Mundarija kirish 1 I. Nazariy qism 4


Issiqlik almashinish jarayonlarini harakatga keltiruvchi kuch



Yüklə 4,7 Mb.
səhifə3/15
tarix22.10.2023
ölçüsü4,7 Mb.
#159579
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
G\'alim

1.2. Issiqlik almashinish jarayonlarini harakatga keltiruvchi kuch


Issiqlik almashinish jarayonlarining harakatga keltiruvchi kuchi – issiqlik eltkichlarning temperaturalar farqi. Ushbu farq ta’siri ostida issiqlik temperaturasi yuqori muhitdan temperaturasi past muhitga o`tadi.
O’zgarmas temperaturada issiqlik o`tkazish jarayoni juda kam tarqalgan. Bunday jarayonlar, bir tomonida bug` kondensastiyalansa, ikkinchisida esa, suyuqlik qaynashi ro`y beradi. Lekin, sanoatda ko`pchilik jarayonlar issiqlik eltkichlarning o`zgaruvchi temperaturalarida sodir bo`ladi.
Odatda temperatura issiqlik eltkichlarni ajratib turuvchi devor yuzasi F bo`ylab o`zgaradi. Lekin, vaqt o`tishi bilan issiqlik eltkichning temperaturasi o`zgarmasligi mumkin va u t = f(F) funkstiya bilan ifodalanadi. Bunday hol turg`un issiqlik almashinish jarayonini xarakterlaydi.
Noturg`un issiqlik almashinish jarayonlarida 2 holat bo`lishi mumkin:

  • devor yuzasining har bir nuqtasida temperatura faqat vaqt o`tishi bilan o`zgaradi, ya’ni t = f() ;

  • issiqlik eltkichning temperaturasi vaqt o`tishi va devor yuzasi bo`ylab o`zgaradi, ya’ni t > f(,F).

O’zgaruvchan temperaturada issiqlik o`tkazish suyuqliklarning harakat yo`nalishiga bog`liqdir.
Uzluksiz ishlaydigan qurilmalarda issiqlik almashinish jarayonida suyuqliklar harakati parallel, qarama-qarshi, kesishib o`tgan va murakkab (aralash) yo`nalishli bo`lishi mumkin (1-rasm).


1.3. Issiqlik almashinish qurilmalari


Ma’lumki, sanoatning turli sohalarida xilma-xil xom - ashyo va mahsulotlarni qayta ishlashda issiqlik almashinish jarayonlari va ularni amalga oshiruvchi qurilmalar juda keng miqyosda qo`llaniladi. Jarayonlarni o`tkazish shartlari va qurilmalarni qo`llash sohasiga qarab, issiqlik almashinish qurilmalarning tuzilishi turlicha bo`ladi.


Ishlash prinstipi qarab issiqlik almashinish qurilmalari sirtiy (rekuperativ), regenerativ va aralashtiruvchi (gradirnya, skrubber, aralashtiruvchi kondensator va h.) qurilmalarga bo`linadi.
Sirtiy issiqlik almashinish qurilmalarida issiqlik eltkichlar devor bilan ajratilgan bo`lib, ularda bir muhitdan ikkinchisiga issiqlik ushbu devor orqali uzatiladi. Konstrukstiyasiga ko`ra sirtiy issiqlik almashinish qurilmalari qobiq - trubali, zmeevikli, plastinali, spiralsimon, qirrali, g`ilofli, blok-grafitli va maxsus issiqlik almashinish qurilmalariga bo`linadi.
Regenerativ issiqlik almashinish qurilmalarida bir issiqlik almashinish yuzasi galma-gal issiq va sovuq eltkichlar bilan yuvilib turadi. Agar, issiqlik almashinish yuzasi issiq eltkich bilan yuvilib tursa, muhitning issiqligi hisobiga isiydi, sovuq eltkich bilan yuvilganda esa - o`z issiqligini beradi. Shunday qilib, issiqlik almashinish yuzasi issiqlik eltkichning issiqligini yig`ib oladi, so`ng esa sovuq eltkichga beradi.
Aralashtiruvchi issiqlik almashinish qurilmalarida ikkala eltkich bevosita o`zaro aralashuvi paytida issiqlik almashadi.
Issiqlik almashinish turiga ko`ra qurilmalar isitkich, bug`latkich, sovutkich va kondensatorlarga ajratiladi.

Yüklə 4,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin