8
ilmiy ish yangi sanaladi. Qolaversa, adibning ijodiyoti
badiiy tomondan ilk
marotaba ham shaklni, ham mazmunni qamrab olgan holda tadqiq etilmoqda.
Tadqiqot bo„yicha qisqacha adabiyotlar tahlili. Mavzuni yoritishda,
asosan, nazariya adabiyotlarga ko‗proq ehtiyoj sezildi. Bunda Fitratning
―Adabiyot
qoidalari‖,
I.Sultonning
―Adabiyotshunoslik
nazariyasi‖,
Q.Yo‗ldoshov hamda M.Yo‗ldoshovalarning
hammuallifligida yozilgan
―Badiiy tahlil asoslari‖, T.Boboyevning ―Adabiyotshunoslik nazariyasi‖,
D.Quronovning ―Adabiyotshunoslikka kirish‖ singari nazariy asarlardan
foydalandik.
Tadqiqotning metodologik asoslari. Izchillik,
tarixiylik, ya‘ni har bir
adib yoki olimga o‗z davri sharoitidan kelib chiqqan holda yondashib, uning
faoliyati va xizmatlarini ijtimoiy taraqqiyotga qanday hissa qo‗shganligi,
bo‗lg‗usi inkishoflar uchun qanday zamin yaratganligi
nuqtai nazaridan tahlil
etish tashkil etadi; Said Ahmadning Istiqlol davri adabiyotini shakllanish va
takomillashishi uchun qo‗shgan hissasi shu nuqtai nazardan turib baholandi.
Tadqiqotni bajarishda yozuvchi asarlari mazmuni va badiiyatini zamondosh
adiblar ijodi, o‗tmish faylasuflar qarashlari
hamda tasavvuf adabiyoti
vakillarining ilmiy va badiiy asarlari bilan qiyoslagan holda olib borish ko‗zga
tashlanadi.
BMIning nazariy va amaliy ahamiyati. Milliy istiqlol tufayli o‗zbek
xalqi o‗z taqdirini, jumladan o‗z tili holati va mavqeyini, mafkurasini, shu
jumladan, adabiy-badiiy estetik tamoyillarini o‗zi
belgilash imkoniyatiga ega
bo‗ldi. Ayni holat bugungi kunda yaratilayotgan badiiy asarlarning o‗rnini ham
oshirmoqda. Chunki asarlarni bu taxlit baholashni o‗rgangan yosh avlod har bir
masalani atroflicha, xolisona, eng muhimi erkin fikrlagan holda olib borishga
o‗zida ko‗nikma hosil qiladi. Qolaversa, qaramlik
davrining erkin fikrlashni
siqib qo‗yuvchi muhitiga o‗rgangan kishilar ongini ko‗p qirrali o‗ylay olish
salohiyati bilan o‗stiradi. Bu borada tadqiqot yo‗nalishigina emas, balki Said
Ahmad ijodi ham ahamiyatli o‗rin tutadi. Chunki adibning ijodi inson
9
tafakkurini ulkan fikrlar olamiga boshlab kiradi.
Va u yerdan olam-olam
o‗zgarishlarni topadi.
Dostları ilə paylaş: