Mundarija: kirish I bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarda vaqt va uni idrok yetishga o’rgatish


II BOB. Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda vaqtni his qilishni rivojlantirish



Yüklə 35,49 Kb.
səhifə5/8
tarix13.06.2023
ölçüsü35,49 Kb.
#129470
1   2   3   4   5   6   7   8
Mundarija kirish I bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarda vaqt va

II BOB. Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda vaqtni his qilishni rivojlantirish
2.1. Bolalarda idrokning rivojlanishi
Bola uch yoshga to‘lib bog‘chaga qatnay boshlagach, birinchidan, bolaning faoliyat darajasi juda kengayib ketadi, ikkinchidan, nutqi g‘oyat zudlik bilan o‘sa boradi. Buning nati­jasida bola juda ko‘p narsalar bilan mustaqil hamda bevosita munosabatda bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bola hayotidagi bu o‘zgarish o‘z navbatida uning idrokiga ta’sir etmay qolmaydi. Ular kundalik faoliyatlari davomida juda ko‘p narsalar bi­lan to‘qnashadilar. Shunday bo‘lishiga qaramay katta yoshdagi bog‘cha bolalari ham o‘zlari idrok etayotgan narsalarning nima ekanligini har doim kattalarning yordamisiz bilavermaydilar.
Bog‘cha yoshidagi bolalar idrokida ikkinchi signallar sistemasi (nutq)ning roli nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, tevarak-atrofdagi narsalarni anglab idrok qilish- da faqat narsaning o‘zigina emas, balki uning nomi ham birga qatnashadi. Bolalar idrokini takomillashtirish maqsadida uy- ushtiriladigan ekskursiyalarda (hayvonlar va o‘simliklar dun- yosi bilan tanishtirishda) bolalar idrokida ikkinchi signal- lar sistemasining rolini oshirishga intilish kerak. Chunki, qo‘zg‘atuvchilarning (ya’ni ekskursiya paytida ko‘rsatilayotgan narsalarning) ayni bir paytda har ikkala signallar sistemasiga barobar ta’sir etishi idrok qilinayotgan narsalarning butun va to‘la-to‘kis aks etishini ta’minlaydi.
Bog‘cha yoshidagi bolalar idrokining xarakterli tomonlari- dan biri shundaki, ular turli narsalarni idrok qilishda bu narsa- larning ko‘zga tashlanib turadigan belgilariga asoslanadilar. Bi- roq tajribalari hali yetarli bo‘lmagani, ya’ni ko‘p narsalarning mohiyaliga mutlaqo tushuna olmasliklari tufayli narsalarning mohiyati bilan bog‘liq bo‘lgan eng muhim va umumiy belgi- larni aks ettira olmaydilar. Ular narsalarni idrok qilishda faqat aniq tasavvurlarga asoslanadilar. Shu sababli bog‘cha yoshi- dagi (xususan kichik bog‘cha yoshidagi) bolalar uchun narsa- larning eng asosiy va muhim belgilari ularning rangi va shak- lidir. Bog‘cha yoshidagi bolalar shuning uchun ham o‘xshash narsalarning shaklini bir-biridan bemalol ajrata oladilar. Le- kin, bog‘cha yoshidagi kichik bolalar (kichkina guruh bolalari) narsalarning shaklini farqlashda biroz qiynaladilar. Chunonchi, kichik yoshdagi bog‘cha bolalariga mavhum geometrik shakl- lar yoki ularning rasmi ko‘rsatilsa, ular bu shakllarni o‘zlariga ma’lum bo‘lgan aniq narsalar bilan bog‘lab, ya’ni predmet- lashtirib idrok qilishga intiladilar. Masalan, ular aylanani «g‘ildirak», to‘rtburchakni «deraza» yoki «eshik» deb ataydilar.
Rus psixologlaridan S.L. Rubinshteyn, S.N. Shabalin va M.N. Volokitinalar tajribalarining ko‘rsatishicha, bog‘cha yoshidagi bolalar aniq narsalarning shaklinigina emas, balki bu narsalarning qora rang bilan qilgan siluetlariga (andazalariga) qarab ham ularni bir-biridan farqlay oladilar. Bolalar siluetga qarab (ya’ni qora rangda ishlangan quruq shaklga qalab) bu narsalarning nima ekanligini yanglishmay aytib bera oladilar. Bunda shu narsa ma’lum bo‘ladiki, bog‘cha yoshidagi bolalar narsalarning shakllarini ularning mazmuni bilan bog‘liq ra­vishda idrok qila boshlaydilar. Demak, bog‘cha yoshidagi bola- lar tevarak-atrofdagi turli-tuman narsalarni idrok qilishda shu narsalarning mazmuni, mohiyati bilan organik bog‘liq bo‘lgan shaklga ham asoslanadilar. Kichik guruh bolalari turl i geo- metrik shakllardan qilingan mozaikalar bilan o‘ynaganlarida ularni shakliga qarab, ya’ni to‘rtburchakni to‘rtburchaklar gu- ruhiga, uchburchakni uchburchaklar guruhiga, aylanani ayla- nalar guruhiga yanglishmay ajratadilar. Bu o‘rinda shu nar- sa xarakterliki, mozaikadagi geometrik shakllar har xil rangda bo‘lishiga qaramay, ular rangni emas, balki shaklni asos qilib olib guruhlarga ajratadilar. Bog‘chada bolalarning narsalarni shakliga qarab to‘g‘ri farqlay olish xususiyatlarini o‘stirish ke­rak. Bunga loy yoki plastilindan turli narsalar yasash va rasm chizish mashg‘ulotlari o‘tkazish orqali erishish mumkin.
Bog‘cha yoshidagi bolalar idrok qilish paytida narsalarni chuqur analiz qila olmaydilar. Bolalar idrokidagi bu yetish- movchilik turli rasmlarni idrok qilishlarida yaqqol ko‘rinadi. Bolalar (xususan kichik yoshdagi bog‘cha bolalari) rasmda tas- virlangan narsalarning holatiga va fazoviy munosabatlariga ta- momila befarq bo‘ladilar. Ular rasmlarni teskari ushlab ham zavq bilan tomosha qilaveradilar. Buning asosiy sababi rasm- ni idrok qilishga nisbatan bolalarning analitik munosabatda bo‘lolmasliklaridir. Bolalar rasmda tasvirlangan narsalarni bir- biri bilan ma’lum munosabatda emas, balki tasvirlangan narsa- larning hammasini butunligicha idrok qilishga intiladilar. Ular- da hali analiz qilish xususiyatlari yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Shuning uchun rasmlar bilan o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda tar­biyachi bolalarga yo‘naltiruvchi savollar berib, ularni analiz qilishga o‘rgatib borishi lozim. Ana shunday mashg‘ulotlarda bolalar diqqatini, birinchidan, ko‘rsatilayotgan rasmning maz- munini to‘g‘ri idrok qilishga, ikkinchidan rasmning umumiy ko‘rinishida har bir tasvirlangan narsaning o‘rnini to‘g‘ri idrok qilishga, ya’ni rasmdagi narsalarni bir-biridan keskin farq qi- la bilishga, uchinchidan esa, rasmda tasvirlangan narsa- lar o‘rtasidagi munosabatlarni to‘g‘ri idrok qilishga qarat- ish kerak. Rasmlarni idrok qilish ana shunday tarzda yo‘lga qo‘yilgandagina bolalarning analitik idrok qilish qobiliyatini hamda kuzatuvchanlik xususiyatini rivojlantirish mumkin.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning asosiy faoliyatlari o‘yin faoli- yatidir. Ular o‘zlarining kundalik o‘yin faoliyatlarida juda ko‘p narsalarga to‘qnash keladilar. Bu narsalarni bilganlaricha idrok qilib, bir-birlariga tushuntiradilar. Umuman o‘yin faoliyatida ularning idroki to‘xtovsiz rivojlanib boradi. Bog‘cha yoshida­gi bolalarda turmush tajribasining yetarli emasligi ba’zan ular idrokining rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Bu murakkab idrok jarayonida, ya’ni fazo hamda vaqtni idrok qilishda yaqqol ko‘rinadi. Masalan, ular narsalar o‘rtasidagi fazoviy munosabat- larni, fazo hamda vaqt o‘lchovlarini to‘g‘ri idrok eta olmaydilar. Narsalar o‘rtasidagi fazoviy munosabatlarni hamda vaqtni bola- lar asosan bog‘cha yoshidagi davrda o‘zlashtira boshlaydi. Bola- lar o‘zidan uzoq va yaqin, baland va past joylashgan narsalar bilan bevosita munosabatda bo‘lish jarayonida fazoviy tushun- chalarni to‘g‘ri idrok qila boshlaydilar. Bunda tarbiyachilarning narsalar o‘rtasidagi har xil fazoviy munosabatlarni so‘z bilan ifo- da etishlari bolalar idrokining rivojlanishiga katta yordam beradi. Uzoq-yaqin, baland-past, chuqur-yuza, katta-kichik, keng-tor kabi fazoviy tushunchalarni hamda narsalar o‘rtasidagi bunday fazoviy munosabatlarni bolalar o‘z faoliyatlarida, ya’ni o‘yin va mashg‘ulotlarda ma’lum darajada o‘zlashtirib boradilar. Lekin, chap va o‘ng kabi tushunchalarni bolalarga o‘z vaqtida o‘rgatish zarur, chunki bola chap va o‘ng qo‘lning farqiga bormay ko‘p ishlarni chap qo‘lida bajaradigan bo‘lib qolishi mumkin.
Bog‘cha yoshidagi bolalarda fazoviy tasavvurlarning yetar- li darajada aniq emasligini ularning chizgan rasmlarida yaqqol ko‘rish mumkin. Masalan, kichik va o‘rta guruh bolalari rasm chizganlarida narsalarning hajm munosabatlariga unchalik e’tibor bermaydilar. Ularning chizgan rasmlarida uyning ba- landligi avtomashinaning balandligi bilan, odamning bo‘yi esa terakning bo‘yi bilan barobar bo‘lishi mumkin. Bu bog‘cha bolalarini mutlaqo hayron qoldirmaydi. Fazoviy munosabat­larni to‘g‘ri idrok qilish va fazoviy munosabatlar haqida to‘g‘ri tasavvurga ega bo‘lish asta-sekinlik bilan bolalarning turmush tajribalari orta borishi davomida o‘sib boradi.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning vaqtni idrok qilishlari fazoni idrok qilishlari kabi mukammal xarakterga ega emas. Bolalar­da vaqtni to‘g‘ri va anglab idrok qilish fazoni idrok qilishdan ham qiyinroq desak yanglishmaymiz. Bolalar uchun vaqt- ni idrok qilishda qiyin tomonlaridan biri shuki, ular vaqtning uzluksiz o‘tuvchanligini (ya’ni vaqtning beto‘xtov harakatini) anglay olmaydilar va, binobarin, idrok ham qila olmaydilar. Bu narsani ularga ko‘rgazma asosida ko‘rsatib bo‘lmaydi. Natijada bolalar vaqt o‘lchovlarini ma’lum narsalar va hodisalar orqali aniqlashtirib idrok qilishga intiladilar.
Odatda so‘zlar bilan ifodalanadigan quyidagi asosiy vaqt o‘lchovlari bordir: «soniya», «daqiqa», «soat», «kun», «hafta», «oy», «yil», «asr», «kecha», «bugun», «ertaga» «indinga», «erta- lab», «peshin», «kechqurun», «kechasi», «avval», «keyin» kabilar. Ana shu vaqt o‘lchovlaridan bog‘cha yoshidagi bolalar erkin foy- dalana bilmaydilar. Chunki bu vaqt o‘lchovlari (vaqt tushuncha- lari) nisbiy hamda mavhum xarakterga egadir. Bolalar ertaning bugunga, bugunning kechaga, kechaning o‘tgan kunga tabiiy ravishda aylanib qolishini hech bir tasavvur eta olmaydilar.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning ayrim vaqt o‘lchovlarini idrok qilishlarida kun tartibining roli juda kattadir. Bolalar- ning kundalik hayotlarida doimiy ravishda takrorlanib tura- digan rejim (kun tartibi) ayrim vaqt o‘lchovlarini birin-ketin ajratib olishga yordam beradi. Bundan tashqari, ular ayrim vaqt o‘lchovlarini vaqtning asosiy belgilariga qarab ham farqlay ola­digan bo‘ladilar. Masalan, «Kun (quyosh) chiqqanda — erta- lab bo‘ladi», «Kun botganda — kechqurun bo‘ladi», «Qorong‘i bo‘lib hamma uxlaganda — kechasi bo‘ladi» deb aniqlaydilar.
Vaqt tushunchalarini idrok qilish qiyin bo‘lgani uchun bog‘cha yoshidagi bolalar (xususan kichik guruh bolalari) asosan hozirgi zamon (shu bugungi) tushunchasi asosida yashaydilar. Ana shu sababli ular kelasi va o‘tgan zamon tushunchalariga nisbatan hozirgi zamonga oid vaqt o‘lchovlarini to‘g‘ri idrok qila oladigan bo‘ladilar. Shuning uchun bolalar dastavval «er- talab», «peshin», «kechqurun», «kechasi», «bugun» kabi vaqt tushunchalaridan to‘g‘ri foydalanadigan bo‘ladilar.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning uzoq zamonga oid narsa­larni tushuntirishlari o‘ziga xos xarakterga egadir. Ular bun- day narsalarni vaqt tushunchalari orqali emas, balki qalblarida chuqur iz qoldirgan taassurotlar orqali tushuntirishga intiladi- lar. Masalan, qachonlardir bir bo‘lgan hodisani yoki qachon- lardir ko‘rgan narsalarini «Hov bir marta bayramda...», «Hov bir marta to‘y bo‘lganda...» kabi.

Yüklə 35,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin