Mundarija: Kirish i-bob. Hoshimov O‘tkir xalq yozuvchisi timsolida


II.3. Ta`lim jaronida O`tkir Hoshimov asarlarida “Ona” obrazini ko`rish



Yüklə 51,33 Kb.
səhifə7/8
tarix13.12.2023
ölçüsü51,33 Kb.
#175621
1   2   3   4   5   6   7   8
E`zoza

II.3. Ta`lim jaronida O`tkir Hoshimov asarlarida “Ona” obrazini ko`rish. Dunyodagi barcha millat-elat va xalqlarning muqaddas va mo’tabar siymosi bu onadir. Ona siymosi barcha xalqlarning shakllanishida,o’ziga xos betakror xususiyatlarini rivojlanishida muhim ahamiyatga egadir. Ona obrazi barcha xalqlarda fe’l-atvori,ichki va tashqi dunyosi,o’ziga xos fazilatlari va portreti bilan farqlanib turadi. O’zbek xalqiga mansub ona siymosining badiiy adabiyotda tasvirlanishi,bu obrazni badiiy yoritishda o’zgacha uslub va mahorat egasi O’tkir Hoshimovdir. Ona obrazini yaratilishi va yoritilishi uning mahoratini ko’rsatuvchi yetakchi omillardan biridir.Uning kitobxonlarga juda manzur bo’lgan ko’plab asarlarida ona obrazi alohida ahamiyatgaega. Misol uchun’’Ikki eshik orasi’’, ’’Dunyoning ishlari’’,’’Tushda kechgan umrlar’’,’’ Urushning so’nggi qurboni’’,’’Odam ovozi’’,’’Nur borki,soya bor’’,’’O’zbeklar’’, badiiy asarlaridir.Dunyoning ishlari asari yozuvchi o’zi aytgandek asar barcha onalaruchundir.
Kitobxon ushbu asarni o’qir ekan beixtiyor o’zining bolaligi va bolalik xotirasida o’zgacha o’rin tutgan onajonini eslaydi. Ushbu asar o’tgan asrning jafokash, mehnatsevar, mushfiq va munis ayolini go’zal tarzda ifodalaydi. Uning har bir hikoyasi har qanday bag’ritosh insonni ham ko’nglini yumshatib, ezgu hislar va xotiralarga to’ldiradi.“Asarning yana e’tiborli jihati shundaki ,yozuvchi odamlarni onagabo’lgan munosabatidan kelib chiqib kimligini qanday insonligini ko’rsatadi. Qissaning uchinchiyo’nalishi asar qahramoni ’’Menidagi evolyutsiyasi tashkil etadi. Bu ’’Men’’ dunyoni asosan ona timsoli orqali idrok etib ulg’aydi ,neki voqea-hodisa bo’lsa ona konteksida qabul qiladi va shu konteksdan kelib chiqib ularning bahosini beradi. Do’st xiyonatiga uchragan qahramonning iztirobga tushganini eslaylik. Vaziyat shu qadar og’irki, azbaroyi osmondagi oy ham xoindek,uning nurlari xiradek,yulduzlar xoinlarcha ko’zqisayotgandek, shamol xoinona qiqirlayotgandek tuyuladi. Bir so’z bilan aytganda ,qahramon uchun dunyo zimiston uning nazarida bu yorug’ olamda yaxshilik yo yoqimli narsaning o’zi qolmagan. Mana shunday depressiv holatdan uni faqat onadagi bag’rikenglik,kechirimlilik xalos etishi mumkin. Onadagi kechirimlilik ,bag’rikenglik o’g’ilning mushkulini osonlashtiradi.’’Dunyoning ishalari’’da kashf qilingan ona obrazi O’tkir Hoshimovning keyingi asarlarida ham boshqa zamon va boshqa makonlarda o’quvchining ko’z o’ngida gavdalanadi’’. Ushbu qissa ijodkorning ona obrazini yaratishdagi eng yuqori cho’qqisi deb aytsak mubolag’a bo’lmaydi. So’zimiz dalili deb Said Ahmadning’’Ijod va jasorat’’ maqolasidagi ushbu fikrlarni keltirsak bo’ladi:’’Dunyoning ishlari’’asarini qissa emas,doston deb atashni istardim. U qo’shiqday o’qiladi.Uni o’qib turib,o’z onalarimizni o’ylab ketamiz. Shu mushfiq,shu jafokash onalarimiz oldidagi bir umr uzib bo’lmas qarzlarimizning aqalli bittasini uza oldikmi,degan bir andisha ,bir savol ko’z oldimizda ko’ndalang turib oladi’’. Shuningdek ’’Tushda kechgan umrlar’’ asaridagi Qurbonoy xola yuqorida keltirilgan qissadagi oyi obrazini mantiqiy davomidir.
Ijodkor ’’Urushning so’nggi qurboni’’hikoyasida Umri xola orqali ona obrazini yoritadi.Ushbu asar ikkinchi jahon urushi davridagi insonlarning turmush tarzi,urushning insonlar hayotiga ta’siri haqida so’zlaydi. Asarda Umri xola kichik farzandi uchun katta farzandini hovlisiga o’g’rilikka tushishga majbur bo’ladi. Ushbu o’g’rilik katta o’g’li Shoikromning harakati orqali onasining ayanchli o’limi bilan tugallananadi. Xo’sh,onaizorning maqsadi nima edi,onaning qalbida zarracha bo’lsada yomonlik yoki jaholat bormidi? Axir u farzandi uchun shu ishni qilishga majbur bo’ldiku,farzandiga bo’lgan mehri o’limiga sabab bo’ldi. Haqiqiy o’g’ri bu jaholat va beshafqat davr va jamiyatdir. Umri xola urush maydonida qurol ko’tarib jang qilmagan bo’lsada,urushning qonli qilichi uni o’ldirdi, Umri xola urushning so’nggi qurboniga aylanishiga sabab bo’ldi. Yozuvchi asarda urushning ona ruhiyatiga ta’sirini namoyon etadi. Bundan tashqari Ikki eshik orasi romanidagi Qora amma,Robiya,Ra’no obrazlarining taqdirida ham zamonning ta’sirini ular hayotida ro’y bergan,o’zgarishlar va voqealar tasvirida ko’rishimiz mumkin.


Xulosa
O’tkir Hoshimov olamning go’zalligi, insoniyatning shu go’zallikka munosaba-tini, gumanizm mohiyati va qadr –qimmatini butun ijodi badiiy to’qimalariga yoyilib ketgan milliy ma’naviyat ifodasiga singdiradi. Odamzodning ruhiy barkamolligi, ezgu maqsadi haqida falsafiy teran tasvir yo’nalishi adib dunyoqarashi va badiiy tafakkurining kengligidan dalolat beradi. Shuning uchun ham ijodkorning har bir asarida xoh u kichik janr bo’lsin, xoh yirik hajmli badiiy polotno bo’lsin, e’tiqod, oqibat va mehr –muhabbat tushunchalari talqini markaziy chiziqni tashkil etadi. To’g’rirog’i, sog’lom e’tiqod qahramon xarakterining uzviy qismiga aylanadi. Tasvirdagi aniqlik esa, aynan kichikdan kattaga, xususiy hodisalardan hayotiy umumlashmalarga intilishga moyillikning kuchliligi bilan izohlanadi. O’tkir Hoshimov “Cho’l havosi” qissasini yaratgandan so’ng uning kelajakda o’zbek nasrining darg’alaridan biri bo’lishi bashorat qilina boshlandi. Xususan, Abdulla Qahhorning samimiy tilaklari bilan yo’llangan maktubida yozuvchi ijodiy kelajagiga ishonch ruhi aks etgan. O’tkir Hoshimov asarlaridagi ko’p qatlamlilik, eng avvalo, muallifning nutq tiplaridan foydalanish ichki monologda namoyon bo’ladi. Asardagi voqelikning bir emas bir nechta qahramonlar tilidan, ularning xususiylik munosabati nuqtai nazaridan yakka monologlar asosida ifodalanishi asarning kitobxonda oson, tez va ravshan anglanilishini ta’minlaydi. Masalan, “Nur borki, soya bor” romani so’ngida Abdu-vohidning baxtsiz halokatga uchrashi Sherzod, Sirojiddin va muallif tilidan talqin etiladi-ki, natijada, voqeaning to’laqonli mazmuni, ruhiy mohiyatini aniqhis etasiz. Voqeada faqat Sirojiddinni emas, o’sha muhit, zamona ta’siridagi tarbiyaningaybdorligini, asar tub mohiyatinitushunib yetasiz. Yohud, “Ikki eshik orasi” dagi biror voqea unga aloqador bir necha obrazlar tilidan bayon etilishi kitobxonni asarga bog’laydi.Adib badiiy maqsadlarining tayanch nuqtasini e’tiqod erkinligi tashkil etadi. Shu ma’noda O’.Hoshimov eng razil, qabih qahramonlarni ham qoralamaydi, balki ularning hissiy –psixologik holatlarini anglashga va maksimal darajada ifodalashga intiladi. E’tiqodsizlik, manqurtlik fojiasi va ularning sabab –oqibatlari muallif talqinidaeng ayanchli muammoga aylanadi(Duysenbayev, 2011). Misol uchun, “Nur borki soya bor” qahramonlari Sayfi Soqiyevich, Sirojiddin, yohud “Ikki eshik orasi”dagi Umar Zakunchi, Ra’no asar davomida salbiyobrazlar bo’lib gavdalanadi, ammo ular tilidan berilgan, aybdori sanalgan hodisotlarni o’z ichki kechinmalaribilan ifodalagan manaloglarini o’qib, ularning psixologik holatlarinibir qadar anglaymiz, ularga chorasizlik qurboni.


Yüklə 51,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin