Mundarija: kirish I bob. Bo’shliqichlilar tipi, umumiy tavsifi



Yüklə 139,37 Kb.
səhifə2/9
tarix03.06.2023
ölçüsü139,37 Kb.
#124563
1   2   3   4   5   6   7   8   9
BO’SHLIQICHLILAR TIPI UMUMIY TAVSIFI; TANA SHAKLI VA SIMMATRIYASI, KO’PAYISHI VA RIVOJLANISHI. SISTEMATIKASI HAMDA FILOGENIYASI

Mavzuning ahamiyati. Epiteliymuskul hujayralari qoplash va harakatlanish funktsiyalarini bajaradi. Otuvchi hujayralar o’ljani falajlab ushlash va himoya vazifasini bajaradi, ularda otiluvchi ipchalarga ega bo’lgan otuvchi kapsula shakllanadi. Oraliq xujayralar boshqa hamma hujayralarni hosil qiladi. Endodermada epiteliymuskul va oziqni qamrab olib hazm qiluvchi bezli xujayralar bo’ladi. Tana bo’shlig’i qopga o’xshash bo’lib, maxsus to’siq (septa) lar yordamida kameralarga bo’lingan, meduzalarda murakkab naylar sistemasidan iborat. Tana bo’shlig’i og’iz teshigi orqali tashqariga ochiladi. Og’iz teshigi paypaslagichlar bilan o’ralgan. Og’iz teshigi orqali oziq moddalar tana bo’shlig’iga o’tadi va hazm bo’lmagan oziq moddalar chiqib ketadi. Oziq tana bo’shlig’ida va endoderma hujayralari ichida hazm bo’ladi. Nerv sistemasi diffuz (tarqoq), tartibsiz joylashgan, o’simtalari orqali bir-biri bilan tutashib ketadigan nerv hujayralaridan iborat. Meduzalarda bundan tashqari soyaboni chetida ikkita nerv halqasi, sezgi organlari — yorug’lik sezuvchi ko’zchalar, muvozanat organlari (statosistlar) va ropaliyalar (stsifomeduzalar) bo’ladi. Jinsiy va jinssiz ko’payadi. Jinssiz kurtaklanish orqali bir qancha turlar koloniya hosil qiladi.
Mavzu bo‘yicha adabiyotlarning qisqacha tahlili. Kurs ishini tayyorlashda asl nusxalarga qo'shimcha ravishda quyidagi nashrlarning rasmlari ishlatilgan: Bilich, G.L. Biologiya. To'liq kurs. 3 jildda 3-jild Zoologiya / G.L. Bilich, V.A. Krijanovskiy. - M .: MChJ "Oniks nashriyoti", 2005 yil; Zelikman, A.L. Umurtqasizlar zoologiyasi bo'yicha amaliyot / A.L. Zelikman. – M.; Oliy maktab, 1969; Chekanovskaya, O.V.
O.V. Chekanovskaya. - M.-L.: SSSR Fanlar akademiyasidan, 1960 va Shalapenok, E.S. Umurtqasizlar zoologiyasi bo'yicha seminar / E.S. Shalapenok, S.V. Xato. - Mn.: Yangi bilimlar, 2002. Qo'llanma 1-31 01

I.BOB.BO’SHLIQICHLILAR TIPI, UMUMIY TAVSIFI
1.1.Sarkod va flagella Yashash joyi, tuzilishi va turmush tarzi
Bo’shliqichlilar, kovakichlilar (Coelenterata) — tuban tuzilgan suvda yashovchi umurtqasiz hayvonlar tipi. Bo’shliqichlilar eng qadimgi ko’p hujayralilar, devon davridan ma’lum. Ko’pchilik turlari dengizlarda yakka yoki koloniya bo’lib yashaydi. Dengiz Bo’shliqichlilarning hayot tsiklida o’troq yashovchi polip va erkin suzib yuruvchi Meduza davrlari gallanib turadi (metagenez). Ayrim Bo’shliqichlilar (gidralar, korall poliplar) ning meduza davri bo’lmaydi, ba’zi stsifomeduzalar va gidroidlarning polip davri yo’qolgan. Alohida Bo’shliqichlilarning tanasi tashqi ektoderma va ichki endodermadan iborat ikkita qavatdan tashkil topgan. Ektoderma va endoderma oralig’ida hujayrasiz, quyuq modda — mezogliy bo’ladi. Bo’shliqichlilar tanasi hujayralari to’la ixtisoslashmaganligi uchun to’qima va organlari rivojlanmagan. Ektodermasidagi hujayralarning asosiy qismi epiteliymuskul, otuvchi va ixtisoslashmagan oraliq hujayralardan iborat. Epiteliymuskul hujayralari qoplash va harakatlanish funktsiyalarini bajaradi. Otuvchi hujayralar o’ljani falajlab ushlash va himoya vazifasini bajaradi, ularda otiluvchi ipchalarga ega bo’lgan otuvchi kapsula shakllanadi. Oraliq xujayralar boshqa hamma hujayralarni hosil qiladi. Endodermada epiteliymuskul va oziqni qamrab olib hazm qiluvchi bezli xujayralar bo’ladi. Tana bo’shlig’i qopga o’xshash bo’lib, maxsus to’siq (septa) lar yordamida kameralarga bo’lingan, meduzalarda murakkab naylar sistemasidan iborat. Tana bo’shlig’i og’iz teshigi orqali tashqariga ochiladi. Og’iz teshigi paypaslagichlar bilan o’ralgan. Og’iz teshigi orqali oziq moddalar tana bo’shlig’iga o’tadi va hazm bo’lmagan oziq moddalar chiqib ketadi. Oziq tana bo’shlig’ida va endoderma hujayralari ichida hazm bo’ladi. Nerv sistemasi diffuz (tarqoq), tartibsiz joylashgan, o’simtalari orqali bir-biri bilan tutashib ketadigan nerv hujayralaridan iborat. Meduzalarda bundan tashqari soyaboni chetida ikkita nerv halqasi, sezgi organlari — yorug’lik sezuvchi ko’zchalar, muvozanat organlari (statosistlar) va ropaliyalar (stsifomeduzalar) bo’ladi. Jinsiy va jinssiz ko’payadi. Jinssiz kurtaklanish orqali bir qancha turlar koloniya hosil qiladi. Ko’pchiligi ayrim jinsli. Gidroidlarning jinsiy hujayralari ektodermada; stsifoid va korall poliplarda endodermada hosil bo’ladi. Ko’pchilik dengiz Bo’shliqichlilarda urug’langan tuxum hujayradan erkin suzib yuradigan planula lichinkasi chiqadi. Planuladan metamorfoz orqali polip, ba’zan Meduza vujudga keladi. O’troq yashovchi poliplarda meduzalar polipning kurtaklanishi tufayli hosil bo’ladi. 4 sinf: Gidrozoylar, stsifomeduzalar, korall poliplar va qirilib bitgan konulyatlar (Conulata) ga bo’linadi. 9000 dan ortiq turi ma’lum,barcha dengizlarda, ba’zi turlari (gidralar va ayrim meduzalar) chuchuk suvlarda uchraydi. Yirtqich yoki plankton bilan oziqlanadi. Ayrim turlari boshqa organizmlar uchun oziq bo’ladi. Yirtqich turlari oziq uchun baliqlarga konkurentlik qilishi tufayli zararli hisoblanadi. Bo’shliqichlilar orasida yashil xivchinlilar, turli yashil o’simliklar bilan simbioz yashovchilari ham bor. Koloniya bo’lib yashovchi korall poliplar orollar hosil qiladi va ko’pchilik dengiz hayvonlari uchun pana joy hisoblanadi. 
Gidroid poliplar sinfi: chuchuk suv gidrasi
Bo‘shliqichlilar tanasi ikki qavat bo‘lib joylashgan hujayralardan iborat sodda tuzilgan ko‘p hujayrali hayvonlardir. Ularning tana bo‘shlig‘i ichak vazifasini bajaradi. Bu tipga gidroid poliplar, ssifoid meduzalar, korall poliplar sinflari kiradi.
Tashqi tuzilishi. Gidra tiniq suvli tinch oqadigan yoki oqmaydigan chuchuk suv havzalarida hayot kechiradi. Uni akvariumlarda ham uchratish mumkin. Tanasining uzunligi 5–7 mm, silindrsimon shaklda. Tanasining ostki tomoni tovon deb ataladi. Tovonning qarama-qarshi tomonida paypaslagichlar bilan o‘ralgan og‘iz teshigi bor. Gidra tovoni bilan suvdagi narsalarga yopishib oladi. Suv tubidagi narsalarga yopishib olib hayot kechiradigan bo‘shliqichlilar polip deb ataladi.
Tana simmetriyasi. Simmetriya – tana qismlarini bitta o‘q atrofida o‘zaro mutanosib joylashuvidan iborat. Gidraning tovonidan og‘iz teshigi tomonga bitta xayoliy chiziq o‘tkazilsa, uning tanasini shu chiziqdan paypaslagichlarga ketuvchi nurlar bo‘ylab bir necha teng bo‘laklarga bo‘lish mumkin. Hayvonlar tanasini bitta o‘q chiziqdan chiquvchi nurlar bo‘ylab o‘zaro mos keladigan teng qismlardan iborat bo‘lishi radial, yani nurli simmetriya deyiladi.
Tana devori hujayralari. Gidra tanasi devori ikki qavat bo‘ylab joylashgan hujayralardan tashkil topgan. Tashqi – ektoderma va ichki – endoderma qavatlari yupqa parda bilan ajralgan. Tana devori keng ichki tana bo‘shlig‘ini o‘rab turadi. Bu bo‘shliq ichak vazifasini ham bajaradi. Tashqi qavat, asosan, teri-muskul hujayralaridan iborat. Bu hujayralarning tana devori- ga botib kirib kengaygan tomonida muskul tolalari bo‘ladi. Muskullarning qisqarishi tufayli gidra umbaloq oshib yoki odimlab harakatlanadi. Ektoderma hujayralari orasida otuvchi hujayralar ham bo‘ladi. Bunday hujayralar ayniqsa, paypaslagichlarda juda ko‘p. Otuvchi hujayraning mayda sezuvchi tukchasi va otuvchi kapsulasi bo‘ladi. Kapsulada naysimon ingichka otiluvchi tola joylashgan. Hayvonlar (dafniya, siklop, baliq chavoqlari) otuvchi hujayra tukchasiga tegib ketsa, kapsuladagi tola otilib chiqib, ular terisiga sanchiladi. Kapsuladan oqib keladigan zaharli suyuqlik hayvon tanasiga o‘tib, uni falajlaydi.
Ta’sirlanishi va refleks hosil qilishi. Ektodermada uzun o‘simtali yulduzsimon nerv hujayralari tarqoq joylashgan. Ularning o‘simtalari tutashib, nerv to‘rini hosil qiladi. Nerv hujayralari yordamida gidra tashqi muhit ta’sirini sezadi va tanasini yig‘ib oladi. Gidraning ta’sirlanishga javob berish xususiyati refleks deb ataladi. Endoderma hujayralari, oziqlanishi. Endoderma qavati soxta oyoqlar chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan yirik xivchinli va bezli hujayralardan iborat. Hujayralar hazm shirasi ishlab chiqarish va hazm qilish vazifasini bajaradi. Gidraning ozig‘i ham bir hujayralilar singari hujayra ichida hazm bo‘ladi. Gidra tutilgan o‘lja-ni paypaslagichlariga yopishtirib, og‘ziga olib boradi. Oziq tana bo‘shlig‘iga tushib, hazm suyuqligi ta’sirida maydalanadi. Xivchinlar oziqni hujayralarga haydaydi. Hujayralar soxta oyoqlari yordamida oziqni qamrab olib, hazm qiladi.
Regeneratsiya. Ektoderma hujayralari orasida yirik yadroli mayda oraliq hujayralar bo‘ladi. Gidra tanasi jarohatlanganda bu hujayralar tez o‘sa boshlaydi va shikastlangan hujayralar o‘rnini to‘ldiradi. Tananing jarohatlangan yoki yo‘qotilgan qismining tiklanishi regeneratsiya deyiladi. Gidra tanasi 200 bo‘lakka ajratilganda ham har qaysi bo‘lakdan bittadan gidra tiklanishi aniqlangan.
Jinssiz ko‘payishi. Oziq yetarli bo‘lgan iliq bahor va yoz mavsumida gidra tanasi sirtida bir nechta kurtaklar paydo bo‘ladi.Paypaslagichlar va og‘iz teshigi paydo bo‘lishi bilan kurtaklar yosh gidralarga aylanadi. Ular ona organizmidan ajralib, mustaqil yashay boshlaydi.
Jinsiy ko‘payish. Kuzda noqulay sharoit tug‘ilishidan oldin gidra tanasining sirtida kichik bo‘rtmachalar paydo bo‘ladi. Bo‘rtmachalarda bittadan yirik tuxum hujayra yoki ko‘p miqdorda urug‘ hujayralar — spermatozoidlar yetiladi. Gidra tuxum hujayrasining soxta oyoqlari bo‘ladi. Spermato- zoidlar esa mayda, tez harakatlanadigan kichik hujayralardan iborat. Ular suv orqali borib, tuxum hujayrani urug‘lantiradi. Urug‘langan tuxum hujayra zigota deb ataladi. Zigotaning sirti qalin qobiq bilan qoplanadi. Gidra qishda nobud bo‘ladi, zigota esa qishlab qoladi. Bahorda zigotadan yosh gidra hosil bo‘ladi. Tuxum po‘sti yorilishi bilan yosh gidra suvga chiqadi va o‘z hayotini davom ettiradi.


Yüklə 139,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin