Mundarija kirish 1 I. Nazariy qism 4


Zmeevikli issiqlik almashinish qurilmasi



Yüklə 4,7 Mb.
səhifə8/15
tarix22.10.2023
ölçüsü4,7 Mb.
#159579
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
G\'alim

Zmeevikli issiqlik almashinish qurilmasi. Zmeevik shaklida egilgan truba stilindrik qobiqli idishga o`rnatilgan bo`ladi (11-rasm). Stilindrik qobiqli idish 2 isitilishi zarur bo`lgan suyuqlik bilan to`ldiriladi.
Z meeviklar ko`pincha 15...75 mm diametrli trubalardan yasaladi. Stilindrik idishning hajmi katta bo`lgani uchun, suyuqlikning tezligi kichik, ya’ni issiqlik berish koeffistientining qiymati past bo`ladi. Issiqlik eltkich odatda zmeevik ichiga yuboriladi. Bu turdagi qurilmalar kam miqdordagi suyuqliklarni isitish uchun mo`ljallangan.
Zmeevikli issiqlik almashinish qurilmalarining afzalliklari: tuzilishi sodda; narxi arzon; tozalash va ta’mirlash oson; yuqori bosim (0,2...0,5 MPa ) qo`llash mumkin; kimyoviy faol suyuqliklarni isitish ham mumkin; isitish yuzasi 10...15 m2; suyuqlik hajmi kattaligi uchun ishchi rejimlar o`zgarishi jarayonga sezilarli ta’sir etmaydi.
Ushbu turdagi qurilmaning kamchiliklari: suyuqlikning tezligi va issiqlik berish koeffistienti kichik; truba ichki devorini tozalash qiyin; l/d >200...275 bo`lsa, zmeevik pastida kondensat yig`iladi, issiqlik almashinish yomonlashadi va gidravlik qarshilik ortib ketadi.
Yuvilib turuvchi issiqlik almashinish qurilmasi gaz, suyuqliklarni sovitish va bug`larni kondensasti yalash uchun qo`llaniladi (12-rasm).
Bu qurilma bir-biri ustiga joylashtirilgan truba 2 va ularni birlashtiruvchi kalach 3 lardan iborat. Trubalar ichidan sovutilayotgan issiqlik eltkich harakatlanadi. Sovutuvchi suv chetlari tishli taqsimlovchi tarnov 1 ga quyuladi va undan trubalar 2 ga oqib tushadi. Suvning bir qismi truba yuzasidan bug`lanib ketadi.



Suv bir trubani yuvib ikkinchisiga, undan so`ng uchinchisiga va hokazo tartibda harakatlanib, oxiri isigan holda yig`uvchi tarnovga oqib tushadi.
Yuvilib turuvchi issiqlik almashinish qurilmalarining afzalliklari: tuzilishi sodda; ochiq havoda ishlatish mumkin; suv sarfi kam; trubalarni tozalash oson.
Ushbu qurilmaning kamchiliklari: qo`pol; issiqlik o`tkazish koeffistienti kichik; metall sarfi ko`p.

Yüklə 4,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin