Mundarija Kirish I – bob. Musulmon uyg`onishi davrida Turkistonda ijtimoiy-madaniy hayot


 O‘rta Osiyoda kechgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning madaniy



Yüklə 279,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix21.01.2023
ölçüsü279,73 Kb.
#80042
1   2   3   4   5   6
IX-XII asrda turkistonda ijtimoiy madaniyat 63972

1.2 O‘rta Osiyoda kechgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning madaniy 
yuksalishga ko‘rsatgan ta’siri 
Movarounnahr va Xuroson hududlarida IX-XII asrlarda yuz bergan musulmon 
uyg‘onish davri xususida XX asr xorij olimlaridan A. Mets, E. Bosvfort, S. Len-Pul, 
A.Tryunebaum, vatanimiz olimlaridan G. A. Pugachenkova, M. Ye. Masson, M. 
Xayrullayev, A. Irisov, U. Karimov, H. Hasanov, F. Sulaymanova va boshqalar 
tadqiqotlari alohida e'tiborga sazovordir. Mustaqillik yillarida mazkur davrda 
faoliyat ko‘rsatgan ko‘plab buyuk vatandoshlarimizning ilmiy meroslari chuqur 
o‘rganilishi boshlandi. Ularning tavallud yoshlari keng nishonlandi. «Ma'naviyat 
yulduzlari», «Buyuk allomalar, siymolar» va boshqa shu turdagi qator kitoblar chop 
etildi.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. A. Karimov farmoni bilan XI 
asrda faoliyat ko‘rsatgan Xorazm Ma'mun Akademiyasi faoliyati qayta tiklandi. 
Fanda «Uyg‘onish davri» deb ataladigan davr G‘arbiy va Markaziy Yevropa 
mamlakatlarda XIV-XVI asrlardagi rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini 
ifodalash uchun ishlatilgan. Birinchi marotaba «uyg‘onish» atamasini XVI asr 
italyan rassomi va tarixchisi J. Vazari o‘z asarlarida ishlatadi. «Uyg‘onish», 
«uyg‘onish davri» atamalari XIV-XVI asr ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish mohiyatini 
ochib bermasdan, ko‘proq antik davr merosini, ya'ni antik madaniyatga o‘xshash 
madaniyatni qaytadan «tirilishi», «uyg‘onishi» ma'nosida ishlatila boshlandi
1

Keyinchalik fanda bu atama keng qo‘llanila boshlandi. Shu ma'noda 
ko‘pchilik tadqiqotchilar IX-XII asrlar O‘rta Osiyo xalqlari tarixida madaniyatning 
rivojlanishini o‘ziga xos xususiyatlarni ham «uyg‘onish» davri deb atalishi yuqorida 
qayd qilinganidek, shartlidir deb hisoblaydilar. IX-XII asrlar O‘rta Osiyo xalqlari 
tarixida moddiy va ma'naviy hayotning rivojlanishida oldingi davrlarga nisbatan 
keskin yuksalish davri bo‘ldi. VIII asrda Arab xalifaligi hozirda O‘rta Osiyo deb 
atalmish hududni fath etib bo‘lgan, bosib olingan yerlarda islom dini keng yoyilib, 
ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy hayot Arab xalifaligi tartib-qoidalariga butunlay 
bo‘ysundirilgan edi. Xalifalik tarkibiga kiritilgan o‘lkalarda faqat islom dinigina 
emas, balki arab tili va uning imlosi ham joriy etildi. Chunki, arab tili xalifalikning 
davlat tili bo‘lsa, islom dini uning mafkurasi edi. Shu sababli bu mamlakatlarda arab 
tilini o‘zlashtirishga intilish kuchli bo‘lgan.
Islomni qabul qilgan aholining arab tili bilan muloqoti, ibodat vaqtlarida 
Quron suralarini tilovat qilishdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, mahalliy zodagonlar arab 
tilini xalifalik ma'murlari bilan yaqinlashish va mamlakatda o‘z siyosiy mavqelarini 
tiklab uni mustahkamlashning garovi deb hisoblaydilar. Arab tiliga bo‘lgan bunday 
ehtiyoj va intilish tufayli ko‘p vaqt o‘tmay Movarounnahrda hatto o‘z ona tilidan 
ko‘ra arab tili va yozuvini o‘zlashtirib olgan bilimdonlar paydo bo‘ldi. Bu hol o‘z 
navbatida arab tili va yozuvini Movarounnahrda keng yoyilishiga imkoniyat yaratib 
1
Azamat Ziyo. О‘zbek dalatchiligi tarixi. – Toshkent: Sharq, 2000. 


14 
berdi. Ammo VIII asr oxiri IX asr boshlarida bo‘ysundirilgan xalqlarni mutloq 
itoatda saqlab turish nafaqat xalifalik markazi ma'murlariga, balki o‘lkalarga 
tayinlangan noib uchun ham tobora qiyinlasha bordi. IX asrning oxirgi choragida 
Movarounnahr Somoniylar qo‘l ostiga o‘tib, mustaqillikni yanada mustahkamlab 
oladi. Somoniylar sulolasining eng yirik vakillaridan biri bo‘lmish Ismoil Somoniy 
kuchli davlat tuzishga harakat qiladi va bu ishni muvaffaqiyatli ravishda uddasidan 
chiqadi.
Somoniylar o‘z davlatlarini o‘zlarigacha bo‘lgan sharq davlatlarining 
boshqaruv an'analarini chuqur o‘rgangan holda, ularga suyanib, zamon talablarini 
hisobga olgan holda o‘zgartirishlar kiritib boshqarishga harakat qildilar. 
Movarounnahr deb ataladigan hududda mustaqil davlatlarning tashkil topishi ularda 
siyosiy barqarorlik, iqtisodiy rivojlanish va madaniy hayotning ravnaqiga katta ta'sir 
ko‘rsata boshladi. Buxoro, Samarqand, Urganch va Marv kabi shaharlar ilm-fan va 
madaniyat markazlari sifatida shakllanib, rivojlana boshladi. O‘rta Osiyoda IX-XIII 
asr boshlarida Somoniylar, Qoraxoniylar, G‘aznaviylar va Xorazmshohlar davlatlari 
hukm surdilar. Bu davlatlar xalqaro maydonda o‘z mavqei va tutgan o‘rni jihatidan 
katta e'tibor va nufuzga ega bo‘ldilar. Ahmad, Nasr, Ismoil Somoniy, Alptakin, 
Mahmud G‘aznaviy, Tog‘rulbek, Sulton Sanjar, Otsiz, Takash singari tadbirkor va 
uzoqni ko‘ra oladigan davlat arboblari davrida O‘rta Osiyoda hayotning barcha 
jabhalarida yuksalishlarga erishildi, davlat hokimiyati mustahkamlandi, nisbatan 
tinchlik, osoyishtalik va barqarorlik vujudga keldi.
Tarixchi Abu Mansur as-Saolobiyning Somoniylar Buxorosiga bergan ta'rifi 
butun O‘rta Osiyo davlatlarining IX-XIII asrlardagi ahvoliga tegishlidir: «shon-
shuhrat makoni, saltanat ka'basi va zamonasining ilg‘or kishilari jamlangan, yer yuzi 
adiblarining yulduzlari porlagan hamda o‘z davrining fozillari yig‘ilgan (joy) edi». 
O‘rta Osiyo hukmdorlari ilm ahli bilan yaqinlashdilar, mamlakatni boshqarishda 
ularning bilimi va maslahatlaridan foydalandilar. Hukmdorlarning aksariyati bu 
davrda o‘z saroylarida olim, shoir va usta san'atkorlar, turli sohalar bo‘yicha 
qimmatbaho kitoblarni to‘plashga odatlandilar. VIII asr oxiri – IX asr boshida 
xalifalikni larzaga keltirgan og‘ir siyosiy vaziyat abbosiylarning Movarounnahr va 
Xurosonda olib borayotgan siyosatini o‘zgartirishga majbur etdi. Birin-ketin O‘rta 
Osiyoda tohiriylar, safforiylar, somoniylar davlatlari tashkil topdi.
Mamlakatda sodir bo‘lgan bunday siyosiy o‘zgarishlardan so‘ng 
Movarounnahr Xurosondan ajralib o‘z mustaqqilligini to‘la tiklab olish imkoniga 
ega bo‘ldi. Movarounnahrni birlashtirib mustahkam davlat tuzgan davlat arbobi 
Ismoil Somoniy, 900 yilda Xurosonni ham safforiylardan tortib olib ulkan davlat 
barpo etdi. Xalifa somoniylar davlatini tan olishga va unga hukmronlik yorlig‘ini 
yuborishga majbur bo‘ldi. Shu tariqa IX asr oxirlariga kelib Movarounnahr xalqlari 
Arab xalifaligidan abadiy xalos bo‘ladi va arab xalifaligidan mustaqil bo‘lgan yirik 
feodal davlat – Somoniylar davlati tashkil topadi. Arablar Xuroson, Movoraunnahr 
va Xorazimni bosib olgach, hamma yerda bo’lgani kabi o’lkamida xam qattiqqo’llik 


15 
bilan yurtni arablashtirish siyosati olib bordilar. Bu borada islom dini, Quonikarim 
ustalik bilan foydalanildi. O’lkada islom dini bilan birga qatorda arab tili davlat tili, 
islom dini tili va fan tili darajasiga ko’tarildi. Mahalliy tilda yozilgan asarlar yo’q 
qilindi, yerli bilimdonlar quvg’in ostiga olindi. Arab tilini, islom dini Quroni karimni 
yaxshi egallagan va bilgan shaxslarning jamiyatdagi o’rni nufuzi oshdi. Bu arab tilga 
va Xorazmda ham xatto o’z ona tiliga nisbatan arab tilini yaxshi bilgan tolibi ilmlar 
borgan sayin ko’payib bordilar.
Arab tili va islom dini bo’yicha mukammal bilim va malakaga ega bo’lganlar 
arab xalifaligining markaziy shaharlariga borib o’qishni odat tusiga, an’anaga 
aylantirdi. Damashq, Qohira, Bag’dod, Kufa, Basra va boshqa shuning singari katta 
shaharlarda Movoraunnahr va Xorazmdan borib fan, madaniyat taraqqiyotiga o’z 
hissasini qo’shgan avlod-ajdodlarimiz soni borgan sayin ko’payib bordi. Xususan, 
bu borada Bag’dod shahri Sharqning ilm-marifat markazi sifatida katta ahamiyat 
kasb etdi. IX asrda bu shaharda «Bayt-ul-xikma» («Donishmandlar uyi») – 
Sharqning fanlar akademiyasi tashkil etildi. Xuddi shunga monand X asr oxirlarida 
Xorazmdan podsho Ma’mun ibn Ma’mun davri (995-997)da (Donishmandlar uni) 
tashkil etildi. Urganch tashkil etilgan bu «Bayt-ul-hikma» - “Ma’mun akademiyasi” 
(Xorazim akademiyasi) deb nomlanadi. Bag’dod va Urganchdagi «Donishmandlar 
uyi»da o’z vaqtida nomlari dunyoda mashhur ulug’ alloma va mutafakkirlar tahsil 
ko’rganlar. Ular orasida Ahmad Farg’oniy, Al Xorazmiy, Beruniy, ibn Sino, ibn al-
Xammor, Abu Saxl Masixiy, ibn Iroq kabi ulug’ va buyuk zotlarning nomlari bor
1
.
Movoraunnahr va Xorazmda IX-XII asrlarda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy 
taraqqiyotda yuz bergan ijobiy yutuqlar va mutaffakkirlar haqida gap ketgan, ana 
shu yutuq va mutaffakkirlarning asosiy omili va sababchisi bo’lgan markazlashgan 
mustaqil davlatning vujudga kelganligini nazar-etibordan qochirmasligimiz kerak, 
albatta. O’z mavqei va tutgan o’rni jihatidan xalqaro maydonda katta e’tibor va 
nufuzga ega bo’lgan Markaziy Osiyodagi somoniylar, qorahoniylar, g’aznaviylar, 
Tug’rulbek, Sulton Sanjar Anushtegin, Otsiz,Takash singari tadbirkor va uzoqni 
ko’ra oladigan davlat arboblari davrida har tomonlama rivojlanib, madaniy 
tarqiyotda muffaqiyatlarga erishdilar. Chunki bu hukumdorlar davrida mamlakat 
davlat mustahkamlandi, nisbatan tinchlik, osoishtalik va barqarorlik vujudga keldi. 
Natijada moddiy ishlab chiqarish rivoj topdi, hunarmandchilik va savdo taraqqiy 
etdi, madaniyat gurkirab o’sdi. Bu davrda «Buyuk ipak yo’li»ning o’rni va ahamiyati 
oshdi, hunarmandchilik va savdo-sotiq rivoj topgan obod va ko’rkam shaharlar 
vujudga keldi
2
.
Buni shundan ham bilish mumkin al-Muqaddasiyning yozishicha (985 yilda 
yozgan) 830-933 yillarda Xorazmda 13 shahar mavjud bo’lgan bo’lsa, yarim yildan 
1
Jumaniyazov M. Ma’mun akademiyasi. -Urganch: 1994. 
2
Xorazm Ma’mun akademiyasi. Ilmiy monografik to‘plam. – T.: 2005. 


16 
so’ng shaharlar soni 33 taga yetgan. Bular: Kos, Gardmon, Oyxon, Orzaxiva, 
No’qfog’, qardor, Mizdakxon, Jashira, Sadvor, Zardux, Borategin, Madmimiya 
(Jayxun daryosining o’ng sohilida), Jurjoniya, Raxushmison, Madanisan, Xiva, 
Kardaran, Hazorasp, Jig’arband, Joz, Darg’on, Jit, Kichik Jurjoniya, ikkinchi Jit, 
Safdor, Nuzvor, zamaxshar, Ruzun, Vazirmand, Vaskaxankas Andarosgondir. 
Muqaddasiyning so’zlariga qaraganda, Xorazm aholisi aql-zakovatli, fikr ilimni 
egallagan marifatli kishilar bo’lganlar. Xalifalik shaharlarida fiqh, adabiyot, 
Quronni o’rganish sohasida shogirdi bo’lmagan xorazmlik imom (bu yerda yirik 
olim ma’nosida) kamdan-kam uchragan. IX-XII asr ma’naviy hayotida islom dini 
muhim o’rin egallaydi. Bu davrda musilmon Sharqida keng tarqalib, jahon dini 
darajasigacha ko’tarilgan islom dini va shariat musulmon dunyosining mafkurasiga 
aylandi. Arab xalifaligining fotihlik siyosati natijasida o’zining barcha haq-
huquqlaridan ajralib, madaniyati oyoq osti qilingan Movaraunnahr aholisi o’z 
e’tiqodi va xat savodidan mahrum bo’lib, islom dini qabul qilishga, shariay 
ahkomlarini bajarishga, shunindek arab tili va yozuvini o’rganishga majbur bo’ldi.
Ko’p vaqt o’tmay e’tiqodli xalq o’ziga yod bo’lgan arab imlosida xat-savod 
chiqarishga kirishdi. Movaraunnahr ahaolisining murakkab arab imlosini 
o’zlashtirib, xat-savodli bo’lishi uchun arabiy tilni mukammal o’rganib, bu o’zga 
tilda asarlar yarata oladigan olim va mutaffakkirlarning yerli xalq orasida yetishib 
chiqishi uchun qariyb bir yarim asr, ya’ni besh avlodning umri sarf bo’ldi. 
Renessans, ya'ni Uyg‘onish faqat Yevropa hodisasi emas. Dunyo madaniyatini 
yaxlit olib o‘rgangan olimlarning ishlari shuni ko‘rsatdiki, Osiyo markazida 
joylashgan Movarounnahr, Xuroson va Eronda Italiyaga qaraganda bir necha asr 
oldin (IX-XII) ulkan madaniy ko‘tarilish yuz bergan, ilm-fan, falsafa, adabiyot 
kuchli rivojlanib, ilg‘or insonparvarlik g‘oyalari jamiyat fikrini band etgan, aqliy va 
ijodiy faollik gurkiragan. Bu davr dunyo ilmida «Musulmon Renessansi» (A. Mets) 
yoki «Sharq Uyg‘onishi» (N. I. Konrad) nomi bilan atalib kelinmoqda.
Sharq Uyg`onish davrida Yevropa Uyg`onish davrining asosiy belgilari 
mujassam: jo‘shqin ijodiy faoliyat, ulkan bunyodkorlik ishlarining amalga 
oshirilgani, aqlni hayratga soluvchi bemisl asarlarning yaratilgani shundan dalolat 
beradi. Sharq Uyg`onish davri ham ulug‘ allomalar, qomusiy bilim sohiblari, 
mashhur mutafakkirlarni yetishtirdi. Aniq fanlar sohasida Muhammad Xorazmiy, 
Abu Bakr Roziy, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad al-Farg‘oniy, Umar Hayyom, Mirzo 
Ulug‘bek jahonshumul kashfiyotlar qildilar. Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, 
Ibn Rushd, Muhammad G‘azoliy, Nasafiy Aziziddinlarning falsafiy asarlari tafakkur 
xazinasini boyitdi, olam, odam va jamiyat yaxlitlikda tadqiq etilib, yangi 
qonuniyatlar ochildi, aqliy bilim ufqlari kengaydi, fozil jamiyat va komil inson 
nazariyasi chuqur ishlab chiqiddi.
She'riyatda Abu Abdullo Rudakiy, Abulalo alMaarriy, Abulqosim Firdavsiy, 
Jaloliddin, Rumiy, Hofiz Sheroziy, Nizomiy Ganjaviy, Abdurahmon Jomiy va 
Alisher Navoiy kabi daho ijodkorlar yetishib, o‘lmas asarlar yaratdilar, ishq 


17 
muhabbat, 
qahramonlik, 
ozodlik 
va 
ezgulikni 
kuyladilar. 
Miniatyura 
rassomchiligida bir necha maktablar shakllandi, bunda Kamoliddin Behzod rasmlari 
yangi ijodiy yo‘nalishga asos soldi. Movaraunnahr va Xurosonda xalifalik 
hukmronligi 
tugatilib, 
mustaqil 
Somoniylar, 
Qoraxoniylar, 
Saljuqiylar, 
G’aznaviylar va Xorazmshohlar davlati qaror topgach, islom ta’limoti, shariat 
ahkomlari va ilmu ma’rifatga yanada e’tibor kuchaydi. Markaziy shaharlarda qator 
masjid va madrasalar qad ko’tardi. Manbaralardan ma’lum bo’lishicha, dastlabki 
madrasa Buxoroda X asrda shaxarning Kovushdo’zlar timi yaqinida bino qilingan. 
U Farjak madrasasi deb yuritilgan.
XII asrda bu esa Buxoroning Darvoza mahallasida hatto qonunshunoslar 
uchun maxsus «Faqihlar madrasasi» qurilgan. Bungay oily dorilfunun asosan islom 
dini ta’limotining asosiy manbalari: Qur’oni Karim, Hadisi sharif va arab tilining 
mukammal o’rganishga katta e’tibor bergan. Shariat ahkomlari har tomonlama 
chuqur o’rgatishda «Tavsir»- Qun’oni Karimning sharhlari juda boy va qimmatli 
manba hisoblangan. Fiqh fani (islom huquqshunosligi) axloq va shariat ahkomlari 
borasida mukammal ma’lumot beradi. Islom dini ta’limotining ravnaqi va 
targ’ibotining kengayishida, ayniqsa Buxoro shaxri markazga aylandi.
Buxoro madrasalaridan juda ko’p yetuk fiqhshunos olimlar, odil qozilar, 
zohid imomlar yetishib chiqadi. Shu boisdan Buxoro IX asrdan boshlab «Qubbat ul-
islom» “Islom dinining gumbazi” nomi bilan shuhrat topadi. Tarix shohidlik 
beradiki, eramizning I ming yilligini oxirlariga kelib O‘rta Osiyo sharq tafakkuri 
olamining markaziy o‘lkalaridan biri bo‘lib qoldi. Buxoro, Samarqand, Marv, 
Urganch, Xo‘jand kabi shaharlarda «Bayt ul-Xikmat» (Donishmandlar uyi) lar 
shakllanadi. Bu davrdan boshlab O‘rta Osiyolik ko‘plab ilm daholari Yunon va Hind 
ilmiy merosini tarjima qildilar, ularga sharhlar yozdilar, ularni ilmiy nazariyalarini 
davom ettirdilar va yangidan-yangi fanlarga asos soldilar. Bu davrda Buyuk Ipak 
Yo‘li orqali O‘rta Osiyodan turli Mamlakatlarga charm, mato, ipak, jun, kiyim-
kechaklar va ot chiqarilar edi. Katta yer egalari mamlakatda hukmron sinf edilar. 
Feodallar tomonidan dehqonlar va hunarmardlar qattiq ekspluatatsiya qilinar edi. 
Bunga qarshi xalq qo‘zg‘olonlari tobora kuchayib borardi
1
.
X asr oxirida Qoraxoniylar davlati Sharqiy Turkistonda tashkil topadi. 999 
yili ular Movarounnahrga hujum qilib, Buxoroni bosib oladi va Somoniylar sulolasi 
hokimiyatini tugatadi. Bu davrda G‘aznada Mahmud G‘aznaviy hukmronlik qilardi. 
1001 yili Koraxoniylar chegarasi Amudaryo bo‘lib, qarshi qirg‘ogi Mahmud 
G‘aznaviy davlatida qoldi. Chetda qolgan Xorazmni Ma'mun boshqardi (999-1017 
yillar). 1017 yili Xorazmni Mahmud G‘aznaviy o‘z tarkibiga qo‘shib oladi. XI asrda 
Qoraxoniylar davlatini poytaxti O‘zgandan Samarqandga ko‘chadi. Umuman IX-XI 
asrlarda O‘rta Osiyo o‘z taraqqiyotining ancha kuchli bosqichida bo‘ldi. X asrning 
1
Xorazm Ma’mun akademiyasi. Ilmiy monografik to‘plam. – T.: 2005. 


18 
ikkinchi yarmi va XI asrning birinchi yarmi oraligida buyuk qoraxoniylar davlati 
nomi bilan tarixga kirgan davlat asos solgan qoraxoniylar taniqli, tilshunos olim 
Qozoqboy Maxmudovning fikricha, ular ham Alptakin. singari o`g`uz qabilasining 
qiniq urug’iga mansub bo`lganlar.
X asrda yashagan arab geografi Ibn Havqalning bergan ma`lumotlariga 
qaraganda, islom dinini qabul qilgan mingga yakin turk oilasi Sharqdan Forob, 
Kenjit va Shosh o`rtasidagi tumanga, ya`ni hozirgi Chimkentning janubi-g’arbiga 
ko`chib kelgan. IX asrning oxiri va X asrning o`rtalarida Orol bo`yi va Kaspiy 
bo`yida O`g`uzlar ittifoqi shakllanadi. X asrda Sirdaryo etaklarida o`g`uzlar davlati 
tashkil topadi. Tashkil topgan davlatning poytaxti Yangikent deb ataladi. XI asrning 
o`rtalarida bu davlat Sharqdan kelgan qipchoqlar tomonidan tormor qilinadi. O`g`uz 
qabilalarining bir qismi g`arbga, rus dashtlariga joylashgan. Boshqa qismi esa 
qoraxoniylar boshchiligida old Osiyo mamlakatlarini istilo qiladilar va hozirgi 
Turkmaniston yerlariga o`tadilar. Yozma ma`lumotlarga qaraganda, o`g`uzlarning 
islom dinini qabul qilib, yerli xalq bilan aralashib ketgan kismi turkmanlar deb 
atalgan.
Mahmud Qoshg`ariy (XI asr), Rashididdin (XIII – XIV asr), Abulg`ozi (XVII 
asr) larning xabar berishicha uguzlar 22 yoki 24 qabiladan iborat bulgan. Bular: 
Chovdir, chandir, Emreli igdir, yazir, salir, qoradoshli, baet, koyi, tuturga va 
boshqalardir. Xullas, iqtisodiy-siyosiy raqobat natijasida Saljuq o`z tarafdorlari 
bilan yuqorida tilga olingan Sirdaryoning o`rta oqimlarini tark etib, daryoning quyi 
oqimi chap qirg`og`ida joylashgan Jand viloyati yaqiniga kelib o`rnashadi. Bu voqea 
taxminan X asrning o`rtalarida sodir bo`lgan. Shu orada ular islom dinini qabul 
qiladilar. Ular xuddi shu asrda Movarounnahrni idora qilayotgan somoniylar, 
aniqrog`i so`nggi somoniylarni harbiy jihatdan qo`llab-quvvatlaganlar. 


19 

Yüklə 279,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin