Mundarija: Kirish i-bob. Hoshimov O‘tkir xalq yozuvchisi timsolida


II-BOB. Ta'lim bosqichlarida O`tkir Hoshimov hayoti va ijodini o`rganish usullari



Yüklə 51,33 Kb.
səhifə5/8
tarix13.12.2023
ölçüsü51,33 Kb.
#175621
1   2   3   4   5   6   7   8
E`zoza

II-BOB. Ta'lim bosqichlarida O`tkir Hoshimov hayoti va ijodini o`rganish usullari
II.1. O‘tkir hoshimov asarlarini interfaol metodlar yordamida o‘qitish. O‘zbekcha nutqning rivojlanish darajasi belgilanadi. O‘zbek adabiyoti darslarida adabiy asarlarni o‘rganishdan maqsad o‘zbekning ruhiyatini anglatish orqali o‘quvchining ma’naviy dunyosini boyitishdan iboratdir. Buning uchun o‘quvchi o‘zga adabiyotning nazariy asoslari bilan ma’lum darajada tanish bo‘lishi talab etiladi. Qolaversa, nazariy tushunchalarni bilgan o‘quvchi badiiy hodisani tahlil qilganda, asar haqida gapirganda fikrini asosli ifodalay oladi. Zero, “Uzluksiz adabiy ta’lim konsepsiyasida quyidagicha ta’kidlanadi: “Ayni vaqtda o‘smirga ezgu ma’naviyat fazilatlari, go‘zal insoniy amallar bevosita ko‘rsatlilsa va tarbiyalanuvchiga majburan tiqishtirilmay, ruhiyatiga tabiiy ravishda, zo‘rliksiz singdirilsa, bola ma’naviyatining ajralmas sifatiga aylanadi. O‘zaro muomala, munosabat deb atalmish qiyin bir mexanizmning amalga oshirilishi o‘sha munosabatlarning ijobiy yoki salbiyligiga bog‘liq”. Ayni vaqtda badiiy asar o‘rganish adabiy-nazariy tushunchalarni o‘zlashtirish uchun emas, balki adabiynazariy tushunchalarni o‘rganish badiiy asarlarni to‘laroq anglash uchun kerakligi hamisha diqqat markazida bo‘lishi lozim. Shu o‘rinda fikrimizni dalillash uchun maqolamiz mavzusini “Maktab darslaridagi O‘tkir Hoshimov asarlarini interfaol metodlar yordamida o‘qitish” deb belgiladik va bugungi ta’lim tizmidagi erishilgan yutuqlardan kelib chiqqan holda “milliy dastur” talablarini hisobga olib o‘qitishning zamonaviy usullari bo‘yicha yondashdik. Ta’lim jarayonida O‘tkir Hoshimov hayoti va ijodini o‘rgatib, o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashda adib asarlaridan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. Bu asarlarni o‘qigan o‘quvchida tabiiy ravishda onaga, vatanga, yor-u do‘stga nisbatan chiksiz mehr-muhabbat, urush, jaholat kabi salbiy illatlarga nisbatan nafrat tuyg‘usi shakillanadi. Demak, bemalol aytish joizki, ta’lim jarayonida O‘tkir Hoshimov ijodini o‘rgatish, komil inson tarbiyasida tayanch nuqta vazifasini bajara oladi. Bunday asarlarni topish, ularni maktab, akademik litsey o‘quv dasturiga kiritish har jihatdan foydalidir. Shu o‘rinda bir savol tug‘ilishi mumkin. Xo‘sh, ularni o‘quvchiga yetkazish, asarning mazmun-mohiyatiga ularni oshno qilish uchun nima qilish kerak? Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari Umumta’lim maktablarining beshinchi sinflari uchun mo‘ljallangan dastur va darsligida O‘tkir Hoshimov hayoti va ijodini o‘rganish quyidagicha ifoda etilgan:
1) O‘.Hoshimovning hayoti va ijodi. “Dunyoning ishlari” qissasi. “Alla”, “Gilam paypoq”, hikoyalari (1 soat);
2) “Iltijo”, “Qarz” hikoyalarini o‘qish, tahlil qilish (1soat)
3) “Oq marmar, qora marmar” hikoyasi. Hikoyalar tahlili (1 soat)
4) Nazorat ishi. Tassurot yozish: “Ona-buyuk inson”, “Mening onam hammadan yaxshi”. Jami 4 soat ajratilgan.
Har qanday asarni o‘qitishda uni yaratgan ijodkor hayoti va ijodiga albatta to‘xtalib o‘tish kerak, chunki bu orqali ijodkor bilan o‘quvchini tanishtirish bilan birga yozuvchi mudaosi maqsadlari va orzu-armonlari to‘g‘risida ham ma’lumotga ega bo‘lib boradi. Bunda o‘quvchilarga adibning hayot yo‘li, yozgan asarlari hamda yozuvchi hayoti va ijodini muhim jihatlarini yoritishda adibga zamondosh bo‘lgan munaqiblarning adib haqida aytgan fikrlarini keltirish mumkin. Bunda “Klaster” usuldan foydalanish maqul. O‘tkir Hoshimovning yaratgan asarlari Romanlar Qissalari Hikoyalari Drammalari Toshiriqlarni berishda o‘quvchilarni yoshi va o‘quvchilarning bilim darajasini ham hisobga olish zarur. Aks holda darsda kutilgan natijaga erishib bo‘lmaydi. Quyi sinflarda, masalan, beshinchi va oltinchi sinflarda quydagi usullarni tavsiya etgan bo‘lardik: “Qora quti” usuli. Ushbu usul yordamida quyidagi harakatlar tashkil etiladi: O‘quvchilar juftlikka birikadilar va ularga adib O‘tkir Hoshimov hayoti haqida ma’lumot bеruvchi tushunchalarni kartochkalarga qayd etish vazifasi yuklanadi. O‘qituvchi topshiriqni tеkshiradi, uni to‘g‘ri bajargan juftlikning bir a’zosi o‘qituvchi vazifasini bajaradi. Navbatdagi bosqichda o‘quvchilardan adib tamonidan yaratilgan oltita asarning nomini kartochkalarga yozish so‘raladi. Topshiriqni o‘qituvchi qilib bеlgilangan “o‘quvchi” ustozi yordamida tеkshiradi va yozuv taxtasiga quyidagi atamalarni yozadi: “Bahor qaytmaydi”, “Ikki eshik orasi”, “Nur borki soya bor”, “Tushda kеchgan umrlar”, “Dunyoning ishlari”, “Urushning so‘ngi qurboni”. O‘qituvchi rolini bajarayotgan o‘quvchi tеngdoshlaridan ushbu so‘zlar nimalarni anglatishini so‘raydi. “4x8x4x8” usuli.
Sinf oquvchilari 4 nafardan bo‘lib 8 ta guruhga bo‘linadilar. Mavzuning umumiy matni 8 qismga bo‘linib, har bir qism har bir guruhga bеriladi va guruhlarga matnni o‘rganib chiqish vazifasi topshiriladi. Guruhlarga quyidagi dars matnining quyidagi qismlari tavsiya etiladi.
1-guruhga O‘.Hoshimovning hayoti va faoliyatiga oid qismi.
2-guruhga Asarning “Oq, oydin kеchalar” nomli bandi.
3-guruhga Asarning “ Tush” nomli bandi.
4-guruhga Asarning “Gilam paypoq” nomli bandining
1-yarmi. 5-guruhga Asarning “Gilam paypoq” nomli bandining 2-yarmi. Respublika ilmiy-amaliy konferensiya 6-guruhga Asarning “Alla” nomli bandining 1-yarmi. 7-guruh Asarning “Alla nomli bandini 2-yarmini. 8-guruh Asarning “Iltijo” nomli bandini Matn guruhlar nomidan o‘rganilgandan so‘ng, guruhlar qayta tashkil etiladi. So‘ng har bir o‘quvchi o‘zi o‘zlashtirgan malumotlarni qolgan o‘quvchilarga hikoya qilib bеradi. Shu tarzda mavzu matn o‘quvchilar tamonidan o‘zlashtiriladi. Savol-javoblar asosida suhbat tashkil etish. O‘quvchilarga quyidagi savollar bеriladi.
1. O‘tkir Hoshimov hayoti haqida nimalarni bilasiz?
2. Adib tamonidan qanday asarlar yaratilgan?
3. “ Dunyoning ishlari” qanday janrda yozilgan asar sanaladi?
4. Ushbu asarning asosiy qahramonlari kimlar?
5. Asarda onalarga hos bo‘lgan qanday fazilatlar ifoda etiladi?
6. Asar bilan tanishish natijasida qanday taassurotlarga ega bo‘ldingiz? Bu usullar o‘quvchilarni berilgan mavzuni yaxshi o‘zlashtirish bilan birga ularda matnlarni mantiqiy o‘z o‘rniga joylashtirishni ham o‘rganadilar. Matn guruhlar nomidan o‘rganilgandan so‘ng, guruhlar qayta tashkil etiladi. So‘ng har bir o‘quvchi o‘zi o‘zlashtirgan malumotlarni qolgan o‘quvchilarga hikoya qilib bеradi. Shu tarzda mavzu matn o‘quvchilar tamonidan o‘zlashtiriladi.
Savol-javoblar asosida suhbat tashkil etish. O‘quvchilarga quyidagi savollar bеriladi.
1. O‘tkir Hoshimov hayoti haqida nimalarni bilasiz?
2. Adib tamonidan qanday asarlar yaratilgan?
3. “ Dunyoning ishlari” qanday janrda yozilgan asar sanaladi?
4. Ushbu asarning asosiy qahramonlari kimlar?
5. Asarda onalarga xos bo‘lgan qanday fazilatlar ifoda etiladi?
6. Asar bilan tanishish natijasida qanday taassurotlarga ega bo‘ldingiz? O‘quvchilarda yuksak insoniy tuyg‘ularni shakllantirishda badiiy asarlar tahlili va talqinidan foydalanish, o‘quvchilar faolligini ta’minlashga, o‘quvchi shaxsini, unga xos ma’naviy sifatlarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi ilg‘or metod va usullarni qo‘llash ham yuqori samara beradi. Yuqori sinflar uchun ko‘proq mantiqqa asoslangan va hayotga bog‘lanadigan usul va metodlarni qo‘llagan maqul. Biz bu borada quydagi usullarni tavsiya qilamiz. “Qanday» organayzerini to‘ldiring” “Daftar hoshiyasidagi bitiklar”da yozuvchining hayotiy falsafiy qarashlarining ifodalanishi Qanday? Qanday? Qanday? Qanday? Qanday? Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari 339 O‘quvchilarni faollashtirish uchun va darsda o‘quvchilar diqqatini qaratish uchun quydagi savollardan foydalanish mumkin: 1. Hayot haqiqatini badiiy haqiqatga aylantirishda yozuvchining mahorati nimalarda ko‘rinadi? 2. Yozuvchi g‘oyasini ochishda badiiy detalning o‘rni qanday? 3. Yozuvchi Ona siymosini qaysi asarlarida aks ettirgan? 4. “Dunyoning ishlari” qissasining yozuvchi ijodiy faoliyatini o‘rganishdagi ahamiyati nimada? 5. Yozuvchi dramalarining ijtimoiy ahamiyati nimalar bilan belgilanadi? 6.“Quyosh tarozisi” hikoyasining badiiy-estetik ta’siri nimalar bilan o‘lchanadi? “Meni hajayonga soldi....” usuli orqali romanda o‘quvchilarni ha jayonga solgan jihatlar haqida suhbat qurish mumkin. Bu usul orqali o‘quvchilarning roman bilan tanishish jarayonida ularni hayajonga solgan o‘rinlar, asar qahramonlarining xattiharakatlari, jumlalar haqida bahs yuritiladi. Har bir o‘quvchining shaxsiy xulosasi sinf taxtasiga yozib boriladi. Masalan, birinchi o‘qituvchining o‘zi uni hayajonga solingan o‘rinni aytib berishi va misol tariqasida o‘quvchilarga ko‘rsatishi mumkin. O‘qituvchi: “Meni hayajonga soldi”. Oqsoqol Robiyaning juda och ekanligini bilib qoladi va o‘zining eng qadrli narsasini sotib bo‘lsa-da, uning qornini to‘ydirish uchun non olib kelganligi meni hayajonga soldi. Sodda dehqon oqsoqolning ushbu xattiharakati uning naqadar mehribon, jonkuyar oliyjanob inson ekanligidan darak beradi. Shuningdek, urush davrining eng qiyin davrlarida ham o‘zbek xalqining insonparvarlik, odamiylik kabi fazilatlarni yo‘qotib qo‘ymaganligi meni hayajonga soldi. O‘quvchi: Meni Husan Duma va Qora ammaning bag‘rikengligi hayajonga soldi. Qishloqlariga kelgan ustoz va uning qizini ochiq yuz bilan kutib olganligi, uyining to‘ridan joy berganligi ularning naqadar mehribonligi, bag‘rikeng va jonkuyar inson ekanligidan darak beradi. O‘quvchi: Meni Robiyaning juda mehnatkashligi va vafodorligi hayajonga soldi. Uning butun kun davomida traktor haydashi, og‘ir mehnat qila turib ham uyga kelib yana kir yuvishi, o‘ziga qarashga vaqt topishi, shuncha mehnat qilishiga qaramasdan, jondan ortiq insoni uchun kashta tikishga ham vaqt ajratganligi meni hayajonga soldi. Xuddi shunday o‘quvchilarning har biri asarni mutolaa qilish orqali o‘zlarini hayajonga solgan o‘rinlar, qahramonlarning hech kimnikiga o‘xshamaydigan fazilatlari haqida fikr bildirib, o‘z xulosalarini aytib o‘tadilar. Har bir xulosa sinf taxtasiga yozib boriladiva shu tarzda davom ettiriladi...



Yüklə 51,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin