Mundarija: Kirish i-bob. Maktabgacha ta’lim tashkiloti boshqaru tizimi



Yüklə 192,16 Kb.
səhifə1/12
tarix03.12.2023
ölçüsü192,16 Kb.
#171751
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
maktabgacha ta\'lim tashkiloti va ularda boshqaruv tizimi


Mundarija:


Kirish……………………………………………………………………………..3
I-Bob. Maktabgacha ta’lim tashkiloti boshqaru tizimi
1.1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarishning umumiy tamoyillari…………………………………………………………………6
1.2. Maktbgacha ta`limni boshqarishining metodi va vositalari…………11
1.3. Maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarishning nazariy asoslari…16
II-Bob. Maktabgacha ta’lim tashkiloti boshqaruv tizimida bola tarbiyasi
2.1. Maktabgacha ta`lim muassasalari va ularda bola tarbiyasining maqsad va vazifalari………………………………………………………………30
2.2. Maktabgacha ta`lim muassasalaridagi pedagogik kasb xodimlarining shaxsiy xislatlari. ………………………………………………………..32
2.3. Maktabgacha ta`lim muassasalari bilan ota-onalar hamkorligi…….35
Xulosa………………………………………………………………………….36
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………...38

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Davlat talablari vazifalari etib quyidagilar hisoblanadi: bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlash; bolalarning sog‘lom va har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlash hamda unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otish; bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun integral ta’limni tashkil etish; shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiyani amalga oshirish; bolalarni xalqimizning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish; bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlashda ularning ota-onalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish hamda ota-onalarga amaliy jihatdan ko‘maklashish; bolalarda ijtimoiy-kommunikativ, axloqiy, estetik, intellektual, jismoniy sifat va salohiyatlarni uyg‘otish hamda rivojlantirish; bolalarni sog‘lom turmush tarzi bilan tanishtirish; bolalarda mustaqillik, mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik xislatlarini shakllantirish; bolalarga dunyo haqida tushunchalar berish va tasavvurlarini kengaytirish; bolalarning yoshi, individual, psixologik va jismoniy xususiyatlari hamda qobiliyatini inobatga olgan holda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish. Ta’lim muassasalarining bir turi sifatida maktabgacha ta’lim muassasasi, shubhasiz, ularning har qaysisiga xos, bolalarning tarbiyasi, ta’limi, rivojlanishi va salomatligiga yaxshi yo‘nalganligi bilan bog‘liq umumiy xususiyatlarga ega. Shu asnoda tarbiyalanayotgan bolalarning yosh xususiyatlariga ko‘ra maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati boshqa ta’lim muassasalarida kechadigan pedagogik jarayonlardan jiddiy farq qiladi.
Shundan kelib chiqib, aytish mumkinki, ta’lim sifatini boshqarishning umumiy nazariy yo‘llarini maktabgacha ta’lim amaliyotiga mexanik ravishda ko‘chirish mumkin emas. Ular maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatining o‘ziga xosliklariga mos yangi mazmun bilan to‘ldirilishi kerak.E’tirof etish joizki, ta’lim tizimining hozirgi kundagi rivojlanish bosqichida uning birinchi bo‘g‘ini hisoblangan maktabgacha ta’limda jadal o‘zgarishlar yuz bermoqda. Shu sababli, maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatida bolalarni estetik tarbiyasi o‘ziga xos yo‘nalish sifatida qabul qilingan.Darhaqiqat, kelajak poydevori bo‘lgan, har jihatdan mas’uliyatli, ma’naviy yetuk, axloqan pok, bir so‘z bilan aytganda jamiyat taraqqiyoti uchun munosib xissa qo‘sha oladigan yoshlarni tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zero,Birinchi prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganidek, «…bugungi kunda farzandlarimizning ma’naviy olamini yuksaltirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalasi biz uchun eng dolzarb vazifa qolmoqda».1 Aytish joizki, ta’lim muassasalari oldida barkamol avlodni voyaga yetkazish masala dolzarb masala hisoblanadi. Bu kabi islohotlardan ko‘zda tutilgan maqsad − yosh avlodning tarbiyasiga atroflicha yondashish, turli yosh guruhlaridagi bolalarning bilim doirasini kengaytirish, o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirishdan iboratdir. Ushbu jarayon jamiyatimizning ijtimoiy va ma’naviy rivoji borasida olib borilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Bu esa uzluksiz ta’lim tizimining bir bo‘g‘ini sifatida maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga har tomonlama yuksak e’tibor berish zaruriyatini kun tartibiga olib chiqadi. Mustaqilligimizning ma’naviy asoslarini mustahkamlashda har bir o‘sib kelayotgan yosh avlod qalbiga ona Vatanga mehr-muhabbat, istiqlolga sadoqat, kelajakka ishonch tuyg‘ularini singdirish, dunyoqarashini kengaytirish, bir so‘z bilan aytganda, har tomonlama yetuk, barkamol inson qilib voyaga yetkazish muhim vazifalardan biridir.Zero, birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Biron-bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o‘z istiqbolini tasavvur eta olmaydi”3.
Ma’lumki, bolaga maktabgacha yoshida berilgan ta’lim – tarbiya uning butun hayoti davomida muhim o‘rin tutadi. Respublikamizning kundan-kunga jahon hamjamiyati mamlakatlari safidan munosib o‘rin egallab borishi, rivojlangan davlatlar bilan tenglik tamoyili asosida o‘zaro hamkorlikka erishishi, nafaqat ota-onalar, balki, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari zimmasiga bolani yoshiga munosib tarzda har tomonlama tarbiyalab borish zaruriyatini yuklamoqda.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni axloqiy-estetik tarbiyalashda qo‘g‘irchoq teatri vositasidan samarali foydalanish − bolalarning iqtidori, obyektiv borliq haqidagi tasavvuri, dunyoqarashini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitni yaratishi bilan yanada ahamiyatlidir.
Bolaning ongi asosan 5-7 yoshda shakllanishini hisobga olsak, shu davrda ijtimoiy muhit va ta’lim tarbiya ta’sirida ma’naviyatning ilk kurtaklari paydo bo‘la boshlaydi. Ayni shu vazifani amalga oshirish esa, bizning mamlakatimizda milliy sharqona tarbiya poydevori hisoblangan oilada, xususan ota-onalar va shu bilan birga ta’lim muassasalari– maktabgacha va maktab ta’limi tarbiyachisi hamda pedagoglari zimmasidadir.Bolalar fantaziyasi olami, ularning qiziqishi va xohishi qadar keng va chegarasizdir. Shuning uchun ertaklar azal-azaldan kishilardagi yaxshi sifatlarni kamol toptirib, go‘zallikni xis etish qobiliyatini o‘stiradi, vatan, el-yurt obodligini, osoyishtaligini ta’minlash ishqi bilan yashashga o‘rgatadi.

Yüklə 192,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin