4. “Bilag‘onlar ko‘chasi” uslubi. Bu texnologiyada o‘quvchilar guruhlarga bo‘linadi (4-5 ta ), har bir guruhga bastakorlarning portretlari ko‘rsatiladi. O‘quvchilar bastakorlarning hayoti, faoliyati, asarlari nomlarini aytishadi, asarlaridan ayrim parchalarni kuylab
berishadi.
Tarozi uslubi.
Mazkur usul o‘tgan mavzularni ko‘proq dalillar keltirgan holda qisqa va lo‘nda ifodalab, boshqa guruh ishtirokchilarini javoblari bilan solishtiriladi. Aniq, to‘g‘ri javob bergan guruh g‘olib hisoblanadi. O‘quvchilarni fikrlashga, mushohada qilishga, o‘z bilimi, topqirligini va zukkoligini namoyish qilishga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalarni qo‘llash dars jarayonini demokratlashtirish bilan birga o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligini, o‘quvchilarni ijodkorligini rivojlantiradi. O‘qituvchi va o‘quvchilarning doimiy ishchan muloqotda va munosabatda bo‘lishlari dars samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning bilim doirasini kengaytirishda muhim ahamiyatga ega. Interfaol metodlar – o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro hamkorligi asosida darsda ijodiy muhit yaratish, dars samaradorligini oshirish, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash mulohaza yuritish, o‘z munosabatini bildirish ko‘nikmalarini shakllantirish omilidir. Bunday metodlarda o‘quvchi o‘zi faol ishtirok etgan holda yakka, juftlikda, guruhlarda, jamoa bo‘lib muammo va savollarga javob topishga harakat qiladi, fikrlaydi, baho beradi, yozadi, so‘zlaydi, dalil hamda asoslar
30
keltirish bilan qo‘yilgan masalani yoritib berishga harakat qiladi. Bu esa o‘quvchilarning xotirasida mustahkam o‘rnashadi. Yangi mavzu (axborotni) ni o‘zlashtirishda tanqidiy, tahliliy yondashishga o‘rgatadi. Interfaol metodlarni juda ko‘p turlari mavjud. Biz ulardan o‘z faoliyatimizda foydalangan ayrimlari haqida to‘xtalib o‘tamiz:
“Aqliy hujum” metodi. “Aqliy hujum” – sinfdagi har bir o‘quvchiga o‘qituvchi qo‘ygan savol yoki muammo yuzasidan o‘z fikrini bayon etishga imkon beruvchi o‘quv uslubidir. Uslub mohiyati o‘qituvchi tomonidan belgilangan muammo yoki savol yuzasidan ehtimol tutiladigan hamma fikrlar variantlarini bir yerga jamlashistisno tariqasida ta’lim oluvchilarning barcha fikrlarini, shu jumladan aytarli to‘g‘ri bo‘lmaganlarini ham inobatga olishdan iborat. Bunda yaxshi ishtirok etish uchun ana shu fikrlarning barchasini doskaga yoki maxsus yozuv qog‘oziga yozib borish kerak. Bu narsa bayon etilgan fikrlarning keyingi tahlilida o‘quvchilarni qo‘yilgan savol yoki muammoni to‘g‘ri tushunishiga imkoniyat beradi. “Aqliy hujum”ni o‘tkazish uslublari. 1.O‘qituvchi sinfga savol, topshiriq yoki muammo tashlaydi va o‘quvchilarga o‘z fikrlarini bildirishni taklif qiladi. 2.Istisno tariqasida barcha fikrlar (qancha ko‘p bo‘lsa shuncha yaxshi) doskada yoki filipchartga yozib boriladi. 3.Barcha fikrlar yozib olingandan keyin o‘qituvchi o‘quvchilar bilan barcha g‘oyalarni shakllantiradi, aytilgan fikrlarga tuzatishlar kiritiladi. Keyinchalik undan foydalanish maqsadida eng muhimlari ajratib ko‘rsatiladi. “Aqliy hujum”ni o‘tkazish qoidalari. 1.“Aqly hujum” o‘tkazish uchun belgilangan vaqt reglamentiga rioya etish; 2.Belgilangan vaqt doirasida barcha hohlovchilarga o‘z fikrini bayon etish imkoniyatini berish;
31
3.O‘quvchilar tomonidan aytilgan fikrlar tanqid va muhokama qilinmasligi, baholanmasligi lozim; 4.Zarurat bo‘lgan holatda bayon etilgan fikrga tuzatishlar kiritish kerak. Lekin bu g‘oya yoki fikrni aniq va qisqacha ifodalash maqsadida bo‘lishi; Kichik guruhlarda ishlash. 1.Topshiriq, savol asosida muammo tanlab olinadi. Topshiriqda bahsli jihatlar bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. 2. Kichik guruhlar shakllantiriladi. Kichik guruhdagi o‘quvchilarning soni 3 – 5 tadan oshmasligi kerak, ammo topshiriq, sinf xususiyatlariga bog‘liq tarzda guruh soni o‘zgarishi mumkin. Kichik guruhlarda ishlayotganda guruh ishtirokchilari o‘rtasida vazifalarni taqsimlagan ma’qul. Masalan, bir o‘quvchi munozarani yuritadi, ikkinchisi qabul qiluvchi qarorni yozib boradi, uchinchisi ajratilgan vaqtni nazorat qiladi. To‘rtinchisi esa guruh qarorini taqdim etadi va h. k. Odatda ikki asosiy usuldan foydalangan holda sinf guruhlarga ajratiladi. Birinchisida o‘quvchilar hohishiga ko‘ra, ikkinchisida esa hisoblash uslubi bilan ajratliadi. (1 – 3, 2 - 4) 1.O‘qituvchi vaqt hajmini ko‘rsatgan holda guruhlarga yo‘l – yo‘riq beradi. 2.Guruhda ishlash yakunlanganidan keyin qaror taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Uni spiker taqdim etishi kerak. Vaqt imkoniyati bo‘lsa guruhlar bir – biriga savollar berishi
mumkin.
3.Taqdimot natijalari yuzasidan muhokama va baholash o‘tkaziladi. Bunda quyidagicha savollar berish mumkin: - Kichik guruhlarda ishlashda qanday natijalarga erishildi? - Qaysi muammo tanlandi? U yechim topdimi? va ho kazoo.
Kichik guruhlarda ishlashni o‘tkazish qoidalari. 1.Kichik guruhlarda ishlash uchun belgilangan vaqt reglamentiga aniq rioya qilish; 2.Guruhlarga yordam berayotganda o‘qituvchi tazyiq o‘tkazmasligi;
32
3.O‘quvchilar aytgan fikrlar boshqacha nuqtai nazarda bo‘lgan ta’lim oluvchilar tomonidan nazarda tutilgan reglament doirasida asoslangan tanqidga yoki muhokamaga tortilishi mumkin. 4.Zarurat taqozo etganda, bayon etilgan fikrga tuzatishlar kiritish, aniq va qisqa ifodalashga imkon beradi. Tarmoqlar (Klaster) metodi. Fikrlarning tarmoqlanishi – bu pedagogik strategiya bo‘lib, u o‘quvchilarni biror bir mavzuni o‘rganishlariga yordam berib, mavzu haqida aniq fikr, tushunchani erkin va ochiq ravishda ketma – ketlik bilan tarmoqlashga o‘rgatadi. Bu biron bir mavzuni chuqur o‘rganish, o‘quvchilarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun yordam beradi. Mavzu bo‘yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga
undaydi.
33
Shu o‘rinda umumta’lim maktablarida o‘z tadqiqotlarimizning amaliy ish tajribalari jarayonida pedagogik texnologiyalar qo‘llanib o‘tgan darslarimizdan birining ishlanmasi (texnologik loyihasi)ni kiritib o‘tishni lozim topdik: Mavzu: O‘zbek xalq cholg‘ulari. (4 – sinf uchun) Dars maqsadi: 1. Ta’limiy: O‘quvchilarga o‘zbek xalq cholg‘u asboblari haqida tushuncha va eng muhim ma’lumotlar berish; 2. Tarbiyaviy: O‘quvchilarga o‘zbek xalq cholg‘u asboblariga to‘g‘ri munosabatni shakllantirish;
3. Rivojlantiruvchi: O‘quvchilarni o‘zbek xalq cholg‘u asboblari haqida mustaqil fikrlash va cholg‘u asboblarini bir – biridan farqli xususiyatlarini anglashlari. Dars jihozlari: Doska, ktob, daftar, rasm, kartochkalar, bo‘r, ko‘rgazmali qurollar, texnik vositalar, cholg‘u asboblari.
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism: - salomlashish; - Davomat. Navbatchi orqali tekshiriladi. - O‘quvchilarni darsga tayyorlash; (ovoz sozlash, do major gammasi,
mashqlar).
- Berilgan vazifaslarni so‘rash. – o‘tilgan dars bo‘yicha topshiriqlar bajarilishini nazorat qilish, savol – javob o‘tkazish, so‘rash, baholash; 2. Asosiy qism: Yangi dars bayoni. Mavzu: O‘zbek xalq cholg‘ulari. O‘zbek xalq cholg‘u asboblari juda qadimiy, boy tarixga ega. Bu cholg‘ular o‘z tuzilishi, ijrochilik xususiyatlari, uslublariga ko‘ra asosan uch guruhga bo‘linadi:
1. Zarbli cholg‘ular. 2. Damli (puflab chalinadigan) cholg‘ular.
34
3. Torli cholg‘ular. Zarbli cholg‘ular guruhiga doira, nog‘ora, sofoil, qayroq, qoshiq vaho kazolar
kiradi.
Damli (puflab chalinadigan) cholg‘ular guruhiga nay, surnay, karnay, qo‘shnaylar
kiradi.
Torli cholg‘ular guruhiga sato, tanbur, dutor, do‘mbira, qashqar rubobi, afg‘on rubob, ud, chang, qonun va ho kazolar kiradi. Torli cholg‘ularda tovush hosil qilish vositalari turlicha. Jumladan, dutor va do‘mbira chertib chalinadi. Tanbur, qonun sozlari ko‘rsatkich barmoqqa kiyiladigan maxsus moslama – “noxun” (mis, temirdan yasaladi) vositasida ijro qilinadi. Qashqar rubobi, afg‘on rubobi, ud kabi cholg‘ular mizrob (mediator) vositasida chalinadi. Torli cholg‘ularning maxsus kamon vositasida ham chalish mumkin, jumladan g‘ijjak, qobuz, sato kabi cholg‘ular.
Qo‘shiq kuylash:
P. Mo‘min she’ri, F. Alimov musiqasi. O‘lkamizni o‘rganaylik. (1 - bandi) O‘lkamizni o‘rganaylik, O‘lkamizdan o‘rgilaylik. Onadayin yurtimiz ul, Obro‘yimiz, burdimiz ul. Naqorat:
O‘lkamizni o‘rganaylik, O‘lkamizdan o‘rgilaylik. O‘lkamizni o‘rganaylik, O‘lkamizdan o‘rgilaylik. Qo‘shiq matni xor bo‘lib o‘qiladi. O‘qituvchi tomonidan qo‘shiq bir, ikki marotaba ijro etiladi, so‘ngra o‘quvchilar bilan o‘rganishga kirishiladi.
35
Musiqa tinglash.
Zamonaviy texnik vosita yordamida o‘zbek xalq kuyi “Ajam” tinglanadi. Asar tinglangach u haqida qisqacha suhbat o‘tkaziladi. Musiqa savodi: 6/8 o‘lchovi.
Bu o‘lchovning yuqoridagi “6” raqami bir takt ichida 6 ta hissa borligini, quyidagi 8 raqami hissalarning har biri sakkiztalik cho‘zimga teng ekanligini
bildiradi.
Olti hissalik o‘lchovga dirijorlik qilib, har bir “siltov”da nechta hissa kelishi ko‘rsatiladi. Olti hissalik o‘lchovga dirijorlik qilganda o‘ng qo‘l harakati quyidagicha bo‘ladi:
Ijro sur’ati tez bo‘lganda oddiy ikki hissali o‘lchovga dirijorlik qilgan dek
harakat bajariladi:
Bunda har bir qo‘l harakati (siltov) ga uchtadan hissa to‘g‘ri keladi.
Mustahkamlash:
Dostları ilə paylaş: |