2.1. Bolalarda idrokning rivojlanishi Insonnig kundalik ish faoliyatida vaqt juda muhim o`rin tutadi. Vaqtiga qarab o`z ish faoliyatini boshlaydi., harakatlarini tezlashtiradi yoki sekinlashtiradi, vaqtga moslashishni talab qiladi. Vaqtni sezish insonni vaqtini tejashga, undan unumli foydalanishga harakat qilishga undaydi. Vaqt o’quvchining o’quv hayotida boshqaruvchanlik rolini o`taydi. B.G.Anan'eva rahbarligida psixologo - pedagogik tekshirishlar o`tkazilib, unda bolalarning aqliy taraqqiyoti o’quv yili protsessida kuzatiladi. Bu tekshirish shuni ko`rsatadiki, bolalarning hech birida vaqtga moslashish, bilimlarining o`zlashtirishning bog’liqligi, qobiliyatlarining rivojlanishi ko`rinadi.
Maktabga kelgan ko`pchilik bolalarda vaqtni o`zlashtirmaganligi bir qancha qo`shimcha qiyinchiliklarni tug’diradi. Birinchi sinf o’quvchilari darsga kechikmasliklari, o`z vaqtida uyiga berilgan topshiriqlarni bajarib borishlari kerak, bularning hammasiga ulgurushlari kerak. Bu talablarning hammasiga to`liq javob berish uchun bolalarni bog’cha yoshidan tarbiyalangan va tayyorlangan bo`lishi kerak.
Kuzatuvlar shuni ko`rsatadiki, katta maktab yoshidagi bolalar vaqt intervallari, vaqt qismlarini, o`z harakatlari bilan bog’liq holda olib bora oladilar. Ular o`zlari mustaqil vaqt oraliqlarini baholay oladilar. O`z harakatlarini ma`lum harakatda boshlab, ma`lum vaqtda tugata oladilar.
Vaqtni bilishning eng muhim faktorlari: 1. Bola qaysi vaqt haqida gap bor ketayotganini, mustaqil vaqt oraliqini bilishi,vaqt haqida, soatdan foydalanishni bilishi kerak.
2. Bolalarning turli harakatlarida ularga ma`lum vaqt bo`laklari haqida, berilgan topshiriqni ma`lum vaqtda bajarishga ulgurish mumkinligini tushuntirish.
Bolalarga soatga qaramasdan o`z sezgilariga qarab vaqtni sezishni, rivojlantirish. Kattalar bu malakalarning o`zlashtirishda yordam berishlari kerak.
Katta va tayyorlov gruppa bolalari bilan vaqtni sezishni 1,3,5,10 minut oraliqlari bilan tanishtirishdan boshlaymiz, 1 minut bu birinchi vaqt boshlanish haqidagi birlik hisoblanadi.
Hayotda ko`pincha "bir minutga", "bir minutdan so`ng", "bir minut kutib turing" kabi iboralar tez-tez ishlatilib turiladi. Bunda ishni uyushtirish va metodika ishlari quyidagicha bo`ladi:
1. Bolalarni 1,3,5 va 10 minut o`tishi bilan tanishtirish bunda sekundamer, qum soatlardan foydalaniladi.
2. Bu vaqtlarning o`tishini turli harakatlarga bog’liq holda o`tkazish.
3. Bolalarni ko`rsatilgan, belgilangan vaqtgacha berilgan topshiriqlarni bajarishga o`rgatish.
Ishlar bir necha bosqichda o`tkaziladi:
1-bosqichda belgilangan vaqt ichida berilgan topshiriqni bajarish, bunda qum soatlarda bajariladi. Tarbiyachi doimo bolalarga ba?o berib boradi, ularning o`zlashtirishlariga qarab, baholanadi.
2- bosqichda vaqtni o`tish oraliqlarini baholash, tarbiyachi bunda ham baholab boradi.
3- bosqichda oldindan vaqt oraliqlarini, uning o`tishlarini rejalashtirish. Bunda ham qum soatlaridan foydalaniladi.
4- bosqichda esa vaqtni baholash, uning davomiyligini hayot bilan bog’liq holda olib borishni o`rgatish.
Programma materiali quyidagi mashg’ulotni o`z ichiga olib, quyidagi topshiriqlar qo`yiladi.
1. Bolalarni 1 minut o`tish davomi bilan tanishtirish.
2. Turli ish faoliyatlari davomida qum soati bilan vaqt o`tishini kontrol qilish.
3. Berilgan topshiriqni o`z vaqtida bajarish ko`nikmasini hosil qilish.