Mundarija: Kirish i-bob. Maktabgacha ta’lim tashkiloti boshqaru tizimi



Yüklə 192,16 Kb.
səhifə10/12
tarix03.12.2023
ölçüsü192,16 Kb.
#171751
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
maktabgacha ta\'lim tashkiloti va ularda boshqaruv tizimi

MTM quyidagi turlarga bo`linadi:

  • umumiy tipdagi MTM (davlat va nodavlat MTM);

  • ixtisoslashtirilgan MTM;  sanatoriy tipidagi MTM.

Demak, maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`lim tizimining birinchi turi bo`libgina qolmay, balki u ijodkor, madaniyatli, ma`naviyatli, ijtimoiy faol, fidoyi, ma`naviy jihatdan yetuk shaxsni shakllantirishning asosi hisoblanadi.

2.2. Maktabgacha ta`lim muassasalaridagi pedagogik kasb xodimlarining shaxsiy xislatlari.


MTM da bola odatda jamoada faoliyat yuritishga tayyorlanadi va ushbu jarayonda inoqlashuv davrini ham olg`a suradi. Ayniqsa, bolalar o`z murabbiylari va tarbiyachilari-ni diqqat bilan kuzatadi. O`z navbatida tarbiyachilar va murabbiylar ham bolalarni nima qila olishlarini, nimani bilishlarini, ijodiy bilimlari bormi yoki yo`qmi, mehnatsevarmi yoki yo`qmi kabi nuqtai
nazarlardan o`rganadilar. Bunday holatlarda murabbiy va tarbiyachilarning asosiyvazifasi–hamisha ijodiy, sinchikov va tashabbuskor bo`lishdan iborat bo`lib, ularning asosiy shiori tarbiyalash, o`qitish, o`rgatish va o`rganishdir. Har bir o`tkazilayotgan mashg`ulotning maqsadi aniq bo`lishi kerak va uni bolalarga ni amalga oshiramiz”, deb aniq tushuntirish kerak. Belgilangan maqsadni amalga oshirishda tarbiyachi yoki murabbiy bolalar bilan birgalikda faol muloqotli faoliyat yuritish kerak. Ana shunday o`zaro faol jarayonlarning nechog`lik samarali bo`lishi murabbiy va tarbiyachilarning shaxsiy xislatlariga bog`liq bo`ladi.
Bu borada MTM da faoliyat yurituvchi pedagogik kasb xodimlariga zarur bo`lgan shaxsiy xislatlarni shartli ravishda quyidagi yo`nalishlarga bo`lish mumkin:

  1. Bolalarni sevish va ularni tushuna olishga bog`liq xislatlar.

  2. O`z-o`zini nazorat qilish, sabr-toqatli bo`lish, bolaning har qanday holatida unga mos bo`lgan muloyim muomalani qila bilishiga oid xislatlar.

  3. Har bir yangi kelgan bolaga “Biz sizni kutgandik, kelishingizdan xursandman” va u kelib qo`shiladigan guruhni ko`rsatib “Mana shu sizning eng yaqin do`stlaringiz” kabi muloyim muomalalarni qalbdan ayta ola bilishiga oid xislatlar.

  4. MTM si xodimlari va bolalarni (u qaysi guruhdan bo`lishidan qat`iy nazar) tushuna bilish qobiliyatiga mos xislatlar.

  5. MTM xodimlari va bolalarga ta`sir o`tkaza olishga doir xislatlar.

  6. MTMda ma`naviyat, ma`rifat, “Zakovat” mashg`ulotlarini samarali olib borshga oid xislatlar.

  7. MTM dagi pedagogik kasbga ega xodimlarning ibrat-namuna bo`lishga oid xislatlari.

Shuningdek, MTMdagi tarbiyachi va murabbiylarining shaxsiy xislatlari bola tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Ularning bolalar jamoasidagi vazifalari o`sha jamoadagi bolalar tarbiyasi orqali aniqlanadi. Shu sababli murabbiy va tarbiyachilarning ham shaxsiy xislatlari bola tarbiyasida o`ta muhimdir. Ularni biz quyidagicha ifodalashni lozim topdik:

  • bolalar bilan ishlashda, ularning tarbiyasi va rivojlanishiga qiziqish, bolalarni tushunish qobiliyatiga ega bo`lish, ularga ishonch, ularning faollik, havaskorlik, ijodiy qirralarini ochish, shuningdek, tashkilotchilik faoliyatiga bo`lgan katta qiziqish va bu boradagi faolligi, jamoaviy ishlarni tashkil etishda bolalarga ta`sir qila olish, o`z bilim va mahoratini ularga bera olish va ulardagi tashabbuskorlik, javobgarlikhislarini shakllantira olish;

  • bolalar jamoasida ishlashga bo`lgan moyillik (bolalarni sevish, ular jamoasini hurmat qilish), bolalar jamoasi shaxs shakllanishining asosi ekanligini anglash;

  • bolalarni jamoaviy ijodiy faoliyat usullari bilan tarbiyalashga bo`lgan qiziqish;

  • o`z-o`zini boshqara olish, sabr-toqat, tanqidiy va tahliliy fikrlarni to`g`ri qabul qila olish;

  • o`z-o`ziga o`ta talabchanlik, o`z-o`zini tanqid qila olishlik, o`z-o`zini nazorat qila olishlik;

  • kirishuvchanlik, samimiylik, barcha bilan muloqot qilishga qiziqish;  bolalar bilan tezda kirishib ketish, ya`ni muloqotda erkinlikka erisha olishlik;

  • sezgirlik, sinchikovlik asosida mehribonlik, hamkorlik qila olishlikka oid xislatlar;

  • yangiliklarganisbatan xayrixohlik, ularni tez va o`z vaqtida qabul qila olishlik;

  • tarbiya jarayonida bir faoliyat turidan ikkinchisiga muammosiz va qulay (uncha sezdirmagan holda) o`ta olishlik;

  • bolalar dardini seza olishlik va ular bilan qayg`udosh bo`lishlik hamda vaqti kelganda (ular bir muvaffaqiyatga erishganda) birga quvona olishlik;

  • o`tkir zehnlilik, sezuvchanlik o`z e`tiborini va diqqatini tezlik bilan boshqa biror narsaga qarata olishlik;

  • imo-ishoradan unumli foydalana olishlik;

  • o`z hissiyotlarini boshqara olishlik;

  • o`zini bosib olishlik, o`zini xotirjam ko`rsata olishlik;

  • salbiy ruhiy ta`sirlarning (xoholab baqirib kulish, baqirib qo`pol ovoz bilan gapirmaslik, qo`pol muomala qilmaslik, birovni kamsitmaslik, birovni izza qilmaslik va h.k.) madaniy ko`rinishiga ega bo`lishlik;

  • murabbiy va tarbiyachilar nutqining ravon hamda aniq bo`lishi (chiroyligapira olish, o`z ovozini boshqara olish, yaxshi lug`at boyligiga ega bo`lish, nutqining obrazliligi va hayajonliligi) to`g`ridan-to`g`ri “qog`ozsiz” so`zga chiqa olishi va fikrini erkin namoyon qila olish va h.k.).

MTM pedagogik kasb xodimlarining yuqorida qayd etilgan xislatlari, xususiyatlari va fikrlashlari qamrovi bilan birga ularga nutqiy ko`rish va eshitish bo`yicha ham yaxshi xotira kerak. Bunga sabab ular kasbiy faoliyati davomida ma`ruzalar (suhbat, savol-javob ko`rinishidagi qisqa ma`lumotlar berish) qiladi; bolalarga buyruqlar, takliflar, tavsiyalar beradi; bolalar va hamkasblarining to`liq ismi shariflarini aytib murojaat qilishlari kerak bo`ladi; bolalar va ota-onalarning yuz ko`rinishlari hamda ismlarini esda saqlab qolishlari hamda ularning tovushlarini tezlik bilan va mustahkam esda saqlab qolishlari kerak bo`ladi; shuningdek, she`r, qo`shiq, ertak, rivoyat va shu kabilarni yodlab va esda saqlash kerak bo`ladi. Ushbu jarayonda faoliyat yurituvchi tarbiyachi va murabbiylarda yuqoridagi xislatlardan tashqari psixofizologik xususiyatlar ham kerak. Ular: jismoniy va ma`naviy jihatdan salomatlik; jismoniy jihatdan chidamlilik, irodalilik; yuqori darajadagi ishchanlik, mehnatsevarlik. Murabbiylar va tarbiyachilar turli xil fikrlash (ijodiy, analitik, konstruktiv va h.k.) larga ham qodir bo`lishi kerak. Ulardan ijodiy fikrlashda bolalarni tarbiyalashmasalalarini mustaqil, qiziqarli, o`zaro faol qilib bajarishga bo`lgan faoliyatda e`tiborga olinadi va erishilgan natija muhokamasida u yaqqol seziladi.

Yüklə 192,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin