Raqs + tabassum.
Bu texnologiyalardan ko‘proq boshlang‘ich sinflarda foydalanish mumkin. Birinchi to‘rtinchi sinf darsliklaridan o‘rin olgan “Qari navo”, “Dutor bayoti”, “Andijon polkasi”, “Dilxiroj” raqs kuylarida qo‘llash yaxshi natija beradi. Bunda o‘yin – raqsga jalb etilgan o‘quvchilar hohlagan holatda turadilar. O‘qituvchi yoqimli musiqa ostida barcha o‘quvchilarni raqsga taklif etadi. 1. O‘quvchilar erkin raqsga tushadilar. Musiqa tugagach yonida, to‘g‘risida to‘xtagan do‘stiga tabassum bilan olqishlovchi so‘z aytishi kerak. 2. Hammaga tanqid qiluvchi yoki ko‘ngilni qoldiruvchi so‘z aytish qat’iy man qilinadi. O‘quvchilarga quyidagicha murojaat qilish mumkin: “Sizni raqs tushishingizdan xursand bo‘ldim”, “Siz chiroyli raqs tushar ekansiz”, “Sizning raqs usullaringiz menga juda yoqdi” va h.k.
Dostları ilə paylaş: |