Sharq mutafakkirlarining didaktik qarashlarida ham ta'lim metodlari masalasiga jiddiy e'tibor qaratilgan. Buni al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolarning turli ta'lim metodlari haqidagi fikrlari, qarashlari, amal qilgan ta'lim yo'nalishlarida yaqqol sezish mumkin. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy o'zigacha boigan ta'lim metodlarini sintezlashtirishga harakat qilgan. Barcha mutafakkirlar kabi u ham ko'rgazma-tajriba metodlari, savol-javob metodlari, malaka va ko'nikmalarai shakllantirish metodlari, bilimlarni sinash metod-laridan keng foydalanilgan. Al-Xorazmiy matematika fanining amaliy ahamiyatini yuksak cho'qqilarga ko'tara oldi. Uning buyuk ixtirolaridan biri - «0» (nol) sonini yaratishi va bu orqali uning fanga kiritgan buyuk kashfiyoti o'nli pozitsion sanoq sistemasining iste'molga kiritilishidir.
Abu Nasr Forobiy ta'limda barcha fanlarning nazariy asoslari o'rganilsa, tarbiyada ma'naviy-axloqiy qoidalar, odob me'yorlari o'rganiladi, kasb-hunarga oid malakalar hosil qilinadi, deb o'qtiradi. Bular tarbiyachilar va murabbiylar tomonidan turli metodlar yordamida amalga oshiriladi. Forobiy ta'lim-tarbiya ishlarini nazariy yo'l bilan amalga oshi-rishga ko'proq e'tibor beradi. Shuning bilan birga u ta'lim-tarbiyada rag‘batlantirish, odatlantirish va vaqti kelganda majbur etish metodla-ridan foydalanish g‘oyalarini ham ilgari surgan. U matematika, mantiq, tibbiyot, ilmi nujum, musiqa, huquq, tilshunoslik, poetika kabi sohalar bilan shug‘ullangan, turli tillarni o'rgangan. Manbalarda yozilishicha, u 70 dan ortiq tilni bilgan.
Abu Rayhon Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo'llari, usullari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. Uning fikricha, ta'lim oluvchilarga ta'lim berishda quyidagilarga e'tibor berish kerak:
• ta'lim oluvchilarni zeriktirmaslik;
* bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o'rgatavermaslik
kerak - bu dars jadvaliga qo'yilgan talablardan biri;
uzviylik va izchillik;
tahlil qilish va taqqoslash;
takrorlash;
materialni ko'rgazmali bayon etish va shu kabilar.
Abu Ali ibn Sino ta'lim oluvchilarni jamoa qilib o'qitishni ta'kidlaydi. U ta'lim oluvchilarni o'qitishda ularni birdaniga kitob bilan band qilib qo'ymaslik kerak, deb o'qtiradi. Shuningdek, olimning fikricha, olib boriladigan o'quv mashg‘ulotlarning mazmun-mohiyati ta'lim oluvchilarning yosh xususiyatlariga ham mos kelishi va unda turli xil ta'lim metodlari va shakllaridan foydalanish zarur. Bu orqali ta'lim oluvchilaridagi zerikishning oldi olinadi. Ibn Sino ta'limoti bo'yicha bilishda qaysi metodlardan foydalanil-masin-u og‘zaki ifodalash, bilimlarni tushuntirish, turli ko'rinishdagi suhbatni tashkil etish, tajribalarni uyushtirish bo'ladimi; baribir, ta'lim oluvchida haqiqiy bilim hosil qilish, mustaqil, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, olgan bilimlarni amaliyotga tadbiq eta olish qobiliyatini tarkib toptirish asosiy maqsad boigan.
Ta'lim metodi psixologik asosga ega. Bolaning o'quv materi-alini o'zlashtirishdagi yosh imkoniyatlari va uning yetuklik darajasi o'qitish va o'qish usullariga juda katta ta'sir ko'rsatadi. Ta'lim oluvchilarning fikrlash faoliyatini va shaxsiy xususiyatlarini yaxshi bilish o'qitishning samaraliroq usullarini topish imkoniyatini beradi. Mutaxassislar tayyorlashning shaxsiy faoliyati konsepsiyasi bo'yicha ta'lim jarayonida individual ta'lim jarayonini individual-ijodiy shaxsni shakllantirish jarayoni sifatida qarashga, shuningdek, o'qitishni nafaqat o'qitiladigan fan mantiqiga, balki shaxsning rivojlanishi mantiqiga muvofiq holda tashkil etishga imkon beradi, deb qaraladi. Ta'lim oluvchining yaratuvchilik (ijodiy potension) qobiliyati, uning rnuloqot qila olish qobiliyatini, ta'lim olish madaniyatini, ta'lim jarayonining barcha bosqichlarida samaradorlik va sifatni oshirishda axborotlashgan jamiyat qurish orqali ijtimoiy jamiyat buyurtmasi-ni bajarish (axborot texnologiyalari sohasi, axborot ta'lim hujjatlari, foydalanuvchilar)ini va shu kabi jarayonlarni rivojlantirishdagi optimal variantlarni tanlashda istiqbolli natijalarni qoiga kiritishni kafolatlaydi. Bunda faol ta'lim jarayonini amalga oshiriladi.
Faol ta'lim - bu ta'lim jarayonida ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchining ongli va faol ishtiroki, mustaqilligi hamda ijodiy qobiliyatlarini ta'minlovchi tizimli pedagogik jarayondan iborat. Faol ta'lim sharoitida o'zlashtirilgan bilim va harakat usullari mazmunan mukammal tizimli, mantiqan tugal va turli ishlab chiqa-rish vaziyatlarida qo'llanishga yaroqli bo'ladi. Bunda asosan quyidagi ta'lim metodlaridan foydalaniladi: bahs-rnunozara; fikrlashga jalb qilish; doskada mustahkamlash; turli ta'limiy-kasbiy o'yinlarni arna-liyotga joriy etish va hokazo. Ta'lim metodlarini faollashtirish quyidagi ta'lim qonunlariga e'tiborni kuchaytirishni taqozo etadi.
Mustaqil fikrlashga o'rgatish. Har qanday o'quv fani bo'yicha darsliklarning asosiy didaktik ashyosi matnlar, savol-topshiriqlar, mashqlar yoki misol-masalalar hisoblanadi. Ta'lim oluvchini mustaqil fikrlashga o'rgatishda darslik, o'quv qo'llanmalar va ta'lim beruvchining alohida-alohida ahamiyatini ta'kidlash shart emas, balki uni mavzudagi ilg`or fikrlar, ilmiy xulosalar, amaliy haqiqatlar, voqea-hodisa yoki inson shaxsiga o'z munosabatini bildirishga yo'naltirish kerak bo'ladi. Muayyan fanlar bo'yicha ta'lim oluvchini mustaqil fikrlashga o'rgatishga darsliklardan o'rin olgan, ilm ahliga, darslik muallifi va ta'lim beruvchiga avval ma'lum bo'lgan ilmiy va hayotiy haqiqatlar-ni har bir ta'lim oluvchi o'zining imkoniyati doirasida o'z yo'li bilan anglatadi. Darslik yoki o'quv qo'llanmalardagi yoki ta'lim beruvchi tomonidan qo'yilgan savol-topshiriqlar ta'lim oluvchini matn maz-munini hikoya qilishga (ayrim hollarda yodlab olishga) majburlamasligi kerak. Demak, mustaqil ta'lim — bu olingan bilim ko'nikma va malakalarni mustahkamlash, qo'shimcha ma'lumot yoki materiallarni mustaqil o'rganish maqsadidagi o'quv shakli.