Sirtiy issiqlik almashinish qurilmalari
Konstrukstiyasiga qarab ushbu turdagi qurilmalar qobiq - trubali, «truba ichida truba», zmeevikli, spiralsimon, yuvilib turuvchi, plastinali, qirrali, g`ilofli, blok-grafitli, shnekli va hokazo bo`lishi mumkin.
Q obiq - trubali issiqlik almashinish qurilmalari xalq xo`jaligining turli sohalarida eng keng tarqalgan va ko`p ishlatiladigan turidir.
2-rasmda trubalarning qo`zg`almas teshik panjarali, bir yo`lli, vertikal qobiq-trubali issiqlik almashinish qurilmasi tasvirlangan. Ushbu qurilma stilindr qobiq 1 va uning ikki chekkasiga isituvchi trubalar 3 mahkamlangan teshikli panjara 2 lardan tarkib topgan. Trubalar o`rami issiqlik almashinish qurilmasining butun hajmini ikkiga bo`ladi: 1) truba bo`shlig`i; 2) trubalararo bo`shliq. Teshikli panjara 2 lar stilindrik qobiq 1 ga payvandlash usulida mahkamlanadi. Qurilma qobig`iga boltli birikma yordamida 2 ta qopqoq mahkamlanadi. Issiqlik eltkichlar kirishi va chiqishi uchun stilindrik qobiq 1 va qopqoq 5 larda patrubkalar o`rnatilgan. Issiqlik eltkichlardan biri, masalan suyuqlik, trubalar bo`shlig`iga yo`naltirilsa, u trubalar orqali o`tib qopqoqning patrubkasidan chiqib ketadi. Boshqa issiqlik eltkich oqimi esa, masalan bug`, trubalararo bo`shliqqa yo`naltiriladi, isituvchi trubalar tashqi yuzasiga o`z issiqligini beradi va suyuq agregat holati (kondensat) ga aylanib qobiqning pastki patrubkasidan chiqazib yuboriladi. Muhitlar orasidagi issiqlik almashinish jarayoni trubalar devori orqali amalga oshiriladi.
Isituvchi trubalar teshikli panjaraga payvandlash yoki razvalstovka qilib mahkamlanadi (2-rasm). Ko`pincha, isituvchi trubalar po`lat, legirlangan po`lat, mis, latun, titan yoki boshqa materiallardan tayyorlanishi mumkin.
Isituvchi trubalar 3 ni teshikli panjaralar 2 da mahkamlashning eng keng tarqalgan usuli bu oddiy razvalstovkadir (3-rasm). Valstovka nomli asbobda radial yo`nalishda hosil qilinadigan kuch ta’sirida truba deformastiyaga (diametri ortadi, ya’ni kengayadi) uchrab, teshikli panjaraga zichlanadi va mhkamlanadi. Truba o`ramining to`r pardaga mustahkam joylashtirishga erishish uchun teshikli panjarada eni 2...3,5 mm va chuqurligi 0,4...1,0 mm li ikkita halqasimon ariqcha qilinadi. Undan tashqari, trubalarni teshikli panjaralarga payvandlash, kavsharlash, salnik yordamida ham mahkamlash mumkin. Salnik yordamida zichlash murakkab va qimmat. Bu usulda mahkamlash muhitlar temperatura farqi katta bo`lganda, trubalarning bo`ylama siljishiga imkon beradi, ammo bunda birikma zichlanishi buzulmaydi.
Trubaning kirish qismini konussimon razvalstovka qilish, mahalliy qarshilik koeffistientini sezilarli darajada pasaytiradi. Bu esa, o`z navbatida kirish qismining emirilish oldini oladi.
Agar, trubalar tebranish, stiklik qizishga, temperaturalar katta o`zgarishi yoki ularning uchlari issiqlik ta’sirida o`ta isib ketish hollari yuz beradigan bo`lsa, unda trubalarning uchi albatta teshikli panjaraga payvandlanish zarur. Payvandlash choki cho`ktirilgan, valik va ariqchada valik holadi, hamda ariqcha va tishli ko`rinishlarda bo`lishi mumkin.
Hozirgi kunda trubalarni teshikli panjaraga mahkamlashning eng zamonaviy, ilg`or texnologiyasi - bu portlatib valstovka qilishdir. Bunda, portlatuvchi zaryad truba ichida, ya’ni uchida joylashtiriladi. So`ng esa, zaryad kapsyul yordamida portlatiladi. Natijada, portlash energiyasi trubani radial yo`nalishda deformastiya qiladi va teshikli panjara bilan truba mustahkam birikma hosil qilib ulanadi. Bu usuldagi birikma, razvalstovka usulinikiga qaraganda ancha mustahkamroq bo`ladi. Portlatib payvandlash usulini trubalarni ta’mirlash uchun ham qo`llash mumkin. Trubalarni teshikli panjaraga elektrogidravlik mahkamlash va biriktirish usuli ham mavjud.
Qobiq - trubali issiqlik almashinish qurilmalarida truba teshikli panjaraga quyidagi usullarda joylashtirilishi mumkin (4-rasm):
- to`g`ri oltiburchak cho`qqi va qirralari yoki teng yonli uchburchak bo`ylab;
- konstentrik aylanalar bo`ylab;
- kvadrat cho`qqi va tomonlari bo`ylab;
- shaxmatli ko`rinishda (bir va har xil ko`ndalang qadamli).
Dostları ilə paylaş: |