- istiqlol davri hikoyalarining ko‘pchiligida fikrlayotgan odamlar bosh
qahramonga aylandi;
— muallifning ijod namunasida, qahramonlarning o‘zaro mushtarak
jihatlari mavjudligiga qaramay, har biri alohida qiyofa, o‘z yo‘siniga ega. Bu
asarlarni ko‘z yugurtirib o‘qish kifoya qilmaydi, sinchiklab o‘qish va idrok
etish talab qilinadi. Adib yaratgan hikoyada voqealar maromi bir-biriga
o‘xshab ketsa-da tasvir o‘zgachaligi ustuvor. Shu bois ularning har biri
kitobxonda ayri, mutlaqo farq qiladigan tuyg‘ular uyg‘otadi;
— Said Ahmad hikoyani muallifning ichki ehtiyoji tufayligina yaratgan.
Adib uchun zamon talabiga javob berish, barchani qiziqtirayotgan biror
muammoni ko‘tarib chiqish emas, o‘z ko‘nglini bezovta qilgan muammoni,
zamondosh ruhiy ehtiyojini ifodalash muhim;
— muallif asarlarida ruhiy holat tasvirining haqqoniyligiga sifatlarni
uyushtirib keltirish orqali erishadi;
— muallifning hikoyasida tipik odam uchramaydi, har bir qahramoni tip
— hech kimga o‘xshamagan alohida betakror odam;
21
— hikoyada adib pand-nasihat qilib emas, his qildirib, voqea
ishtirokchisiga aylantirib, tuyg‘u hosil qilib o‘quvchi ma’naviyatiga ta’sir
qiladi;
Said Ahmadning “Buqalamun bilan uchrashuv” hikoyasi o‗zbek
adabiyoti uchun muhim hodisa
hisoblanadi. Buqalamun nomli asarlar nafaqat
o‗zbek balki jahon adabiyotida ham uchrashiga guvohi bo‗lganmiz. Jumladan
Antojn Pavlovich Chexov qalamiga ―Xameleon‖ (Buqalamun) hikoyasi adib
ijodining eng yaxshi namunalaridan biri bo‗lgani holda 1884-yil Chexov
shifokor vazifasida ishlay boshlaganda chop etilgan. Asarning bosh qahramoni
politsiya nazoratchisi Ochumelov bo‗lib, u orqali inson ichidagi bir necha
qiyofalarni ochib berishga harakat qilingan. Said Ahmadning ―Buqalamun
bilan uchrashuv‖ hikoyasida jamiyat uchun havf tug‗dirayotgan turli maqomga
o‗ynaydigan kimsalarning asl bashrasi ochib berishga urinilgan. Yozuvchi bu
orqali nima demoqchi quyida biz bu savollarga javob izlashga harakat qilamiz.
—
Chexovning Xameleoni kim o‗zi? Yozuvchi bu savolga javob
berish uchun insonni emas,balki oddiy itni vosita qiladi. Bir itning
egasini topish masalasi insonlarning yuzlaridagi ―niqoblar‖ini
yechib tashlaydi. Oddiy hodisadek tuyuluvchi bu kulgili va
achinarli holat orqali insonlarning yaxshi va ―quloqlari tinch‖
yashashlari uchun hech narsadan qaytmasliklari mahorat bilan
ochib beriladi.
—
Said Ahmadning ―Buqalamun bilan uchrashuv‖ asarida jamiyatda
uchraydigan zamona zayliga o‗ynaydigan o‗z fikriga ega
bo‗lmagan inson tasviri chiziladi.
Inson jamiyat bilan bevosita emas, balki bilvosita munosabatga kirisha
oladigan, o‗tkir zexn, ong sohibi sanaladi. ―Insonni, uning ma‘naviy olamini
kashf etadigan yana bir qudratli vosita borki, u ham bo‗lsa, so‗z san‘ati, badiiy
adabiyotdir. Badiiy adabiyotning insonshunoslik, deb, shoir va yozuvchilarning
22
esa inson ruhining muhandislari, deb ta‘riflanishi bejiz emas, albatta‖
5
,- deb
ta‘kidlamaganlar. Inson ongiga ta‘sir qiluvchi, uning dunyoqarashi ortishiga
xizmat qiluvchi vosita bu kitobdir. Asarda yozuvchi qahramonlar portretini
chizishga alohida ahamiyat bergan. Portret, aslida, personajning so‗z vositasida
tasvirlangan tashqi ko‗rinishi (qiyofasi, jussasi, kiyimi, yuz-ko‗z ifodalari, tana
holati va harakatlari, qiliqlari), o‗quvchi tasavvurida jonlanadigan to‗laqonli
inson obrazini yaratish va uning xarakterini ochish vositalaridan biri sanaladi.
Adabiyotshunoslik tarafidan tahlil qilsak, portretning shartli ravishda ikki xil
ko‗rinishi mavjud: statik va dinamik.
6
Statik deyilishiga sabab shuki,
portretning bu turida personajning tashqi qiyofasi syujet voqeasi to‗xtatilgan
holda ancha mufassal, detallashtirib chiziladi. Odatda, bunday portretlar
personaj asar voqeligiga ilk bor kirib kelgan pallada beriladi. Dinamik
portretda esa mufassal tasvir emas, balki voqea va dialoglar tasvirida, ya‘ni
harakat davomida berib boriluvchi personaj tashqi ko‗rinishiga xos ayrim
detallar nazarda tutiladi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki asarda
uchragan ayol obrazi, onggi hamin qadar shakllangan, birovning gapi bilan
yuradigan va o‗sha zamon ayollarining bir guruhini tasvirlab beruvchi tipik
vakili deb ayta olamiz.
Adabiyotshunoslikda
konflikt
tushunchasi
muhim
atamalardan
hisoblanadi. Badiiy asar voqelikni aks ettirgani, uning markazida inson obrazi
turgani uchun ham, insonning real hayotdagi mavjud konfliktlarning bari unda
badiiy in‘ikos etadi. Shu nuqtayi nazardan badiiy konfliktning uchta turini
farqlash mumkin:
Xarakterlararo;
Qahramon va muhit;
Ichki (psixologik)
7
.
5
I.A.Karimov. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch. T., ―Ma‘naviyat‖, 2008. B.86.
6
Қуронов Д. Адабиѐтшунослик луғати.-Т.:Академнашр,2013.-Б.226.
7
Қуронов Д. Адабиѐтшунослик луғати.-Т.:Академнашр,2013.-Б. 144.
23
Konfliktning mazkur turlari badiiy asarda aralash holda zuhur qiladi va
o‗zaro uzviy aloqada bo‗ladi: biri ikkinchisiga o‗tadi, biri ikkinchisini keltirib
chiqaradi,
biri
ikkinchisi
orqali
ifodalanadi.
Konflikt
syujetni
harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. Adib ham o‗z hikoyasi qahramoni bilan
ochiqchasiga konfliktga boradi. U hikoyada qahramonga yolg‗ondakamiga
bo‗lsada ism qo‗ymaydi. Bu orqali adib qahramonni odam sifatida ko‗rmaydi,
uni jamiyatdagi o‗rni yo‗qligiga ishora qiladi. Beixtiyor o‗quvchi ham o‗ylanib
qoladi. Bu kabi insonlarni yetishib chiqishiga nima sabab? Albatta bunda
zamon emas shaxs aybdor deyish mumkin. Chunki u bilan bir safda yurgan
insonlar emas aynan u o‗zgarayabdi. Nimaga yozuvchi unga nisbatan
buqalamun demoqda. Chunki u har maqomga o‗ynaydigan, bir so‗z bilan
aytganda ikkiyuzlamachi inson. Shu sababli ham yozuvchi ushbu qahramonga
nisba bermay buqalamunn deyishdan nariga o‗tmaydi. Buqalamun-vaziyatga
qarab o‗z rang tusini o‗zgartiruvchi hayvon hisoblanadi. Adib aytayotgan
qahramon ham davrga qarab maddohlik qiluvchi buqalamun inson sanaladi.
XX asr o‗zbek xalqi tarixida ikkiyoqlama iz qoldirgan asr bo‗ldi, desak,
yanglishmaymiz. Negaki hayot tarozisida faqat ezgulik turgan taraf og‗ir
keladi, degan aqidaga ishonuvchi xalqimiz fojealar, qonli bosqinlar,
ocharchilik kulfatlarini ko‗rish barobarida dunyo hamjamiyati taraqqiyotiga
munosib hissa qo‗sha olgan yetuk insonlar, xususan, millatsevar va erkparvar
maorif kishilarini yetishtirib berdi. Bu insonlar XX asr boshida chor Rossiyasi
asoratiga tushib qolib, butkul tanazzulga yuz tutgan o‗lkani uyg‗otishga,
xalqning ko‗zini ochishga harakat qilishdi. Bu harakatlarning ko‗rinishlaridan
biri milliy matbuot sifatida namoyon bo‗ldi.
1-bobga xulosa
Har qanday so‗z rassomining qog‗oz qoralashga intilishi zamirida insonga
qiziqish yotadi. Har qanday odam – bu ham shaxs, xarakter, individ, ham
alohida, faqat o‗zigagina tegishli tashqi ko‗rinish, ham o‗zi yashayotgan muhit,
ham uning uyi, ham uni o‗rab turgan mulki borliq va boshqa ko‗plab o‗ziga
xosliklardan iborat-ki, hayot yo‗lida davom etar ekan, u o‗zi singarilar bilan,
24
vaqt va zamon, hayvonot va nabotot dunyosi bilan o‗zaro aloqada bo‗ladi.
Shuning uchun ham, ijodkor inson obrazini yaratar ekan, xayolan tasavvur
qilish va badiiy tavsiflash uchun unga turli tomondan razm soladi. Yozuvchini
insondagi hamma narsa – qiyofa va kiyimlari, odat va fikrlari, yashash va
xizmat joyi, do‗st-u dushmanlari, odamlar va tabiat dunyosi bilan
munosabatlari – barcha-barchasi qiziqtiradi. Adabiyotda bu qiziqish o‗zgacha
badiiy shakl kasb etadi va bu shaklning o‗ziga xosligi qanchalik chuqurroq
o‗rganilsa, inson obrazining so‗z san'atidagi mazmuni shunchalik to‗laroq
ochiladi, ijodkor va uning insonga nazari yanada yaqqolroq namoyon bo‗ladi.
Said Ahmadning hikoyalarida inson va jamiyat munosabatini kuzatar ekanmiz,
bunda avvalambor roviyning o‗zi bosh qahramon ekanligini va jamiyat bilan
munosabati tasviri ham shundan kelib chiqib ifodalanganligini ko‗rishimiz
mumkin.
Dostları ilə paylaş: |