Mundarija kirish i-bob musiqa darslarida interaktiv usullarini qo‘llash yo‘llari


Ta’lim jarayonida talabalarni innovatsion texnologik faoliyatga tayyorlab borishning asosiy metodlari quyidagilardan iborat



Yüklə 54,52 Kb.
səhifə9/22
tarix02.01.2022
ölçüsü54,52 Kb.
#43922
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
M U N D A R I J A

Ta’lim jarayonida talabalarni innovatsion texnologik faoliyatga tayyorlab borishning asosiy metodlari quyidagilardan iborat: 1. Talabalarga ma’lum ko‘nikmalarni hosil qilishlari uchun beriladigan topshiriqlar va ularni nazariy va amaliy o‘zlashtirishining tizimli yo‘lga qo‘yilishi; 2. Pedagogik texnologiyalarni ayrim usullarini dars jarayonida pedagogik amaliyotda mustaqil mashq qilishlari;

23

3. O‘qituvchi doimiy ravishda talabaning pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirishi va amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmasini kuzatib, maslahatlar berib



borishi;

4. Talabalarni pedagogik texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha egallagan ko‘nikma va malakalarini sinf qismida, guruh bo‘lib muhokama qilib borish; 5. Talabalarni o‘z ishini va o‘rtoqlari ishini kuzatish va tahlil qilish va unga baho berishga o‘rgatib borish; 6. Talabalar o‘rtasida turli tanlov va musobaqalar o‘tkazish ularga ijodiy mehnat namunalarini ko‘rsatish va h. k.

O‘qituvchi dars mazmuni va mavzusiga ko‘ra darsda qo‘llanadigan texnologiyani tanlaydi, bunda asosiy e’tibor, maqsad aniq natijaga erishishga qaratiladi. Albatta bu o‘rinda o‘quvchilarning bilish saviyasi, qiziqishi va intilishlari mavjud shart – sharoit hisobga olinadi. Masalan, kompyuterda musiqiy asarni eshitish, so‘ngra munozara, doira stol atrofida jamoaviy tarzda uni tahlil qilish, erkin munozara asosida asar haqida (nazariy, badiiy - matn) kerakli ma’lumotlarni o‘zlashtirish mumkin. Shuningdek, ko‘rgazmali vositalar, tarqatma materiallar, turli adabiyotlar, axborot manbalardan ijodiy foydalanish mumkin.

O‘qituvchi bilan bir qatorda o‘qitish jarayoni oldindan loyihalashtirish zarur. Bu jarayonda o‘qituvchi o‘quv materialining mazmuni, sinf imkoniyatini, hisobga oladi-o‘quvchilarni dars faoliyatini markaziga asosiy harakatlantiruvchi kuchga aylantirish kerak.

Darsni yaxshi natijaga olib kela oladigan darajada loyihalashtirish zarur.O‘qituvchi tomonidan darsni texnologik xaritasini tuzib olishi katta ahamiyatga egadir, chunki darsning texnologik xaritasi har bir mavzu, har bir mashg‘ulot xususiyatidan o‘quvchilarning imkoniyat va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi. Bunday texnologik xaritani tuzishning o‘ziga xos murakkablik tomonlari mavjud. Buning uchun o‘qituvchi pedagogika, psixologiya xususiy metodika, informatika va axborot texnologiyalaridan habardor bo‘lishi, shuningdek, juda ko‘p metodlar, usullarni bilishi kerak bo‘ladi. Har bir darsni rang

24

barang qiziqarli va mazmunli bo‘lishi avvaldan puxta o‘ylab tuzilgan darsning loyihalashtirilgan texnologik xaritasiga ko‘p jihatdan bog‘liq. Darsning texnologik xaritasini qay ko‘rinishda yoki shaklda tuzish, bu tajribali, o‘qituvchi qo‘ygan maqsadga bog‘liq. Texnologik xarita qanday tuzilgan bo‘lmasin o‘zida dars jarayoni yaxlit holda aks etgan bo‘lishi hamda aniq belgilangan maqsad, vazifa va kafolatlangan natija o‘z ifodasini topgan bo‘lishi muhimdir. Texnologik xaritani tuzish o‘qituvchini darsni kengaytirilgan kospektini yozishdan halos etadi. Chunki bunday xaritada darsning barcha qirralari o‘z aksini



topadi.

O‘qituvchi tomonidan o‘zi o‘qitayotgan fanning har bir mavzusi bo‘yicha tuzilgan texnologik xarita unda har bir mashg‘ulotni yaxlit holda tasavvur etib yondashishga tushunishiga yaxlit o‘quv jarayonining boshlanishi mazmuni, maqsadidan tortib, erishiladigan natijagacha ko‘z oldiga keltirgan holda darsni tashkil qilishiga imkoniyat yaratadi. Dars jarayonida qo‘llanilayotgan ilg‘or pedagogik texnologiyalar o‘quvchilarni erkin fikrlashga, izlanishga har bir masalaga ijodiy yondashishi, mas’uliyatni sezish, o‘z ustida mustaqil ishlash, tahlil qilish, ilmiy – uslubiy adabiyotlardan, darsliklardan unumli foydalanishga, eng asosiysi fanga, mavzu bo‘yicha bilim va malakalarni egallashga qiziqishlarini kuchaytirishi lozim.

Dars jarayonida o‘quvchilarni nazorat qilib borish alohida jarayon bo‘lib, har bir mashg‘ulotning maqsad va mazmuniga muvofiq amalgam oshiriladi. Nazoratning eng haqiqiy va to‘g‘ri, samarali shakli bu – o‘z – o‘zini nazorat qilish hisoblanadi. Bu o‘qituvchi uchun ham o‘quvchi yoki talaba uchun ham birdek

zarurdir.

Har bir fanning o‘qitilishini o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lgani singari musiqa o‘qituvchisining ham o‘ziga xos “sir”lari ya’ni metodi, o‘ziga xos yondashuvi, tashkil etish, uyushtirish, bolalar bilan muloqot qila olish xislatlari bo‘ladi. Bular ichida umumiy bo‘lgan xususiyatlar bu musiqa san’atiga, o‘z

25

kasbiga muhabbat, darslarga puxta tayyorgarlik ko‘rish, o‘quvchilarga ko‘proq bilim va tushunchalar berish, o‘tilgan mavzularni to‘liq va mukammal o‘zlashtirishga intilib, fidoiylik bilan, o‘qituvchilik faoliyatidagi hayot bilan yashash. Musiqa o‘qituvchisi o‘quv va tarbiya ishlarini barobar olib boradi. U faqat o‘z mutaxasisligi bo‘yicha keng bilimga ega bo‘lib qolmay, musiqaga oid boshqa fanlardan, adabiyot, tasviriy san’at kabi fanlardan ham yaxshi bilimga ega bo‘lishi lozim. O‘quvchilarni musiqiy, badiiy, estetik tarbiyalovchi shaxsning dunyoqarashi, fikrlash tushunchasi, o‘z kasbiga sadoqati va o‘z mahoratini uzluksiz oshirib, takomillashtirib borishi birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lishi kerak. O‘qituvchi bulardan tashqari darslrni kuzatib borishi uning yutuq va kamchiliklarini maxsus daftarga qayd qilib, shunga yarasha keyingi darslarga tayyorgarlik ko‘rishi yaxshi samara beradi. Doimiy kuzatishlar sababli o‘qituvchining pedagogik mahorati ham o‘sib, rivojlanib boradi. U vaziyatni baholashga, o‘quvchilarning kayfiyatini, dars ularda qanday taassurot qoldirganligini, ichki his – tuyg‘ularini sezishga o‘rganadi. Kuzatish birinchi sinfdan boshlanib, yettinchi sinfga qadar “davomiylik” tamoili ostida olib borilishi maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari pedagogik texnologiyani qo‘llash, o‘zi ijro etib berishidan tashqari har bir darsda suhbat, hikoya, tushuntirish, uqtirish, munozara kabi uslublar yordamida asarlar mazmuni, mualliflari, yaratilgan davri, janri, xarakteri, shakli, tempi, lad – tonalligi, ijrochilik xususiyatlari haqida zarur tushunchalarni berib borishi lozim.



Musiqa madaniyati darsida o‘qituvchining so‘z mahorati yuksak darajada bo‘lishi lozim. O‘qituvchining o‘rganilayotgan asar haqidagi kirish so‘zi va dars mavzusini tushuntirib berishi, o‘quvchilarni ajoyib va sehrli musiqa olamiga olib kiradi. Bunday xislatlar, ko‘nikmalar, malakalarning asosiy negizi oliy ta’lim davridagi ta’lim jarayonida yaratilmog‘i va o‘qituvchilik faoliyatida uzluksiz ravishda takomillashtirilib, boyitilib, rivojlantirilib borilishi pedagog – murabbiylar oldiga, kasbiy faoliyatiga qo‘yilayotgan ijtimoiy buyurtmaning asosiy mazmunini

belgilaydi.

26


Yüklə 54,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin