R E J A
Kirish………………………………………………………………… 4-9 I-BOB Musiqa darslarida interaktiv usullarini qo‘llash yo‘llari 1.1 Interaktiv usullar orqali o‘qitish va muloqotli ta’lim berish 1.2. Qo‘shiqlarni o‘rganishda interaktiv usullardan foydalanish II-BOB Musiqa darslarida yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning ahamiyati 2.1. Musiqa darslarida innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llash 2.2. Pedagogik texnologiyalarni tadbiq etishda musiqaning roli Xulosa……………………………………………………………………………..
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………
KIRISH
Bugungi kunda ozod va obod, mustaqil mamlakatimizda barcha sohalar qatori ta’lim tizimida ham keng qamrovli yangilanishlar va ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.
Bunday o‘zgarish va yangilanishlar musiqa va san’at sohasida ham olib borilmoqda. Jumladan yosh avlodni yuksak madaniyatli, estetik jihatdan rivojlangan, har tomonlama yetuk, bilimli, barkamol avlod bo‘lib yetishishlarini ta’minlash uchun iqtidorli bolalar hamda musiqa san’atiga qiziqishlari yuqori bo‘lgan bolalar uchun san’at va musiqa maktablari, maktabgacha ta’lim muassasalari, barkamol avlod nomli turli xildagi yoshlar markazlari bunyod etilmoqda.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni amalga oshirishda ta’lim tizimini tubdan qayta qurish, ya’ni xalq ta’limi taraqqiyotining tub qoidalarini ko‘rib chiqish va zamonaviy ta’lim texnologiyalarining jamiyat ravnaqi uchun zarurligi mohiyatini anglash, ta’limning barcha sohalarida joriy etish va o‘zlashtirish bilan bog‘liq masalalar hozirgi zamon pedagogikasining dolzarb muammolaridan biridir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi loyihasida ham musiqa san’atini rivojlantirishga qaratilgan masalalar ko‘rsatib o‘tilgan.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish asosida o‘qitish samaradorligini oshirish davr talabi sifatida barcha pedagog o‘qituvchilar qatorida musiqa o‘qituvchisining ham zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi.Har qanday fanni, shu jumladan musiqa madaniyati darslarini o‘qitish jarayonida ham faollashtirilgan, o‘quvchilarni darsning faol ishtirokchilariga, mustaqil fikrlovchi, mushohada qiluvchi,o‘z fikrlarini bildira oluvchi shaxs sifatida namoyon qilishi uchun imkoniyat yaratuvchi-bu o‘qituvchidir. O‘qituvchi o‘zi va o‘quvchilar uchun qulay va qiziqarli bo‘lgan o‘qitish usullari, yo‘llari, shakllari, vositalari bilan birgalikda ulardan foydalanish shart-sharoitlarini belgilaydi, ilg‘or pedagogik texnologiyalar yordamida o‘quv jarayonisamaradorligini oshirishga harakat qiladi. Shu boisdan ham innovatsion pedagogik texnologiya, ta’lim texnologiyalariga o‘quv jarayonidagi eng samarali vositalar sifatida qaralmoqda. Ulardan bugungi kunda jahon pedagogikasi amaliyotida keng foydalanilmoqda .
10
Dostları ilə paylaş: |