Mundarija: Kirish i-bob. Hoshimov O‘tkir xalq yozuvchisi timsolida


I.2.O`tkir Hoshimov asarlari va ularning ahamiyati



Yüklə 51,33 Kb.
səhifə4/8
tarix13.12.2023
ölçüsü51,33 Kb.
#175621
1   2   3   4   5   6   7   8
E`zoza

I.2.O`tkir Hoshimov asarlari va ularning ahamiyati. Dunyoda yashar ekanmiz avvalo bir narsani to 'laqonli ravishda anglashimiz zarur deb o 'ylayman. Bizni yo 'qdan bor qilgan dunyoga kelishimizga sababchi va hozirda shu darajaga yetishimizga qadar o'zlari yemay, ichmay, kiymay, issiqni-issiq demasdan, sovuqni sovuq demasdan, bizni maanfatimiz uchun o'zlarini o 'zliklaridan kecha olgan bu bizning ota-onamizdir. Ushbu maqolada yozuvchi O 'tkir Hoshimov qalamiga mansub "Dunyoning ishlari" qissasi haqida atroflicha fikr yuritiladi. Bu asarni yaqqol onalar haqida deb baralla aytishimiz mumkin, chunki adib bu asarida onalar haqida juda ko 'plab kichik-kichik hikoyalarni keltirib o 'tadi. Bu asarni o 'qir ekansiz voqealar sizning o'tmishingizda bo'lib o'tayotganday seziladi va kitobni tutilmasdan o 'qiysiz. Bu kitobda "Butun dunyo onalari bu asarni o 'qishini xohlardim" degan jumla bor. Bu jumla orqali asar butun dunyo onalari haqida ekanligi yoqqol aks etgan. So'zlar badiiy matnning yuzaga kelishiga omil bo'ladi, ammo qanday matn va so'zlar badiiy adabiyotga daxldor bo'lavermaydi. Buning uchun so'z muayyan badiiy estetik vazifani bajarishi lozim. Shunga ko'ra ham badiiy adabiyot voqea-hodisalarni yoki insoniy kechinmalar, his-tuyg'ularni bayon qilmaydi, balki ularni tasvirlavdi. Tasvir so'zga tayanadi. So'z sehr, mo'jiza bilan o'ziga mahliyo qiladi, rom etadi. Shuning uchun go'dak allaga, kichik yoshdagi bola ertakka, kattalar badiiy ijodning turli ko'rinishlariga nihoyatda qiziqib qaraydilar, ularning olamiga kirib qolgach, o'zlarini ham shu olamga mansub hisoblaydilar. Adabiyotning ta'sir kuchi nimada? U nimalarga bog'liq? Buning uchun yirik so'z san'atkorlari yaratgan ko'plab durdona asarlarning xalq orasida alohida hurmat va e'tibor qozonganligini ko'rishimiz mumkin. Badiiy kitob o'qir ekansiz qalbingiz yumshab qalb kirlari yuvilib boraveradi. O'zbekiston xalq yozuvchisi O'tkir Hoshimov qalamiga mansub bu qissa katta-kichik hikoyalardan iborat, uzoq yillar davomida yozilgan va to'liq tarzda 2005-yilda Sharq nashriyoti"tomonidan nashr etilgan. Bu asar onalar haqida bo'lib asar haqida xalqimiz orasida juda illiq fikrlar eshitishimiz mumkin. O'zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad qissani shunday ta'riflagan : "„Dunyoning ishlari" asarini qissa emas, doston deb atashni istardim. U qo'shiqday o'qiladi. Uni o'qib turib, o'z onalarimizni o'ylab ketamiz. Shu mushfiq, shu jafokash onalarimiz oldidagi bir umr uzib bo'lmas qarzlarimizning aqalli bittasini uza oldikmi, degan bir andisha, bir savol ko'z oldimizda ko'ndalang turib oladi. Qissa bizni insofga, insonni qadrlashga, hurmat qilishga chaqiradi". Asar boshlanar ekan muallifning ushbu jumlasiga dastlab ko'zimiz tushadi va o'qimasdan be'etibor o'tib keta olmaymiz: Bu qissa katta-kichik novellalardan iborat. Biroq ulaming barchasida men uchun eng aziz odam - onam siymosi bor. Bundagi odamlaming hammasini o'z ko'zim bilan ko'rganman. Faqat ismi o'zgardi, xolos. Bu odamlarning qismati ham qaysidir jihati bilan onamga o'xshaydi. Dunyodagi hamma onalar farzandiga munosabat bobida bir-biriga juda o'xshaydi. Bas, shunday ekan, bu asar sizlarga bag'ishlanadi, aziz Onajonlar! Bu jumlarni o'qir ekansiz asarda adibning o'z boshidan kechirgan voqealari ekanligi va ismlari o'zgarganligiga amin bo'lasiz. Asar boshida "Oq, oydin kechalar" hikoyasi berilgan va bu hikoyada ona va bola tunda osmonga qarab yotishganda oddiy yulduz orqali onani farzandi uchun kattaroq yulduz senga, menga mittisi ham bo'laveradi degan gapi taqsinga sazovor. Chunki ona yeb turgan ovqatini ham bolasidan ayamaydi. U kichkina yulduz yetimlarga o'xshaydi, yetimlarga rahm qilish kerak deb qo'yadi oddiygina qilib. Menimcha hammamiz osmonda yulduz uchsa niyat qilamiz, lekin asarda yana bir insonni joni uzildi... deyiladi e'tibor bersangiz. Tush hikoyasiga to'xtalib o'tsak: onamiz bizga ish buyursa uf deymiz-u keyin qilamiz oddiy yumushlarga ham og'rinamiz xuddi ota-onani bizga bog'lab berganday, mehrimizni yashiramiz turli yumushlar bilan band bo'lib bitta telefon qilishga ham ba'zida vaqt topaolmaymiz. Yozuvchimiz ham ishdan kech kelganlarida ikki kun ham onasi qarshi oladi nimaga uxlamadingiz deb jaxl qiladi shunda onasi uyqu qayerda bolam deb qo'yadi. Vaqt kelib, ona olamdan o'tadi, ishdan yana kech kelganida hamma uxlagan ona uyining chiroqlari o'chiq edi.ota onani borida qadrlashni o'rgatadi bizga bu hikoya.O'sha paytlari yosh edik, oltita farzand,ota-onam bilan sakkiz kishimiz oilada. Ovqat yetar yetmas kun kechirar edik hammamiz yeymiz kiyamiz degan yoshdamiz bir dalaga o'ynab kelamizu qo'limizga noni olib yana o'yinga yuguramiz.dadamni oyligi kechikib ketdi uyda non yopishga un ham deyarli qolmagan, onam non yopib bizga nonni bo'lib beradigan bo'ldi, bir o'tirganimizda ikkita non sakkiz kishiga chorakdan tushardi. Biz chorak nonga to'ymasdik ... yeb bo'lib onamga qarardik onam va dadam o'zlariga ozgina qoldirib bizga bo'lib berishardi. Bir kuni osha og'ir paytlarda uyga tog'am mehmonga kelib qoldi. Qarz-qurs qilib osh qildik onam uyning ahvolini tog'amga bildirmaslik uchun bizga nondan yemay turishimizni buyurdi. Osh ham pishdi va biz hammamiz onam o'rgatgandek odob bilan osh yedik. Shu voqeani eslasam onam sabriga matonatiga qoyil qolaman oilani saqlab qolish uchun sabr va matonat qanchalik kerak ekanligini anglab yetaman.Asardagi har bir novella,hikoyalar onalarga bog'langan tahsinga sazovardir. Asarni o'qir ekansiz ba'zi joylarida yig'laysiz, ba'zi joylarida kulasiz. Shukronalar keltirasiz va onangizga bo'lgan munosabatingiz ijobiy tarafga o'zgarib boradi albatta. Kitobning oxirida berilgan "Iltijo" hikoyasini o'qir ekansiz adibning onasini qabriga borganligi, va onasi nimlarni yaxshi ko'rishlari va bu kitob onasiga bag'ishlanganligiga amin bo'lasiz. Iltijoda juda ham samimiy so'zlardan foydalanilganki, uni o'qib yig'lamaslikning iloji yo'q yig'lasangiz ham yig'i sizga shunaqangi yengillik beradiki o'zingizni ruhan poklanganday sezasiz go'yo. "Iltijo" shunday boshlandi: Oyi, men keldim... Eshityapsizmi, oyi men yana keldim...Qarang, oyi, tag'in koldam kirdi. Esingizdami,har yili bahor kirishi bilan sizni dalaga olib chiqardim. Siz charaqlagan oftobni, tiniq osmon-ni, ko'm-ko'k; maysalarni ko'rib quvonardingiz. Esingizdami, nevaralaringiz terib kelgan boy-chechaklarni ko'zingizga surtib, „omonliq-somonliq" qilardingiz... ,Bugun... o'zingizning ustingizdan boychechak o'sib chiqibdi... Yo'q, yo'q, oyijon... Yiglayotgamm yo'q. Bilaman, men yiglasam, siz bezovta bo la-siz. Hozir... hozir o'tib ketadi. Mana, bo'ldi... Ertalab-chi,oyi, yomg'ir yog'di.5
5O`tkir Hoshimov “Iltijo” 50-52- b.

Yüklə 51,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin