Masalan, “Oftoboyim” hikoyasida shunday lavha bor: “ Odam bolasi
tug„ilgan yurtiga o„xshaydimi?! Bilmadim, men shunaqa deb o„ylayman.
Dunyoning suratiga qarayman. U menga har kuni bitta oftob tug„adigan
Yaponiya o„xshab ko„rinadi. Unga qaraganimda buyuk Yaponiyani ko„rib
turganga o„xshayman”
41
Ma‘lumki, jomardlikning mezoni mardlik, adolatlilik, poklik,
vatanparvarlik. Yaponialik mahbuslar ham oddiy mehnatkash, sodda samimiy
insonlar. Shunday ekanligini bilganimiz uchun ham ushbu hikoyada aks etgan
personajlar kitobxon ko‗nglidan joy olishi muqarrar. Kitobxon ularga mehr
qo‗yadi, sevib qoladi, xatti-harakatlarini qo‗llab quvvatlaydi. Sababi ularning
qalblari poklik, halollik, diyonatlilik bilan yo‗g‗rilgan. Shundan ularning
faoliyati kishilarni o‗z qilmishlarini tarozi pallasiga bir solib ko‗rishga undaydi.
Hayot falsafasidan ma‘lumki, shunday qilganda, kishi o‗zini qanday shaxs
ekanligini anglaydi. Bu esa yaxshilikka, ezgulikka tashlangan qadamdir.
Demak, hayot, turmush inson nima uchun yashayotganini faqat katta
siyosatdan olimlar emas, hayotning o‗zidek musaffo qalb odamlar ham
anglatishi ham mumkin. Anglatganda ham juda tushunarli, kishilarning qon
tomiridan qalbiga uriladigan tarzda anglatadi. Bunday qilishlikni badiiy asar
uddasidan chiqadi. Qachonki iste'dodli yozuvchi tomonidan yozilsa. Mazkur
qissa ham shunday ahamiyatga egadir.
Azal azaldan asar badiiyati tasvir samimiyati, jozibali tili, shoirning
adabiyotdagi, ongimizdagi, folklordagi an‘analardan o‗z usulida foydalanishi
bilan belgilab kelingan. 80-yillar oxiri 90-yillar boshlariga kelib ijodkorlar
uchga bo‗linib qolishdi. Birinchi toifaga sobiq sho‗rolar tuzumini ulug‗lashga
odatlangan ijodkorlar kirardi. Ular ijtimoiy siyosiy tuzum o‗zgargach
ilhomning yagona va bitmas-tuganmas manbaidan ayrilib qolishdi. Ikkinchi
toifa mustabid tuzumdan ozor chekkanlar. Bundaylar har safar oshib o‗tishi
zarur bo‗lgan to‗siqning yemirilganligidan shoshib qolishdi. Uchinchi toifa esa
yuqoridagi ikkalasidan farqli o‗laroq, asarni iztirobli qalb mahsuli deb
tushungan ijodkorlardan iborat. Va mana shu toifa ijodkorlar o‗zbek adabiyoti
rivojini yangi yo‗lga burishga harakat qilishdi. Said Ahmad shunday ijodkorlar
sirasidandir.
Ushbu hikoya qahramonlarining harakteri o‗quvchida yaponiyaga kichik
ekskurs qilishga chorlaydi. ―Xarakter (yunoncha character iz, belgi, farqlovchi,
xususiyat) badiiy xarakter: muayyan davr va muhit kishilariga xos eng muhim
42
umumiy xususiyatlar bilan alohida shaxsga xos individual xususiyatlarni o‗zida
uyg‗un mujassam etgan inson obrazi. Badiiy xarakter o‗zida ob‘ektiv va
sub‘ektiv xususiyatlarni o‗zida mujassam etadi. Inson hayotining ijtimoiy
psixologik realligi xarakterning real asosi, ya‘ni uning hayotiy kuzatishlar yoki
muayyan prototip asosida yaratilgani nazarda tutiladi. Badiiy xarakterning
ob‘ektiv tomoni bo‗lsa, uning ijodkor tomonidan hissiy idrok etilishi va
g‗oyaviy-hissiy baholanishi sub‘ektiv tomonidir. Badiiy xarakterning sub‘ektiv
jihati bir tomondan uning ijodkor tomonidan yaratilgan yangi mavjudlik badiiy
xodisasi bo‗lishini, ikkinchi tomondan, uning konseptual funksiyasi
ta‘minlanishini tashkil etadi. Boshqacha aytsak adabiyotning badiiy konseptual
funksiyasi xarakter orqali amalga oshadi, ya‘ni jamiyatning joriy holati
xarakter vositasida badiiy tadqiq etiladi va yaxlit badiiy konsepsiya ishlab
chiqiladi. Aytish kerakki, xarakterning bu qadar katta ahamiyat kasb etishi
ko‗proq adabiyot taraqqiyotining so‗nggi davrlarida kuzatiladi. Xususan, antik
adabiyotda badiiy konsepsiyani ifodalashda xarakter emas, tasvirlangan
voqeaning o‗zi hal qiluvchi rol o‗ynaydi. Negaki antik ijodkorlar uchun
xarakterning muayyan turg‗un tiplari mavjud bo‗lib, ular asosan syujetda shu
tipga moslab xarakterlanadi. Uyg‗onish davriga kelib esa qaxramon bu turg‗un
xususiyatlarni o‗zgartirish, turli niqoblarda xarakat qilish imkoniga ega
bo‗lgan. Ya‘ni antik adabiyotga nisbatan bunda xarakter individual chizgilar
ham kasb etgan. Xullas, jamiyatda shaxs maqomining o‗zgarib borishi
barobarida badiiy xarakterda individuallik salmog‗i ortib borib, inson xarakteri
unga tabiatan ato etilgan turg‗un xususiyatlar jamigina emas, ayni chog‗da davr
va muhitning mahsuli ekani ham anglanib borgan. Zero, badiiy xarakterlarning
shakllanishi va rivojlanishi, hayotiy amalllari, o‗zaro kurashlari, ruhiyati va
shakllarini tasvirlash orqali voqelikni atroflicha chuqur badiiy idrok etish, unga
g‗oyaviy hissiy baho berish badiiy konsepsiyani shakllantirish va ifodalashi
mumkin bo‗ladi‖.
«Agar obrazni yong‗oqqa qiyoslasak, xarakter (character) hususiyat –
belgi) shu yong‗oqning mag‗zidir. CHunki mag‗izda yong‗oqning mohiyati,
43
tirikligi zaruriyligi, joni jamul-jamdir. SHu sabab «xarakter yaratilsagina-
badiiy asar yaratiladi» (N.Pogodin) degan qat‘iy va asosli hulosani chiqarish
mumkin. Xarakter yaratish badiiylikning o‗zak masalasi deb qarashimizning
boisi shundaki, xarakter badiiy ijodning juda ko‗p unsurlari (syujet,
kompozitsiya, til kabi)ni o‗zida jamlaydi, to‗g‗risi o‗zga «ishlash»ga majbur
qiladi. Ya‘ni xarakter asar mazmuniga nisbatan shakl bo‗lsa, xarakterga
nisbatan syujet, kompozitsiya, til (uslubning butun hiyla-nayranglari shaklidir)
Izzat Sulton tavsiya etganidek, «asar mazmuni xarakter tasviri tufayli hayotiy
aniqlik kasb etadi va shu bilan birga bizning hislarimizga ta‘sir etish hosiyatiga
ega bo‗ladi». To‗g‗ri gap: «har qanday muhim g‗oya ham inson qismatiga
aylanmasa, quruq gap bo‗lib qolaveradi» (O‗.Hoshimov). ―Kapalak‖
hikoyasidagi qahramonlar ham turli tabiatga mansubdir. Hikoyaning bosh
qahramoni Nusrat olti yoshli bola bo‗lib, yozuvchi bu bola obraziga
bolalikning yorqin xotiralarini joylagan. Bola ruhiyatida yovuzlik, g‗azab,
ma‘nisizlik kabi salbiy xislatlar tasvirlanmagan. Yozuvchi bu bolani ruhiyatini
tasvirlashda eng samimiy hislatlardan keng foydalangan. Nusrat obrazida
bolalarga xos bo‗lgan qiziquvchanlik, ko‗p savol berish kabi odatlarni kuzatish
mumkin. Hikoyaning yana bir qahramoni Tursunali bolaning otasi. Bu obrazni
ham salbiy qahramon deb atab bo‗lmaydi. Chunki qahramon ruhiyatida
ziddiyatli o‗ylar, salbiy tuyg‗ular namoyon bo‗lmagan. Faqat yozuvchi bu
qahramon orqali o‗z tug‗ilib o‗sgan qishlog‗ini juda tez unutgan, hayotga bir oz
engil qaraydigan insonlarni tasvirlamoqchi bo‗lgan. Hikoyaning yana bir
qahramoni bolaning bobosi bo‗lib, adib bu obrazga barcha nuroniy otalarga xos
bo‗lgan ijobiy xislatlarni jo qilgan.
Hikoyada qahramonlar ruhiyati tabiat tasvirlari bilan ochib berilgan.
Syujetda ham aynan tabiat tasviri ―peyzaj‖etakchilik qiladi.
Obraz va obrazlilik adibning boshqa hikoyalarida aniq ko‗rinadi. Zeroki,
―proza asari obrazlilikdan boshlanadi. Chunki yozuvchi obrazlilik orqali asar
44
o‗z uslubini belgilaydi‖
11
.
Muallif o‗z asarlarida jonli odamlar, jonli qahramonlar obrazlarini
yaratadi va ularni hikoya strukturasida ham tiriltira oladi. ―Badiiy adabiyot
jonli odamlar xarakterini yaratish bilan muhim, zarurdir. Har bir zamon, millat
adabiyoti insonni qanday nuqtai nazardan tasvirlashi bilan bir-biridan farq
qiladi‖
12
.
Said Ahmadning badiiy asar, xususan, hikoya tilini ishlashdagi
izlanishlari va asar tili yuzasidan o‗gitlari uning zamondoshlari va keyingi
avlod yozuvchilari uchun ham mahorat maktabi vazifasini o‗tagan. Y.Solijonov
shunday yozadi: ―Said Ahmadning ayniqsa hikoya makrostrukturasini qurish
va so‗z ustida ishlash tajribasi tuganmas saboq bo‗lyapti... yozuvchi asarlarida
muallif nutqi ham, perosnaj nutqi ham o‗ta sayqal topgan, qolipga solingan
g‗ishtday pishiq va tekis bo‗lib, uning birontasini ham olib tashlash yoki
almashtirish mumkin emas... Shubois uning hikoyalarida muallif nutqi ham,
personaj nutqi ham hquvchiga o‗ta tushunarli, tabiiy tuyiladi...‖
13
Said Ahmad
ham hikoya matnini imkon qadar kam so‗z ishlatib mukammal tuzishga
intiladi. ―Haqiqiy badiiy asar – mukammal, murakkab tarkib. U matn tarzida
yaratiladi. Matnning pishiq-puxtaligi, avvalo, san‘atkor iste‘dodiga, aytmoqchi
bo‗lgan gapining haqqoniyligiga, so‗zlarga yuklatilgan ma‘noning salmog‗iga,
maromning tovlanishi, tuslanishiga bog‗liq‖
14
. Darhaqiqat, Said Ahmadning
ko‗pgina hikoyalarining matnlari puxta va pishiq tuzilgan. Yozuvchining so‗z
ishlatishdagi mahorati muhim qiymatga ega. Zeroki, adib iste‘dodli nosir
bo‗lish bilan birga, o‗zbek tilini va uning imkoniyatlarini ham etarlicha bilgan
ijodkordir.
Har bir ijodkorning g‗oyasi niyatini, badiiy istagini kitobxonga
mukammal, to‗laqonli, tushunarli etkazuvchi vosita bu nutq va nutq matnini
tashkil etuvchi so‗zlardir. Badiiy asarning jozibadorligi, mazmundorligi, ravon
11
Каримов Ҳ. Адабиѐт назариясининг илмий асослари. – Т.: Янги нашр, 2010. – Б. 19.
12
Расулов А. Бадиийлик – безавол янгилик. – Т.: Шарқ, 2007. – Б. 27.
13
Солижонов Й. Сўз сеҳргари. – Т.: Ниҳол, 2007. – Б. 4.
14
Расулов А. Бадиийлик – безавол янгилик. – Т.: Шарқ, 2007. – Б. 44.
45
va puxtaligi, avvalo, yozuvchining til materialidan qay darajada foydalana
olishida, so‗zlarni tejamli va o‗z o‗rnida ishlata olishida aks etadi. So‗z
san‘atkori so‗z qo‗llash mahoratini mukammal egallagan bo‗ladi. Asar tili
go‗zal, ixcham, tushunarli bo‗lsa o‗quvchi uchun shunchalik hazmi yengil
bo‗ladi.
Asardan ravon til, qiziqarli syujet, aniq his-tuyg‗u kutib o‗rgangan
o‗quvchi hamma narsani muallif kechinmalari vositasida bilish, uning olamiga
kirishga darhol ko‗nika olmaydi. Olmon faylasufi Alfred Dyoblin «Adabiyotda
ommaviy universal ishlab chiqarish bo‗lishi mumkin emas. O‗z kuching bilan
qo‗lga kiritilmagan narsani ushlab qolib bo‗lmaydi» deganda ayni shuni
nazarda tutgandir. Darhaqiqat, oson erishilgan har qanday yutuq, qiymatidan
qat'i nazar, o‗z ahamiyatini tez yo‗qotadi.
Yaratgan har bir bandasiga kuzatib tushunish, tahlil qilish va tanlash
imkonini bergan. Inson e'tiqodi asosida onglilik, ichki ehtiyoj yotishi lozim.
Biror narsaga ajdodlar tutgan yo‗l ekanligi uchungina e'tiqod qilish kishini
boshi berk ko‗chaga olib kirib qo‗yishi mumkin. Bunday e'tiqodning qo‗ldan
chiqarilishi ham oson kechadi. Adabiyotning bosh vazifasi e'tiqod va ezgulik
singari qadriyatlarga undash emas, ularga ehtiyoj uyg‗otishdir. Ezgulikning
aynan qaysi jihati ezgulik ekani, dinga nima uchun e'tiqod qilish lozimligini
anglagan kishi yashashning mohiyatiga yetadi.
Voqelik va uning idrok etilishi hamisha bahs-munozaralarga sabab
bo‗lib kelgan. Zotan, uni har kim o‗zidan kelib chiqqan holda qabul etadi va
tushuntiradi. Haqiqatning ham mutlaq emasligi, umuman, bu dunyoda hech
narsa mutlaq va abadiy emasligi sababi ham odamlarning turlichaligidadir.
Modernizm oqimi shu dalilni adabiy tajribaga tatbiq etadi.
Modern bitiklarda ilgari odatlanilganiday ijobiy yoki salbiy personajlar
o‗rniga, har qanday jonli odam singari, har ikki jihatni ham o‗zida jamlagan
murakkab taqdirli inson tasvirlana boshlandi. Haqiqatan ham, odam fe'l-atvori
serqirra, o‗zgaruvchan. O‗tayotgan har bir on uni o‗zgartiradi: shu onning
ichida kishi bir soniyaga ulg‗ayadi, qoni vujudini bir aylanib chiqadi, yurak
46
urishi bittaga ko‗payadi. «Va alohida odamning hayotida ham yalt etgan lahza
qaytarilmaydi. Har bir o‗tkinchi kayfiyat mangu qolish uchun faqat bir
martagina bo‗y ko‗rsatadi. Agar o‗tib ketgan tuyg‗uni qayta tuymoqchi
bo‗lsam, endi u o‗zgargan holda qaytadi. San'atning vazifasi – shu o‗tkinchi
lahzani saqlab qolish, mangulashtirib qo‗yish. San'atda har qanday tuyg‗u
birday qimmatga ega. Zero ular boshqa takrorlanmaydi; har biri yagonaligi
bilan qadrlidir».
Adabiyotda ro‗y bergan hech bir hodisa ijtimoiy ildizdan uzilgan emas.
Qahramon kechinmalari bayonidangina iborat asar ham ijtimoiy — unda
jamiyatda yuz berayotgan hodisalar tufayli qahramonda uyg‗ongan tuyg‗ular
tasvirlanadi. Shuningdek, qahramon ham jamiyat a'zolari bilan bevosita yoki
bilvosita muloqotga kiradi. Ijodkor ayni shu tashqi muhit ta'sirida paydo
bo‗lgan hissiyotlarni badiiy tasvirlash vositasida ijtimoiy ongga ta'sir
ko‗rsatadi. Zotan, «Adabiyot san'atlar san'atidir. Uni boshqa hech qaysi
san'atga tenglashtirib bo‗lmaydi. Boshqa san'atlar ixtisoslashgan, u — yo‗q.
Qolganlari bir tarkibli, u esa sintetik. Adabiyot san'atlarning hammasini o‗z
ichiga oladi». Bu qudrat faqat adabiyotdagina inson mohiyati, o‗zligi bor
bo‗yicha namoyon bo‗la olishi tufayli tug‗iladi. U mantiq va mantiqsizlik,
hissiyot va mushohada, ulug‗vorlik va tubanlik, ilohiylik va soddalik
uyg‗unlashib ketgan badiiy so‗z orqali inson ruhini anglashga intiladi.
Adabiyot — borlik va yo‗qlik. U insonga oid barcha narsaga birday bog‗liq,
olam esa inson uchungina qoyim. Har bir hodisa adabiyotda yuz beradi,
adabiyotdan kelib chiqadi, adabiyotga qaytadi.
Insoniyat tarixida yuz bergan barcha muhim voqealar, unutilmas
hodisalar, keskin o‗zgarishlar avvalo ijodkor qalbida, so‗ng so‗zda va nihoyat,
amalda namoyon bo‗ladi. Ijodkorda ko‗pchilikda bo‗lmagan eng kichik
o‗zgarishni ham oldindan sezish, uning ahamiyatini teran anglash iqtidori
borligining biologik yoki ijtimoiy sababini topish mushkul. Chunki iste'dod -
ijodkor ongi, shuuridan tashqarida mavjud, uning kundalik ma'nosidan uzilgan,
o‗zgacha xislatlar kasb etgan so‗zga do‗nishi ilohiy, bir qadar jununvash
47
jarayon. U - bir vaqtning o‗zida tarixga ham, hozirga ham va kelajakka ham
taalluqli. Ijodkor hozirgi ahvolidan kelib chiqqan holda tarixdan ta'sirlanishi va
shu asosda kelajakni tasavvur qilishi mumkin. Davr va iste'dod orasidagi
boshqalar tushunmaydigan bu ruhiy aloqa adabiyotga turfa badiiy oqimlaru
,o‗quvchilarga butunlay farqli ifoda uslubiga ega ijodkorlarni taqdim etadi.
Psixologik omil biografik tadkikot uchun ikki yoqlama ahamiyat kasb
etadi. Buning birinchisi, bevosita ijodkorning biografik dunyosi, real borligi
bilan
bog
'lik
bo'lib,
mazkur
individuumga
xos
psixolobiologik,
psixosotsiologik unsurlarni namoyon kiladi. Ikkinchisi, ayni unsurlarning
badiiy asarda, vokelik va obrazlar talkinidagi urinini aniklashga xizmat kiladi.
Buning ibtidoiy shakllari ilk biografik tadkikotlarda kuringan bulsa,
keyinchalik ijod psixologiyasi degan maxsus ilmiy yunalishga asos buldi.
15
Eng muximi, 90- yillarning boshlarida o‗zbek adabiyotshunosligi tarixida
ilk bor, mustaqil ravishda yangi adabiy tur masalasi quyildi. Professor Baxodir
Sarimsoqov an'anaviy uch turdan tashkari «paremiya» deb nomlanuvchi
turtinchi adabiy tur mavjudligi xaqidagi qarashni o‗rtaga tashladi.
Olim «paremik tur» istiloxini qo‗llashda poetika ilmining istiloxshunoslik
an'analariga asoslanadi. Binobarin: «Yunoncha «paremiya» atamasi xikmatli
Dostları ilə paylaş: |