Mundarija kirish I bob. Keksalik yoshi – psixogerontologik davr sifatida



Yüklə 67,19 Kb.
səhifə2/7
tarix14.06.2023
ölçüsü67,19 Kb.
#129852
1   2   3   4   5   6   7
Кексалик даври

Kurs ishining maqsadi: Keksalik yoshida hissiy soha namoyon bo’lishining psixologik xususiyatlarini tahlil qilish
Kurs ishining vazifasi:
1. Keksalik yoshida hissiy soha namoyon bo’lishining psixologik xususiyatlarini fanda o‘rganilganligini tahlili;
2. Hissiy soha namoyon bo’lishining qonuniyatlarini o‘rganish;
3. Keksalik yoshida hissiy soha namoyon bo’lishining psixologik xususiyatlarini nazariy jihatdan tahlil qilish.
Kurs ishining predmeti: Keksalik yoshida hissiy soha namoyon bo’lishining psixologik xususiyatlari.
Kurs ishining ob’ekti: Keksalik davri.
Kurs ishining amaliy ahamiyati: Keksalik yoshida hissiy soha namoyon bo’lishining psixologik xususiyatlarini mavzusida olib borgan nazariy tahlillar psixologiya fanining tarmoqlari bo‘lmish “Yosh davrlari” va “Hissiyot psixologiyasi” fanlarini yangi ma’lumotlar bilan boyitishga xizmat qiladi.
Ishning tarkibiy tuzilishi: Kurs ishi kirish, 2 bob, 3 ta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

I BOB. KEKSALIK YOSHI – PSIXOGERONTOLOGIK DAVR SIFATIDA

    1. Keksalik davrining psixologik jihatdan o’rganilishi

Keksalik davriga 75—90 Yoshdagi erkak va ayollar (buva va buvilar) kiradi va bunday odamlarning boshqa Yosh davrlaridagi odamlardan keskin farqlanadigan xususiyatlari yaqqol ko‘zga tashlanadi. Keksalarni jismoniy va aqliy faollikka moyil hamda passiv turmush tarziga ko‘nikkan qariyalar guruhlariga ajratish mumkin. Ijtimoiy faollik faxriylar jamoasida, kasbiy jamoalar faoliyatida qatnashishda o‘z ifodasini topadi.
Keksalik davrida foniy dunyodan umidsizlik tuyg‘usi paydo bo‘ladi va bu hol faollikni, istiqbol rejalarini tuzishga intilishni susaytiradi. Lekin "O‘g‘limni uylantirsam, dunyodan armonim yo‘q" qabilidagi mulohazalar doimiy odatga aylanib qolgan. Keksalikning ikkinchi muhim xususiyati betobliqda vasiyat qilish, qarindosh-urug‘lardan rozi-rizolik tilashidir. Jismoniy harakat imkoniyatiga ega bo‘lgan qariyalar mehnat qilishga intila- dilar, biroquning mahsulidan ko‘ngillari sira to‘lmaydi. Ular tarixiy voqealarni tirik guvoh sifatida batafsil bayon qilib beradilar. Nutqdagi juz’iy kamchiliklarni hisobga olmaganda (ayrim mantiqiy bog‘lanishdagi nuqson, talaffuzning buzilishi) keng ko‘lamdagi axborotlarni o‘zgalarga uzatish imkoniyatiga ega.
Biologik qarish psixik jarayonlar, holatlar, xususiyatlar va xatti-harakatlarda keskin o‘zgarishlarni vujudga keltiradi. Aksariyat sezgi organlari zaiflashadi, asab sistemasi kuchsizlanadi, ma’lumotlarni qabul qilish (xotira) va ularni qayta ishlash, mohiyatini anglash (tafakkur), u yoki bu holatlarga nigohini to‘plash va unda muayyan muddat tutib turish (diqqat) qiyinlashadi... Irodaning kuchsizlanishi og‘riq sezgidariga nisbatan bardoshlilik tuyg‘usini emira boshlaydi. Natijada tashqi ta’sirni qabul qilishda dikqatni saralash xususiyati o‘z ahamiyatini yuqotib borishi sababli qari odam bola tabiatli arazchan, ko‘ngli bo‘sh, hissiyotga beriluvchan xarakterli bo‘lib qoladi. Shuning uchun ular bilan muloqotga kirishishda mazkur shaxsning sifatlarini hisobga olish maqsadga muvofiqdir. Xotiraning zaiflashuvi qariyalarda xayolparastlik illatini keltirib chiqaradi, ko‘pincha esda olib qolish, esda saqlash va esga tushirish o‘rtasida ko‘pgina sabablarga ko‘ra nomutanosiblik tug‘iladi, natijada unugish jarayoni kuchayadi. Diqqatni muayyan obektga to‘play olmaslik oqibatida biron faoliyat turi ustida uzoq mashg‘ul bo‘la olmaslik vujudga keladi. Narsa va jismlarni noto‘g‘ri idrok qilish, ya’ni illyuziyalar ko‘proqo‘rin egallaydi. Monokulyar va binokulyar ko‘rishda xilma-xillik yuzaga keladi. Xarakger xislatlarida chekinish, hadiksirash, ishonchsizlik hislari etakchi rol o‘ynay boshlaydi.
Psixologlardan I.Baylash va D.Zabek keksalarda xotira, idrok, mantiqiy tafakkur, eruditsiya, nutq sur’ati kabilarni tadqiq qilib, ular o‘rtasidagi korrelyasion bog‘lanishni (xotira — 0,20, idrok — 0,28, mantiqiy tafakkur — 0,37, eruditsiya — 0,33, nutq tezligi — 0,40 ligini) aniqlaganlar. Amerikalik psixologlar Frend va Zabek keksalik davrida tafakkurning tanqidiyligini o‘rganishda deduksiya va sillogizmlardan foydalanib, keksalikda tafakkurning ob’ekti torayishi va keskin rad qilish kuchayishini aniqlaganlar. D.Bromley qariyalarda ijodiy tafakkurning pasa- yishi, o‘ta qiyinchilik bilan yangi sharoitga moslashuvini va dog- matizmga asoslanishini topgan.
B.A.Grekov so‘z assotsiatsiyasi metodi asosida keksalarda xotira jarayonining xususiyatini tekshirgan. Uning ma’lumotlarini quyidagicha ifodalash mumkin:
-70—80 Yoshlardagikeksalikdaxotira (ayniqsamexanikesdaolibqolish) zaiflashadi;
-70—89 Yoshlarda mantiqiy-ma’noli xotirada miqdorning ahamiyati saqlanadi;

Yüklə 67,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin