Mundarija kirish 3 I. Nazariy qism 5



Yüklə 282,16 Kb.
səhifə11/13
tarix14.12.2023
ölçüsü282,16 Kb.
#178442
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
nurlibek

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • XULOSA

2.2. Texnologik hisoblar


G = 0,6 kg/sek – (me’yoriy sharoitlarda) bo’lgan sirka kislotasiniT1=750C dan T2=950C gacha isitish uchun quvurli issiqlik almashtirgich loyihalansin va isitgachga uzatish uchun truba quvur diametri hisoblansin.
Issiqlik almashinish apparatini hisoblash:
G1 =0.6 kg/sek
T1=140 0C
T2=100 0C
T1=75 0C
T2=95 0C

Q=?
F=?


140→100
95 → 75


Dtkat= 140-100= 40 °C
Dtkich= 95-75= 20°C
Topilgan temperaturalar farqiga ko’ra issiqlik tashuvchilarning parallel oqimi tanlandi hamda ular orasida temperaturalar farqi hisoblab topildi.
∆ topish:
∆ =
∆ = =
∆ topilgandan keyin issiqlik yo’qotilishini 5% atrofida belgilab olib Umumiy issiqlik sarfini topamiz:
Q=G1·1,05·C1·(t2-t1)

t2=(140+100)/2=120 oC
t1=28.8+120=148.8 oC

C1-anilin uchun issiqlik sig’imi, internet ma’lumotlardan foydalanib topamiz(https://dpva.ru/Guide/GuidePhysics/GuidePhysicsHeatAndTemperature/SpecificHeat/HeatCapacityOrganicLiquids/).


C1sirka kislotasi =2300 kDj/kg·oC
Q=0.6·1,05·2300·(95-75)=28980Vt
Isituvchi suvning sarfini topamiz:
C2suv=4190 kDj/kg·oC (manba: https://dpva.ru/Guide/GuideMedias/GuideSteam/GuideSteamProperties/)
G2=Q/C2·Tis. bug’= 28980/4190·(140-100)=0.17 kg/sek
Issiqlik alamashinish apparatini tanlaymiz:

K-issiqlik uzatish koeffitsiyentini K.F. Pavlov, P.G. Romankov, A.A. Noskov “Примеры и задачи по курсу процессов и аппаратов химической технологии” kitobining 4.8-jadvalidan tanlab olamiz:
K-Vt/m2·K
Issiqlik uzatish yuzasi,turbulent oqimda F, m2
8.38 m2 ≈10m2
F= 10 m2
Issiqlik uzatish yuzasi,laminar oqimda F,m2
16.77 m2 ≈17m2
F= 19.5 m2

Issiqlik almashinish qurilmasini asosiy konstruktiv o’lchamlarini K.F.Pavlov, P.G. Romankov, A.A. Noskov “Примеры и задачи по курсу процессов и аппаратов химической технологии” kitobining 4.12-jadvalidan tanlab olamiz.


Qurilmaning yuzasini turbulent oqimda zahira bilan F=10 m2 deb tanlaymiz.

Issiqlik uzatish yuzasi, F, m2

Quvur uzunligi, l, mm

Korpusning tashqi diametri D, mm

Quvurlar soni n

F=10

L=2000

D=325

n=62

Yo’laklar soni-1


ST=2.1·102 m2
SM=2.9·102 m2
SV.P.= 1.3·102 m2
nq=9
h=180
Qurilmaning yuzasini laminar oqimda zahira bilan F=19.5 m2 deb tanlaymiz.

Issiqlik uzatish yuzasi, F, m2

Quvur uzunligi, l, mm

Korpusning tashqi diametri D, mm

Quvurlar soni n

F=19.5

L=4000

D=325

n=62

Yo’laklar soni-1


ST=2.1·102 m2
SM=2.9·102 m2
SV.P.= 1.3·102 m2
nq=9 h=180

III. HAYOT FAOLIOYATI XAVFSIZLIGI


Mehnatni muhofaza qilish – bu ijtimoiy, iqtisodiy, sanitariya – gigiena, mehnat qonunlari va tashkiliy chora – tadbirlar tizimidan iborat bo‘lib, uzluksiz faoliyat jarayonida inson sog‘ligi va mehnat qobiliyatini saqlashni ta’minlashga qaratilgan fandir.
Insonning jamiyatni taraqqiy ettirish hamda ishlab chiqarishni boshqarishda asosiy kuch ekanligini hisobga olib, uning havfsizligi va sog‘ligini saqlash ijtimoiy taraqqiyot yo‘lidagi muhim omil hisoblanadi. SHuning uchun ham sanoat korxonalarida mahsulot etishtirish jarayonida ishlab chiqarish sharoitini yaxshilash, ishlab chiqarishda jarohatlanish va kasb kasalliklarining kelib chiqish manbalarini yo‘qotish, shuningdek ish faoliyati inson uchun charchash, toliqish va kasallanish manbai bo‘lmasdan, quvonch va baxt keltiruvchi faoliyat bo‘lishini ta’minlashga harakat qilish zarur.
Sanoat korxonalarida to‘kis sanitariya – gigiena sharoitlarini ta’minlash, og‘ir qo‘l kuchi bilan bajariladigan mehnatni tugatish va kasb kasalliklarini butunlay yo‘qotish chora – tadbirlarini amalga oshirish kerak, zero, mehnat qilish faqat yashash vositasi bo‘lib qolmasdan, balki hayot talabi bo‘lib qolishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasida mehnatni muhofaza qilishning huquqiy, texnik va sanitariya – gigiena qoidalari bilan belgilab qo‘yilgan qonunlari qabul qilingan va yangidan tahrir qilingan qoidalar umumjahon talablari darajasida ishlab chiqilmoqda.
Har qanday demokratik jamiyatda shu jamiyat taraqqiyoti qay darajada bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘zining huquqiy manfaatlaridan kelib chiqib va inson huquqlarini himoyalashga asoslangan qonun asoslari, ya’ni Konstitutsiyasi bo‘lishi zarur. Bu Konstitutsiya, avvalo, inson huquqlarini himoya qilish, shu bilan bir qatorda iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar ham himoyalanishi kerak.
Sanoat korxonalarida havfsizlik texnikasi, sanoat sanitariyasi va yong‘in havfsizligi qoidalariga, me’yor va tavsiyanomalariga rioya qilmaslik ishchilarni jarohatlanishga, zaharlanishga va kasb kasalliklariga olib kelishi mumkin.
Inson tanasining teri yoki ayrim qismlari tashqi mexanik, kimyoviy, issiqlik va ele ktr ta’siri natijasida shikastlansa, buni jarohatlanish deb ataladi. Jarohatlanishga urilish natijasida lat eyish, kesilish, suyak sinishi va chiqishi, kimyoviy yoki issiqlikdan kuyish, issiq urishi, sovuq urishi, o‘tkir zaharlanish va elektr toki ta’sirida organizmning ba’zi qismlarida hayot faoliyatining buzilishi kiradi. Jarohatlanish tushunchasini baxtsiz hodisa deb ham yuritiladi.
Jarohatlanish uch turga bo‘linadi. Birinchisi, ishlab chiqarishda, ish joyida jarohatlanish, ikkinchisi, ish bilan bog‘liq, lekin ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan jarohatlanish va uchinchisi, ishlab chiqarish va ish bilan bog‘liq bo‘lmagan jarohatlanish.
Ishlab chiqarishda, ish joylarida olingan jarohatlanishga, ishchi ma’muriyat tomonidan buyurilgan ishni bajarish chog‘ida ish joyida, sexda, zavod hududida yuk ortish va yuk tushirish yoki ba’zi yuklarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish vaqtida olgan jarohatlanishlar kiradi.
Ikkinchi tur jarohatlanishlar ishga borib – kelish vaqtida transport vositalarida, komandirovka vaqtida yoki korxona ma’muriyatining topshirig‘iga muvofiq ishlab chiqarish hududidan tashqaridagi ba’zi bir ishlarni bajarganda olingan jarohatlanishlardan iborat.
Uchinchi tur jarohatlanishga mast bo‘lish natijasida olingan jarohatlar, davlat mulkini o‘g‘irlash va boshqa shunga o‘xshash holatlardagi jarohatlanishlar kiradi.
Baxtsiz hodisalarni turlarga bo‘lishdan maqsad, sanoat korxonasi ishlab chiqarishda sodir bo‘lgan har qanday baxtsiz hodisaga javobgar hisoblanadi. Ma’muriyat birinchi ikki turdagi baxtsiz hodisa, ya’ni jarohatlanishishlab chiqarish bilan bog‘langan taqdirda javobgar hisoblanadi va baxtsiz hodisaga uchragan kishining jarohatlanish natijasida yo‘qotilgan kunlari uchun to‘liq haq to‘lanadi.
Agar baxtsiz hodisa u ma’muriyat tomonidan havfsiz ish sharoitini yaratish sohasida yo‘l qo‘yilgan xato orqasida bo‘lmay, balki ishchining mehnatni muhofaza qilish qoida va me’yorlariga amal qilmasligi natijasida kelib chiqqan bo‘lsa, unda ishchi ham ma’muriyat xodimi bilan birga javobgar hisoblanadi. Bunda moddiy to‘lov miqdori ma’muriyat xodimi va ishchining aybdorlik darajasiga qarab belgilanadi. Mehnat qonunlariga asosan ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan jarohatlanishdan yo‘qotilgan ish kunlariga korxona tomonidan haq to‘lanishi kerak deb belgilangan.
Sanoat sanitariyasi me’yorlarining buzilishi natijasida ishlab chiqarish joylaridan ajralib chiqqan zararli omillar ta’siridan ishchi kasbiy zaharlanish yoki kasb kasalligiga chalinishi mumkin. Kasbiy zaharlanish ishchining nafas olish, ovqat hazm qilish yoki terisi orqali zaharlovchi moddalar ta’sir qilishi natijasida kelib chiqishi mumkin.
Kasbiy zaharlanish bir smena davomida yuz bersa, uni o‘tkir zaharlanish deyiladi, agar uzoq muddat davomida zaharli moddalar yig‘ilishi natijasida yuz bersa, surunkali zaharlanish deyiladi. Surunkali zaharlanish kasb kasalliklariga olib keladi. Kasb kasalliklariga qoniqarsiz ish sharoitlarida ishlash natijasida kelib chiqadigan hamma kasalliklar kiradi. Masalan, havo bosimining ortiq yoki kam bo‘lishi natijasida kesson yoki tog‘ kasalligi, sanoatda ajralib chiqadigan chang ta’siridan pnevmokonioz kasalligi, yallig‘lanish va zaharli moddalar ta’siridan dermatit va yara kasalliklari kelib chiqadi.
Sanoat korxonalarida ishlab chiqarish jarohatlanishi va kasb kasalliklari toqat qilib bo‘lmaydigan hol hisoblanadi. Agar bunday hol yuz berar ekan, uni sanoat korxonasida yo‘l qo‘yilgan tashkiliy va texnik xatolar natijasi deb qarash kerak.
Shuning uchun ham ishlab chiqarish korxonalarida yuz bergan har qanday baxtsiz hodisa har tomonlama tekshiriladi va hisobga olinadi. Tekshirish va hisobga olish umumiy o‘rnatilgan qat’iy tartib asosida olib borilishi kerak. Yo‘l qo‘yilgan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini hisobga olish va tekshirish, ularning kelib chiqish sabablarini aniqlash tufayli bunday baxtsiz hodisa va kasb kasalliklarining qaytarilishining oldi olinadi.
Inson hayotida havoning ahamiyati juda katta ekanligi ma’lum. Uning kimyoviy tarkibi, fizik xususiyatlari va tarkibida har xil moddalarning bo‘lishi, havodan nafas olib, mehnat qilayotgan kishilar uchun juda muhim. Chunki havoning tozaligi inson salomatligini saqlovchi muhim omil hisoblanadi.
Ma’lumki, inson uchun eng muhimi havo tarkibida kislorodning bo‘lishidir.
Havo holati uning bosimi, zichligi, harorati, absolyut namligi, namlik sig‘imi, nisbiy namligi, issiqlik sig‘imi va boshqalar bilan belgilanadi.
Ajralib chiqadigan havoni tozalash uni zararsizlantirishning muhim bosqichi hisoblanadi, shu yo‘l bilan zavod hududidagi va korxona tashqarisidagi havo muhitining tozaligi ta’minlanadi. Zavod va fabrika atrofidagi sanitariya – himoya zonalarida havoni ifloslanishdan saqlash ham katta ahamiyatga ega.
Hozirgi vaqtda havo atmosferasini ifloslantiruvchi asosiy manba ishlab chiqarish ob’ektlaridir. Kimyo sanoati bularning eng asosiylaridan biri hisoblanadi. Atrof muhitni muhofaza qilish hozirgi vaqtda eng muhim muammolaridan biri bo‘lib, bu ishga butun dunyo mutaxassislari diqqat – e’tiborini jalb qilmoqdalar.
Havoni changdan tozalashda turli vositalardan foydalaniladi. Chang tozalagichlarning turlari ko‘p. Ularni qo‘llaganda asosan chang tozalovchi apparatning ishlatish jihatidan qulayligiga, uning chang tozalash darajasiga va arzon – qimmatligiga qarab tanlanadi.
GOST 949-73 ga asosan sanoat korxonalari uchun kerakli gazlarni suyultirilgan va yuqori bosimdagi holatida saqlash imkoniyatini beradigan ballonlarni kam hajmli 0,4-12 l, o‘rtacha 20-50 l va katta hajmli 80-500 l qilib belgilangan. Ballonlarning kam va o‘rtacha hajmlari, agar ularning ishchi bosimlari 10, 15 va 20 MPa atrofida bo‘lsa, uglerodli po‘latdan, yuqori bosimdagilari esa sifatli nikel, xrom va boshqa metallar qo‘shilgan po‘latdan tayyorlanadi.
Ballonlarga to‘ldirilgan gazlarni bir – biridan farqlash uchun ular ma’lum ranglar bilan bo‘yaladi. Shuningdek kerakli belgilar qo‘yilib, gazning nomi yozib qo‘yilishi mumkin. Bundan tashqari ballon bo‘g‘zining tekis qismiga tayyorlagan zavodning tovar belgisi, tayyorlangan oyi va yili, sinalgan vaqti va sanoatda havfsizlikni ta’minlash nazorati qoidalariga asosan keyingi sinash davri yozib qo‘yiladi.
Ballonlar to‘ldirish joylarida ularning ichki bosimi 0,05 MPa dan kam bo‘lmasligi kerak. Chunki qoldiq gaz ballonda qanday gaz borligini aniqlash imkonini beradi. Agar ballon atsetilen uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, unda qoldiq gaz 0,65 MPa dan kam va 0,10 MPa dan ortiq bo‘lmasligi kerak. Ma’lum miqdordagi gazning bo‘lishi unda qanday gaz borligini aniqlashdan tashqari idishning zich yopilganligini kafolatlaydi va shuningdek idishga tashqi havoning kirib, havfli vaziyat vujudga kelishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Suyultirilgan va yuqori bosim ostida siqilgan gazlarni saqlaydigan idishlar xilma – xil tuzilishga va hajmga ega bo‘ladi. Ularning asosan bir erga o‘rnatilgan va harakatlantirib yurgizish uchun mo‘ljallangan turlari mavjud.
Yong‘inlar sanoat korxonalari, xalq xo‘jaligining hamma tarmoqlari, qishloq xo‘jaligi va turar joylarda yuz berishi mumkin bo‘lgan, etkazadigan zarari jihatidan tabiiy ofatlarga tenglashishi mumkin bo‘lgan hodisa hisoblanadi. Yong‘inlar katta moddiy zarar keltirishi bilan birga, og‘ir baxtsiz hodisalar, zaharlanish, kuyish natijasida kishilar hayotini olib ketgan hollar ko‘plab uchraydi.
Shuning uchun ham yong‘inga qarshi kurash barcha fuqarolarning umumiy burchi hisoblanadi va bu ishlar davlat miqyosida amalga oshiriladi.
Umuman yong‘in chiqmasligini ta’minlash, yong‘in chiqqan taqdirda ham uning rivojlanib, tarqalib ketishining oldini olish, moddiy boyliklarni, inson salomatligi va uning hayotini saqlab qolishga qaratilgan chora – tadbirlar bo‘lib, bu masalalar mehnatni muhofaza qilishning tarkibiy qismi hisoblanadi.

XULOSA


Men o’z kurs ishimda sirka kislotasini isitish apparatlarining issiqlik texnik hisobida T ya’ni temperaturalar farqini , To’rt ni , To’rt l o’rtacha temperaturasini , Q qurilmaning issiqlik yuklamasini , q0 issiqlik oqimining zichligini , F issiqlik almashinish yuzasini hisoblab topdim . Bunda , F=10 m2 chiqdi. Ushbu F ga mos qobiq-trubali standart issiqlik almashinish qurilmasini tanlaymiz . Issiqlik almashinish yuzasi turbulent oqimda F = 10 m2; qobiq diametri D = 325 mm; Laminar oqimda F = 19.5 m2 ; truba diametri d = 25x2 mm; trubalar soni n = 62; yo’llar soni z = 1 ; truba uzunligi turbulent oqimda l =2 m; laminar oqimda l = 4 m kabi parametrlarni tanlab oldik.


Yüklə 282,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin