Mundarija kirish i-bob musiqa darslarida interaktiv usullarini qo‘llash yo‘llari


II-BOB Musiqa darslarida yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning ahamiyati. 2.1. Musiqa darslarida innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llash



Yüklə 54,52 Kb.
səhifə8/22
tarix02.01.2022
ölçüsü54,52 Kb.
#43922
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
M U N D A R I J A

II-BOB Musiqa darslarida yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning ahamiyati. 2.1. Musiqa darslarida innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llash.

Kadrlar tayyorlash tizimi oldiga qo‘yilayogan eng dolzarb vazifalardan biri oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalarni shu jumladan musiqa o‘qituvchilarni ham, xozirgi zamon talablari asosida fan va ta’lim qolaversa, puxta kasbiy tayyorgarlikga ega, o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lib yetishlariga asosiy e’tiborini qaratmoq lozim.

O‘qituvchi bilimdon o‘z kasbini puxta egallagan va zamonaviy pedagogik texnologiyalardan mahironi foydalana oladigan bo‘lsa, u kelajak avlodni ham shunchalik bilimdon har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalay oladi. Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarni pedagogik faoliyatga tayyorlashda, musiqa o‘qitish metodikasi, musiqa nazariyasi, dirijorlik, vokal va zamonaviy musiqa, kabi fanlardan bilim va malakaga ega bo‘lishi muhimi, o‘z tanlagan kasbiga qiziqishi muhim o‘rin tutadi. Musiqa ta’limi yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar bilim, saviyasi, musiqiy tayyorgarligi va kasbga munosabati yanada faolroq bo‘lishi lozim.

O‘qitish davomida innovatsion tayyorgarligini oshirish ularni pedagogik faoliyatga tayyorlash ishlari bilan yaxlit bir butunlikda olib borilsa samarali va maqsadga muvofiq bo‘ladi. Musiqa ta’limi yo‘nalishida fanlar integratsiyasi shunday ko‘rinish kasb etadiki har bir fan o‘z navbatida ikkinchi, uchinchi va h.k. barcha musiqa, amaliy – nazariy bilimlar jamlanmasini o‘zida mujassamlashtirgan holda kerakli ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishni taqozo etadi. Masalan cholg‘u ijrochiligi mahoratini egallash uchun musiqa nazariyasi, solfedjio, musiqa asarlari tahlili, xor va xorshunoslik fanida esa vokal kuylash, nazariy savodxonlik, dirijorlik, xor aranjirovkasi, bo‘yicha ma’lum bilimlar talab qilinadi. Shu bois har bir fan o‘qituvchisi o‘zi dars berayotgan fanning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib talabalarni pedagogik texnologiya faoliyatiga tayyorlab borishi kerak

bo‘ladi.

22

Hozirgi davrda har bir o‘qituvchi egallashi lozim bo‘lgan eng muhim ko‘nikmalardan biri darslarni pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilish va o‘tkaza olish ko‘nikmasidir. O‘z tarkibiga ko‘ra bu ko‘nikma anchagina murakkabdir. Buning uchun:



Talabalarni innovatsion faoliyatga tayyorlash va unga oid ko‘nikma va malakalarni shakllantirish uchun avvalo o‘quv – biluv faoliyatidan unumli foydalana bilish, talabalarni har bir fan o‘qitilishida pedagogik texnologiyalarni qo‘llay olish mahoratlarini egallab borishlariga erishish zarur. Masalan, dirijorlik mashg‘ulotlari jarayonida “Talaba treningi”, “Men dirijor”, “Klaster”, Musiqa nazariyasi fanini o‘tishda “Aqliy hujum”, “Skarabey”, “Bahs - munozara”, “Muloqot”, “Guruh bo‘lib ishlash”, Xor va xorshunoslik asoslari mashg‘ulotlarida “Kichik guruhlar holiday ishlash”, “Individual ishlash”, “Differensial guruhlarga bo‘lish”, “Multimedia texnologiyasi”, “Konsert darsi”, Musiqa tarixi fanini o‘tishda “Muammoli vaziyat”, “Viktorina darsi”, “Savol - javob”, Cholg‘u ijrochiligi darsini o‘qitishda “Kuyni davom ettir”, “Dars sayohat”, “Konkurs darslar” texnologiyalarini qo‘llash va talabalarni bunday faoliyatga tayyorlab borish mumkin.

Pedagogik faoliyatga texnologik jihatdan talabalarni tayyorlash talaba o‘quv mashg‘ulotlari davomida egallagan va amaliy mashg‘ulotlar, pedagogik amaliyotlar davomida mustahkamlab borish lozim bo‘lgan nazariy psixologik, pedagogik va metodik bilimlarni amalda ongli, ishonchli va muvaffaqqiyatli qo‘llay olishiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.




Yüklə 54,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin