Mundarija kirish 3 I. Nazariy qism 5


"Truba ichida truba" tipidagi issiqlik almashinish qurilmasi



Yüklə 282,16 Kb.
səhifə7/13
tarix14.12.2023
ölçüsü282,16 Kb.
#178442
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
nurlibek

"Truba ichida truba" tipidagi issiqlik almashinish qurilmasi bir nechta elementlardan tarkib topgan bo`ladi (10-rasm).
Har bir element katta diametrli tashqi truba 1 (odatda 25...159 mm) va konstentrik joylashtirilgan ichki truba 2 (odatda 57...219 mm) lardan tashkil topgan. Sovuqlik eltkich I truba ichida harakatlansa, issiqlik eltkich II trubalararo bo`shliqda harakatlanadi. Issiqlik almashinish ichki trubaning devori orqali amalga oshadi.
Ushbu qurilmalarning truba va trubalararo bo`shlig`ida yuqori tezliklarga (3,0 m/s gacha) erishsa bo`ladi. Agar, katta yuzalar zarur bo`lsa, bir necha sekstiyalardan batareya hosil qilish oson va mumkin.
Bu turdagi qurilmalarda suyuqliklar sarfi katta va «suyuqlik – suyuqlik», «suyuqlik – bug`» sistemalarida issiqlik almashinish uchun qo`llaniladi.
"Truba ichida truba" issiqlik almashinish qurilmaning afzalliklari: tuzilishi va yasalishi sodda; suyuqliklar tezliklari katta bo`lgani uchun issiqlik o`tkazish koeffistienti yuqori.
Kamchiliklari: qo`pol; metall sarfi ko`p, trubalararo bo`shliqni tozalash qiyin.
Ajraluvchan konstrukstiyali «truba ichida truba» tipidagi issiqlik almashinish qurilmalarida, temperatura ortishi bilan tashqi trubalarga bog`liq bo`lmagan holda, ichki trubalar uzayishi mumkin (10a,v-rasm). Kurilmaning konstrukstiyasi issiqlik almashinish trubalarining ichki yuzasini ifloslik va quyqalardan muntazam ravishda mexanik tozalab turish imkonini beradi. Undan tashqari, bu qurilmalarda trubalarni almashtirish jarayonini amalga oshirish uchun ularni echib olish oson va tashqi yuzasini tozalash mumkin.
Ko`p oqimli issiqlik almashinish qurilmalaridagi (10b-rasm) taqsimlash kamerasi 1 oqimlarni truba 6 larga bo`lib beradi. Truba-qobiq 4 va truba 2 larning teshikli panjarasi orasida taqsimlash kamerasi 3 joylashgan. Ushbu kamera trubalararo bo`shliqda harakatlanayotgan muhit uchun mo`ljallangan. Ko`p oqimli qurilmalarning ichki va tashqi trubalari ikkita yo`lli bo`ladi.
Bu turdagi qurilmalarda oqimlarning harakat tezligi qobiq-trubali qurilmalarnikiga qaraganda ancha yuqori. Shu sababli issiqlik o`tkazish koeffistienti va truba yuzasining issiqlik kuchlanishi katta bo`ladi. Undan tashqari, issiqlik almashinuvchi muhitlarni qarama-qarshi yo`nalishda harakat qilishini tashkil etish oson.
Bir va ko`p oqimli kurilmalarning trubalarida issiqlik eltkichlar tarkibidagi agressiv va mexanik iflosliklar kamroq o`tirib qoladi. Ko`pchilik holllarda, «truba ichida truba» qurilmalarining issiqlik ko`rsatkichlari qobiq-trubali qurilmalarnikiga qaraganda ancha yuqori bo`ladi.
Ayrim hollarda, qurilmaning ichki trubalarning tashqi yuzasi qirrali qilib yasaladi. Natijada, issiqlik almashinish yuzasi 4...5 marotaba ortadi. Odatda bu usuldan trubaning birorta muhit harakatlanayotgan tomonida issiqlik berish koeffistientini oshirish qiyin bo`lganda (gaz, qovushoq suyuqlik harakatida yoki laminar rejimda) foydalaniladi. Bunday hollarda, qirrali trubalarni qo`llash, uzatilayotgan issiqlik miqdorini anchaga oshirish imkonini beradi.

Yüklə 282,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin