Ko`p yo`lli issiqlik almashinish qurilmasi. 5-rasmda to`rt yo`lli qurilma tasvirlangan.
Trubalar bo`shlig`i sekstiyalanishi tufayli, sekstiyadagi trubalar soni butun qurilmanikiga qaraganda kamayadi. Bu esa, suyuqlik oqimi harakatlanadigan ko`ndalang kesim yuzasi kamayishiga va issiqlik eltkich tezligining ortishiga olib keladi.
Masalan, to`rt yo`lli qurilmada, bir yo`llikka qaraganda suyuqlikning tezligi to`rt marta ko`p bo`ladi. Ushbu hol esa, trubalar bo`shlig`ida issiqlik berish koeffistientini o`sishiga sababchi bo`ladi.
Shuni nazarda tutish kerakki, har doim termik qarshiligi yuqori issiqligik eltkichning tezligini oshirish maqsadga muvofiqdir.
Trubalararo bo`shliqda suyuqlik oqimi tezligini va harakat yo`lini uzaytirish maqsadida segment to`siqlar o`rnatiladi (6-rasm).
Gorizontal issiqlik almashinish qurilmalarida ushbu segment to`siqlar truba o`rami uchun oraliq tayanchlar vazifasini ham bajaradi. Odatda gorizontal qurilmalar ko`p yo`lli qilib yasaladi va ularda suyuqliklar tezligi yuqori bo`ladi. Bunday qilishdan maqsad, temperatura va zichliklar farqi ostida suyuqliklarning qatlamlarga ajralib, hamda harakatsiz zonalar hosil qilmasligini ta’minlashdir.
Agar, issiqlik almashinish qurilmasi qo`zg`almas teshik panjara tuzilishi, qobiq va trubalar temperaturala rining o`rtacha farqi 50°S dan katta bo`lsa, qobiq va trubalar uzayishi har xil bo`ladi. Bu hol o`z navbatida teshikli panjarada katta kuchlanishlar hosil qiladi va panjaradagi trubalar zichlanishini, payvand choklarini buzadi va yo`l qo`yib bo`lmaydigan issiqlik eltkichlar aralashishiga olib keladi. Shuning uchun, temperaturalar farqi katta bo`lganda, temperatura ta’sirida uzayini kompensastiya qiladigan issiqlik almashinish qurilma konstrukstiyalari qo`llaniladi.
Linza kompensatorli issiqlik almashinish qurilmasi.Ushbu turdagi qurilmalar suyuqliklar temperatura farqi katta bo`lganda ishlatiladi. Linzali kompensatorlar temperatura deformastiyasini bartaraf qiladi. Bu turdagi qurilmalar truba va trubalararo bo`shliqlari bosimlar R 6106 N/m2 bo`lganda ishlatiladi (7a-rasm).
Linzali kompensator issiqlik almashinish qurilmalar qobig`iga payvandlab qo`yiladi va u elastik deformastiya ostida siqiladi yoki uzayadi. Bunday qurilmalar tuzilishi sodda va ixcham. Undan tashqari, vertikal qilib yasalgan linza kompensatorli qurilmalar ko`p joy egallamaydi.