Mundarija: Kirish bob. Pedagog kadrlarning innovatsion faoliyati



Yüklə 67,18 Kb.
səhifə10/11
tarix06.06.2022
ölçüsü67,18 Kb.
#60790
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ochilov kurs ishi

X U L O S A

Mening fikrimcha «Ta‘lim to’g’risida»gi 2020-yildagi yangi Qonunni amalga oshirgan taqdirdagina ta‘limning yangi modeli yaratilishi mumkinligini alohida o’rin tutadi. Ular: Birinchidan, ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta‘sir qiladi va natijada mamlakatimizda mavjud muhit butunlay o’zgaradi; Ikkinchidan, ta‘limning yangi modeli ishga tushgach, insonning hayotda o’z o’rnini topish jarayoni tezlashadi. Har qanday odam ham o’smirlik chog’ida, endigina voyaga yetib kelayotgan davrida jamiyatdan munosib o’rnini topishi kerak. Aks holda bu narsa noxush oqibatlarga, ba‘zan esa og’ir fojialarga, hatto ijtimoiy larzalarga ham sabab bo‘ladi.


Yosh yigit - qizlarimizning ishda, turmushda, oila va jamoa orasida o’z o’rnini topolmaslik holatlari ulaming jamiyatda o’z qadrini yo’qotishiga olib keladi. O’z qadriga, o’z sha‘niga ega bo’lmagan inson hayotda ko’p to’siqlarga duchor boladi, beqaror va salbiy ta‘sirlarga tez beriladi, uning shaxs sifatidagi yemirilishi ham tez kechadi. Biz joriy etilayotgan mazkur ta‘lim modeli orqali, avvalo, ana shu vaziyatning oldini olamiz. Qolaversa, yoshlarni muayyan bir ixtisosga ega qilib, hayotga yo’llanma beramiz. Dunyoga umid bilan qadam qo’yib kelayotgan navnihol inson hayotdan munosib o’rnini topsa, turmushidan, taqdiridan, vatanidan rozi bo’lib yashaydi, umr bo’yi bunyodkorlik faoliyati bilan mashg’ul bo’ladi. Bu g’oyat muhim ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega bo’lgan masaladir; Uchinchidan, ta‘limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi. O’zining qadr- qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, imoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bo’lgan insonlarni tarbiyalash imkoniga ega bo’lamiz. Ana shundan keyin ongli turmush kechirish jamiyat hayotining bosh mezoniga aylanadi. Shunda odam olomon bo’lib, har lahzada ehtiyoj sezib emas, aksincha, o’z aql, o’z tafakkuri, o’z mehnati, o’z mas‘uliyati bilan, ongli tarzda, ozod va hur fikrli inson bo’lib yashaydi. Bunday odamlar uyushgan jamiyatni, ular barpo etgan ma‘naviy-ruhiy muhitni soxta aqidalar, baqiriq-chaqiriqlar, havoyi shiorlar bilan aslo buzib bo’lmaydi. Ularni o’zlari aql-idrok va qalb amri bilan tanlab olgan hayotiy maqsadlardan chalg’itib ham bo’lmaydi; To’rtinchidan, ta‘limning yangi modeli jamiyatimizning potensial kuchlarini ro’yobga chiqarishda juda katta ahamiyat kasb etadi. Har qaysi insonda muayyan darajada intellektual salohiyat mavjud. Agar shu ichki quvvatning to’liq yuzaga chiqishi uchun zarur bo’lgan barcha shart-sharoit yaratilsa, tafakkur har xil qotib qolgan eski tushuncha va aqidalardan xalos bo’ladi. Va har qaysi inson Yaratgan ato etgan noyob qobiliyat va isfedodni avvalo, o’zi uchun, oilasining, millati va xalqining, davlatining farovonligi, baxti-saodati, manfaati uchun to’liq baxshida etsa, bunday jamiyat shu qadar kuchli taraqqiyotga erishadiki, uning sur‘at va samarasini hatto tasavvur qilish ham oson emas. Oldimizda turgan buyuk maqsadlaiga erishishda jamiyatimizning har bir a‘zosi qo’shadigan hissa shu hisobdan beqiyos bo’lishi muqarrar.


Yüklə 67,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin