2.1 IX - XII asrlarda Movarounnahr va unga tutash о‘lkalardagi
etnomadaniy jarayonlar
Ilk o‘rta asrlarda Markaziy Osiyo xalqlarining etnik va madaniy taraqqiyoti
uchun katta axamiyatga molik bo‘lgan bir necha viloyatlar mavjud edi. Farg‘ona,
Usrushona, Shosh, So‘g‘d, Kesh, Nasaf, Toxariston, Xorazm shular jumlasidan.
Markaziy Osiyo xalq-larining, jumladan o‘zbek xalkining shakllanish jarayonida
Sharqiy Turkiston, Yettisuv, Sirdaryoni o‘rta va kuyi oqimlarida, unga tutash
cho‘llarda yashagan etnoslarning ham roli oz bo‘lmagan albatta. Bu xududlar ko‘p
asrlik tarixiy davrlarni o‘tib, qanchadan-qancha etnik uyushmalarni, davlatlarni,
qirg‘in urushlarni, bosqin va talonchilikni kechirgan. Uzoq tarixiy taraqqiyot
jarayonida tabiiy sharoitga qarab, har bir xududning aholisi, uning etnik tarkibi va
o‘ziga xos iktisodiy va madaniy hayoti shakllangan. Shu bilan bir vaktda mazkur
o‘lkalar iktisodiy, madaniy va etnik jihatdan bir-birlari bilan doimo uzviy bog‘liq
bo‘lib kelgan
1
.
Markaziy Osiyo xalkdarining tarixiy iqboli ham deyarli bir xilda kechgan.
IX—X asrlarda Markaziy Osiyo xududlarining etnik tarkibi bir tekisda bo‘lmagan.
Tilga olingan viloyatlarning asosiy xalqi, yuqorida qayd etib o‘tganimizdek,
qadimdan turg‘un yashab, dehqonchilik, xunarmandchilik va savdo-sotiq bilan
shug‘ullanib kelgan. So‘zsiz IX—X asrlarda bu aholining katta kismi turkiyzabon
xalklar bo‘lgan. Vohalarda turkiy xalkdar bilan yonma-yon, ko‘p hollarda aralashib
tojik xalqi ham yashagan. Arab istilosidan keyin ayrim viloyatlarda turg‘un bo‘lib,
arablar va etnik guruxdar ham joylashib qolgan.
Turkiyzabon aholining ma’lum qismi ilk o‘rta asrlarda ko‘chmanchi, yarim
ko‘chmanchi va yarim o‘troq hayot kechirib, xo‘jaligida chorvachilik muhim
ahamiyatga ega bo‘lgan. Chorvador va o‘troq xalklar doimo bir-birlari bilan
iktisodiy va madaniy aloqada bo‘lib kelganlar. Movarounnaxr xududida mavjud
bo‘lgan viloyatlarning barchasi IX—X asrlarda iktisodiy va madaniy jihatdan
taraqqiy etgan, hosildor yerlari, mevalari serob bo‘lgan. Al-Istaxriy (IX asrning
ikkinchi yarmi — X asrning birinchi yarmi) o‘zining «Masalik al-mamalik» ismli
jug‘rofiy asarida «So‘g‘dda, Usrushonada, Farg‘onada va Shoshda (Choch) shu
darajada serobgarchilikki, ular (viloyat aholisi) hayvonlarini meva berib boqadilar»,
deb yozgan edi. Istaxriy bu so‘zlar Osiyoning ko‘p viloyatlarida bo‘lib ularning
geografiyasini o‘rganish bilan bir vaktda tabiatining, kishilarining hayoti bilan ham
tanishgan, hamda Movarounnaxr sharoitini boshqa xududlar bilan solishtirib shu
xulosaga kelgan bo‘lishi kerak. Arab va fors tilli manbalarda kayd etilgan
ma’lumotlardan, o‘sha davrlardagi Movarounnaxr viloyatlarining ichida eng ko‘p
nufuzli hudud Farg‘ona vodiysi bo‘lganligini tushunib olish qiyin emas
2
.
X asr Farg‘ona viloyatida 40 ta shahar bo‘lgan. Uning poytaxti shu davrlarda
1
Shamsutdinov R., Karimov Sh. Vatan tarixi. 1-qism. – Toshkent: Sharq, 2010.
2
Sagdullayev A., Ergashev F. O`zbekiston tarixi fani bo`yicha o`quv qo`llanma. – T.: Yangi asr avlodi, 2009.
20
Axsikent bo‘lib, shaharning kattaligi (aylanmasiga) 3 farsang masofaga cho‘zilgan
bo‘lib, uning ichida bog‘, kanallari va bir qancha xrvuzlari borligi qayd etilgan.
Axsikentning atroflarida (devordan tashqarisida) ham bog‘lar, daraxtzorlarning
mo‘lligi va ular bir-birlaridan uzilmasdan 2 farsang masofagacha cho‘zilib ketgan,
deb ta’riflanadi. Farg‘onada Axsikentdan tashqari yana bir kancha shaharlarning
nomlari qayd etilgan. Vodiydagi shaharlarning ichida eng yiriklari sog‘lom shaxar
Quba (hozirgi Quva), O‘sh, O‘zgan edi. Bu shaharlarning ichida va atroflarida bog‘-
rog‘lar va kanallar mavjudligi ta’kidlab o‘tilgan.
Farg‘ona vodiysida qishloqlarning mo‘lligi va kattaligidan bu xududda IX—
X asrlarda o‘troq aholining birmuncha zich joylashganligidan dalolat beradi. So‘zsiz
turg‘un aholining vodiyda bu qadar ko‘pligi avvalo, mazkur hududning tabiiy va
iqtisodiy jihatdan boyligi bo‘lsa kerak. Arab va fors tilida yozilgan tarixchi va
geograflarning aytganlarini xisobga olib IX-X asrlarda Farg‘ona vodiysida turg‘un
yashovchi aholining 1,5 mln. deb taxmin qilish mumkin. Bunga tog‘oldi
yaylovlarida,
vodiyning
shimoli-sharqidagi
tog‘li rayonlarida yashovchi
ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholi kirmaydi. Ko‘chmanchi va yarim
ko‘chmanchi qavmlarning soni taxminan 0,5 mln. kishi bo‘lgan desak, shunda
Farg‘ona vodiysining aholisi 2 mln. kishi bo‘lib chiqadi.
Farg‘ona vodiysining g‘arbiy chegarasi «Sirdaryoning o‘rta qismidagi
viloyatlarga ulanib ketgan. Bu mintaqada (Sirdaryoning o‘rta qismida) Xo‘jand,
Usurshona (Sirdaryoning chap sohilida) va Shosh vohasi joylashgan. Farg‘onadan
Usrushonaga o‘tishda Movarounnaxrning o‘rta asrlardagi yirik shaharlaridan biri
Xo‘jand joylashgan bo‘lib, u IX—X asrlarda arab geograflarining ma’lumotlarida
alohida viloyat (Xo‘jand viloyatining) markazi xisoblangan. Usrushonaning poytaxt
shahri Bunjiketdan tashqari yana boshqa shaharlar ham tilga olinadi. Shularning
ichida eng yiriklari Zomin va Jizzax shahari hisoblangan. Bu shaharlar Buyuk Ipak
yo‘lida joylashgan bo‘lganligidan o‘z davrining birmuncha taraqqiy etgan
shaharlaridan hisoblangan. Nomlari keltirilgan shaharlardan tashqari viloyatda yana
bir qancha shaharlar bo‘lib, ularning har biri katta rustaqning markazi hisoblangan.
Turkiyzabon xalkdarning turg‘un yashovchi qismi nafaqat Usrushona
viloyatida, Movarounnahrning barcha viloyatlarida qadim davrlardan yashab
kelganligi tarixdan ayon. Lekin shular qatorida IX – X asrlarda Movarounnaxrda,
uning cho‘l zonalari va tog‘li rayonlarida ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi
turkiyzabon etnoslar ham oz bo‘lmagan. Somoniylar xizmatida ham turkiy qullar oz
bo‘lmagan. Bularning ichidan viloyat hokimlari, harbiy sarkardalar, hatto davlat
boshlikdari yetishib chiqqan: Samjuriy, Alptegin, Tosh, Faiq va boshqalar shular
jumlasidan. Alp-tegin, Somoniylarning sobiq quli, keyinchalik yirik harbiy sarkarda.
Xuroson viloyatining hokimi va yirik feodal. U boyib Xuroson va Movarounnahrda
joylashgan 500 qishloqni sotib olgan, har bir shaharda qasri, hovli-joylari,
karvonsaroylari mavjud bo‘lgan. Alp-teginning Nishopur bozoridan sotib olgan
Sabuk (keyinchalik Sabuk-tegin) ko‘tarilib yirik harbiy sarkarda bo‘ladi va 977 yilda
21
G‘aznani qo‘lga kiritib Xurosonda G‘aznaviylar sulolasiga asos soladi. Sabuqtegin
vafotidan keyin (997 y.) Qoraxoniylar bilan birgalikda uning katta o‘g‘li Maxmud
G‘aznaviy Somoniylarga qattiq zarba berib Xurosonni batamom egallab, uning
chegarasini kengaytirib yirik davlatlar darajasiga ko‘taradi. Ayni shu yillar (999 y.)
Qoraxoniylar Movarounnahrni batamom qo‘lga kiritdilar. Shunday kilib X asr
oxirida Osiyoning markaziy hududlarida ikki yirik davlat Qoraxoniylar va
G‘aznaviylar davlati vujudga keldi. Har ikkalasini ham turk kishilari boshqargan.
So‘g‘diyona o‘lkasining taraqqiy etishida uning geografik jihatdan qulay o‘rnashgan
joyi ham benihoyat katta ahamiyatga ega edi.
Zarafshon vohasidagi yirik shahar va qishloqlar katta tijorat yo‘lida — Buyuk
ipak yo‘lida joylashganligidan bu o‘lka aholisi bir qancha mamlakatlar, xalklar va
elatlar bilan savdo-sotiq va madaniy aloqalar olib borish imkoniyatiga ega edi. Bu
muhim aloqa yo‘li orqali Movarounnaxrga turli mamlakat va o‘lkalardan xilma-xil
tovarlar keltirilgan, o‘lkadan ham chetga dehqonchilik va hunarmandchilik
mahsulotlari chiqarilgan. So‘g‘diyonani o‘troq aholisining (so‘g‘diylar) ma’lum
qismi tijorat bilan shug‘ullanib karvon bilan Afg‘oniston, Hindiston, Eron va boshqa
old Osiyo mamlakatlariga, Yettisuv va Sharqiy Turkiston orqali sharqqa, to
Xitoygacha borganlar. Mahalliy tijoratchilar o‘lkalarining taraqqiyoti yo‘lida
bevosita xizmat qilib, uning iktisodiy va madaniy jihatdan rivojlanib borishiga katta
hissa qo‘shganlar. So‘g‘diyonaning markaziy shaxri Samarqand bo‘lib, Buyuk Ipak
yo‘lining chorrahasida joylashgan edi
1
.
Manbalarda qayd etilishicha shahar bir necha dahalarga va mahallalarga
bo‘lingan. Samarqand o‘z davrining ko‘p nufuzli shaharlaridan hisoblangan; X asrda
unda taxminan 100—110 ming kishi yashagan. Arab geograflarining Samarqand
So‘g‘di
rabotlari
va
shaharlari
haqidagi
ma’lumotlaridan,
yuqorida
ta’kidlaganimizdek, qishloqlar zich, aholi tig‘iz joylashganligini inkor qilib
bo‘lmasa kerak. Chunki Istaxriy, Ibn Havqal va Muqaddasiy (X – XI asr o‘rtalari)
Movarounnahrda bo‘lib, viloyatning bir qancha shahar va qishloqlarida bo‘lib, o‘z
ko‘zlari bilan ko‘rgan-bilganlarini asarlarida bayon etganlar. Bular ham xatoga yo‘l
qo‘ygan bo‘lishlari mumkin. Lekin ayrim rustaklarida qishloqlarning ko‘p bo‘lishi,
aholisining tig‘izligi, shaharlarining iktisodiy va madaniy jihatdan taraqqiy etganligi
haqidagi axborotlarga ishonmaslikka hech asos yo‘q.
Zarafshon daryosining o‘rta okimlarida joylashgan to‘rtta yirikshaharlar
(Ishtixon, Kushon, Dabusiya va Robinjoi) Samarqand va Panjikentdan keyingi, o‘rta
darajadagi shaharlar bo‘lgandir. Yuqorida Samarqand shaxrida 100 – 110 ming kishi
yashaganligi haqida gan ketgan edi. Panjikent aholisi 40 ming hisoblangan edy.
Ammo viloyatdagi boshqa shaharlar o‘rta darajadagi shaharlar bo‘lgan. O‘sha asr
taraqkiyotini hisobga olib, arab geograflarining axborotlariga asoslanib, X asrda,
eslatilgan 4 ta shaharning har birida o‘rta hisob bilan 10 ming kishidan yashagan
1
Sagdullayev A., Ergashev F. O`zbekiston tarixi fani bo`yicha o`quv qo`llanma. – T.: Yangi asr avlodi, 2009.
22
desak, to‘rt shaharda 40 ming kishi yashagan bo‘lib chiqadi.
Viloyatdagi qolgan 7 shahar (13 tadan) kichik shaharlar bo‘lib, ularning
aholisi 5—6 ming atrofida bo‘lgan bo‘lishi kerak; unda 7 ta shaharning umumiy
aholisi ham 40 mingga yaqinlashadi; shunda Zarafshon daryosi o‘rta oqimidagi
barcha shaharlarida yashovchi aholining soni 230 ming bo‘lgan bo‘ladi. Bunga
qishloq aholisi kirmaydi1 . O‘rta Osiyo bo‘yicha shahar aholisi umumiy aholining
20 – 25 foizini tashkil qilganligini hisobga olib, Samarqand viloyati qishloq
aholisining sonini 850 ming mo‘ljallash mumkin. Shunda bu hududda turg‘un
yashovchi shahar va qishloq aholisining umumiy soni 1.080 ming kishiga
yakinlashadi. Samarqand viloyatining tog‘li rayonlarida va cho‘l zonalarida
ko‘chmanchi, yarim ko‘chmanchi turkiyzabon qabilalar (qarluk, chig‘il, o‘g‘uz va
boshq.) yashaganliklari haqida yukorida gapirilgan edi. Chorvador turkiy kabilalar
son jihatidan kamroq bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Chunki, Movarounnaxr hududiga
arablar istilosidan keyin va Somoniylar davrida ko‘chmanchilardan faqat islom
dinini qabul kilgan qabilalar kelib, yaylovdan joy olib, yashashi mumkin bo‘lgan.
Bularning soni 200 ming hisoblansa, shahar va viloyatda yashagan aholining soni
taxminan 1.280 ming kishi bo‘ladi. Bu taxminiy hisob albatta. Buxoro viloyati
asosan Zarafshon daryosining kuyi okimlarini egallagan, IX—X asrlarda iktisodiy
va madaniy jihatdan taraqqiy etgan Movarounnahr mintaqalaridan biri edi. Bu
viloyatning sharqiy chegarasi Karmana shahridan boshlab, g‘arbda Amudaryo
sohillarigacha borgan.
Nurota rayoni ham Buxoro viloyati tarkibida bo‘lib kelgan. Buxoroda «bir
korxona bor edi; unda paloslar, darpardalar, yozgi kiyimlar, yostiq jildlari, funduqiy
(jigarrang) joynomozlar va ust kiyimlarni xalifa uchun to‘qir edilar: bitta darpardaga
(butun) Buxoro xiroji sarf bo‘lardi. Bag‘doddan har yili alohida bir omil (amaldor,
soliq yig‘uvchi) kelib Buxoro xirojining evaziga shu kiyimlardan olib ketar edi deb
yozgan edi, Narshaxiy. Hunarmandlarning ishini yuqori baholab, tarixchi
quyidagilarni bayon etadi: «Buxoro shaxrida shunday ishga tayin kilingan ustalar
bo‘lar edilar; viloyatlardan savdogarlar kelib, odamlar zandoniychini (Zandonachi
kishlog‘ida to‘qiladigan mato) olib ketganlaridek, u kiyimlardan Shom va Misrga,
Rum shaharlariga olib ketar edilar. Xurosonning hech bir shaxrida bunday (mato)
to‘qiy olmas edilar»1 . Buxoro IX—X asrlardagi rabot (qishloqlarni) o‘z ichiga olib
birmuncha kengaygan, aholisi soni ko‘paygan. Shu asrlardagi Buxoroni tilga olib
Istaxriy uni (Buxoroni) Movarounnaxr va Xurosonda eng ko‘p aholi yashaydigan
shahar, deb ta’riflaydi. Afsuski, axoli sonini aniq belgilab beradigan boshqa aniq
ma’lumotlarga ega emasmiz. O. G. Bolshakovning taxminiy hisobiga ko‘ra,
Buxoroda X asrda 40 – 50 ming kishi bo‘lgan. Uning atroflarida va rabotlarida yana
48 ming kishi yashagan.
Demak, Buxoro va uning atroflarida yashovchi aholi soni 100 ming kishiga
yaqinlashgan. Shaharning etnik tarkibi ham bir xilda bo‘lmagan. Shaharning asosiy
aholisini so‘g‘diylar va turkiyzabon xalklar tashkil kilgan. Ma’lumki, VIII – X
23
asrlarda turkiy xalklar faqat vohadagi shahar va qishloqlarda emas, balki voha
atroflaridagi cho‘llarda ham yashar edilar. Buni Narshaxiy asarlaridan tushunib olish
qiyin emas. Ma’lumki, arablar vohaga bosib kelgan kezlarda turklar ular bilan
raqiblashib, kurashib kelgan edilar, vohani batamom qo‘lga kiritib olgandan so‘ng
ham turkiy qabilalar arab istilochilari bilan kelisha olmasdan, vohaga tez-tez xujum
qilib turganlar va shuning uchun ham Buxoroga amir bo‘lib tayinlangan kishining
buyrug‘i bilan voha atrofida devor ko‘tarilgan. Buxoro shaxrida va umuman vohada
tub yerli aholidan tashqari boshqa yerlardan tijorat yo‘li bilan kelib o‘rnashib qolgan
kishilar ham mavjud edi. Shulardan biri «kashkoshonlar» nomi bilan atalgan.
«Buxoroda, — deb ta’kidlanadi Buxoro tarixida, — bir qavm bor ediki, uni
kashkashon der edilar. Ular xurmatli, qadr-qiymatli va e’tiborli odamlar bulib,
Buxoro aholisi o‘rtasida zo‘r e’tiborga ega edilar; ular dehqonlardan bo‘lmasdan
(yirik mahalliy yer egalaridan bo‘lmasdan demoqchi) chetdan kelgan kishilar bo‘lib,
aslzoda savdogar va boy odamlar edilar»
1
.
Qutayba Buxoroni batamom egallagach, kashkashonlarni uyjoylarini, undagi
anjomlarni arablarga qoldirib, shahardan chiqib ketishga majbur kildi.
Qashqashonlar Shaxristondan chiqib, undan tashkari yerlarda 700 ko‘shk (hovli-joy)
bino qiladilar. Hovli-joylar, bog‘-rog‘lar barpo qilib, o‘z xizmatchilarini ko‘chirib
keltiradilar. Narshaxiy davrida (X asr birinchi yarmi) bu ko‘shklarning ba’zilari
vayron bo‘lib, ko‘p qismi shaharga qo‘shilib ketgan.
1
Sagdullayev A., Ergashev F. O`zbekiston tarixi fani bo`yicha o`quv qo`llanma. – T.: Yangi asr avlodi, 2009.
|