2.2. Daryo havzasining shakl va o‘lcham ko‘rsatkichlari Daryo havzalari birbiridan shakllari, o‘lchamlari va boshqa belgilari bilan farq qiladi. Ana shu shakl va o‘lchamlarni quyidagilar orqali ifodalash mumkin:
- daryo havzasining maydoni;
- daryo havzasining uzunligi;
- daryo havzasining kengligi;
- daryo havzasining simmetriklik darajasi;
- daryo havzasining o‘rtacha balandligi;
- daryo havzasining o‘rtacha nishabligi.
Daryo havzasining maydoni(F) ni aniqlash uchun dastlab u haritada suvayirg‘ich chiziqlari bilan chegaralab olinadi. So‘ng, masshtab hisobga olingan holda, planimetr yoki o‘lchov katakchalari (paletka) yordamida uning maydoni aniqlanadi. O‘lcham birligikm2.
Daryo havzasining uzunligi (Lh) daryoning quyilish joyidan suvayirg‘ich chizig‘ida eng uzoqda joylashgan nuqtagacha bo‘lgan masofani tutashtiradigan to‘g‘ri chiziqning km da aniqlangan uzunligiga tengdir. Uni aniqlash uchun chizg‘ichning "0" raqami daryoning quyilish nuqtasiga qo‘yilib, ikkinchi tomoni suvayirg‘ich ustida soat strelkasi yo‘nalishi bo‘yicha aylantiriladi.
Daryo havzasining eng katta (Vmax) va o‘rtacha (Vo‘rt) kengliklari birbiridan farq qiladi.
Havzaning eng katta kengligidaryo havzasining eng keng joyidan havza uzunligini ifodalaydigan chiziqqa nisbatan o‘tkazilgan perpendikulyarning uzunligidan iboratdir. Demak, daryo havzasining eng katta kengligi haritadan o‘lchash natijasida aniqlanadi.
Havzaning o‘rtacha kengligi esa quyidagi ifoda yordamida hisoblab topiladi:
Daryo havzasining simmetriklik darajasibosh daryoga nisbatan aniqlanadi. Uni ifodalash uchun havzaning asimmetriya koeffitsiyentidan foydalaniladi. Asimmetriya koeffitsiyenti quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi:
bu yerda havzaning bosh daryoga nisbatan chap qismida joylashgan maydoni, mos ravishda o‘ng qismida joylashgan maydoni. Ifodadan ko‘rinib turibdiki, asimmetriya koeffitsiyenti o‘lcham birligiga ega emas.