«Interfaol usullar» haqida Interfaol usuli hamkorlikda faoliyat olib borish ma’nosini anglatadi. 1. «Doira» usuli 2. «Akvarium» usuli 3. «Muzyorar» usuli 4. «Guruhlarga bo‘linish» 5. «Aqliy hujum» 6. «Kim qaerda?» 7. «Mozaika» 8. «Tez yordam» 9. «To‘xtab o‘qish» 10. «Tarmoqlar» (Klaster) 11. «Suratli diktant» 12. «Chigil yozdi» o‘yinlari 13. «Zanjir» 14. «Enerjayzerlar» 15. «Hamma hammaga o‘rgatadi» 16. «Bahs-munozara» 17. «Kontinium» va h.k.
Ularning ayrimlarini mashg‘ulot jarayonlarida qo‘llashni sizga tavsiya etamiz. «Doira» usuli Bunda o‘quvchilar doira shaklida o‘tirib, turli Mashqlarni bajaradilar. Bu usulning o‘quvchilarni qator qilib o‘tkazish usulidan qulay tomoni shundaki, hech bir o‘quvchi o‘zini ajratilganligini, ya’ni kimdir orqada, kimdir oldinda ekanligini
16
sezmaydi. Har bir o‘quvchi tarbiyachi nazari va e’tiboridan chetlanib qolmaydi. Hamma o‘zini «teng» his qiladi. «Akvarium» usuli Bu usulda bir nechta o‘quvchi doira ichida turli vazifalarni bajarishadi. O‘rtadagi bu o‘quvchilar «Akvaruim» ichidagi baliqchalar kabidir. Ularning har bir harakati doira atrofida o‘tirgan o‘quvchilar tomonidan Aniq kuzatib boriladi.
Dostları ilə paylaş: |