Obrazli xotira zaiflashadi; -70—89 Yoshlarda xotiraning barqarorlik negizida ma’noning ichki aloqasi yotadi;
Uzoq muddatli xotira kuchsizlanadi; 90 Yoshda nutqning ichki bog‘lanishi buziladi xotiraning obrazli, hissiy turlari nutqning tuzilishiga bo‘ysunmay qoladi.
Psixologiyada qariyalarda aqdiy faollikni o‘rganishda korrek- sion sinov va Krepylin sinovidan foydalaniladi. Kamolotning umumiy modeli U.SHayening uch omilli variantlari yordamida yaratiladi.
Hozirgi zamon psixologiya fanida keksalikni uchta tomondan: ontogenez psixologiyasi, psixogerontoloshya va tibbiyot psixoloshyasi yo‘nalishlarida o‘rganish zarur ma’lumotlar to‘plash imkoniyatini bermoqda.
Soglom qariyalarda donishmandlyk umrning oxirgi nafasiga qadar saqdanishi tajribaLarda qayd qilindi. Psixopatologik qolatlar barcha qariyalar uchun majburiy bosqich emasligi ham tasdiqdangan.
Keksalik davrida, umuman aellar bilan erkaklar o‘rgasidagi donishmandliqda farq mavjud bo‘lsa ham, lekin qariyalar orasidash donishmandlik, donolik xislatlari ham ikkala jinsga xosdir. Shuning uchun ikkala jins o‘rtasida bIologik qarishda tafovut mavjud bo‘lsa-da, lekin ruhiy jihatdan zaiflashuv jarayonida o‘zaro yaqinlik hukm suradi.
Psixogerontoloshyada yuksak ijodiy faoliyatning o‘ziga xos ko‘rinishlarini tadqiq qilish rassomlar, yozuvchilar va basta- korlarning ijodini, huquqshunoslarniig qobiliyati va mahoratani, hisobchilarning kasbiy malasalarini o‘rganish yo‘nalishlarida amalga oshirilgan.
G. Leman o‘z tadqiqotlarida turli sohalardagi mutaxassislar faoliyatini tahdil qilib, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini atroflicha ifodalagan. Masalan, fransuz rassomi Klod Mone 50 Yoshdan 86 Yoshigacha ijodiy quvvatini sira bo‘shapggirmay, sermahsul mehnat qilgan. Uning ijodida hech qanday tushkunlik ro‘y bermagan. Ijodiy mahsuldorlik evolyusiyasi Titsian, L.Kronax, O.Tian, Mikelanjelo kabi o‘nlab ijodkorlarga xosdir.
G.Leman o‘z tadqiqotlarida ijodiy faollikning o‘ziga xos ko‘rinishlarini yozuvchi misolida o‘rgangan. Muallif hind yozuvchisi R.Tagorning ijodiyotini tahlil qylib, uning ijod cho‘qqisi 69 Yoshda bo‘lganini aniqdagan (yozuvchilar ijodiyot cho‘qqisi 34 Yoshda, 43 Yoshda ham uchraydi). R.Tagorning 25 Yoshida yozgan "Kslin" she’ri bilan 78 Yoshida yozgan "Sarob" asari o‘rtasidash o‘xshashlik va ustushtik chuqur ifodalangan.
G.Leman bastakor I.S.Bax (1685-1750) ijodiyotini tekshirib, uning durdona asarlari keksalikda yaratilganini aniqdagan. G.Leman o‘z tajribalarida huquqshunoslik, hisobchilik kasblaridagi shaxslarni o‘rganib, ular ijodiyotining muhim jihatlarini ochib bergan.
A.R.Luriya xotiraning o‘ziga xos xususiyatini jurnalist misolida o‘rganib, keksa kishilar psixikasi bo‘yicha ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlar to‘plagan.
Keksalik Yoshidagi chol va kampirlarda o‘z shaxsiyatiga yangicha munosabatlar paydo bo‘ladi. Ko‘pincha ular o‘zlarini kamroqbezovta qilishga, jismoniy kuch-quvvatni ayashga, ehgiyotkorlik bilan harakat qilishga odatlanadilar, organizmlarining toliqishiga yo‘l qo‘ymaydilar, iloji boricha nutq faoliyatiga kamroq murojaat qiladilar, ortiqcha axborotlarni qabul qilmaydilar. Shuninguchun keksayganda "jon shirin bo‘lib qoladi".
Keksalikda er-xotin o‘rtasidagi munosabat yanada mustah- kamlanadi, yangi shakl va yangi sifat kasb etadi. Muloqot kezida barcha taassurotlar, ma’lumotlar, kechinmalar, his-tuyg‘ular yuzasidan fikr almashadilar. Bir-birlarini qumsash, hamdardlik kabi yuksak tuyg‘ular totuvlikni yanada mustahkamlaydi.
Keksalik davrining yana bir xususiyati boshqa kishilarga, begonalarga ham xayrixohlik bildirishdir. Ana shu yuksak inson- parvarlik hissi tufayli ular er yuzidagi jamiki inson zotiga yaxshilik tilaydilar. Bu so‘nggi yuksak tuyg‘u baynalmilalchilikning tabiiy ko‘rinishidir. Qariyalardagi rahmdillik, poklik, orasgalik, muloyimlik, samimiylik singari tuyg‘ularning ifodalanishi boshkd Yosh davridagi odamlar tuyg‘usiga aslo o‘xshamaydi. Shuning uchun "qari bilganni — pari bilmas", degan naql bor.
Yirik jahon psixologlari S.Pako, G.Offre, L.Bine, U.Maynot, E.Medavir, A.Komfort, I.V.Davidovskiy, B.G.Ananev, N.V.Nagorniy, E.D.Aleksandrova va boshqalar uzoq umr ko‘rish sirlarini ekologak omillar orqali tushuntirishga harakat qila- dilar. Aksariyat olimlarning fikricha, ekologik omillar insonning yashash sharoitiga, kamol topishiga, bevosita yoki bilvosita ta’sir qiladigan omillardir. Insonning ijtimoiy muhiti sharoitlari ichiga kasb mehnati, turmush tarzi, madaniyati va ma’naviyati kabilar kiradi.
Jahon fani to‘plagan ma’lumotlarga ko‘ra, ochiq havoda ortiqcha zo‘riqishsiz jismoniy mehnat bilan shug‘ullangan odamlarda harakatningtezligi, qad-qomatning tikligi, ma’naviy tetiklik, ruhiy faollikuzokroq saqlanadi. Mana shu holat jismoniy tarbiya bilan doimiy shug‘ullanuvchi kishilarda ham bo‘ladi.
"Umrni uzaytirish muammolari" nomli (1952) kitobda dog‘is- tonliklarda uzoq umr ko‘rishnipg asosiy sabablary quyidagilar ekani ta’kidlangan: 1) Respublikaning tog‘li qismidagi iqlim sharoiti va jo‘g‘rofiy omillar; 2) sutkasiga 3—4 marta iste’mol qilinadigan go‘shtli, o‘simlik moyli va sutli oziq-ovqatlar, chekishning, ichish va ortiqcha jinsiy aloqaning taqiqlangani; 3) avloddan-avlodga asrlar davomida o‘tib kelayotgan madaniy an’analar, o‘ziga xos turmush tarzi va uning xususiyatlari; 4) gigiena- ning barcha qonun va qoidalariga rioya qilinishi va butun umr bo‘yi jismoniy mehnat bilan shug‘ullanish; 5) bir maromda ham passiv, ham aktiv hordiqchiqarish; 6) aholi turmush darajasining moddiy-maishiy jihatdan yaxsh ilanishi va hokazolar.
S.Pako va uning izdoshlari ta’kidlaganidek, keksayish jarayonida ayrim psixofiziologik va psixologik jarayonlarning barqarorlashuvi inson umrining uzayishiga, unda ijodiy faollik uzluksiz davom etishiga yordam beradi, aqliy mehnat bilan doimo shug‘ullanuvchi keksa odamlarda mantiqiy xotira saqlanadi. SHu bilan birga iqgidorli va akdni peshlash mashqlari bilan shug‘ullangan kishilarda ham intellektning yuksak darajasi saqlanib, boshqa bilish funksiyalarining faoliyati bir tekis harakatni vujudga keltiradi.
Uzoq umr ko‘rishning, umr uzayishining muhim omillaridan yana bittasi kasb-korlik faoliyatiga bog‘liq psixik holatning barqarorlashuvidir. Ana shu holatga insonning ko‘rish idrokida fazoni farqlash (fazoviy tasavvur) qobiliyati kiradi. Fransuz gerontologi va oftalmologi G.Offre o‘zining "Gerontologiya asoslari" (1960) kitobidan joy olgan "Ko‘zning keksalarga xos o‘zgarishi" asarida ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlar keltiradi. Uning fikricha, keksalikda presbioniya (grekcha, qarilikda ko‘rishning zaiflashuvi) hodisasi ro‘y berib, yaqinni ko‘rish yomonlashadi. G.Offrening fikricha, 10 Yoshdan ko‘rish akkomo- datsiyasining kuchi pasayishi kuzatiladi, agar 10 Yoshda akkomodatsiya kuchi 16 dioptriyaga (grekcha optik o‘lchov) teng bo‘lsa, 40—45 Yoshda — 4, keyinchalik esa 1 dioptriyaga tushib ketishi mumkin. 50—60 Yoshlarda aqqomodatsiya o‘zining eng quyi darajasiga tushadi, biroq shundan keyingi Yosh davrlarida barqarorlashib boradi. Jahon psixologiyasi fani ma’lumotlariga qaraganda, akkomodatsiyaning kuchi shunchalik kamayib boradiki, yaqinni faqat ko‘zoynak bilan ko‘riladigai bo‘ladi.
Ba’zi manbalarda mayda narsalar bilan shug‘ullanmaydigan, ko‘zi uzoqni ko‘rishga o‘rgangan odamda akkomodatsiya yuksak darajada saqpanishi, ko‘z xiralashuvi juda sekin, goho butunlay ro‘y ber- masligi mumkin.
M.YA.Lojechnikova va L.N.Kuleshovaning aniqlashicha, haydovchi- lar, temiryo‘lchilar, ovchilarningko‘rish sezshrligi Yoshligada 1 yoki 1,5 birlikka teng bo‘lsa, uzoq yillardan keyin ham o‘zgarmasligi mumkin.
I.V.Davidovskiy va B.G.Anan’ev ta’kidlaganidek, qarish va uzoq umr ko‘rish o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Binobarin, umrni uzaytirishning juda ko‘p omillari bor. YUqorida uzoq umr ko‘- rishning ekologak omillari ifodalandi, lekin uning psixologik, ijtimoiy-psixologak omillari, manbalari va mexanizmlari ham mavjuddir. Umuman aytganda, insonning umrini uzaytirish uchun shaxslararo yaxshi munosabat, shirin muomala, samimiy muloqot, oilaviy totuvlik, asab sistemasini asrash, barqaror his-tuyg‘u, hamdardlik, psixik faollik, irodaviy tetiklik bo‘lishi zarur.
Xorij olimi Bernsayd bu davrni to‘rt guruhga ajratgan: 60-69 yoshgacha qarilikdan oldingi davr, 70-79 yoshgacha qarilik, 80-89 yoshgacha keksalik, 90—99 yoshgacha munkillagan qarilik. Bu yoshning eng muhim xususiyatlaridan biri yosh o‘zgarishi bilan kechadigan genetik programmalashtirilgan jarayonning qarishini bildiradi. Qarilik murakkab bioijtimoiy psixologik hodisadir. Biologik jarayon sifatida qarilik organizmning keksayishi, o‘lim ehtimolining ortishi bilan bog‘liq. Ijtimoiy hodisa sifatida keksalik nafaqaga chiqish, ijtimoiy statusning o‘zgarishi, muhim ijtimoiy rollaming yo‘qolishi bilan bog‘lanadi. Psixologik darajada bu ro‘y bergan o‘zgarishlarni anglash va unga muvaffaqiyatli moslashishdan iborat. Bu yosh o‘zgarishlari nimalarda ko‘rinadi, degan o‘rinli savol tug‘iladi? Dastlab organizm faoliyatining sekin-asta susayishida kuzatiladi. Bu yoshdagi insonlarning jismoniy kuchi, energiyaning umumiy zaxirasi yoshlik davriga nisbatan ancha kamayganligini kuzatish mumkin. Insonning qon aylanish va immun tizimi ham susayadi. Qarish jarayoni insonning nerv sistemasiga ham ta’sir qiladi. Dastlab uning sezgirligi kamayadi, tashqi ta’sirlarga organizmning sekin reaksiya bildirishi, turli sezgi organlari sezgirligining pasayishi kuzatiladi. Qarilik davrida ko'pchilik insonlar u yoki bu ma’lumotni olish uchun ko‘proq vaqt sarflayotganligini his qilishadi. Qarish jarayonining natijalari insonning eshitish sezgirligining susayishida kuzatiladi. Fozard (1990)ning tadqiqotlaridan ma’lum bolishicha, bu yoshdagi insonlarda eshitishning susayishi qariyalarning uchdan bir qismida, ko‘proq erkaklarda kuzatiladi. Bu yoshdagi insonlarning ko‘pchiligida ko'rishning turlicha buzilishlari kuzatilishi mumkin. Ko‘z gavhari elastikligining yo‘qotilishi hisobiga predmetlarga nazar tashlash qobiliyatining susayishini payqash mumkin. Ko‘z gavhari strukturasining o‘zgarishi aniq ko‘rmaslikka, keyinchalik kataraktaga olib keli shi mumkin. Qariyalardagi o‘zgarishlardan biri sifatida ko‘rish o'tkirligining susayishida, mayda detallarni farqlashning qiyinchiligida namoyon boladi. Bunday o'zgarishlar bifokal va trifokal ko‘zoynaklar bilan toldirilishi mumkin. Qariyalarda ko‘rish sezgirligining o‘zgarishi ko‘p jihatdan psixofizik funksiyalar dinamikasi bilan ko‘p jihatdan bogliq. Qariyalarda ranglarni ajratish ham birmuncha susayadi, faqat sariq rangni ajratish 50 yoshdan keyin ham o‘zgarmaydi. Ta’m bilish sezgilari ham qariyalarda qariyb o‘zgarmaydi. Bartoshukning (1990) tadqiqotlaridan ma’lum bolishicha, shirinni sezish qobiliyati o‘zgarmaydi. M. Spitzer (1988)ning tadqiqotlaridan ma’lum bolishicha, achchiqni sezish biroz kamayadi. Ta’m bilish sezgilaridagi qator o'zgarishlar ba’zan insonning individual xususiyatlariga ham bogliq boladi. Qariyalar ovqatdagi ba’zi komponentlarning ta’mini sezishda qiyinchilikni boshdan kechiradi, bu esa ta’m bilish analizatori emas, balki hid bilish sezgirligining susayishi evaziga sodir boladi. Hid sezgirligining o‘zgarishiga asosiy sabab nerv uchlari va tolalarida karaxtlikning boshlanishidir. Bundan tashqari, hid bilish sezgirligi kamayishining sabablari havoning ifloslanishi, zaharli va qolansa hidli moddalar bilan nafas olish, chekish, oziq-ovqatda A vitamini yetishmasligidir. Shunday qilib, keksayish davrida ko‘pchilik sensor funksiyalar susayadi. Lekin shuni ta’kidlash joizki, biz yuqorida ko‘rib o‘tgan sensor sezgirlik tiplarining ko‘pchilikda susayishi kuzatilsa-da, bu hammada bir xil emas. Sensor funksiyalarning susayishi, shaxs shug‘ullangan faoliyat turiga bogliq ravishda o‘zgarish kuzatiladi. Masalan, butun hayoti davomida musiqa bilan shug‘ullangan insonlarda eshitish sezgirligining unchalik o‘zgarmaganligini kuzatish mumkin. Yetuklik va keksalik orasidagi inqiroz 55—65 yoshlarga to‘g‘ri keladi. Keksalik davridagi inqirozni nafaqadan oldingi inqiroz deb ataladi, bunda asosiy determinant sifatida ijtimoiy omil nafaqa yoshiga yetish omili ko‘rsatiladi. Darhaqiqat nafaqaga chiqish inson hayotini tubdan o‘zgartirib yuboradi, jamiyatdagi muhim ijtimoiy rolining yo‘qotilishi, insonning o‘z referent guruhidan ajralishi, muloqot doirasining torayishi, moddiy ahvolining yomonlashuvi, ba’zan «iste’fo shoki» holatining o‘tkir kechishida namoyon boladi. Bu holat ko‘pchilik qartayayotgan insonlarda qiyin kechadi, salbiy hissiy holatlarni vujudga keltiradi. L.I.Ansifirovaning ta’kidlashicha, qariyalarning uch xil asosiy shaxs tiplarini ajratish mumkin. Birinchi tipdagi qariyalar nafaqaga chiqishni yaxshi boshdan kechiradi, yangi qiziqarli mashg‘ulotga jon deb ko‘chadilar, yangi do‘stona munosabatlarni o‘rnatishga layoqatli. Bularning bari ularning hayotdan qoniqqanlik darajasining yuqori bolishiga hamda umrining uzun bolishiga ham ta’sir etadi. Ikkinchi tipdagi qariyalar hayotga passiv munosabatda boladi. Ularda qiziqishlar doirasining pasayishi, o‘z-o‘ziga hurmatning yo'qolishi, kerak emaslik va mos emaslik hissi kuzatiladi. Ushbu yosh davridagi inqirozni yumshatish strategiyalaridan biri «hayotga yangicha qarash» texnikasidir. Bu texnika o‘z ichiga yangi ijtimoiy yondashuvga psixologik tayyorgarlik, bo‘sh vaqtni oldindan rejalashtirish, yangi hayot tarzini, jamiyatga kirishishning yangi usullarini izlash, salbiy holat va hodisalarni oldindan his qilish, nafaqaga chiqishni qat’iy kun tartibi va qat’iy cheklovlardan ozod bolish hamda insonning yangi qobiliyatlarini namoyon etadigan erkin fazo sifatida ijobiy idrok etish kabilarni o‘z ichiga oladi. Keksalik davriga o'tishdagi inqirozlar bo‘yicha boshqa bir yondashuv shaxs ichidagi, identiklik inqirozidir. Bunda qarilik alomatlari subyekt tomonidan emas, balki atrofdagilar tomonidan seziladi. Fiziologik qartayish jarayonlari doimiyligi tufayli uzoq vaqt subyekt tomonidan anglanmaydi, o‘zining «o‘zgarmasligi» haqida illyuziya paydo bo‘ladi. Keksalikni anglash kutilmaganda sodir bo‘ladi (masalan, sinfdoshlari bilan uchrashganda) hamda ichki nizolarga olib keladi. Ba’zan qarilikni anglash bilan bogliq inqiroz o‘smirlik davridagi inqiroz bilan tenglashtiriladi (bunda ham o‘zining o‘zgargan tanasiga yangicha munosabatni ishlab chiqishdan iborat), lekin qarilik inqirozi oglrroq kechadi. E.Erikson konsepsiyasida qarilik ilgarigi hayot yolining tugashi sifatida talqin etiladi. Keksalik psixosotsial inqirozining mohiyati shundan iboratki, Egoning yaxlitlikka erishishidir. Keksa psixologik yoshga olish muvaffaqiyatini E.Erikson oldingi yosh inqirozlarini ijobiy hal qilish bilan boglaydi. Eriksonning ta’kidlashicha, donishmandlik ruhning ma’lum holati bolib, bunda olmish, hozir va kelajakka bir vaqtda boqish, hayot tarixini tasodiflardan xalos etish hamda avlodlar bilan aloqa o‘rnatish sifatida talqin etiladi. Donishmandlik keksalik davrining eng yuksak yutug‘idir. Qarilik davrida rivojlanishning yosh vazifalari quyidagilarda bolishi mumkin: -yosh o‘zgarishlariga moslashish, tana, psixofiziologik; -keksalikni adekvat idrok etish (salbiy stereotiplarga qarshi turish); -vaqtni aql bilan taqsimlash, qolgan hayotini maqsadga yo‘naltirib foydalanish; -rollarni qayta yo‘naltirish, eski rollar pozitsiyasidan voz kechish va yangilarini shakllantirish; -yaqin insonlarning yo‘qotilishi va farzandlarning uzoqlashishi munosabati bilan boladigan affektiv holatlarga qarshi kurashish, emotsional egiluvchanlikni saqlash; -ruhiy egiluvchanlikka intilish (psixik rigidlikni yengib olish), xulq-atvorning yangi shakllarini izlash; -ichki yaxlitlikka intilish va o‘tgan umrni anglash Keksalik davri ishlab chiqarishda faol ishtirok etishdan uzoqlashish, nafaqaga chiqish bilan ijtimoiy pozitsiyaning o‘zgarishi taraqqiyotning ijtimoiy vaziyatidagi muhim o‘zgarishlardir. Keksalarga nisbatan ijtimoiy vaziyatning noaniqligi ular hayotining ijtimoiy vaziyatini toliq deb bo‘lmaydi. Keksalik davrida inson quyidagi savolni hal qiladi: eski ijtimoiy aloqalarini saqlab qolish hamda yangi ijtimoiy aloqalarni o‘rnatish yoki yaqinlarining qiziqishlari bo‘yicha ularga qo‘shilish yoki o‘z muammolarini hal qilish uchun individual hayotga kirish. Bu tanlov u yoki bu moslashuv strategiyasini — o‘zini shaxs sifatida yoki individ sifatida saqlab qolishni belgilaydi. Ana shu tanlovga, moslashuvning strategiyasiga bogliq ravishda yetakchi faoliyat o‘zini shaxs sifatida saqlab qolishga, yoki individ sifatida saqlab qolishga yo‘naltirilishi mumkin. «Yopiq kontur tipi» bo‘yicha adaptatsiya strategiyasida tashqi dunyoga qiziqishlar va intilishlar darajasining pasayishida, egotsentrizm, emotsional nazoratning susayishi, toliqmaslik kompleksi, qo‘zg‘aluvchanlik ba’zan atrofdagilarga befarqlikda namoyon boladi. Ba’zan ushbu keksayish modelini «passiv keksayish» yoki ijtimoiy qiziqishlarning yo‘qolishi ham deb atashadi. Bunga alternativ ravishda yana bir model mavjud, ya’ni jamiyat bilan aloqalar saqlab qolinadi, yanada rivojlantiriladi. Yetakchi faoliyat ijtimoiy tajribani tizimlashtirish va uzatishdan iborat boladi. Bu yoshda keksalar kasbiy faoliyatlarini davom ettirishlari, memuarlar yozishlari, o‘qitishlari, ustozlik qilishlari, nabiralarni tarbiyalashlari va jamoat ishlari bilan shug‘ullanishlari mumkin. O‘zini shaxs sifatida saqlab qolish uchun kuchi yetadigan mehnat bilan shug‘ullanish, turli qiziqishlarga ega bolish, yaqinlarga kerakli inson bolishga intilish, hayotga qiziquvchanlikni his qilish zarur. N.S.Pryajnikov keksalikni turli davrlarga bo‘lgan va bu davrlarning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatib o‘tgan. I. Nafaqadan oldingi keksalik (55 yoshdan nafaqaga chiqquncha) - nafaqaga tayyorlanish. 1. Rivojlanishning ijtimoiy vaziyati: -nafaqani kutish: kim uchundir nafaqaga chiqish bu «tezroq dam olishni boshlash», kim uchundir faol mehnat faoliyatining to‘xtatilishi hamda qolgan energiyasini va tajribasini nima qilishni bilmaslik, noaniqlik; - asosiy aloqalar ish joyidagilar bilan bo‘lib, hamkasblari uning tezroq nafaqaga ketishini xohlashadi, inson esa buni sezadi, boshqa tomondan inson uni nafaqaga boshqalarga nisbatan kechroq chiqazishlariga umid qiladi; - yaqinlari bilan munosabatlarda keksa inson oilasini, nabiralarini ham ta’minlashi mumkin bo‘lgani uchun «foydali», ikkinchi tomondan yaqinda o‘zining ishlamaganida, nafaqasiga qarab qolganida «kerak emasligini» his qilish; - ishda o‘ziga «munosib shogird» tayyorlash, trabiyalashga intilish. 2. Yetakchi faoliyat: - ulgurmaganlarini bajarishga intilish, ishda o‘zidan keyin «Yaxshi nom» qoldirishga intilish; - o‘z tajribasini shogirdlariga, o‘quvchilariga uzatishga intilish; - nabiralar tug‘ilganda nafaqa yoshidagi insonlar o‘zini maksimal darajada namoyon qilishda nabiralar tarbiyasi bilan ham shug‘ullanib, «bo‘linishlari» mumkin; - nafaqaga chiqish aniq bo‘lganda o‘zining keyingi hayotini rejalashtirish, nafaqada nima bilan shug‘ullanish haqida o‘ylaydi. II. Nafaqaga chiqqan davr (nafaqaga chiqqan birinchi yil) — bu yangi ijtimoiy status, yangi rolni egallash. Bu davr quyidagilarda namoyon boladi: 1. Rivojlanishning ijtimoiy vaziyati: - eski aloqalar birinchi davrda saqlanib qoladi, ular sekin-asta kamayib boradi; - asosan aloqalar qarindoshlar va yaqinlari bilan bo‘ladi («tajribasiz nafaqaxo‘rlar bilan juda ehtiyot bo‘lib muloqotda bo‘lish lozim); -sekin-asta nafaqaxo‘r do‘stlari paydo boladi; -yaqinlari va do‘stlari bo‘sh vaqti ko‘p nafaqaxo‘rning nabiralar tarbiyasi bilan shug‘ullanishini istashadi, shuning uchun bolalar va nabiralar bilan muloqot ham nafaqaxo'r ijtimoiy vaziyatining bir qismi hisoblanadi. 2. Yetakchi faoliyat: - bu birinchi navbatda yangi rol sifatida «o‘zini izlash», turli faoliyatlarda o‘z kuchini sinab ko‘rishdir, bu «sinab ko'rish va xato qilish» metodi orqali o‘z-o‘zini aniqlashdir (bunda u kundan kunga hayot qisqaligini his qiladi); - ayrim nafaqaxo‘rlar nafaqani rasmiylashtirib kasbiy faoliyati bo‘yicha mehnat faoliyatini ham davom ettirishadi. Bunda ishlayotgan nafaqadagilarda shaxsiy muhimlik hissi ortadi; - yoshroq insonlarni uyaltirish, o‘rgatish hissi borgan sari kuchayadi; - ayrim nafaqaxo‘rlar xotirjam olgan umrini sarhisob qilishga harakat qiladi, ayrimlar «memuarlar» yozib o‘z tajribasi va kechinmalari bilan bolishishga harakat qiladi. III. Keksalik davri (nafaqaga chiqqandan so‘ng bir necha yildan keyin sogliqning jiddiy yomonlashuvigacha bolgan davr) bunda inson yangi ijtimoiy statusni egallab olgan boladi va quyidagilar bilan tavsiflanadi: 1. Rivojlanishning ijtimoiy vaziyati: - o‘ziga o‘xshagan keksalar bilan muloqot; - keksa insonning bo‘sh vaqtidan foydalanayotgan, yoki unga «g‘amxo‘rlik» qilayotgan oila a’zolari bilan muloqot; - ayrim nafaqadagilar jamoat ishlari bilan mashg‘ul boladilar; - ayrim nafaqadagilar uchun boshqalar bilan munosabat o‘zgaradi, ayrim keksalarning ilgarigi yaqin munosabatlari asta-sekin uzoqlasha boradi. 2. Yetakchi faoliyat: - bo‘sh vaqtdagi qiziqishlar (ayrim keksalar har xil faoliyat bilan shug‘ullanib, o‘zlarini sinab ko‘radilar; - har xil usullar bilan shaxsining nimalarga qodirligini ko'rsatishga intilish; - ayrim keksalar (sog‘liqlari yaxshi bo‘lsa-da) uchun o‘limga tayyorlanish yetakchi faoliyat bolib qoladi, bu dinga berilish, teztez qabristonga borish, yaqinlariga «vasiyatlar» qilishda namoyon boladi. IV. Sogliqning birdan yomonlashishi sharoitidagi uzoq umr ko'rish sog‘lig‘ida jiddiy muammolari yo‘q keksalarning holati bir-biridan farq qiladi. 1. Ijtimoiy vaziyat: - yaqinlar, qarindoshlar, vrachlar va palatadagi sheriklar bilan asosan muloqot amalga oshiriladi; - qariyalar uyida palatadoshlari bilan muloqot (xorijda hech kimi yo‘q qariyalarni bunday uylarga joylashtiriladi). 2. Yetakchi faoliyat: - davolanish, qandaydir usullar bilan bolsa-da, kasallikka qarshi kurashish; - o‘z hayoti mazmunini anglashga intilish. O'z hayotini bezashga, hayotidagi yaxshi narsalarga intilish. Bunda insori «bekorga yashamaganligini ko‘rsatish uchun» o‘zidan yaxshiroq narsa qoldirgisi keladi. IV. Nisbatan mustahkam sogliq bilan uzoq umr ko‘rish (75— 80 yosh va undan kattalar). 1. Ijtimoiy vaziyat: - yaqinlar va qarindoshlar bilan muloqot, ularning oilasida uzoq umr ko‘ruvchi shaxs yashayotganligidan faxrlanish; - uzoq umr ko‘ruvchi qariyada yangi do‘stlar va tanishlar paydo boladi; - uzoq umr kechirish noyob hodisa bolganligi uchun u bilan gaplashishga hamma, hattoki OAV xodimlari ham intiladi. 2. Yetakchi faoliyat: - insonning layoqatiga bog‘liq bo‘lib, ko‘proq faol hayot tarzini kechirish, sog'liqni saqlash uchun faqat vrachlarning aytganlarini qilish emas, balki o‘z sog‘lig‘ini his qilish ham muhim.