Ba'zi MDH mamlakatlarida yillik inflyatsiya darajasi vaqayta
moliyalash stavkalari dinamikasi (foizlarda)32
1111111111111111111111111111111111111
*Inflyatsiya darajasi; **Qayta moliyalash stavkasi; ***Real foiz stavkasi
O'tish iqtisodiyotining dastlabki yillarida byudjet-soliq siyosatining
nobarqarorligi, xususan kata hajmdagi byudjet taqchilligi Markaziy bank
tomonidan iqtisodiyotni to'g'ridan-to'g'ri kreditlashni talab qilar edi.
Shunday holatda moliya bozorining mavjud bo'lmasligi va moliya
sektorining yaxshi rivojlanmaganligi iqtisodiyotda qayta moliyalash stavkasi
rolini pasaytirar edi. Shuning uchun o'tish iqtisodiyotining boshlang'ich yillarida
barcha MDH mamlakatlaridagi kabi manfiy real foiz stavkalari kuzatildi.
Hozirda Markaziy bank milliy valyutamiz barqarorligini ta'minlash
maqsadida, xalqaro amaliyotga mos ravishda monetar siyosatni amalga
oshirmoqda va shundan kelib chiqqan holda, bugungi rivojlanishdagi asosiy
e'tibor iqtisodiyotda foiz stavkalarining ta'sirchanligini bosqichma-bosqich
kuchaytirishga qaratilmoqda.
Ammo mamlakatimizda o'tish davrining dastlabki yillaridagi zaruriyat
tufayli, iqtisodiyotning ustuvor yo'nalishlarini mablag' bilan ta'minlash uchun
32 Xalqaro valyuta fondi ma'lumotlari, International Financial Statistics
33
Markaziy bank tomonidan ajratilgan markazlashgan kreditlar qayta moliyalash
stavkasi asosida emas, Hukumat qarorlari asosida imtiyozli foizlarda berildi.
Pul-kredit siyosati samaradorligini oshirish va mavjud qoidalarni bozor
usullariga moslashtirish maqsadida ushbu sohada yangi mexanizmlar amaliyotga
kiritildi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 fevraldagi
«Pul-kredit ko'rsatkichlarini tartibga solish mexa-nizmini takomillashtirish choratadbirlari to'g'risida»gi 63-sonli Qaror qabul qilinishi bilan pul-kredit siyosatini
olib borishda bozor iqtisodiyoti qoidalariga amal qilish bo'yicha bir qator ijobiy
muhim ishlar amalga oshirildi. Jumladan, byudjet taqchilligini qoplash uchun
markazlashgan imtiyozli kreditlar ajratish amaliyotiga chek qo'yildi va avval
ajratilgan kreditlar qaytarilishi bo'yicha choralar ko'rib borildi.
3-rasm.
Dostları ilə paylaş: |