Mundarija: kirish I. Bob. Antik davri manbalarida etnografik ma’lumotlar


Kurs ishining maqsadi va vazifalari



Yüklə 100,64 Kb.
səhifə3/8
tarix08.06.2023
ölçüsü100,64 Kb.
#127133
1   2   3   4   5   6   7   8
antik va o\'rta

Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Yaxudiy va xristianlarning qadimiy muqaddas kitoblaridan Tavrotda tilga olingan turli elat va kabilalarning nomlari Yakin Sharkda yashovchi xalqlarning gnesologiyasi bilan bogl’ik qanligini ko’rish mumkin. tavrot eramizdan avvalgi XIII asrlar oralig’ida turli janrdagi xar xil adabiy asarlar yig’indisidan tashkil topgan va taxminan U asrlarda to’plam shaklida yozilgan diniy qoidalar kitobidir. Ayniksa, uning “Podsholar kitobi” va “Paygambarlar” nomli tarixiy qismlari yaxudiylar olib borgan urushlar tug’risidagi rivoyatlar juda boy etnografik ma'lumotlarni uzida saqlagan. Nux payg’ambarning uch ug’li – Sim, Xom, Iafetdan tarqalgan avlodlarning nomlari “jaxon xalqlari shajarasi”ni tashkil qilgan degan goya asosida xatto dunyodagi tillarning klassifikasiyasi tuzilgan. Tavrotda tilga olingan xalqlarning aniq shajarasi bo’lmasada, Nux avlodlarining nomlari ko’pincha qadimgi badaviy kabilalari nomlariga o’xshamaydi.
Demak, tavrotda insoniyat genealogiyasi birinchi marta tartiblangan. Insoniyatning yagona oiladan kelib chikkanligini tasdiqlovchi rivoyatlar monogenetik nazariyani vujudga keltirgan. Diniy tusdagi afsonalarda olamni va barcha kishilarni o’zaro bog’lik holatda va ma'lum hududda yaratgan yakka-yagona xudodir, deyiladi. Afsonada dunyoda dastlab yagona til, yagona sheva bo’lgan deb hikoya qilinadi. Unga ko’ra Sharqdan kelgan kishilar Bobil yurtidagi Sennaar tekisligida joylashgan, ular loydan yasalgan g’ishtni pishirib, shahar qurganlar, samoga yetadigan minora tiklay boshlaganlar. Osmondan yerga tushib shaharni tomosha qilgan xudo yagona tilda birlashgan xalq har narsa qilishga qodir ekanligini ko’rib, ular kelajakda samoga – xudo dargoxiga chiqishi ham mumkin deb. Davrgazab bo’lgan va xudoning farmoyishi bilan barcha xalqlar, elatlar va tillar aralashtirilib, butun dunyoga sochib yuborilgan.
Adabiyotlarda “Bobil aralash-kuralashuvi” nomi bilan ma'lum bo’lgan bu afsona mantiqiy jixatdan tarixda eng birinchi ommaviy etnografik konsepsiyadir.
Antik davrga kelib etnografik bilimlar ancha kengaygan. Gomerning “Odessiya” va “Illiada” dostonlarida Gerodotning mashxur “9 tomlik tarixi”da kushni elatlar tug’risida anchagina keng ma'lumotlar saqlangan. Eramizdan avvalgi I asrda Strabonning “Geografiya” nomli ensiklopedik asarida, afinalik Fukidid asarlarida, Sukrotning atoqli shogirdi Ksenofontning “Anabasis”ida, Arianning “Iskandarning yurishlari” asarida, Platon va Aristotel asarlarida afsonaviy Atlantida aholisi, qo’shni xalqlar xaqida nazariy muloxazalar bayon qilingan.4 Demokrit asarlarida 1-marta insoniyatning yovvoyi holatdan madaniy hayotga o’z mehnati va idroki tufayli erishgani yozilgan.
Tibbiyot ilmining asoschisi, mashxur olim va vrach Gippokrat etnografik dalillar asosida xalqlarning urf-odailari, milliy ruhiyati va boshqa tomonlari tug’risida mulohaza yuritadi.
Rimlik mutafakkirlardan Korneley Tasit, Lukresiy Karlar qadimgi germanlar va keltlar sarmatlar va skiflarning turmush tarzi, siyosiy va harbiy tuzumi, ijtimoiy va oilaviy hayoti. Mashgalotlari, uylari, kiyimlari, axloqi va tarbiyasi, taomi va o’yinlari tug’risida ajoyib ma'lumotlar yozib qoldirgan.
Shunday qilib antik davrda yukori madaniy saviyaga ega bo’lgan yevropaliklar boy etnografik bilimlarga ega bo’lgan. Ular Urta yer dengizi atrofida joylashgan xalqlar, Shimoliy Afrika va Old Osiyo xalqlari xaqida aniq ma'lumotlar to’plaganlar. Keyinchalik ko’chmanchi qabilalarning hujumlari natijasida eramizning V-VII asrlarida geografik va etnografik bilimlarning qisqarib ketishi oqibatida o’rta asrlarning deyarli butun 1-yarmi etnografik bilimlarning inqirozi davri bo’ldi. Bunda xristian dinining ham katta hissasi bo’ldi. Ruhoniylar ajdodlari yaratgan antik dunyo fani, adabiyoti va san'ati namunalarini, ibodatxona va obidalari “majusiy” deb atab, vayron qilgan, yuqotib yuborgan edi.5
IX-XII asrlarda arab tilida ijod qilgan Shark avtorlaridan ibn Xurdodbex, Al-Balxiy, Al-Istaxriy, Ibn Xavkal, Ma'sudi, Yokut singari yirik geograf va sayoxatchilar, vatanparvarlarimiz qomusiy alloma Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Ibn Sino, Abu Said Abdukarim, ibn Muxammad Sa'moniy asarlarida Shark xalqlari turmushi, hujaligi va madaniyati xaqida noyob etnografik ma'lumotlar keltirilgan.
Temur va temuriylar davriga oid ba'zi etnografik lavxalarni ispan elchisi Rui Gonzales de Klavixo esdaliklarida, rus solnomalarida, maxalliy mualliflar Nizomiddin Shomiy, Abdurazzok Samarkandiy va boshqalarning asarlarida uchratish mumkin. Boburning “Boburnoma” asari ham muhim etnografik manba sifatida bir necha Yevropa tillariga tarjima qilingan.
Buyuk geografik kashfiyotlardan so’ng XU-XVII asrlar davomida etnografiya fani Markaziy, Shimoliy, Janubiy Amerika indeyslari, afrika va Osiyoning kup xalklari tugrisida keng ma'lumotlarga ega bo’lgan. Italyan gumanist yozuvchisi Pyetro Matir, meksikalik darvesh olim Bernardiko de Saagun, yepiskoplar Bartalome de Las Kasos va Diyego Landa asarlarida Amerika xalklari xakida keng ma'lumotlar tasvirlangan. Nemis mutafakkiri Iogan Gotfred Gerderning fikricha, insoniyat yaxlit, uning tarixi ham yaxlit jarayondir, har bir xalq taraqqiyotda teng huquqqa egadir. Gerder fikrlari keyinchalik Yevropa xalqlarida milliy ruhning tiklanishiga zo’r ta'sir ko’rsatdi.
XVIII asr oxirlarida va 1808 yilda “Etnografiya” nomi bilan maxsus jurnallar chiqa boshladi. Bu terminni ilk bor XVII asr boshlarida, nemis yozuvchisi Iogann Zummer ishlatdi. X1X asr boshlarida fransuz tabiatshunosi va fizigi Jan_jak Amper gumanitar fanlarning umumiy klassifikasiyasi tizimini ishlab chiqib,etnografiya faniga maxsus urin ajratgan. Rossiyada X1X asr o’rtalaridan rasmiy ravishda yangi fan deb tanilgan.6
Etnografiyadagi oqim va yo’nalishlarga keladigan bo’lsak, dastlab evolyusion nazariya xaqida to’xtalish zarur. Evolyusion nazariyaning etnografiyadagi asosiy moxiyati insoniyat urug’ining birligiga va madaniyatning tug’ri chizik bo’ylab, oddiylikdan murakkablikka tomon rivojlanishiga tayanadi. Evolyusion maktab vakillari o’z g’oyalarini nikox – oila munosabatlari va din tarixini o’rganish orqali isbotlashga intilganlar. J.Pyobbok “Madaniyatning boshlanishi” nomli asarida nikox va oila tarixini jiddiy tadqiqi qilib insoniyat tarixi yuksak rivojlanishdan iborat, degan fikrni bildiradi.
Rus etnograflari S.P.Tolstov, N.N.Mikluxo-Maklay va G.N.Potanin, D.N.Akuchin, N.N.Xaruzinlar xam evolyusion nazariya tarafdorlari sifatida e'tirof etiladi.
Xukmronlik, mustamlakachilik va irqchilik g’oyalari bilan sug’orilgan diffuzionizm va biologik oqim. Freydizm va sosiologik maktab, funksionalistik yo’nalish va Frans Boas maktabining paydo bulishi XIX-XX asrlar oralig’ida burjua etnografisining inqirozga yuz tutganligining dalilidir. L.Morgan ijtimoiy voqealarni tushunishda tarixiy materializmga yakinlashgan bo’lsa. mazkur yo’nalish va g’oyalar aslida Morganga qarshi qaratilgan g’ayri tarixiy g’oyalar bilan to’lgan edi.
Xozirgi kun dunyo xalqlari etnografiyasi fani har tomonlama chuqur ilmiy-metodik tomondan kayta ishlanmoqda. Sobiq sosialistik lagerning qulashi ijtimoiy fanlarda ham, hususan etnografiya fanida ham muhim uzgarishlar bo’lishiga olib keldi. Olimlar ushbu fan soxasidagi oqimlar, yo’nalishlar, fikrlarni xolisona ilmiylik asosida qayta tadqiqi etishib, yangi qo’llanmalar, adabiyotlar, darsliklar yaratish yo’lida izlanmoqdalar.7

Yüklə 100,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin