Mundarija: kirish I. Bob. Antik davri manbalarida etnografik ma’lumotlar



Yüklə 100,64 Kb.
səhifə4/8
tarix08.06.2023
ölçüsü100,64 Kb.
#127133
1   2   3   4   5   6   7   8
antik va o\'rta

Mavzuning davr chegarasi. Yer yuzida diniy tasavvurlar paydo bo’lgamdan O’rta asrlargacha bo’ldan davr yoritildi.
Kurs ishi mavzusining nazariy uslubiy asosi. Kusr ishi materiallari tarixiylik, ilmiy xolislik va obyektivlik prinsiplari asosida taxlil qilindi. Shuningdek, tarixiy- qiyosiy taxlil, qadriyatlar uyg’unligi kabi tamoillarga amal qilindi. Tarixiy va arxeolagik manbalardan foydalanish va ularni taqqoslash usuli qo’llanilgan.
Kurs ishining strukturasi. Kurs ishi ikki bob, to’rt paragrif, xulosa foydalanilgan adabiyotlardan iborat.

I.BOB. ANTIK DAVRI MANBALARIDA ETNOGRAFIK MA’LUMOTLAR
1.1. Etnografiya (etnologiya) fanining manbalari va tarixi
O’lkashunosligimizni o’rganishda antropologik manbalar ham katta ahamiyat kasb etadi. Antropologiya - odam haqidagi fan bo’lib, inson suyaklari qoldiqlarini tosh davri odamidan tortib keyingi davr odamlarigacha bo’lgan ajdodlarning jismonan qiyofasini tiklash imkonini beradi. 1956–1960- yillarda sharqiy Afrikadagi Olduvay darasida ingliz olimi L.Liki avstrolopiteklarga mansub bo’lgan mavjudod - zanjantrop va prezinjantrop - «ishbilarmon odam» qoldiqlarini va oddiy tosh qurollarini topgan. Ular bundan 1750000 yil oldin yashagan degan fikrni bildirdi. Likinning o’g’li Richard Liki Keniya va Efiopiya territoriyasidan avstrolopitek va prezinjantrop singari mavjudodlarning suyak qoldiqlari va mehnat qurollarini topadi.8 Efiopiya prezinjantroplari ham «ishbilarmon odam» deb bundan 2,5-3 million yil muqaddam yashagan ekanlar. Bu «ishbilarmon odamlar» - arxantroplar (grekcha rxayos - dastlabki, antropos - odam) toshdan mehnat qurollari yasash qobiliyatiga ega bo’lganlar. Afrika arxantroplari yer yuzidagi eng qadimiy qazilma odamlarning dastlabki vakillari hisoblanadi.9
Agar Shimpanze maymuni miya qutisining hajmi 350-400 sm.kubni tashkil etsa, «ishbilarmon odam» miya qutisining hajmi 670-680 sm.kubni tashkil etgan.
1891-1892 yillarda gollandiyalik olim E.Dyubua Indoneziyadagi Yava orolidan pitekantrop (grekcha pitekos - maymun, antropos odam) maymun-odamning suyak qoldiqlarini topishga muyassar bo’ldi. Uning miya qutisining hajmi 800-900 sm.kub bo’lgan. Endilikda pitekantrop Afrikaning «ishbilarmon odam»idan keyingi bosqichda turuvchi 1,5-1,9 million yilga borib taqaldi.
1927 yilda Pekin shahri yaqinidan kanadalik olim D.Blek tomonidan topilgan Sinantrop Xitoy odami ham eng qadimgi odamlar arxontroplar hisoblanadi. Sinantroplar pitekantroplarga qaraganda ancha rivojlangan. Uning yoshi 400-500 ming yil ilgari yashagan. Uzluksiz mehnat jarayonida arxantroplar jismoniy jihatdan rivojlanib qadimgi odamlar - neandertallarning shakllanishi uchun zamin yaratilgan. Arxantroplardan keyingi bosqich kishilari fanda qadimgi odamlar nomi bilan mashhur bo’lib, tadqiqotchilarning fikricha ular zamonamizdan 50-100 ming yil oldin yashaganlar. Qadimgi odamlar qazilma qoldiqlari dastlab 1964 yillarda Ispaniyaning Gibraltar bo’g’ozi rayonidan, so’ngra 1970 yilda Germaniyaning neandertal vodiysidan topilgan jatning nomidan kelib chiqib, bu odamni neandertal deb atash rasm bo’lgan.
Neandertallarning tashqi qiyofasi va fikrlashida soddalik, maymunga xos belgilar saqlanib qolgan bo’lib, ularning bosh miyasi u qadar rivoj topmagan edi. Lekin ular arxantroplardan juda uzoqlashib ketib, hozirgi qiyofadagi odamlarga juda yaqinlashib qolgan edilar. Insoniyat o’zining hozirgi qiyofasiga yetib kelguncha 10-15 million yillik katta tarix davrini bosib o’tdi. Bu kishilar fanida Xoma Sapiyeris - aql-idrokli odamlar deb ataldi.10
Etnografiya (etnos xalq, grapxio — yozish) xalq haqidagi fan bo`lib, u xalqni o`rganuvchi, ta`riflovchi fan yoki xalqshunoslik fani deb ham yuritiladi. Bu fanni ayrim vaqtlarda «etnologiya» (lotin tilida «etnos» — xalq, «logos» — so`z, tushuncha, fikrlash) deb ham atashgan. Ba`zi olimlar etnografiya bilan etnologiya o`rtasida ma`lum darajada chegara borligini ta`kidlaydilar. Ba`zi olimlar esa buni inkor etadilar. Aksincha, bu ikki fan o`rtasida hech qanday chegara yo`q, balki ularning biri ikkinchisini to`ldiradi, izohlaydi. Etnografiya dunyo xalqlarining madaniyatini, maishiy hayotini, kelib chiqishi (etnogenezi)ni joylashishi (etnik geografiyasi)ni va madaniyat tarixini, o`zaro aloqa va munosabatlarini o`rganuvchi fandir. Etnografiya tarixiy fanlar, ayniqsa, arxeologiya, antropologiya, geografiya va tilshunoslik bilan bevosita bog`liqdir. Bundan tashqari, u yozma manbalar, geografik hujjatlar, moddiy va maishiy materiallardan xam foydalanadi. Mana shu xususiyatlari bilan etnografiya boshqa tarixiy fanlardan farq qiladi. Inson aql-zakovati va qo`li bilan yaratilgan hamma narsa madaniyat etnografiyasidir. Madaniyat ham o`z navbatida ikkiga bo`linadi. Transport, arxitektura inshootlari, kiyim-kechak, zeb-ziynat, qurol-yarog`, mehnat qurollari va shu kabilar moddiy madaniyatni tashkil etadi. Insonning ilmiy faoliyati bilan yaratilgan san`at, adabiyot, yozma manbalar, fan, falsafa, oilaviy hayot, diniy marosimlar, diniy e`tiqodlar va shu kabila ma`naviy madaniyatga kiradi. Etnografiya faqat moddiy madaniyat bilan ma`naviy madaniyat o`rtasidagi asosiy farqlarnigina o`rganib qolmay, balki ular orasidagi o`xshashlik va umumiy qonuniyatlarni ham o`rganadi. Bu qonuniyatlarni tadqiq etish esa insoniyatning umumiy tarixiy taraqqiyoti qonunlarini bilish imkonini beradi. etnograflar oldida turgan keng va xilma-xil masalalar etnografiya fanini boshqa yaqin fan sohalari bilan uzviy bog`labgina qolmay, uning o`zini ham bir qator ixtisoslarga bo`lib yubordi. Bular xo`jalik va texnika tarixi, xalq me`morchiligi va tasviriy san`at, urf-odat va marosimlar, oilaviy tuzum, kiyim-kechak va uy-ro`zg`or, ijtimoiy va maishiy turmush ixtisoslari va hokazolar.
Lekin, odatda, etnografiya ayrim qit`alar, mamlakatlar yoki xalqlarga qarab, masalan, Afrika, Avstraliya, Amerika, Evropa, O`rta Osiyo xalqlarini o`rganish, shuningdek, yanada torroq doirada rus, ukrain, ozarbayjon, tojik, o`zbek xalqlari va etnografiyaga oid guruhlarni o`rganish bo`yicha ixtisoslarga bo`linadi. Bunday tor ixtisoschilik asosida etnografiya fani turmush yo`sinidagi hodisalarni bevosita kuzatish usullariga tayanib, insoniyat tarixining hamma bosqichlari — eng ibtidoiy shakllaridan to hozirgi zamondagi ko`p qirrali, yuqori madaniyatli turmush yo`sinlarigacha o`rganadi. 11
Etnograflarimiz etnografiya fanining hamma sohasida peshqadam bo`lib bormoqdalar. Ba`zi etnograflarning asarlari faqat fan nuqtai nazaridangina emas, balki amaliy masalalarni hal qilish jihatidan ham muhim ahamiyatga ega. etnografik bilimlar xalqlarning g`oyat boy madaniyat merosidan foydalanish imkoniyatini beradi. etnograflarning markaziy vazifalaridan biri barcha xalqlarga xos yangi turmush tarzining umumiy xususiyatlarini o`rganishdan iborat. Ijtimoiy va oilaviy turmushdagi yangi progressiv formalarni tadqiq qilish yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga katta yordam beradi. O`zbekiston o`z mustaqilligini e`lon qilib, uni mustahkamlayotgan hozirgi sharoitda uning o`tmish an`analarini, navro`z singari qadimiy bayramlarni nishonlash jonajon o`lkamiz yangi fuqarosini kamol toptirish imkonini beradi. Bunday murakkab jarayonni ilmiy jihatdan aniqlash va o`rganish etnograflarning asosiy vazifalaridan biridir.
O`zbek xalqi to`g`risidagi etnografiyaga oid dastlabki ma`lumotlar Etnograf olimlar oldida turgan muhim vazifalardan biri — xalqlarning kelib chiqishini, ular haqidagi etnografiyaga oid ma`lumotlarni to`plash, yig`ish, umumlashtirish va tadqiq qilish hamda shular asosida ilmiy xulosa chiqarishdan iboratdir. Masalan, o`zbek xalqining kelib chiqishi va xalq bo`lib shakllanishi juda xam murakkab jarayonni boshidan kechirgan. Ko`p vaqtlardan beri tadqiqotchilar orasida o`zbek xalqining kelib chiqishi to`g`risida har xil, ayrim hollarda chalkash fikrlar hukm surib kelmoqda. Ko`plab tadqiqotchilar bu murakkab va chalqash masalani echib berish ustida ish olib bormoqdalar. Ma`lumki, «o`zbek» etnik nomining kelib chiqishi Dashti qipchoqda tashkil topgan Oq o`rda va SHaybon ulusida, ya`ni Sirdaryo,Orol dengizi va Volga bo`ylari oralig`idagi keng hududda ko`chib yurgan, XIV asrdan boshlab o`zbeklar deb yuritilgan turk-Mo`g`ul qabilalari bilan bog`liqdir. Bu qabilalar XV asr davomida nihoyatda zo`r xarbiy-siyosiy kuchga ega bo`lgan davlat tashkil qilib, XVI asrning boshlaridan Muhammad SHayboniyxon boshchiligida O`rta Osiyoga, shu jumladan, hozirgi O`zbekiston hududiga bostirib kiradi va o`rnasha boshlaydi. Ayrim tadqiqotchilar o`zbek xalqining kelib chiqishi tarixini mazkur istilo davri bilan bog`lab, o`zbek xalqining shakllanishi XV — XVI asrlardan boshlanadi, degan mutlaqo noto`g`ri fikr yuritib kelgan edilar.12 Yirik olimlar, chunonchi, S. P. Tolstov, A. YU. YAkubovskiy, YA. G`. G`ulomov, A. Asqarov, B. Ahmedov, I. Jabborov va boshqalar o`zbek xalqining boshlang`ich yadrosi O`rta Osiyoda quldorlik davrida yashagan qadimgi so`g`diylar, xorazmiylar, sak qabilalari va urug`-aymoqchilikni unutgan, keyinroq ko`chmanchilikdan o`troq dehqonchilikka o`tib sart nomini olgan, turkiy tilda so`zlashuvchi chigil, qorluq, yag`mo, tuxsi, arg`u kabi qavmlardan iborat ekanligini, o`zbek elatining shakllanishi asosan XI-XII asrlarda tugaganligini va XVI asr boshlarida paydo bo`lgan ko`chmanchi Shayboniy o`zbeklarning o`zbek xalqining qadimgi yadrosiga aralashib ketib, unga faqat o`z nominigina berganligini asosli dalillar bilan isbotlab berganlar. Keyinchalik keng miqyosda o`tkazilgan arxeologiyaga oid va antropologiyaga oid tadqiqotlar, bizgacha etib kelgan yunon, arab, fors va xitoy mualliflarining va boshqa sayyohlarning juda ham noyob axborotlari o`zbeklarning Farg`ona, Zarafshon, Surxondaryo, Qashqadaryo vodiylarida, Xorazm va Toshkent vohalarida yashagan qadimiy avlod-ajdodlarining etnografiyaga oid qiyofasini to`liq bo`lmasa ham ko`z oldimizga keltirishga imkon beradi.O`rta Osiyo, shu jumladan, O`zbekiston hududida Rossiya Fanlar akademiyasining va O`zbekiston Fanlar akdemiyasining tarix va arxeologiya institutlari tomonidan uyushtdor’lgan ko`p yillik samarali ishlar natijasida o`zbeklarning avlod-ajdodlari qadimdan o`troq, yirik sug`orish inshootlariga asoslangach dehqonchilikka, mustaqil, o`ziga xos yuksak madaniyatga ega bo`lganligi isbot qilindi.
Bu holat ba`zi tadqiqotchilarning O`rta Osiyo xalqlari go`yo tarixiy xalq emas, ularning madaniyati eron va boshqa mamlakatlarning madaniyatiga tobe, bu go`zal o`lkada uzoq o`tmishda faqat ko`chmanchi, yovvoyi qabilalar yashagan, degan har xil da`volarni fosh qildi va puchga chiqardi.13 Holbuki, irqiy «nazariyani» targ`ib qiluvchi ba`zi olimlarning uzoq ajdodlari ibtidoiy madaniyatga endi erishgan bir paytda qadimgi Xorazmda CHiriqrabot, Bobishmulla, qo`yqirilgan qal`a, Tuproqqal`a kabi yodgorliklardan qazib topilgan ajoyib arxitektura, san`at hamda yozuv durdonalari, Bolalitepa va Panjakentda kashf etilgan har xil marosimlarni tasvirlovchi rang-barang rasmlar, Varaxshaning go`zal ganch haykal va bezaklari, butun antik davr ichida qurilgan hashamatli shahar va qal`alar, dabdabali. sug`orish inshootlari, bepoyon ekinzorlar o`zbek va boshqa O`rta Osiyo xalqlarining uzoq o`tmishda nihoyatda zo`r iqtisodiy va madaniy taraqqiyotga ega ekanligini yaqqol ko`rsatib turibdi.14Uzoq asrlar davomida shakllanib kelgan yuqori darajadagi madaniy zamin bo`lmagauda , ilk feodalizm davrida, ya`ni IX — XII asrlarda butun O`rta Osiyo, shu jumladan, O`zbekistonda fan va madaniyat gurkirab o`sib, jahonga Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Muhammad ibn Muso Xorazmiy, Abunasr Forobiy kabi fanning ko`p sohdlarini mukammal egallagan ulug` siymolarni etkazib berishi mumkin emas edi. O`rta asrning eng yirik olimlaridan iste`dodli tilshunos Mahmud Koshg`ariy o`zining «Devonu lug`atit turk» nomli noyob asarida o`zbek xalqining eng qadimgi turkiy tilda gapiruvchi ajdodlaridan biri bo`lgan chigil qabilalari Iskandar Zulqarnayn yurish qilgan davrdayoq ko`p nufuzli etnografiyaga oid guruhlardan hisoblangani haqida ma`lumot beradi.15
XI asrning etuk shoiri va olimi Yusuf Xos Hojib tomonidan yaratilgan, o`z davrining zo`r badiiy asari hisoblangan «Qutadg`u bilig» ning ana shu chigil qabilalari tili asosida yozilganini va bunday ajoyib asar agar uzoq asrlar davomida iqtisodiy, madaniy birlik negizida dunyoga kelgan umumiy bir til bo`lmagan holda paydo bo`la olmasligini ham e`tiborga olsak, u vaqtda o`zbek xalqining tili nihoyatda uzoq tarixga ega ekanligiga ishonchimiz komil bo`ladi. Mahmud Koshg`ariy o`z asarida ilk o`rta asrlarda ham turkcha, ham so`g`diycha so`zlaydigan, ya`ni ikki tilli bo`lgan va faqat turkcha gapiradigan kishilarning juda ko`pligini, lekin faqat so`g`diycha so`zlaydigan kishilarning mutlaqo yo`qligini xamda turkiy tillar eski tillarni siqib chiqarganligini aytadi. Demak, o`zbek xalqi milodimizdan avvaloq muayyan bir hududda o`ziga xos moddiy va ma`naviy birlik yarata boshlab, asta-sekin til jihatidan xam umumiylikka erisha boshlaydi. Natijada, yuqorida aytilganidek, XI-XII asrlarga kelib o`zbek xalqi asosan shakllanadi. Arxeologiyaga oid va antropologiyaga oid kashfiyotlar natijasida to`plangan ma`lumotlardan tashqari, o`zbek xalqining avlod-ajdodlari to`g`risidagi ba`zi paleoetnografik ma`lumotlarni yozma manbalarda ham uchratish mumkin.
Qadimgi xorazmiylar, so`g`diy va saklar yoki massagetlar haqidagi ayrim ma`lumotlar antik davr mualliflari-miletlik Gekatey, Strabon, Gerodot, Arrian va Ptolomey asarlarida, qadimiy forsiy yozuvlar va butun o`rta Sharqda tarqalgan muqaddas kitob — «Avesto» da mavjud. Milodimizdan oldingi II asrdagi Xitoy elchisi va sayyohi Chjan TSyanning Davan (qadimgi Farg`ona) va Kangyuy (Xorazm) davlatlari haqida qoldirgan ba`zi ma`lumotlari ham etnografiya jixatidan diqqatga sazovordir. Afsuski, islom dini tarqalguncha, ya`ni VII — VIII asrlargacha bo`lgan davrni yoritish uchun mahalliy yozma manbalar yo`q.
Arab istilosi davrida tarixiy asarlar va ularning mualliflari vahshiylarcha yo`q qilib tashlanganligi haqida Beruniy xabar qiladi. Arab istilosi arafasiga oid bo`lgan yodgorliklar (Tuproqqal`a, Bolalitepa, Varaxsha, Panjakent) dan topilgan boy, devorga ishlangan rasmlar, har xil haykal va o`ymakor bezaklar ajoyib san`at durdonalari bo`libgina qolmay, o`sha davrda yashagan xalqning xo`jalik faoliyati, etnik tuzilishi, moddiy va maishiy turmushi, urf-odatlarini o`rganishda muhim va birinchi darajali tarixiy etnografik manba bo`lib xizmat qiladi.
Arab istilosidan keyingi asrga oid etnografik ma`lumotlar mahalliy va arab yozuvchi-sayyohlarining asarlarida mavjud. IX — XII asr mualliflaridan Ibn Xurdadbeh al-Balxiy, al-Istaxriy, Ibn Havqal, Mas`uddiy Yoqut singari yirik geograf va sayoxatchilar, mahalliy mualliflardan faylasuf, musiqashunos Abu Nasr Forobiy, mashhur qomuschi olim Abu Rayhon Beruniy va buyuk tabib Abu Ali ibn Sino, etnograf, geograf, tarixchi olim Abu Sa`d Abdulkarim ibn Muhammad Ular bosib olgan o`lkalarini vahshiylarcha taladi, shahar va qishloqlarning kulini ko`kka sovurdi. Qo`l ostidagi o`lkalarda nihoyatda og`ir zulm o`tkazdi.16 Evropa monarxlari va Rim papasi dahshatli, jahonni larzaga solgan Chingizxon bilan savdo, siyosiy va diplomatik munosabatlar o`rnatishga qiziqishdi. 17

Yüklə 100,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin