Mundarija kirish 3 I. Nazariy qism 5


Plastinali issiqlik almashinish qurilmasi



Yüklə 282,16 Kb.
səhifə9/13
tarix14.12.2023
ölçüsü282,16 Kb.
#178442
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
nurlibek

Plastinali issiqlik almashinish qurilmasi. Yupqa metall listlardan tayyorlangan bir necha plastina tepa va pastki tutib turuvchi bruslardan iborat romda yig`iladi (14-rasm).
Qo`zg`almas va harakatchan plitalar orasida shtampovka qilingan po`lat, gofrirlangan plastina dastasi joylashgan bo`lib, ularda issiqlik eltkichlar harakati uchun kanallar bor.
Plastina dastasi qo`zg`almas 2 va harakatchan plitalar 4 orasida yig`iladi va tortib turuvchi shpilka 6 yordamida siqiladi.
Plastinalarni zichlash yuqori bosimga bardosh bera oladigan qistirmalar yordamida amalga oshiriladi. Plastinalar orasidagi kanallar eni 3...6 mm bo`ladi.
Plastinali issiqlik almashinish qurilmalarining ishlash prinstipi 14b-rasmda ko`rsatilgan. Rasmdan ko`rinib turibdiki, suyuqliklarning harakati qarama - qarshi yo`nalishda. Shuni qayd etish kerakki, har bir issiqlik eltkich plastinaning bir tomoni bo`ylab harakat qiladi.
Bu turdagi qurilmalar isitgich, sovutkich, hamda pasterizastiya, sterilizastiya qilish uchun ham qo`llash mumkin.



P lastinalar orasidagi kanallarda suyuqlik tezliklari yuqori bo`lgani uchun issiqlik o`tkazish koeffistienti K  3800 Vt/m2K gacha erishish mumkin. Undan tashqari, bunday yuqori issiqlik o`tkazish koeffistientlarni olishga sababchi bo`lgan omillardan biri, gofrirlangan plastina yuzasining suyuqlik oqimini turbo`lizastiya qilishi va devorning kichik termik qarshiligidir.
Plastinali issiqlik almashinish qurilmalarining afzalliklari: issiqlik o`tkazish koeffistienti katta; gidravlik qarshiliga nisbatan kichik; tuzilishi ixcham; suyuqliklar tezligi yuqori; issiqlik almashinish yuzasi katta.
Bu turdagi qurilmalar kamchiliklari: katta bosimga bardosh berolmaydi; tayyorlash qiyin; suyuqlik tarkibidagi qattiq zarrachalar kanallarni yopib qo`yish ehtimoli bor.
Qirrali issiqlik almashinish qurilmasi. Bu turdagi qurilmalarda issiqlik berish koeffistienti past muhit tomonidagi, issiqlik o`tkazish yuzasini ko`paytirish imkoniyati bor (15-rasm).

Sanoatda ishlatiladigan issiqlik almashinish jarayonlarida devorning ikki tomonidagi issiqlik berish koeffistientlar bir - biridan keskin farq qiladi. Masalan, suv bug`i yordamida havo isitilganda, bug`ning devorga issiqlik berish koeffistienti tahminan 10000...15000 Vt/(m2K) ni tashkil etadi. Demak, ushbu holatda havo tomonidan yuza miqdorini oshirish kerak, ya’ni past tomonidan.

Bunday trubalarning gidravlik qarshiligi kichik bo`lishi uchun qirralar yuzasi issiqlik eltkich oqimining yo`nalishiga parallel bo`lishi zarur. Hozirgi kunda to`g`ri to`rtburchak va trapestiya shaklidagi ko`ndalang kesimli qirralar eng ko`p qo`llaniladi. (16-rasm) Qirrali issiqlik almashinish yuzali elementlar havo va turli gazlarni isitadigan issiqlik almashinish qurilmalarida o`rnatiladi.
Trubalar yuzasini oshirish maqsadida uning tashqi yuzasiga dumaloq yoki to`rtburchak shaklidagi metall shaybalar payvandlanadi. Trubali issiqlik almashinish qurilmalarida ko`ndalang yoki bo`ylama qovurg`alar qo`llanishi mumkin. Natijada, bu turdagi trubalar o`rnatilgan qurilmaning issiqlik yuklamasi ortadi. Ma’lumki, qirrali trubalar yasaladigan materialning issiqlik o`tkazuvchanlik koeffistienti yuqori bo`lishi kerak.

Yüklə 282,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin