2.2. Yevropa tadqiqodchilari tomonidan o’lkamiz etnografiyasining o’rganilishining ahamiyati Haqiqatan ham XVI — XIX asr o`rtalarigacha bo`lgan davr ichida mahalliy mualliflar tomonidan yaratilgan tarixiy asarlarda ba`zi muhim etnografik lavxalar bor. Iste`dodli tarixchi, shoir va musiqashunos Hofizi Tanish Buxoriyning «Abdullanoma», tarih tibbiyot va adabiyot sohasida tanilgan davlat arbobi Abulg`ozixonning bir necha bor chet tillarga tarjima qilingan «SHajarai turk va Mo`g`ul» hamda «SHajarai tarokima» kabi asarlari mavjud. Mashhur o`zbek tarixchilari SHermuhammad Munis, Muxammad Rizo Ogahiy va Muhammad Yusuf Bayoniylarning «Firdav ul-iqbol», «Riyoz ud-davlat», «Zubda ut-tavorix», «Jomi` ul-voqeoti Sultoniy», «Gulshani davlat», «Shohidi iqbol», «SHajarai Xorazmshoxiy», «Xorazm tarixi» kabi asarlarida XVII asrning II yarmidan to XX asr boshlarigacha Xorazm va qo`shni yurtlarda ro`y bergan tarixiy voqealar yuksak mahorat bilan tasvirlanadi. O`zining boy mazmuni, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ma`lumotlarning ko`pligi va rang-barangligi bilan ajralib turuvchi bu tarixiy asarlar o`sha davrdagi o`zbek xalqi etnografiyasini o`rganish uchun muhim manba bo`la oladi. O`rta Osiyoni, shu jumladan, O`zbekistonni Rossiya bosib olishi tufayli o`zbek va boshqa O`rta Osiyo xalqlari bilan rus xalqi hamda uning «inqilob» to`fonlari bo`sag`asida turgan ishchilar sinfi o`rtasida bevosita aloqalar o`rnatilganligi bu tarixiy voqeaning asosiy progressiv oqibati hisoblanadi28. Ilg`or rus olimlari va o`lkani o`rganuvchilar mustamlakachilik rejimining og`ir sharoitida, mahdlliy ma`murlarning jaholatiga bardosh berib, o`zbek, tojik, turkman qirg`iz va boshqa O`rta Osiyo xalqlarining iqtisodieti, tarixi, turmushi va madaniyatini o`rganish borasida hormay-tolmay ish olib bordilar. Ulug` rus demokrat tanqidchisi V.V. Stasov bular haqida: «Rossiya tadqiqotchilarining vazifasi O`rta Osiyo mamlakatlaridagi hozirgacha ma`lum bo`lmagan badiiy va etnografiyaga oid durdonalar haqida Rossiya va Evropa uchun umumiy ma`lumotlar berishdan iborat edi. Chunki Rossiya bu mamlakatlar bilan qadim zamonlardan buyon aloqada va yaqin munosabatda bo`lib, ularning o`zaro ta`siri uzoq o`tmishdan buyon davom etib kelmoqda» — deb yozgan edi. O`zbek xalqining etnografiyasini o`rganish bilan shug`ullangan N. P. Ostroumov, N. S. Likoshin singari tadqiqotchilar o`lkadagi mustamlakachilik ma`murlarining vakillari bo`lib, o`z asarlarida chorizmning mustamlakachilik siyosatini targ`ib qildilar. Biroq bularning asarlarida ham mahalliy aholining turmushi, madaniy hayotiga doir dalillarga asoslangan bir qancha diqqatga sazovor ma`lumotlar bor.29 O`rta Osiyo yurishlari davrida V. V. Radlov, A. P. Fedchenko, A. L. Kun, M. A. Middendorf kabi tadqiqotchilar katta va samarali mehnat qildilar. V.V.Radlov O`rta Osiyo xalqlarining tili, etnografiyasi haqida ma`lumotlar to`plagan; o`rta Zarafshon vodiysi bo`ylab sayohat qilib, qiziq-qiziq ocherklar yozgan. A. P. Fedchenko o`z rafiqasi bilan o`zbek xalq etnografiyasiga oid juda ko`p ma`lumotlar to`plagan va «Qo`qon xonligida» degan asarini yozgan. 1917 yildan ilgarigi tadqiqotchilarning ishlarini mujassamlashtirgan umumiy monografiyalarda ham o`zbeklar haqida qimmatli ma`lumotlar to`plangan. Etnografiyaga oid ma`lumotlarni saqlash va keng ommaga etkazishda ilmiy jurnallar, statistik boshqarmalarning spravochnik va to`plamlari hamda «Turkistanskie vedomosti» gazetasining xizmatlari ham katta bo`ldi. Ilmiy jamiyatlar va to`garaklar ichida o`zbek etnografiyasini o`rganishda Rus geografiya jamiyati va uning Turkiston bo`limi, Turkiston arxeologiya havaskorlari to`garagi, tabiiyot, antropologiya va etnografiya havaskorlari jamiyati Turkiston bo`limining faoliyati alohida e`tiborga sazovor.30 Shunday qilib, XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlarida o`zbek etnografiyasini o`rganishda ilmiy jihatdan diqqatga sazovor bir qancha ishlar paydo bo`lib, jiddiy tadqiqotchi olim va o`lkashunoslar safi ancha kengaydi. Ular o`z asarlarida o`zbek va boshqa O`rta Osiyo xalqlari madaniy va maishiy turmushining xususiyatlari, ijtimoiy va oilaviy tuzumning o`tmish va o`z zamonasidagi shakllari, urf-odatlari, urug`-aymoq va qabilaviy tuzumi, diniy e`tiqodlari va etnografiyaga oid boshqa xususiyatlarini ta`riflash bilan birga ularning ma`nosini ilmiy jixatdan ham sharhlashga intilganlar. Lekin o`z davrining hukmron g`oyalari ta`siri ostida bo`lgan bu tadqiqotlar ma`lum masalalarni yoritishda bir qadar cheklangan edi. Burjua etnografiya faniga xos mujmallik bu sohaga deyarli taalluqli bo`lmagan yuzaki ishlarning kelib chiqishiga yo`l ochib berganligini xam unutmaslik kerak. Ijtimoiy masalalarni sharhlashda o`tmish tadqiqotchilarining ojizligi, sub`ektivizmi, ba`zan irqiy kontseptsiyalarning hukm surganligi ularning ko`p asarlarida ham o`z aksini topgan. Ammo o`sha davrning olim va o`lkashunoslari orasida ozodlik, gumanizm va demokratik g`oyalar bilan sug`orilgan shaxslarning borligi diqqatga sazovordir. Ular to`plagan daliliy ma`lumotning qimmati esa benihoyadir.31
XULOSA Etnografik dastlab faktik bilimlarni toʻplaydi, keyin ularni tahlil etish orqali mohiyatini tushunib olib, nazariy xulosalar chiqaradi. Etnogtafiya fani, boshqa fanlar singari oʻziga xos maxsus tadqiqot usullari va maxsus atamalarga ega. Uning uslubi muayyan dunyoqarash va nazariyalar (metodologiya) bilan bogʻliq boʻlib, oʻz tadqiqotlarini ayrim fan sohalari antropologiya, arxeologiya, lingvistika, sotsiologiya, sanʼatshunoslik bilan aloqador holda amalga oshiradi.
Mazkur fanlarning oʻzaro bogʻliqligi tufayli keyingi yillarda qoʻshaloq ilmiy sohalar ham yuzaga keldi, mas, etnik antropologiya, paleoetnografiya, etnolingvistika va boshqalar Hozirgi davrdagi etnik jarayonlarni teran va keng miqyosda tadqiq qilishda keyingi yillarda oʻtkazilayotgan sotsiologik tadqiqotlar yaxshi samara bermoqda. Natijada — etnosotsiologiya, etnopsixologiya kabi yangi ilmiy sohalar yuzaga kelishi muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, tabiiygeografik sharoitga qarab yovvoyi oʻsimliklarni ekib oʻstirish yoki yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirish, urchitish kabi oʻziga xos turmush xususiyatlariga ega elatlarning xoʻjalik xususiyatlarini anikdashda Etnologiya bilan hamkorlikda etnobotanika va etnozoologiya kabi yangi sohalar faoliyat koʻrsatmoqda.
Xalqlarni oʻrganishda Etnografiya fani nihoyatda keng va xilmaxil manbalardan va usullardan foydalanadi. Bir joyda uzoq yashab, kuzatish yoʻli bilan oʻtkazilgan tadqiqotlar eng samarali ekanligini mashhur etnograflar (L.Morgan, N.N.Mikluxo Maklay, V.G. Bogoraz) alohida qayd qilganlar. Qisqa muddatda, ayrim mavsumlarda oʻtkaziladigan tadqiqot ishlari ekspeditsiya usuli boʻlib, hozir keng tarqalgan va u mavsumiy usul deyiladi.
Dala ishlarida, asosan, axborotchidan suhbat yoʻli bilan yozma yoki magnitofon orqali maʼlumotlar toʻplash, muayyan maishiymadaniy turmush hodisalari, oilanikoh munosabatlari va marosimlari, xalq sayillari va oʻyinlarini kuzatish, ularda bevosita ishtirok qilish va ularni jiddiy oʻrganish (yozish, chizish, rasmga olish) kabi usullar qoʻllaniladi. Maʼnaviy madaniyatni tadqiq qilishda (ayniqsa, ayrim urf-odat va marosimlar, xalq oʻyinlari, ibodat, milliy raqslar) zamonaviy texnika (foto, video va kinoapparaturalar) vositalaridan keng foydalaniladi.
Oʻzbekistonda Etnologiya fani. Oʻzbekiston hududida istiqomat qilgan qabila va elatlar toʻgʻrisidagi eng qadimiy etn. maʼlumotlar ilk yozma manbalarda, yunon va rim mualliflari Gekatey, Strabon, Gerodot, Arrian, Ptolemey va Ktesiy, sitsiliyalik Diodor, Pompey Trog, Tatsit asarlarida uchraydi.
Oʻrta Osiyo xalqlarining qadimiy ajdodlari va ularning turmush tarzi, urf-odat va marosimlari toʻgʻrisida qimmatli maʼlumotlarni zardushtiylik dinining muqaddas kitobi "Avesto"da ham koʻrish mumkin. Miloddan avvalgi 6—1-asrlardan arab istilosigacha Oʻrta Osiyo xalqlariga tegishli maʼlumotlarni qadimiy axomaniylar davriga oid qoya tosh bitiklarida, parfiyoniy, sugʻdiy, xorazmiy, baxtariy yozma yodgorliklarida, xitoy sayohatnomalarida, sosoniylar Eronining oʻrta forsiypahlaviy tildagi yodgorliklarida, arman tilidagi manbalarda, qadimiy turkiy yozma yodgorliklarda uchratamiz.
Ilk oʻrta asr mualliflari geograf va sayyohlar Ibn Xurdodbeh, alBalxiy, Istaxriy, Ibn Havqal, Masʼudiy, Yoqut Hamaviylar oʻz sayohatnomalarida Sharq xalqlari E.si boʻyicha qimmatli maʼlumotlar yozib qoldirganlar.
Xalq ogʻzaki ijodi namunalari boʻlgan "DadaQoʻrqut", "Alpomish", "Manas", "Goʻroʻgʻli" dostonlari tarixiy va etn. jihatdan nihoyatda muhim manbalardir. Muhammad Xorazmiyning "Surat alAarz", Abu Rayhon Beruniyning "Qonuni Masʼudiy", "Amudaryo tarixi"; Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk", Narshaxiyning "Buxoro tarixi" asarlari Oʻrta Osiyo, shu jumladan, Oʻzbekiston shaharlari, ularning tarixi, tabiiygeografik sharoiti, etnotoponimiyasi, ayrim shahar va qishloqlar aholisining lingvistik va etnik tarkibi, ijgimoiy-siyosiy hayoti, maishiy turmushi va madaniyatining baʼzi jihatlari, diniy eʼtiqodlariga oid noyob maʼlumotlar mujassamlashganligi bilan muhim ilmiy ahamiyatga ega.