Mundarija kirish I bob. Keksalik yoshi – psixogerontologik davr sifatida


Hissiy soha faoliyatining yoshga doir xususiyatlari



Yüklə 67,19 Kb.
səhifə4/7
tarix14.06.2023
ölçüsü67,19 Kb.
#129852
1   2   3   4   5   6   7
Кексалик даври

Hissiy soha faoliyatining yoshga doir xususiyatlari

Jahon psixologiyasida “hissiyot” bilan “emotsiya” ( ayniqsa , chet mamlakatlarda) bir xil ma’noda ishlatiladi, lekin ularni aynan bir xil holat deb tushunish unchalik to’g’ri emas. Bunday nuqson ommabop adabiyotlarda , chet ellarda chop etilayotgan darsliklarda aksariyat hollarda uchraydi. Odatda tashqi alomatlari yaqqol namayon bo’ladigan his-tuyg’ularni ichki kechinmalarga ifodalanishdan iborat psixik jarayon yuzaga kelishning aniq shaklini emotsiya deb atash maqsadga muvofiq.
Emotsiya shaxs ruhiy hayotining shunday tomoniki, bunda tashqi ta’sirotning xarakteri va shaxsning unga bo‘lgan munosabatlari ifodalanadi. Ba’zi predmetlar, voqealar, harakatlar shaxsni quvontiradi, huzur bag‘ishlaydi, xursand qiladi. Ba’zi predmetlar esa shaxsni xafa qiladi, qahr-g‘azabini qo‘zg‘aydi, behuzur qiladi.
Tashqi ta’sirotning xarakteriga (ijobiy yoki salbiyligiga) qarab shaxs unga nisbatan o‘zining munosabatini bildiradi. Tashqi ta’sirotning yoqimli tomonlari shaxsda ijobiy munosabatlarni vujudga keltiradi. Maza qilish, qoyil qilish, huzur-halovat, sevinch, quvonch, xursandchilik kabi holatlar ijobiy munosabatning ko‘rinishlaridir.
Tashqi ta’sirotning noxush, yoqimsiz tomonlari shaxsda salbiy munosabatlarni paydo qiladi, g‘azablanish, ranjish, xafalik, qo‘rqish, behuzur bo‘lish kabilar salbiy munosabatning ko‘rinishidir. Shaxs o‘zining kundalik faoliyatida turli-tuman hissiy holatlarni boshdan kechiradi. Agar u xavf ostida bo‘lsa, qo‘rquvni his qiladi, muvaffaqiyatga erishsa, zavqlanadi, intilish va harakatlari to‘g‘ri, unumli ro‘yobga chiqsa, quvonadi, ruhi ko‘tariladi. Demak, shaxsda turli his-tuyg‘ularning vujudga kelish manbayi uning ehtiyojlari, natijalari va istaklaridir. Shaxsning o‘z ehtiyojlarini qondirish yo‘lidagi harakatlarning muvaffaqiyati ijobiy hislarni, uning qiyinchiliklarga duch kelishi, mag‘lubiyatga uchrashi esa salbiy tuyg‘ularni uyg‘otadi.
Turli emotsiyalar shaxsning xulq-atvoriga o‘ziga xos hissiy ohang beradi, barqaror kechinmalarni vujudga keltiradi. Ba’zan esa, emotsiyalar to‘satdan va shiddatli paydo bo‘lib, tez o‘tadi. Shuni ham ta’kidlash lozimki, emotsional holatlar odamlarda turlicha kechadi. Ba’zi odamlarda bu holatlar barqaror, ta’sirchan, chuqur kechsa, ayrim odamlarda yengil o‘tadi. Insonlar his-tuyg‘ularining chuqurligi, kuchi, barqaror yoki beqaror emasligi bilan bir-birlaridan farq qiladilar. Har bir shaxsdagi hissiy holatlar uning boy ichki dunyosi, g‘oyaviy yo‘nalishi, e’tiqod va ideallari bilan bog‘liq bo‘ladi. Ijobiy his-tuyg‘ular shaxsning butun vujudini qamrab oladi, uning hayotini yanada mazmunli, to‘liq va baxtiyor qiladi. Bunday hislar shaxsga qanot bag‘ishlaydi.
His-tuyg‘ular shaxs to‘g‘risida, uning psixik holatlari va individual xususiyatlari to‘g‘risida xulosa chiqarishga imkon beradi. Hissiyotlarning bir maqsadni ko‘zlashi, qat’iyatlilik shaxsni so‘zi bilan ishi bir bo‘lgan barkamol odamga aylantiradi. Hissiyotlarda ichki va ijtimoiy mohiyat mavjuddir.
Hissiyotlarga ichki mohiyat nuqtayi nazaridan beriladigan baho hamma vaqt ham uning ijtimoiy mohiyatiga to ‘g‘ri kelavermaydi. Ichki ravishda noxush, shaxsni ranjitadigan kechinmalar ijtimoiy e’tibori bilan ijobiy hissiyot hisoblanadi. Masalan, uyalish shaxs uchun yoqimsiz hissiyot bo‘lib, azob hissi bilan kechadi. Ammo ijtimoiy mohiyati nuqtayi nazaridan uyalish yuksak, ijobiy axloqiy hisdir. Agar intizomni buzgan talaba o‘qituvchi tomonidan tartibga chaqirilganda, uyalib qizarmasa, u eng yuqori insoniy fazilatdan mahrum bo‘lgan hisoblanadi. G ‘azab yoki nafrat ichki mohiyat uchun salbiy noxush holatdir. Lekin, g‘azab, nafrat dushmanga, axloqqa xilof harakatga, intizomsizlik, qonunbuzarlikka qaratilgan bo‘lsa, yuksak axloqiy his sifatida ijobiy mohiyat kasb etadi. Shuning uchun ham hissiyotlarga ijtimoiy nuqtayi nazardan yondashganda yuksak g‘oyaviylik, xalqchillik va qat’iyatlilikka asoslanish zarur. Bu jihatdan Bahouddin Naqshbandning quyidagi fikri alohida ahamiyat kasb etadi.
«Hazrati Bahouddin, qahr bilan tolibga ta’sir etish to‘g‘rimi» deb so‘radilar. U kishi shunday javob berdi: «Qahr, ya’ni g‘azab ikki xil ma’noga ega bo‘ladi. Haqiqiy qahr-g‘azab kamolot sifatidir. Bunda tarbiyalanuvchining loqaydligi uchun uni to ‘g‘ri yo‘lga yo‘naltiriladi. Sababsiz g‘azablanish zararlidir».
Emotsional harakatlar barqaror yoki beqarorligi nuqtayi nazaridan quyidagi uch guruhga ajratiladi:
1. Bir necha oy yoki yillab davom etadigan uzoq muddatli holatlar.
2. Kunlab, haftalab, oylab davom etadigan holatlar.
3. Soniya, daqiqalab, soatlab davom etadigan holatlar.
Emotsional holatlarning bu tarzda uch guruhga bo‘linishi ularning ta’sir xarakteri va shaxsning individual sifatlariga bog‘liqligidir. Bir ta’sirning o‘zi har qaysi shaxsda turli darajada hissiy holatlarni vujudga keltiradi. Turli hissiy harakatlarni vujudga keltiruvchi sabablar stimullar yoki manbalar deyiladi. Ijobiy hissiy holatlar shaxsning harakatlarida ifodalanadi. Ba’zi emotsional holatlar kuchli intilish, faol harakatni yuzaga keltiradi, ba’zilari esa sekinlik bilan o‘tadi.
Bu xildagi passiv hissiyotlar sentimentallik deb ataladi. Sentimentallik harakatsiz hissiy holat bo‘lib, bunda shaxs so‘z bilan cheklanadi, afsus, oh-voh, ko‘z yoshidan nari o‘tmaydi. Shaxsda qo‘zg‘alishlaming yuzaga kelishiga qarab hissiyotlar stenik va istenik kabilarga bo‘linadi. Stenik holatlar g‘ayrat uyg‘otadi, shijoatga sabab bo‘ladi. Masalan, kuchli quvonch, katta g‘azab, jangovar ruh, mardlik, g‘alaba va h.k.
Shaxsning hayotiy faoliyatini pasaytiradigan, g‘ayratini susaytiradigan holatlar istenik hissiyotlardir. Qayg‘u-hasrat, umidsizlik, loqaydlik, g‘am, afsus, ajablanish kabilar istenik holatlardir. Turli emotsional holatlarning paydo bo‘lishi asosida miya po‘stlog‘i ostida ro‘y beradigan jarayonlar — shartsiz reflekslar yotadi. Ruhiy kechinmalar organizmdagi fiziologik o‘zgarishlar bilan doimo bog‘liqdir. Odam turli ruhiy holatlarni boshidan kechirayotganida qon aylanishi o‘zgaradi, yurak urishi susayadi yoki tezlashadi, nafas olish o‘zgaradi, ovqat hazm qilish va ichki sekretsiya bezlarining faoliyati ham o‘zgaradi. Bu holatlarning tashqi ifodasi ham reflektorlik xarakteriga ega bo‘ladi.
Odam kuchli quvnoqlik, qattiq qo‘rquv, g‘azab kabi holatlarni boshidan kechirayotganida uning tashqi qiyofasida ham jiddiy o‘zgarishlar yuz beradi, chehrasi oqaradi, qizaradi, nutqi buziladi yoki vaqtincha yo‘qoladi. Keyingi vaqtlarda jiddiylik vaziyati yoki stress deb ataluvchi keskin vaziyat tufayli yuzaga keladgan emotsional holatlarni o‘rganishga katta e’tibor berishyapti. Jiddiylik kishining jismoniy yoki aqliy mehnat qilayotgan vaqtida birdaniga vaziyatning haddan oshib ketishi va xavfli vaziyat bo‘lib qolgan vaqtda ham tez zaruriy chora topish kerak bo‘lib qolganda vujudga keladigan harakatdir.
Jiddiylik holatida yurak ishida, qon tomirlari va nafas tizimida ancha o‘zgarishlar yuz beradi. Lekin ichki organlarning qay darajada o‘zgarishiga qaramasdan, emotsiyaning mazmunini anglab bo‘lmaydi. Masalan, tomir urishining tezlashishi kishining biror narsadan qo‘rqqanidan ham yoki shodlanishidan ham bo‘lishi mumkin. Yanada kuchliroq stress holatida kishining xatti-harakatlarida tartibsizlik bo‘lishi, so‘zlaganda duduqlanib qolishi, fikrlar mantiqiy bog‘lanmagan bo‘lishi mumkin.
Odatda, stress holatining juda kuchli bo‘lishi teskari reaksiya ham berishi mumkin, ya’ni bosh miya po‘stlog‘ida umumiy tormozlanish protsessini vujudga keltirishi, kishini passivlashtirib, faoliyatini tamomila susaytirishi mumkin. Lekin jiddiylik (stress) holatining normal ko‘chishida kishining hayotiy tajribasi, kuchli irodasi, g‘oyaviy jihatdan chiniqqanligi katta rol o‘ynaydi. Odamda hissiy holatlar yuzaga kelish tezligi, kuchi, davomiyligi jihatidan xilma-xil bo‘ladi. Emotsional holatlar odamlarda turlicha tezlik bilan paydo bo‘ladi, sekin yoki tez almashadi. Har bir shaxsning individual xususiyatlari bilan bog‘liq holda qo‘zg‘aladi va yana asliga qaytadi.
Kuchi jihatidan bo‘lgani singari barqarorligi jihatidan ham emotsional kechinmalar bir-biridan farq qiladi. Uzoq davom etuvchi kechinmalar barqaror, qisqa muddat davom etuvchi kechinmalar esa betakror tuyg‘ular deb yuritiladi. Odam intilishlarining xilma-xilligi tufayli uning dunyoqarashi, e’tiqodi va mayllari bilan bog‘liq holda chuqur mazmunli tuyg‘ular bo‘ladi.
Chuqur tuyg‘ularning izi xotirada uzoq vaqt saqlanadi. Odatda, tasodifiy tuyg‘ular beqaror bo‘ladi va xotirada uzoq saqlanmaydi. Umuman, shaxsda yuzaga keluvchi tuyg‘ularning kuchi, barqaror va beqarorligi va chuqurligi nerv tizimi tipiga, ehtiyojlariga, ta’sirotlarning ichki va ijtimoiy mohiyatiga hamda uning individual xususiyatlariga bog‘liqdir.
Hissiyotlarning tezligi, kuchi, barqaror yoki beqarorligi va chuqurligi nuqtayi nazaridan emotsional holatlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Kayfiyat;
2. Affekt;
3. Ehtiros.
4. Ruhlanish.
Kayfiyat uzoq muddatli, o‘rtacha kuchga ega bo‘lgan ruhiy holatdir, odamdagi xursandlik yoki g‘amginlik kayfiyati ma’lum sabablar asosida vujudga keladi. Shaxsning o‘z faoliyatida yutuqlarga erishishi unda yaxshi, tetik kayfiyatni yuzaga keltiradi, muvaffaqiyatsizligi esa ma’yuslik, ruhiy tushkunlik g‘amginlik kayfiyatini tug‘diradi. Odam o‘zining barcha psixik holatlarini idora qilish imkoniyatiga ega.
Kuchli iroda egasi bo‘lgan odamlar o‘z kayfiyatlarini boshqara oladilar, hamma vaqt ularning ruhi tetik, dimog‘i chog‘ bo‘lib yuradi, ular kayfiyatlarining quli bo‘lib qolmaydilar. Irodasi mustahkam bo‘lmagan shaxslarda kayfiyat tez buziladi, ular kayfiyatning ko‘rinishlarini azob-u qiynoq bilan o‘tkazadilar. Tez paydo bo‘ladigan va qisqa muddat davom etadigan kuchli emotsional holat affektdir.
Odam affekt holatida o‘zining xatti-harakatlarini nazorat qila olmaydi. To‘satdan yuz beradigan kuchli tarzdagi qo‘rquv, g‘azab, achchiqlanish, quvonch kabilar affekt holatidir. Bu holat odamda to‘satdan bo‘lib, ba’zan hatto bir necha daqiqa davom etadi. Odamda bu holat baqirish, chaqirish, hayqirish tarzida namoyon bo‘ladi. Bu paytda tafakkur faoliyati susayadi, nutq keskin ravishda buziladi.
Ba’zi hollarda affekt holati natijasida organizmda kuchli fiziologik jarayonlar yuz beradi, organizm bo‘shashadi, odam o‘zini tuta olmaydi. Mustahkam irodali odamlar affekt holatida ham o‘zlarini tuta biladilar. Kuchli xafalik va quvonch holatlarini osonlik bilan o‘tkazadilar. Ular affekt holatiga kam beriluvchan bo‘ladilar. Turli affekt holatlariga beriluvchanlik yoki berilmaslik asab tizimining xususiyatlariga ham bog‘liq bo‘ladi. Qizg‘in temperamentli odamlar, ayniqsa, affekt holatiga beriluvchan bo‘ladi.
Ehtiroslar ijobiy va salbiy mohiyatga ega bo‘ladi. Aniq narsaga yoki voqeaga qaratilgan ehtiroslar ijobiy ehtiroslardir. Bilim, san’at, hunar, mehnatga bo‘lgan ehtiroslar ijobiy ehtiroslar jumlasiga kiradi. Ichkilikbozlikka, qimorga, qartabozlikka, molparastlik va pulparastlikka bo‘lgan ehtiroslar salbiy ehtiroslardir.
Salbiy ehtiroslar jamiyatga zarar keltiradi, shaxsni beburd va pastkash kimsaga aylantiradi. Faqat ijobiy mohiyatga ega bo‘lgan, aniq maqsadga katta kuch va istak bilan intilishdan iborat emotsional holat ruhlanishdir. Odam faoliyatining muvaffaqiyatli mahsuli uni ruhlantiradi. Mehnatga berilgan baho, uni rag‘batlantirish ham odamning ruhini ko‘taradi, tetiklashtiradi. Insonga xos yuqori tuyg‘ularga aqliy (intellektual), axloqiy va estetik hislar kiradi. Bu hislar faqat odamlardagina mavjuddir.

Yüklə 67,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin