II.BOB. O’RTA ASRLAR DAVRI MANBALARIDA ETNOGRAFIK MA’LUMOTLAR 2.1. Rossiya va Yevropa tadqiqodchilari tomonidan o’lkamiz etnografiyasining o’rganilishi Birinchi bo`lib, «Tatarlar o`lkasiga» ga papa Innokentiy IV 1245 yilda frantsiskalik Ioanna Plano Karpini boshchiligida monarxlardan iborat elchilarni yuboradi. Xuddi shu maqsad va shu yo`l bilan 1249—1251 yillarda safar qilgan Plano Karpini vatandoshi Vil’gel’m Rubruk asarida va venetsiyalik Marko Polo (Rim papasining topshirig`i bilan kelgan) asarlarida ham (ular Xitoyga O`rta Osiyo orqali o`tishgan) o`lkalar haqida etnografiyaga oid ma`lumotlar keltirganlar. Qudratli va keng saltanat tashkil qilgan buyuk sarkarda Amir Temur va uning taxt vorislari h,ukmronlik qilgan davrda O`rta Osiyo, shu jumladan, O`zbekiston yirik madaniyat markaziga aylandi va uning boshqa mamlakatlar bilan har tomonlama aloqalari kuchaydi. Bu davrga oid qiziqarli ba`zi etnografiyaga oid ma`lumotlarni ispan elchisi ritsar’ Rui Gonzales de Klavixoning asarida, rus solnomalarida, mahalliy mualliflar Nizomiddin SHomiy, Abdurazzoq Samarqandiy va boshqalarning asarlarida uchratish "mumkin. Temur davlati hukmronlik qilgan davr haqida hamda ko`p yurtlarni bosib olib va o`z boshidan kechirganlarini yozib qoldirgan (buyuk o`zbek shoiri Alisher Navoiyning zamondoshi) yirik davlat arbobi, andijonlik Zahiriddin Muhammad Boburning «Voqeaiy Boburiy» yoki «Boburnoma» deb nomlangan asarida etnografiyaga oid ma`lumotlar ham keltirilgan. XVI asr boshlarida O`rta Osiyoni bosib olgan ko`chmanchi o`zbeklarning etnik tarkibi, joylashgan hududi, turmushi va urf-odatlari haqida Mas`ud ibn Usmon Ko`histoniyning «Tarixi Abulxayrxoniy», Kamoliddin Binoiyning «Shayboniynoma» va Abdulxayr Fazlulloh Ruzbehonning «Mehmonnomayi Buxoro» nomli asarlarida etnografiyaga oid qimmatli ma`lumotlar keltirilgan.24 O`rta Osiyoda o`zbek xonliklari paydo bo`lganidan keyin markazlashgan rus davlati bilan ular orasida muntazam ravishda savdo va diplomatik munosabatlar o`rnatila boshlanadi.
XVI asrning faqatgina ikkinchi yarmidayoq O`rta Osiyodan Rusiyaga 8 marta elchilar yuborilgan bo`lsa, XVII asrda Xiva xonligidan 12 marta, Buxorodan esa 13 marta elchilar jo`natilgan. Bunga javoban rus davlati ham o`z elchilarini o`zbek xonliklariga yuboradi va ularga diplomatik vazifalardan tashqari, mazkur o`lkalar to`g`risida har xil ma`lumotlar to`plash ham topshiriladi. Rus elchilarining, to`plagan ma`lumotlari hozir ham ilmiy jihatdan o`z qimmatini yo`qotmadi. Bu sohadagi tashabbusni dastlab 1558 yilda Xitoyga O`rta Osiyo orqali savdo yo`lini aniqlash maqsadida Moskvaga kelgan Angliya savdo kompaniyasining vakili Antoniy Jenkinson boshlab berdi. U Moskva hukumati yordamida Astraxan’ va Kaspiy dengizi orqali Xiva va Buxoroga boradi. Qishni o`sha erda o`tkazib, 1558 yilda Moskvaga ketayotgan Buxoro va Xiva elchilariga Angliya savdo kompaniyasi o`z vakili A. Jenkinsonni qo`shib yuboradi. U o`z maqsadiga erisha olmagan bo`lsada, O`rta Osiyo haqida anchagina ma`lumotlar to`pladi. Rossiya bilan O`rta Osiyo o`rtasidagi munosabatlar ayniqsa XVIII asrda Buyuk Pyotr davrida kuchayadi. Rossiya iqtisodiy jihatdan rivojlanib, xom ashyo manbai va sanoat mahsulotlari sotadigan yangi bozorlarga muhtoj bo`lib qoladi. SHu munosabat bilan O`rta Osiyoga har xil diplomatik va savdo vakillarini yubora boshlaydi. Pyotr I O`rta Osiyoni o`z ta`siriga olish maqsadida ikkita ilmiy safar uyushtirdi. Ilmiy safarning bittasiga qnyaz’ Aleksandr Bekovich-Cherkasskiyni, ikkinchisiga Ivan Buxgol’tsni boshliq qilib tayinlaydi. Bu ilmiy safarlar mag`lubiyatga uchragan bo`lsa-da, Pyotr I to umrining oxirigacha o`z maqsadidan voz kechmadi. Uning buyrug`i bilan 1718 yilda Kaspiy dengizini tekshirish uchun yangi ilmiy safar tuziladi va 1720 yili Kaspiy dengizining birinchi xaritasi yaratiladi. Kelasi yili Buxoroga rus elchisi bo`lib kelgan Florio Beneveni Xivaga ham borib, faqat 1725 yilda Pyotr I o`limidan so`ng Rossiyaga qaytgan va bu mamlakatlar to`g`risida geografiyaga oid tarixiy hamda etnografiyaga oid ma`lumotlar olib kelgan.
Ko`hna Xorazm aholisining XVIII asr o`rtalaridagi turmushi to`g`risidagi etnografiyaga oid muhim ma`lumotlarni 1740—1743 yillarda Dmitriy Gladishev va Ivan Muravin boshchiligidagi Orol dengizi va Xiva ilmiy safari hdmda 1753 yilda Samara savdogari Daniil Rukavkinning Xivaga qilgan sayoxdti davrida to`plagan ma`lumotlaridan olish mumkin. 1774 yilda Orenburg cho`llarida qozoqlar tomonidan asir olingan rus unter-ofitseri Filipp Efremov asirlikdan qochib, Qo`qon, Marg`ilon, qashqar, YOrkent, Tibet, Hindiston va Angliya orqali 1782 yilda Rossiyaga qaytib keladi va ko`rgan-bilganlarini yozib qoldiradi. 1781 yilda Buxoroga elchi bo`lib kelgan Mendiyor Bekchurin va 1794-1796 yillarda Buxoroga sayohat qilgan T. Burnashevning hikoyalari ham bor. 25SHu davrdagi Xiva xonligiga oid tarixiy va etnografiyaga oid ma`lumotlar xonning taklifi bilan Xorazmga kelgan ko`z shifokori, mayor Blankennagelning yozib qoldirgan xotiralari ham mavjud. O`zbek xalq etnografiyasiga oid ma`lumotlar to`plash XIX asrning birinchi yarmida N.N.Murav’ev, A.F.Negri, N.V.Xanikov G.I.Danilevskiylar olib borgan kuzatishlar O`rta Osiyo xalqlari, shu jumladan, o`zbeklarning etnografiyasini o`rganishdagi dastlabki ilmiy qadamlar bo`ldi.1819—1820 yillarda Xiva xonligiga sayohat qilgan kapitan N.N.Murav’ev o`z taassurotlarini asar tarziga keltirib katta ish qildi. N.N.Murav’ev asarining ba`zi boblarida bevosita o`zbeklarning tabiati, diniy e`tiqodlari, urf-odatlari, ma`rifati, kiyim-kechagi, uy-ro`zg`ori, urug`-aymog`i kabi etnografiyaga oid sof ma`lumotlar keltirilgan. Uning aytishicha, Buxoro tomondan kelgan o`zbeklar asosan to`rt toifadan — qiyot-qo`ng`irot, uyg`ur-nayman, qang`li-qipchoq, po`kis-mang`itdan iborat; har bitta toifa mustaqil hokim — inoqga ega, ammo ularning eng kattasi qiyot-qo`ng`irot inoqidir. Uning ko`rsatishicha, Xiva xonligidagi qabilaviy o`zbeklar ko`chmanchi bo`lgan. Ularning ko`pchiligi qora uylarda yashaganlar, ammo boy urug`doshlari o`troq sart singari katta paxsa devor bilan o`ralgan uylarga ega bo`lgan. 1820 yili Buxoroga jo`natilgan A.F.Negri boshchiligidagi diplomatik missiya qatnashchilaridan e.A.Eversman, X.Pander, P.YAkovlev, Budrin va polkovnik G.Meyendorflarning kitob va xotiralari nihoyatda boy tarixiy etnografik ma`lumotga ega, G.Meyendorfning turli tillarda nashr qilingan «Orenburgdan Buxoroga sayohat» nomli kitobida Buxoro xonligining geografik o`rni, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, davlat tuzilishi, aholisi va uning mashg`uloti, qishloq xo`jaligi, sug`orish tizimi, hunarmandchiligi, ichki va tashqi savdo, oila va xotin-qizlarning turmushi haqida qimmatbaho ma`lumotlar keltirilgan.
Bu borada ayniqsa 1833-1841 yillarda Orenburg gubernatorining maxsus topshirig`iga binoan ishlagan iste`dodli yozuvchi, fol’klorchi, etnograf, vrach va adabiyotshunos, mashxur leksikograf V.I.Dallning olib borgan ilmiy ishlari diqqatga sazovordir. CHet el mualliflaridan biri — fors tilini yaxshi bilgan ingliz sayohatchisi Aleksandr Boris 1831 —1832 yillarda Buxoroda turib, muhim siyosiy, iqtisodiy, harbiy va etnografiyaga oid materiallar to`playdi. Boris yozib qoldirgan sayohatnomada o`zbeklar haqida nixshtda qiziqarli ma`lumotlar mavjud. D840—1850 yillar ichida Qozog`iston va O`rta Osiyo xalqlarining etnografiyasini ilmiy jihatdan o`rganishda talantli aka-uka Nikolay va YAkov Xanikovlarning xizmati katta. YAkov Xanikovning 1851 yilda nashr qilingan «Orol dengizi va Xiva xonligi xaritasiga izohnoma» asarida etnografiyaga alohida e`tibor berilgan. Uning ishlariga P.P.Semyonov va I.V.Mushketovlar yuksak baho berdilar. Etnografiyaga oid muhim ma`lumotlar 1843 yilda Xiva xonligiga diplomatik missiya a`zolari bilan kelgan polkovnik G.I.Danilevskiy, F.N.Baziner asarlarida ham keltirilgan.26 O`sha davrlarda atoqli sharqshunos olim V.V.Grigor’ev Orenburgda istiqomat qilgan va u Rossiyada birinchi bo`lib SHarq xalqlari tarixi kursini o`qita boshladi. Uning 200 dan ortiq ilmiy ishlari orasida o`rta Osi’yo xalqlariga, jumladan, o`zbeklarga tegishlilari ham mavjud. 1851 yilda Orenburgga kelib sayohat qilgan V.V.Vel’yaminov-Zernov ham o`zbek xalqiga oid bir qancha qiziqarli tarixiy asarlar yaratgan. 1858 yilda polkovnik N.P.Ignat’ev boshchiligidagi Xiva va Buxoroga yuborilgan yirik diplomatik missiya ham ancha samarali ish olib borgan. Turk tillarini yaxshi bilgan mashhur vengr sharqshunos olim Arminiy Vamberi 1863 yili darvesh libosini kiyib, savdo karvoni bilan Xiva, Buxoro, Samarqand va boshqa O`rta Osiyo shaharlariga sayohat qiladi. Sayyoh olimning O`rta Osiyo haqida yozgan asarlarida mahalliy aholi, shu jumladan, o`zbek xalqi etnografiyasiga oid qiziqarli ma`lumotlar bor. U o`zbek urug`lari haqida gapirib, birinchi bo`lib «o`zbek» so`zining kelib chiqishi to`g`risida mulohaza yuritadi. A.Vamberi 32 o`zbek qabilalarining ro`yxatini beradi va ularning kiyim-kechaklari, taomlari, o`yin va musiqa asboblari, urf-odatlari va diniy marosimlari to`g`risida hikoya qiladi. Asar muallifi ayrim bo`rttirish, xatolarga yo`l qo`yganligi uchun uni sharqshunos olimlar, jumladan, V.V.Bartol’d ancha tanqid qilgan. Shunday qilib, bu ayrim jasur va bilimli sayyoh, hamda elchilarning samarali mehnati tufayli XIX asrning birinchi yarmiga kelib o`zbeklar to`g`risida etnografiyaga oid dastlabki muhim ilmiy ishlar paydo bo`la boshlaydi. Rus sharqshunos olimlari fors-tojik va arab tillarida bitilgan qo`lyozma asarlarni o`rgandilar va uning ma`lumotlarini o`zbek xalq etnografiyasini o`rganishga tatbiq qildilar.27