II.BOB. Daryolarning shakl va o’lcham ko’rsatkichlari Bir daryo ikkinchisidan uzunligi, irmoqlari soni, ularning Yer sirtida joylashish shakli va boshqa ko‘pgina belgilari bilan farqlanadi. Mazkur farqlarni daryo sistemasining morfologik va morfometrik, ya’ni shakl va o‘lcham ko‘rsatkichlarini solishtirish orqali aniqlash mumkin.
Daryo vodiysi suv oqimining yer sirtida bajargan ishi natijasida vujudga kelib, daryoning boshlanishidan quyi qismi tomon ketgan yassi yonbag‘irlari va nishabligi bilan harakterlanadi. Ma’lumki, ikki daryo vodiysi o‘zaro kesishmaydi, lekin ular birgalikda umumiy vodiyni tashkil qilishlari mumkin. Har qanday daryo vodiysida quyidagi elementlar mavjud bo‘ladi:
- daryo o‘zani-vodiyning oqar suv egallagan qismi;
- qayir-daryoda toshqin yoki to‘lin suv kuzatilganda vodiyning suv bosadigan qismi;
- vodiy tubi-daryo o‘zani va qayir birgalikda vodiy tubi deb ataladi;
- talveg-daryo uzunligi bo‘yicha o‘zandagi eng chuqur nuqtalarni tutashtiradigan egri chiziq;
- terrasalar-yonbag‘irlardagi gorizontal yoki bir oz qiyalikka ega bo‘lgan maydonchalar;
- yonbag‘irlar-vodiy tubini ikki yondan chegaralab turuvchi va daryoga qarab qiya joylashgan maydonlar;
- vodiy qoshi-vodiy uzunligi bo‘yicha yonbag‘irlarning eng yuqori nuqtalarini tutashtiruvchi chiziq.
Daryo vodiysining tuzilishi, shakli va o‘lchamlari daryoning suv rejimiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, yonbag‘irlar qiyaligining katta yoki kichikligi daryoning loyqaligiga ta’sir qilsa, o‘zanning egribugriligi unda oqayotgan suvning tezligiga ta’sir ko‘rsatadi.
2.1. Daryo tizimining shakl va o‘lcham ko‘rsatkichlari Daryo sistemasining asosiy shakl va o‘lcham ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat:
- bosh daryo va uning uzunligi;
- irmoqlar va ularning uzunliklari;
- daryoning egriligi;
- daryo tarmoqlarining zichligi;
- daryo yoki daryo ma’lum qismining nishabligi.
Bosh daryoning uzunligi (L) uning boshlanishidan quyilish joyigacha bo‘lgan masofa bilan aniqlanadi. Bosh daryoning uzunligini haritadan aniqlashda sirkulo‘lchagich yoki kurvimetrdan foydalanish mumkin. Buning uchun sirkulo‘lchagich yordamida haritadan tuzatma koeffitsiyentni e’tiborga olgan holda aniqlangan uzunlik harita masshtabiga ko‘paytiriladi. Hisoblash aniqligi harita masshtabiga bog‘liq bo‘lgani uchun yirik masshtabli haritalardan foydalanish tavsiya etiladi.
Bosh daryoni haritadan daryo sistemasining gidrografik sxemasiga qarab yoki geomorfologik tahlil etish yo‘li bilan aniqlash mumkin.
Irmoqlar uzunliklari ham bosh daryo uzunligi kabi aniqlanadi. Lekin bunda dastlab irmoqlarning tartiblarini belgilab olish zarur.
Daryoning egriligi egrilik koeffitsiyenti bilan ifodalanadi. Egrilik koeffitsiyenti deb, daryoning boshlanish va quyilish nuqtalarini tutashtiruvchi to‘g‘ri chiziq uzunligining daryoning haqiqiy uzunligiga bo‘lgan nisbatiga aytiladi (8rasm), ya’ni
bu yerda daryoning boshlanish (A) va quyilish (V) nuqtalarini tutashtiruvchi to‘g‘ri chiziqning uzunligi, Ldaryoning uzunligi. Egrilik koeffitsiyenti doim birdan kichik, ya’ni Ke < 1,0 bo‘lib, o‘lcham birligiga ega emas.
Daryo tarmoqlarining zichligini ifodalash uchun daryo tarmoqlarining zichlik koeffitsiyentidan foydalanamiz. Daryo tarmoqlarining zichlik koeffitsiyenti deb, bosh daryo va uning irmoqlari bilan birgalikdagi uzunliklari yig‘indisining shu daryo sistemasi joylashgan havza maydoniga bo‘lgan nisbatiga aytiladi, ya’ni
= ,
ifodada Lbosh daryo uzunligi, irmoqlar uzunliklarining yig‘indisi, Fdaryo sistemasi joylashgan havza maydoni. Mazkur koeffitsiyent km/km2 o‘lcham birligida ifodalanadi.
Daryo tarmoqlarining zichligi havzaning iqlim sharoiti, relefi, geologik tuzilishi kabi bir qancha tabiiy omillarga bog‘liqdir.
Daryoning nishabligi uning turli qismlarida turlicha qiymatlarga ega bo‘ladi. Masalan, O‘zbekiston daryolari tog‘li hududlarda katta nishablikka ega bo‘lsa, tekislikka chiqqach ularning nishabligi keskin kamayadi. Nishablikni daryoning umumiy uzunligi yoki uning ma’lum bir qismi uchun aniqlash mumkin. Daryo nishabligi deb, uning o‘rganilayotgan qismidagi balandliklar farqini shu qism uzunligiga bo‘lgan nisbatiga aytiladi:
,
bu yerda: bo‘lib, daryoning o‘rganilayotgan qismidagi balandliklar farqi, km da; Ldaryoning shu qismi uzunligi, km da. Nishablik o‘lcham birligiga ega emas, lekin ayrim hollarda promillar (0)da, ya’ni balandlikning daryoning har 1000 m uzunligiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha pasayishi ko‘rinishida ifodalanadi.
Daryo nishabligi, asosan joyning relefiga bog‘liq bo‘lib, uning energiyasi miqdorining ko‘rsatkichidir. Tog‘ daryolarida nishablik katta bo‘lgani uchun ular katta energiya manbalariga egadir.