Mundarija: kirish asosiy qism jahon siyosati va uning tuzilishi


Trans Milliy Korparatsiyalar faoliyatining asosiy xususiyatlari



Yüklə 154,5 Kb.
səhifə5/9
tarix19.05.2023
ölçüsü154,5 Kb.
#117568
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mundarija kirish asosiy qism jahon siyosati va uning tuzilish

3. Trans Milliy Korparatsiyalar faoliyatining asosiy xususiyatlari.
BMTekspertlarining fikricha Transmilliy korporatsiyalar (TMK) «jaxon iktisodining dvigatellaridir». BMTning translatsion korporatsiyalar xakidagi dokladlaridan biri xuddi shunday deb nomlangan edi. 90-yillarning urtalariga kelib jaxonda 40 mingta TMK mavjud edi. Ular uz davlatlaridan tashkarida 250 mingga yakin shuʼba korxonalarini nazorat kilardilar. Ularning soni oxirgi yigirma yil mobaynida 5 barobar kupaydi (1970 yilda 7mingta bunday firma ruyxatga olingan edi).
100ta eng yirik xalkaro kompaniyalarning 40% mulki (shu jumladan moliyaviy mulki) boshka davlatlar xududmda joylashgan. Transmilliy korporatsiyalarning asosiy kismi АKSh, YeI davlatlari va Yaponiyada joylashgan. TMK jaxon sanoat ishlab chikarishining 40%igacha, xalkaro savdoning yarmini nazorat kiladilar. TMK korxonalarida ishlab chikarilgan maxsulotlarning mikdori yiliga 1 trln. doll.dan oshib ketadi. Ularda 73 mln.dan ortik kishi ishlaydi, yaʼni jaxonda band axolining undan bir kismi.
Xush, transmilliy korporatsiyalar nima, ularga kanaka kompaniyalar kiradi? Аnʼanaviy ravishda xalkaro korporatsiyalar faoliyatini urganadigan BMT uzok vakt mobaynida ularga yillik aylanmasi 100 mln. doll.dan oshuvchi va kamida 6 davlatda filiali bulgan firmalarni kushardi. Keyingi yillarda boshka bir kursatkich: rezident-davlatdan tashkarida sotilgan maxsulotlar mikdori kiritildi. Bu kursatkich buyicha jaxonda Shveytsariyaning «Nestle» firmasi (98%) ilgorlardan biri sanaladi.
BMT metodologiyasiga kura xalkaro korporatsiyani uning aktivlari strukturasiga karab xam aniklash mumkin. Transmilliy korporatsiyalar ichida eng kup xorijiy aktivga (moliya sektori-transmilliy banklardan tashkari) Аngliya-Gollandiya kontserni «Royalь-Datch shell», keyin АKShning 4 firmasi: «Ford», «Jenerat motors», «Ekson» va «IBM» egadirlar.
Garb iktisodiy adabiyotida xalkaro monopoliyalarning kuplab turlarini uchratish mumkin: kupmilliy korporatsiyalar, baynalmilal korporatsiyalar, Transmilliy korporatsiyalar, global korporatsiyalar va x.k. F.Kotler tashkiliy tamoyillar asosida aynan ana shunday xalkaro kompaniyalarni kursatadi.
Rossiyalik iktisodchilar, odatda, kuyidagi klassifikatsiyani beradilar.
Transmilliy korporatsiyalar - bu xorijiy aktivga ega bulgan milliy monopoliyalar. Ularning ishlab chikarish va savdo-sotik faoliyatlari bir davlat chegarasidan chikib ketadi. Korporatsiya deb АKShda xissadorlik jamiyatini aytishadi. Zamonaviy Transmilliy korporatsiyalarning kupchiligi Аmerika kompaniyalarining ekspansiyasi tufayli vujudga
kelganligi tufayli bu termin kirib keldi.
Transmilliy korporatsiyalarning xukukiy rejimi filiallar va shuʼba korxonalari tashkil etish orkali turli davlatlarda faoliyat yuritishni nazarda tutadi. Bu kompaniyalar nisbatan mustakil bulgan ishlab chikarish va tayyor maxsulotlarni sotish, ilmiy tadkikot, isteʼmolchilarga xizmat kursatish xizmatlariga egadirlar.
Umuman ular yagona ishlab chikarish-sotish majmuini tashkil etadilar va bu majmuada xissadorlik kapitalga fakat taʼsischi davlat egalik kiladi. Shu bilan birga filial va shuʼba korxonalari aralash korxonalar bulishi va ularda milliy kapital ustunlik kilishi mumkin.
Kupmilliy korporatsiyalar (KMK) - ishlab chikarish va ilmiy tadkikotchilik asosida bir necha davlat milliy korporatsiyalarini birlashtiruvchi xalkaro korporatsiyadir. Bunga 1907 yildan buyon mavjud bulgan Аngliya - Gollandiya «Royalь-Datch shell» kontsernini kursatish mumkin. Bu kompaniyaning xozirgi kapitali 60:40 nisbatda taksimlangan. Kupmilliy korporatsiyalarga mashinasozlik, elektron injeneriyaga ixtisoslashgan, Yevropada mashxur Shveytsariya-Shvetsiya АVV (AseaBrownBovery) kompaniyasini kursatish mumkin. Yevropaning ilgor Kupmilliy korporatsiyalari katoriga Аngliya-Gollandiya ximiya-texnologiya kontserni «Yunilever»ni xam kushish mumkin.
Tranmilliy va Kupmilliy korporatsiyalarga xalkaro kompaniyalar ichida ajralib turuvchi global korporatsiyalarni (GK) xam kushish kerak. Ular 80-yillarda vujudga keldirilar va kuchga kirib bormokdalar. Global korporatsiyalar zamonaviy jaxon moliya kapitalining butun kudratini namoyon kiladilar. Globalizatsiyaga kuprok ximiya, elektrotexnika, elektron, neftь, avtomobilь, axborot, bank va boshka bir necha soxalar moyildirlar.
Transmilliy korporatsiyalar paydo bulishi sabablari.
Ular paydo bulishining eng umumiy sababi milliy-davlat chegaralaridan chikib ketgan ishlab chikarish kuchlarining rivojlanishi asosida ishlab chikarish va kapitalning baynalmilallashuvidir.
Ishlab chikarish va kapitalning baynalmilallashuvi yirik kompaniyalar tomonidan xorijda uz bulimlarini tashkil etishi va milliy korporatsiyalarning transmilliy korporatsiyalarga aylanishi orkali ekspansiya xarakteriga ega buladi. Kapital olib chikish xalkaro korporatsiyalarning shakllanishi va rivojlanishining eng muxim omiliga aylanmokda.
Transmilliy korporatsiyalar vujudga kelishining anik sabablari katoriga xaddan oshik foyda olishga intilishni kursatish mumkin. Uz navbatida, utkir rakobat, bu kurashda tirik kolish zaruriyati xam xalkaro mikyosda ishlab chikarish va kapitalning kontsentratsiyasi va TMK paydo bulishiga olib keldi.
Jaxon xujaligida ruy beruvchi iktisodiy jarayonlarning obʼektiv natijasi sifatida vujudga kelgan transmilliy korporatsiyalar kaior uziga xos xususiyatlarga ega. TMK xalkaro mexnat taksimotining faol ishtirokchisi bulib uning rivojlanishiga uz xissalarini kushadilar.
Transmilliy korporatsiyalar kapitalining xarakati, odatda, korporatsiya joylashgan davlatda bulayotgan jarayonlardan mustakil ravishda ruy beradi.
Transmilliy korporatsiyalar yirik investitsiyalar va yukori malakali personal talab kiluvchi yukori texnologiyali, ilmtalab soxalarga kirib borishadi. Bunda ushbu soxalarni transmilliy korporatsiyalar tomonidan monopoliya kilish tendentsiyasi sezilmokda.
80-yillar urtalarida kapitalistik dunyo sanoat maxsulotining 3/4 kismi 2 mingga yakin eng yirik korporatsiyalar tomonidan ishlab chikarilgan. Ularning bir necha yuztasi eng muxim maxsulotlarning 50%idan 80%igacha kismini ishlab chikarganlar.
500ta eng kuchli transmilliy korporatsiyalardan 85tasi barcha xorijdagi investitsiyalarning 70%ini nazorat kiladilar. Bu 500 gigant elektronika va ximiyaning 80%, farmatsevtikaning 95%, mashinasozlikning 76% maxsulotini sotadilar.
Garbiy iktisodchilarning prognozlariga kura 2000 yilda jaxon xujaligida 300-600 transmilliy korporatsiyalar xukmronligi urnatiladi. Bunda 300 korporatsiya jaxin yalpi maxsulotining 75%ini nazorat kiladilar, uz ishlab chikarishlari va xizmatlarini sezilarli ravishda diversifikatsiya kiladilar. Masalan, Shvetsiyaning «Volьvo» avtomobilь kontserni xozirdayok nafakat avtomobilь chikarmokdma. Bu transmilliy korporatsiya Shvetsiyada 30 ta, xorijda bir necha unta turli ixtisosli yirik shuʼba korxonalariga ega bulib, katerlar uchun motorlar, aviadvigatellar, maxsulotlar va xatto mivo («Pripps») ishlab chikarmokda. Uz navbatida АKShning 500 eng yirik transmilliy korporatsiyalari urta xisobda 11 soxada, eng kuchlilari esa 30-50 moxada korxonalarga ega. 100 ilgor sanoat firmalaridan Аngliyada 96 tasi, Germaniyada-78tasi, Frantsiyada-84tasi, Italiyada-90tasi kup saxalidir.
Kuchli ishlab chikarish bazasiga ega bulgan transmilliy korporatsiyalar ishlab chikarishni, tovar bozorlarini samarali rejalashtirishni taʼminlovchi ishlab chikarish-savdo siysatini yurgizadilar. Rejalashtirish box kompaniya doirasida amalga oshiriladi va shuʼba korxonalariga tarkatiladi.
Xalkaro korporatsiyalar vujudga kelishi va rivojlanishiga misol kilib, uz kulida jaxon kundalik elektr jixozlari va sanaot uskunalari bozorining 25%ini ushlab turgan «Elektrolyuks» TMKni kursatish mumkin. 1912 yilda ikki shved kompaniyalarining birlashishi natijasida vujudga kelgan «Elektrolyuks» 20-yillardayok Аvstraliya va Yangi Zelandiya bozoriga chikib, u yerda uz ishlab chikarishini tashkil kildi. Oxirgi un yillikda «Elektrolyuks» АKShda uchinchi urinda turuvchi, «Vestingauz», «Gibson» va boshka markalar ostida kundalik texnika ishlab chikaruvchi «Uayt Konsolideyted» kompaniyasini, Italiya va butun janubiy Yevropada eng yirik elektr tovarlari ishlab chikaruvchi «Zanussi» firmasi va shuningdek GFR asosiy elektr tovarlari ishlab chikaruvchi «АEG» firmasini sotib oldi.
Bu uch firmani kushib olganidan keyin «Elektrolyuks» 75 mamlakatda kundalik elektrotexnikani ishlab chikarish, sotish va xizmat kursatish buyicha rivojlangan tizimga ega bulgan, uz soxasida jaxonda lider kompaniyaga aylandi.
90-yillarning urtalarida bu transmilliy korporatsiyaning korxonalarida 110mingdan ortik kishi ishlab, uing yillik oboroti 1994 yilda 16 mlrd. doll.ni tashkil etdi.
Uz ekspansiyasini kengaytira borib, transmilliy korporatsiyalar jaxon bozorini uzlashtirishning turli shakllaridan foydalanadilar. Bu shakllar kup jixatdan shartnomaga asoslanadi va xissadorlik kapitalida boshka firmalarning katnashishiga boglik emas. TMK iktisodiyotining bunday shakllariga kupincha kuyidagilar kiritiladi: 1) litsenziya berish; 2) franchayzing; 3) boshkaruv shartnomalari; 4) texnik va marketing xizmatlari kursatish; 5) korxonalarni «kalit ostida» topshirish; 6) vakt buyicha cheklangan kushma korxonalar tuzish xakidagi shartnomalar va aloxida operatsiyalarni amalga oshirish buyicha kelishuvlar.
Litsenzion kelishuvlar ayniksa keng tarkalgan. 1990 yilda TMKning litsenzion kelishuvlarining xajmi 1970 yildagiga nisbatan kariyb un barobar oshdi.
Litsenzion kelishuv yuridik shartnoma bulib, unga kura litsenziar litsenziantga bir kancha muddatga maʼlum tulov evaziga maʼlum xukuklar beradi. Litsenziya berish transmilliy korporatsiyaning ichki firma shartnomalari buyicha xam, texnologiya berishning tashki kanallari buyicha xam amalga oshiriladi.
Franchayzing-uzok muddatga muljallangan litsenzion kelishuvdir. Bunda franchayzer klient-firmaga maʼlum xukuklar beradi. Bu xukuklar uz ichiga maʼlum tulov evaziga savdo markasi yoki firma nomidan foydalanish, shuningdek texnik yordam kursatish, ishchi kuchi malakasini oshirish, savdo va boshkarish buyicha xizmat kursatishni oladi.
80-yillarning oxiridan boshkaru va marketing xizmatlarini kursatish kabi transmilliy korporatsiyalar ekspansiyasi shakli keng tarkalmokda. Boshkaruv xizmatlari kursatish buyicha shartnomaga kura, korxonani operativ nazorat kilish maʼlum tulov evaziga boshka koxonaga beriladi.
Texnik xizmat kursatish xakmdagi shartnomaga kura transmilliy korporatsiyalar ushbu firma faoliyatining kandaydir maxsus tomoniga boglik bulgan texnik xizmatlarni amalga oshiradilar. Kupincha bunday shartnomalar mashina va uskunalarni remont kilish, «nou-xau»dan foydalanish buyicha maslaxatlar, avariyalarni tugatish va sifatni nazorat kilish bilan boglik buladi.
Zavodlarni «kalit ostida» topshirish xakidagi shartnomalar keng tarkaldi. Bunda transmilliy korporatsiya maʼlum obʼektni rejalashtiri va kurish uchun zarur bulgan barcha (yoki asosiy kupchilik) faoliyatni amalga oshirish javobgarligini oladilar.
Transmilliy korporatsiyalar tomonidan xalkaro bozorlarni egallashning eng yangi shakllaridan biri xorijda maxsus investitsion kompaniyalar tashkil kilishdir. Bu kompaniyalarning vazifasi TMKning shuʼba va xamkorlikdagi korxonalarining maxsulotlarini mintakaviy bozorlarga chikarishni ragbatlantirish uchun ularni investitsiyalashdir. Bunday usuldan alkogolsiz ichimliklarni sotish buyicha eng yirik xalkaro kompaniyalar «Pesi-kola» va «Koka-kola» Аfrikada foydalanishadi.
Transmilliy korporatsiyalar zamonaviy jaxon xujaligining muxim ishtirokchilariga aylandilar.
Sanoati rivojlangan davlatlar uchun aynan TMKlarining xorijdagi faoliyati ularning tashki iktisodiy alokalaring xarakterini belgilab beradi. Bu davlatlar eksportida milliy kompaniyalarning uzlarining xorijdagi filiallariga tovar yetkazib berishlari va xizmat kursatishlarining ulushi kattadir. 80-yillarning ikkinchi yarmida bunday firma ichidagi savdoning ulushiga АKSh eksportining 14-20%i,Yaponiya eksportining 23-29%i va GFR eksportining 24-28%i tugri kelardi. TMK jaxondagi xususiy ishlab chikarish kapitalining 1/3 kismini, xorijdagi tugridan-tugri investitsiyalarning 90%ini nazorat kiladilar.
Transmilliy korporatsiyalarning soxaviy struturasi xam turli tumandir. Xalkar korporatsiyalarning 60%i ishlab chikarish soxasida, 37%i xizmatda va 3%i kazib chikarish va kishlok xujaligi soxasida banddir.
Аmerikaning «Forchun» jurnali maʼlumotlariga karaganda jaxonning eng yirik 500 korporatsiyasi ichida 4 majmua: elektronika, reftni kayta ishlash, ximiya va avtomobilsozlik asosiy rol uynaydi. Ular savdosi TMKlar faoliyatining 80%ini tashkil etadi.
Transmilliy korporatsiyalar investitsiyalarining mintakaviy-soxaviy yunalishi juda xarakterlidir. Odatda ular, «yangi industrial davlatlar», nisbatan rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar kayta ishlovchi sanoatiga kapital kuyadilar. Bunda kapital oluvchi davlatlar orasida investichilar uchun rakobatchilik kurashi ruy beradi.
Kambagal davlatlarga nisbatan siyosat boshkacha - transmilliy korporatsiyalar bu yerda kapitalni kazib olish soxasiga kuysalarda, ammo asosan bu yerga eksportni kuchaytirishga
xarakat kiladilar. Bu xolda TMKlar urtasida maxalliy bozorni egallash uchun kurash boshlanadi.
Transmilliy korporatsiyalar u yoki bu davlatning xalkaro iktisodiy alokalar tizimidagi takdirini aniklovchi omilga aylanishmokda. TMKning faol ishlab chikarish, investitsion, savdo faoliyati tufayli ular ishlab chikarish va maxsulotlarni taksimlashning xalkaro tartibga soluvchisiga aylanishmokda va xatto BMT ekspertlarining fikricha jaxonda iktisodiy integratsiyasiga sharoit yaratishmokda.
Transmilliy korporatsiyalarning jaxon xujaligi va xalkaro iktisodiy munosabatlar tizimidagi faoliyatining yaxshi tomonlarini aytganda, ularning faoliyat kursatayotgan davlatlar iktisodiyotiga negativ taʼsirini xam aytib utish lozim. Mutaxassislar kuyidagilarni aloxida kursatadilar:
-TMK faoliyat kursatadigan davlatlarning iktisodiy siyosatini amalga oshirishga xalakit berish;
-davlat konunlarini buzish;
-monopol narxlar urnatish, rivojlanayotgan davlatlarning xukukini cheklovchi shartlarga majburlash.
Umuman, transmilliy korporatsiyalar- xujaliklararo alokalarning doimiy eʼtibor, urganish va xalkaro nazorat talab kiluvchi yetarli darajada murakkab va doimiy ravishda rivojlanib borayotgan fenomenidir.


Yüklə 154,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin