minlanadi.
Releli himoya tizimlarida quyidagi turdagi relelar qo‘llaniladi: elektromexanik, yarim o‘tkazgichli, to‘yinuvchi magnit tizimli.
Relelarga ta'sir o‘tkazuvchi ma'lumotlarning soni va ko‘rinishlari bo‘yicha ular quyidagi guruhlarga bo‘linadi: bir elektr kattalik (tok yoki kuchlanish); ikki elektr kattaliklar (tok va kuchlanish, ikkita U1, U2 kuchlanish); uch va undan ortiq elektr kattaliklar, ya'ni 3 ta fazalardagi tok, 3 fazalardagi kuchlanish yoki tok va kuchlanishlarning chiziqli funksiyalari.

1.1–rasm. Releli himoyaning strukturaviy sxemasi.
Rele texnikasida kontaktli (elektromexanik) va kontaktsiz (yarim o‘tkazgichli yoki ferromaganit elementli) relelar qo‘llaniladi: kontaktli relelar ishlaganda ularnng kontaktlari ulanadi yoki uziladi; kontaktsiz relelar ishlaganda ularga kiruvchi kattalikning ma'lum bir qiymatida chiqish kattaligi (masalan kuchlanishi) sakrab o‘zgaradi.
Har bir himoya qurilmasi va uning sxemasi ikki qismga bo‘linadi: ta'sirga ko‘ra ishlovchi, ya'ni reaksiya beruvchi yoki reaksiya ko‘rsatuvchi, va mantiqiy qism.
Ta'sirga ko‘ra ishlovchi yoki o‘lchovchi qism asosiy qism hisoblanadi. Bu relelar himoya qilinuvchi element to‘g‘risidagi axborot va xabarlarni doimo qabul qilib turadilar va qisqa tutashuv yoki nonormal rejimlarda himoyaning mantiqiy qismiga kerakli axborotni uzatib ta'sir etadilar.
Mantiqiy qism, amalga oshiruvchi qism, yordamchi qism bo‘lib, u ta'sirga ko‘ra ishlovchi qismdan kelgan axborotni qabul qiladi. Agar bu axborotlarning ketma-ketligi va qiymatlari berilgan dasturga mos bo‘lsa, uning chiqish axboroti berilgan amallarni bajaradi va o‘chirgichning boshqaruv tizimiga axborotni uzatadi.
Mantiqiy qism elektromexanik rele yoki elektron sxemalar yordamida tuziladi. Demak himoya relelari ham asosiy – shikastlanishga ta'sir etuvchi, yordamchi ­– asosiy relening axborotiga qarab ishlovchi va himoyaning mantiqiy qismida ishlovchi guruhlarga bo‘linadi. Rele himoya sxemalarida shikastlanish ta'siriga javob beruvchi rele sifatida tok va kuchlanish relelari qo‘llaniladi.
Odatda relening chulg‘ami elektr zanjirga to‘g‘ridan–to‘g‘ri yoki tok va kuchlannsh transformatorlari orqali ulanishi mumkin. Birinchi xil relelar birlamchi, ikkinchi turdagilari esa ikkilamchi relelar deb ham yuritiladi.
Elektr tizimlarini himoyalashda ko‘proq ikkilamchi relelar qo‘llaniladi. Bunga sabab ular yuqori kuchlanishdan izolyasiyalangan bo‘ladilar va himoya qiluvchi elementdan uzoq masofada joylashadilar. Ularga xizmat ko‘rsatish qulay va ma'lum bir standart nominal qiymatdagi tok 1A yoki 5A ga va kuchlanish 100V, 220V, 400V ga mo‘ljallangan bo‘ladilar. Bunda himoyalanayotgan elementning birlamchi tok yoki kuchlanishi transformatorlar orqali uzatilishi sababli relelarning toklari kichik miqdorda bo‘ladi.

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin