Kurs ishining maqsad va vazifalari: Mazkur kurs ishining maqsadi quydagilar:
- Hadis ilmi haqida tushincha berish. Hadis ilmining tarixini o’rganish.
- Imom Al-Buxoriyning hayoti va faoliyatini yoritib berish.
- Buxoriyning sahih hadislari haqidagi asarini o’rganish.
- Buxoriy hadislaridan na’munalar berish va tahlil qilish.
Kurs ishining obiekti: Imom Al-Buxoriyning “Jome as-Sahih”asari haqida.
Kurs ishining predmeti: Imom Al-Buxoriyning “Jome as-Sahih” asari o’rganish va tahlil qilish.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi: Kurs ishi “Kirish”, ikki bob, 4 paragraf, “Xulosa” va “Foidalanilgan adabiyotlar ro’yxati” dan tashkil topgan bo’lib umumiy hajmi 25 sahifadan iborat.
1. Bob. Hadis ilmining paydo bo’lishi. Imom Al-Buxoriyning hayoti va faoliyati haqida. 1.1 Hadis ilmi haqida tushincha va hadisshunoslik ilmining paydo bo’lishi. Hadis (arabcha — xabar, gap, yangilik) — Muhammad (solallohu alayhi vasallam) aytgan soʻzlari, qilgan ishlari, iqrorlari toʻgʻrisidagi rivoyat. Islom dinida Qurʼondan keyin ikkinchi manba hisoblanadi. Hadis 2 qismdan iborat boʻladi: matn va isnod. Hadis 2 turga — Hadisi qudsiy (maʼnosi Alloh taoloniki, aytilishi rasululloh tomonidan boʻlgan Hadislar) va Hadisi nabaviyga boʻlinadi. Hadislar eʼtiborga olinishi jihatidan 3 qismga boʻlinadi: 1) sahih (ishonchli); 2) hasan (yaxshi); 3) zaif.
Qurʼonda barcha huquqiy va axloqiy masalalar umumiy tarzda bayon etilgan. Ularga aniqlik kiritish va izohlash uchun Muhammad (solallohu alayhi vasallam) oʻz Hadislarini aytardi. Bu to’g’risida Muhammad (solallohu alayhi vasallam) ham shunday deganlar: “Ey ummatlarim! Men sizlar uchun Qur’oni karim bilan o’zimning sunnatlarim – yo’l-yo’riqlarimni qoldirdim. Siz bu ikkalasini qattiq ushlab, ularga amal qilsangiz, to’g’ri yo’ldan adashmaysiz”1. Bu Hadislarni paygʻambarlarning safdoshlari yodda saqlashga harakat qilardi. Paygʻambar (solallohu alayhi vasallam) vafotidan soʻng Hadislarni naql qilish odat tusiga kirdi. Shu munosabat bilan bir guruh musulmonlar uni yozma shaklda toʻplay boshladilar. Birinchi Hadis kitobini Ibn Shihob az-Zuhriy yozdi. Undan keyin birin-ketin Hadis toʻplamlari tasnif etila boshladi. Lekin bu toʻplamlar muayyan tartibga solinmagan, boblarga ajratilmagan boʻlib, ularda paygʻambar Hadislari bilan sahobalar va tobeʼinlarning fatvolari chalkashtirib yuborilgan edi.
IX-XII asrlarda O’rta Osiyo hududida dunyoviy fan va madaniyat bilan bir qatorda islom madaniyati ham rivojlandi va taraqqiy etdi. Jamiyatda mahalliy dinlar, zardushdiylik, buddaviylik va boshqalar surib chiqarildi. Arab tili va yozuvi davlat ahamiyatiga ega bo’lgan til va yozuv darajasiga ko’tarildi. Islom mafkurasi somoniylar, qoraxoniylar, g’aznaviylar, saljuqiylar va xorazimshohlar hukumdorlarining ichki va tashqi siyosatda bosh yo’naltiruvchi g’oyaviy kuch bo’lib xizmat qildi. Jamiyat a’zolari ichida islom diniga, Qur’oni Karimga ehtiyoj kuchaydi, ammo hamma ham Qur’oni Karimni o’qiyolmas, mazmunini chaqa olmas edi. Bu Qur’oni Karimning mazmunini sharhlash va tafsiriga talabni oshirdi. Natijada yurtimizda Qur’oni Karimni sharhlovchi va uning tafsirini bayon qiluvchi asarlar yozgan ulug’ islomshunos allomalar yetishib chiqdi. Imom Abu Mansur, Moturudiy, Imom Abu Lays Ibn Muhammad Samarqandiy, Imom Zamahshariy, Imom Buxoriy, Imom Nasafiylar shular jumlasidandir2.
Hijriy 3-asrda Hadis taʼlif etish sohasida "musnad", "sahih", "sunan" deb atalmish turli yoʻnalishlar vujudga keldi. "Musnad" yoʻnalishida tas-nif etilgan toʻplamlarda turli mavzudagi Hadislar bir joyda keltirilib, ular Hadis rivoyat qiluvchi sahobalarning islom dinini qabul qilgan vaqtiga koʻra yoki alifbo tartibida joylashtirilgan. Abu Hanifa, Ahmad ibn Hanbalning Hadis kitoblari shu yoʻnalishga mansub. "Sahih" yoʻnalishiga tugʻri, ishonarli Hadislar kiritilgan. Bu yoʻnalishga Imom Buxoriy asos solgan. "Sunan" yoʻnalishidagi toʻplamga esa, toʻgʻri, ishonarli Hadislar bilan bir qatorda "zaif" Hadislar ham kiritilgan. Abu Dovud, Abu Iso at-Termiziy, Nasoiy, Ibn Moja toʻplamlari shu yoʻnalishta mansubdir.
Movarounnahrda birinchi boʻlib Imom Abdulloh ibn Muborak al-Marvaziy Hadis toʻplamini taʼlif etgan. Bundan tashqari Ahmad ibn Hanbal al-Marvaziy, Ishoq ibn Rohavayh al-Marvaziy, Haysam ibn Kulayb ash-Shoshiy, Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad al-Barakotiy, Ibrohim ibn Maʼqul an-Nasafiy va boshqalar Hadis toʻplamlarini tasnif etishgan. Keyinchalik, milliy-siyosiy ixtiloflar natijasida, paygʻambar nomidan yolgʻon Hadislar toʻqish, fiqh va kalom ilmi sohasidagi ziddiyatlar, amir va hokimlarga xushomadgoʻylik oqibatida koʻplab ishonarsiz, toʻqima Hadislar yuzaga kelgan.
Davr oʻtishi bilan Hadislar tanlanib, muhim deb hisoblanganlari bir tizimga solina boshladi. IX— X asr boshlarida dindorlar orasida eng ishonchli deb tanilgan Hadislarning 6 ta toʻplami vujudga kelgan. Bular: "Sahihi Buxoriy", "Sahihi Muslim" (Muslim ibn Hajjoj), "Sahihi Termiziy", "Sunani Abu Dovud", "Sunani Ibn Moja", "Sunani Nasoiy". koʻproq eʼzozlanadi. Bu 6 ta Hadis toʻplamini tuzgan muhaddislardan 2 tasi movarounnahrlik, 4 tasi esa xurosonlik boʻlgan. Hadislar toʻplami sunna deb nom olgan. Hadislarni yigʻuvchi, sharhlovchi, targʻib etuvchi shaxslar muhaddis deb atalgan.
Islomni qabul qilgan xalqlar madaniy va gʻoyaviy merosining koʻp unsurlari islomga Hadis shaklida oʻtgan. Hadis yigʻish oʻrta asr musulmon madaniyatining muhim xususiyati boʻlib, bilim izlashning asosiy mazmuni hisoblangan. Hadis har qanday ilmiy asarni asoslashning muhim qismi boʻlgan. Undan hikmatli soʻz va matal sifatida ham foydalanilgan. Imom Buxoriyning "Sahihi Buxoriy" asari islom olami oliy oʻquv yurtlarining shariat fatvolarida asosiy oʻquv qoʻllanmasi sifatida xizmat qilib kelmoqda. Imom Buxoriyning "Sahihi Buxoriy" Hadislar toʻplami 4 jildda (1-jild — 1991, 2-jild - 1996, 3-jild - 1994, 4-jild - 1992), ikkinchi nashri esa 1997-yilda Toshkentda nashr etildi. Abu Iso Muhammad Termiziyning "Sahihi Termiziy" Hadislar toʻplami 1-jildining oʻzbekcha tarjimasi 1999-yil Toshkentda chop etildi. Bulardan tashqari "Ming bir hadis" tarjimasi, "Qudsiy hadislar" tarjimasi ham nashr etildi.
Hadis (حديث) Muhammad alayhissalomning aytgan gaplari, taʼkidlari yoki qilgan ishlari tasvirlangan manbalardir. Hadisni muhaddislar yigʻadi va o'rganishadi. Hadislar shariat normalari asosini tashkil etadi3.