Mundarija: kirish bob. Yalpiznamolar qabilasining umumiy tasnifi



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə10/14
tarix27.06.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#135416
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
botanika kurs ishi Abdulhamidova Z

Turkiston ayugasi (Ajuga turkestanica (Regel) Briq) Ko‘p yillik, poyasining balandligi 25 sm. Bargi teskari uzunroq lansetsimon, yirik tishchali, osti tuksiz, ust tomoni siyrak tuklangan. Gullari halqasimon to‘pgullar hosil qiladi. Kosachasi qo`ng‘iroqsimon, ko‘k rangda 7 mm uzunlikda. Tojbarglari havorang 15 sm uzunlikda tashqi tomoni tuklangan. May oyida gullab urug‘laydi. Toshkent viloyati dalalarida tarqalgan. Xalq tabobatida yer ustki qismining damlamasi, qaynatmasi bezgak, rak kasalliklarni davolashda qo‘llaniladi.
Komarov tog‘bo‘znochi (ajdarbosh)-(Dracocephalum Komarovii Lipsky). Ko‘p yillik, poyalari ko‘p sonli, asos qismi yo‘g‘onlashgan, balandligi 10-20 sm. Barglari uchburchaksimon, asosan yuraksimon, chetlari tekkis, kalta bandli. Gullari yuqori qismidan kichraygan, barglar qo‘ltig‘idan bittadan hosil bo‘ladi, kalta tutqichli. Kosachasi 10-11mm uzunlikda binafsha rangda, ikki labli, mayda burmali, uch tishchali. Tojibarglari ko‘rinishi, tashqi tomondan momiq tuklar bilan qoplangan, 20-22 mm uzunlikda. Yong‘oqchasi nashtarsimon uzunchoq uch qirrali, tekkis, 3 mm uzunlikda. Iyul-avgust oylarida gullab, avgust-sentyabrda urug‘lari yetiladi. Tog‘larning yuqori qismidagi toshli joylarda o‘sadi. Toshkent, viloyati (Oxangaron daryosi yuqori qismida) tarqalgan. Mahalliy aholi tomonidan qadrlanib uni tuyub, qaynoq suvga bir choy qoshiqda qo‘shib choy o‘rnida ham istemol qilinadi. Qaynoq choyi oshqozon spazmasida, qorindagi boshqa og‘riqlarda ham ichiladi.
Dorivor limono‘t (Melissa officinalis L.). Ko‘p yillik, poyasi tik, asosidan shoxlanuvchan, qalin dag‘al bezlar va tuklar bilan qoplangan, limon singari hidga ega, 30-60 sm balanlikdagi o‘t o‘simlik. Barglari tuxumsimon, chetlari yirik tishchali, ostki tomoni tuksiz, ust tomoni siyrak kalta tuklangan. Gullari uzun tutqichli, halqasimon joylashgan. Kosachasi 7-8 mm uzunlikda, uzun tolali tuklarga ega. Tojbargalari oq, tashqi tomoni biroz tuklangan, 13-14 mm uzunlikda. Yong‘oqchasi uch qirrali, to‘q-qo‘ng‘ir 1.7 mm uzunlikda. Iyun-avgust oylarida gullab, Iyul-sentyabr oylarida urug‘i yetiladi. Tog‘larning o‘rta mintaqalarida, qoyalar, soyalarda o‘sadi. Toshkent, Qashqadaryo, Farg‘ona, Surxondaryo viloyatlarida tarqalgan. Tibbiyotda yer ustki qismi ishlatiladi. Yer ustki qismining (ba’zan bargining) damlamasi ovqat hazm bo‘lishi buzilganda uni tartibga solish, kamqonlik, ba’zi asab va yurak kasalliklarini davolash uchun hamda tirishishga qarshi ta’sir etuvchi, og‘riq qoldiruvchi, surgi, siydik va yel haydovchi vosita sifatida qo‘llannladi. Limono‘t asosan xalq tabobatida ishlatiladi.

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin