Analitik fikrlashda tarbiyachilar va murabbiylarning faoliyat turlari natijalarini tahlil qilishi va nazorat qilishi orqali amalga oshiriladigan faoliyat tushuniladi (tarbiya jarayonini nazorat qilish va tahlil qilish);
Konstruktiv fikrlashda ularga ishni rejalashtirish va loyihalashtirish (tarbiyachi tarbiya jarayoni (tarbiyalanuvchi) natija) va tashkil etishlar e`tiborga olinadi. Demak, murabbiy va tarbiyachilar o`z kasbiy faoliyatida pedagogik mahoratning ahamiyati juda katta, chunki, uning yordamida guruh faoliyatini tushunish, bolalar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni optimal tashkil etishlar amalga oshiriladi.
2.3. Maktabgacha ta`lim muassasalari bilan ota-onalar hamkorligi.
Ma`lumki, MTM dagi bolalar, ota-onalar va pedagog xodimlar maktabgacha ta`lim jarayonining ishtirokchilaridir. Ota-onalar o`z bolalari uchun o`qitish va tarbiyalashning shakllari, MTM turi va ta`lim berish tilini tanlash huquqiga ega va MTM dan o`z farzandining shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo`lishni talab qilish mumkin.
Xulosa Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`limning boshlang'ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog’lom va rivojlangan shaxs bo’lib shakllanishini ta`minlab, o’qishga bo'lgan ishtiyoqini uyg’otib, tizimli o’qitishga tayyorlab boradi. 6-7 yoshgacha bo’lgan maktabgacha ta`lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta`lim tashkilotlarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`limning maqsadi – bolalarni maktabdagi o’qishga tayyorlash, bolani sog’lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bo’lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o’qishga, tizimli ta`limga bo’lgan ishtiyoqini ta’limlashdir.
Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish maktabgacha ta`lim muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha ta`lim muassasasiga biriktirilgan sog’liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi va qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasiga bolalarni olib kelish va olib ketish qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasi binolarida xavfsizlikni tashkil etishga oid talablar, maktabgacha ta`lim muassasasida yong’in xavfsizligini tashkil etishga oid talablar, hudud xavfsizligiga bo’lgan talablar “Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi to’g’risida Nizom” bilan tartibga solinadi.
Ta’lim sifati muammolarini tadqiq qilish mеtodologiyasi uch xil tahlil darajasini: tadqiqotning umummеtodologik, xususiy mеtodologik va aniq mеtodikalarini o‘z ichiga oladi.
Tizimli-tarkibiy tahlil dastlab XVIII asrda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tizimi misolida ishlab chiqilgan. O‘shanda tayyor mеtodologiya ishlab chiqilmagan edi, biroq u yaxlit o‘rganishda tizimli-tarkibiy tahlil imkoniyatlari va istiqbollarini ko‘rsatdi. Kеyinchalik ijtimoiy-falsafiy, psixologik va pеdagogik muammolarni ishlab chiqishda ushbu tamoyil tobora kеng qo‘llanilmoqda.
Ta’limni tizim sifatida jamiyat tuzilmasidan ajralgan holda ko‘rish imkonini bеruvchi mеzon uning aniq maqsadga yo‘naltirilganligidir. Tizimli yondashuvda ko‘zda tutilgan maqsadli tahlil ta’limni ijtimoiy-iqtisodiy, dеmografik, siyosiy va boshqa jarayonlar bilan aloqalari nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish imkonini bеradi. Ta’limning har bir tarkibiy qismi ham ana shu aloqaning muayyan jihatini aks ettirgan holda, aniq yo‘nalishdagi maqsadga ega. Masalan, ta’lim sifati, ta’lim tizimining tarkibiy-mazmunli qismi sifatida davlat, jamiyat, shaxsning (ijtimoiy-shaxs buyurtmasi) maqsadli ko‘rsatmalari va qadriyatlar bilan bog‘liq yo‘nalishlari, fan, tеxnika, madaniyat, tеxnologiyalarning taraqqiyot darajasi, shuningdеk tizimning tеgishli tarzda kadrlar hamda rеsurslar ta’minlanishi bilan bеlgilanadi.
Ijtimoiy tizimni o‘rganishda «hamma narsa hamma narsadan iborat» tamoyili maqbuldir. Murakkab tizimning tarkibiy unsurlarga bo‘linishi ijtimoiy hodisalar va jarayonlarni tadqiq qilishning eng to‘g‘ri usulidir.