Mundarija kirish I bob. Shayboniylar davlatining tashkil topishi


Kurs ishining obyekti va predmeti



Yüklə 72,08 Kb.
səhifə2/10
tarix02.06.2023
ölçüsü72,08 Kb.
#123098
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
shayboniylar davlati kurs ishi Ibrohimjon

Kurs ishining obyekti va predmeti.
Kurs ishining obyekti XVI -XVII asrlarda mavjud bo’lgan Shayboniylar davlati tarixi.
Kurs ishining predmeti esa XVI-XVII asrlarda mavjud bo’lgan Shayboniylar davlatining tarixi, davlat muassasalari, ijtimoiy-iqtisodiy holati, qo’shin tuzilishini o’rganish jarayoni va uning darajasi.
Mavzuning maqsad va vazifalari.
Ushbu Kurs ishining asosiy maqsadi – Shayboniylar davlatining XVI-XVII asr davri tarixi tarixshunosligida xonlikning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy ahvoli masalalarining qay darajada yoritilganini ko‘rsatib berish, muammo bilan bog‘liq yangi ma'lumotlarni ilmiy muomalaga kiritish, mavjud tadqiqotlardagi tarixiy ma’lumotlarni qiyosiy tahlil qilib, ilmiy jihatdan umumlashtirishdan iborat. Mavzu yuzasidan oldiga qo‘yilgan maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar belgilab olindi:
–Shayboniylar davlatini siyosiy, ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy ahvolining mahalliy va xorijiy olimlarlar asarlarida yoritilishini o‘rganish va qiyosiy tahlil qilish;
– Mustaqillik yillari tadqiqotlaridagi muammoga oid yangi konsepsiya va yondashuvlarni o‘rganish,tarixchilar tadqiqotlarining qiyosiy tahlili orqali xulosa chiqarish;
Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish, uch bob, sakkizta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Ishning umumiy hajmi 39 sahifani tashkil etadi.

I Bob. Shayboniylar davlatining tashkil topishi.

1.1.Dashti Qipchoqdagi siyosiy ahvol.
Muhammad Shayboniyxon XI asrdan boshlab arab va fors manbaalarida dashti Qipchoq haqida deb ataluvchi geografik hudud tilga olinadi. Bu atama Sirdaryoning yuqori oqimi va Tyanshanning g‘arbiy yonbag‘ridan Dnepr daryosining quyi oqimiga qadar cho‘zilgan dashtlarga nisbatan ishlatilgan.Ural (Yoyiq) daryosi Dashti Qipchoqni sharqiy va g‘arbiy qismlarga ajratib turgan. 1428-yilda Jo ‘jining beshinchi o ‘g‘li Sharqiy Dashti Qipchoq- shaybon naslidan b o ‘lgan Abulxayrxon Temuriylar davlatidagi siyosiy vaziyat (1412 -1468) sharqiy Dashti Qipchoqni egallab, alohida davlatga asos soladi. Tarixiy manbalarda bu davlat ,,O‘zbek ulusi“ (o‘zbeklar mamlakati) deb ham ataladi. Abulxayrxon dastlab temuriylarga rasman qaram bo‘lgan Xorazmga hujum qilgan. 1446-yilda esa Sirdaryoning o‘rta oqimida joylashgan shaharlar — Sig‘noq, Oqqo‘rg‘on, Arquq, O‘zgan va Suzoqni bosib oladi. 0 ‘z davlatining poytaxtini Turadan Sig‘noqqa ko‘chirdi. Bu endi Abulxayrxonning temuriylarga qarshi kurashga kirishganligining tasdig‘i edi. Samarqand taxti uchun kurash kuchaygan paytda Abulxayrxon vaziyatdan foydalanishga harakat qiladi. U 1451-yilda o‘zidan madad so‘ragan temuriyzoda Abu Said Mirzoga Samarqand taxtini egallashda yordam berish bahonasida yurish boshladi. Abulxayrxon ko‘rsatgan yordami evaziga kattadan katta sovg‘alar bilan o‘z yurtiga qaytadi. Minnatdorchilik tariqasida Abu Said Mirzo Ulug‘bekning qizi Robiya Sultonbegimni Abulxayrxonga xotinlikka beradi.Abulxayrxon keyin ham bir necha bor Movarounnahr ishlariga aralashdi. Shu tariqa u Movarounnalirda borgan sari o‘z nufuzining ortishiga erisha olgan.1468-yilda Abulxayrxon vafot etishi bilanoq, u tuzgan davlat parchalanib ketdi. Muhammad Shayboniy Abulxayrxonning nabirasi bo‘lib, uning Shohbudog‘ Sulton ismli o ‘g‘lining farzandi edi. Shohbudog‘ Sultondan ikki o‘g‘il qolgan: Muhammad Shayboniy va Mahmud Sulton. Muhammad Shayboniy 1451-yilda tug‘ilgan Shayboniyning bobosi Abulxayrxon saroyida ham turkiylar odatiga ko‘ra tug‘ilgan go‘dakka ikki ism qo‘yish urf bo‘lgan. Ismlarning birinchisi islomiy (arab), ikkinchisi esa turkiy bo‘lgan. Tug‘ilganda Muhammad deb nom olgan Shayboniy o‘zining ikkinchi nomi bilan mashhur bo‘lgan. „Boburnoma“ asarida Shayboniyning ismi Shoyboqxon deb berilgan. Bu nom „kuch-qudrat“ degan m a’noni anglatadi. Ota-onasidan yoshligida yetim qolgan Muhammad Shayboniy otasiga otaliq qilgan amir Boyshayx qo‘lida tarbiyalangan. Boyshayx bu shahzodaga otalarcha mehribonlik ko‘rsatgan. Keyinchalik Shayboniyga nufuzli temuriy amirlardan bo‘lmish Turkiston va O‘tror hukmdori Muhammad Mazid tarxon homiylik qildi. Shayboniy ukasi bilan Turkistonda uzoq vaqt yashamadi. Keyinchalik ular Buxoroda yashab, ilm o‘rgandilar, she’riyat va ilm-fanga oshno bo‘ldilar. Balog‘atga yetgani sari Shayboniy ko‘nglida bobosi Abulxayrxon davlatini tiklash orzusi jo ‘sh ura boshladi. U Dashti Qipchoqqa qaytib borib, lashkar to ‘plashga muvaffaq bo‘ladi. Ayni paytda, u bobosining davlatini tiklash yo‘lidagi xatti-harakatini dastlab o ‘z qo‘shini bilan temuriylarga yollanma qo‘shin lashkarboshisi sifatida xizmat qilishdan boshlagan. Shayboniyning xizmatidan ham Mo‘g‘iliston, ham Movarounnahr, ham Xuroson hukmdorlari o ‘zlarining qo‘shnilariga hamda ichki raqiblariga qarshi kurashda foydalanganlar.Bu kurashlarda Shayboniy o‘zining m ohir lashkarboshilik qobiliyatini nam oyon qildi. Turli hukm dorlarga xizm at qilish Shayboniyga Temuriylar davlatidagi vaziyatni yaxslii bilib olishga imkon berdi. Vaqtlar o‘tib, Shayboniyxon Sirdaryo bo‘ylaridagi qo‘rg‘onlami ham egalladi. Bu qo‘rg‘onlar kelgusida unga Movarounnalimi istilo qilish uchun tayanch vazifasini o‘tadi.

Yüklə 72,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin