Mundarija kirish I bob. Shayboniylar davlatining tashkil topishi



Yüklə 72,08 Kb.
səhifə4/10
tarix02.06.2023
ölçüsü72,08 Kb.
#123098
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
shayboniylar davlati kurs ishi Ibrohimjon

1.3 Buxoro xonligi
Xonlikning tashkil topishi. Shayboniylar urf-odatiga ko‘ra, vafot etgan xon o‘rniga taxtga yoshi katta shayboniy o‘tqazilgan. Shuning uchun ham Muhammad Shayboniyxonning o‘limidan so‘ng taxtga bevosita uning avlodlari emas, amakisi K o‘chkunchi Sulton o‘tqazilgan. To‘g‘ri, XVI asrning 40- yillaridan so‘ng bu urfodatga rioya etilmay qo‘yilgan. K o‘chkunchixondan so‘ng esa taxtga uning o‘g‘li Abu Said (1530 —1533) o‘tirdi. Undan keyin esa hukmdorlik Shayboniyxonning ukasi Mahmud Sultonning o‘g‘li Ubaydullaxon (1533 —1540) qo‘liga o‘tdi. Ubaydullaxon poytaxtni Samarqanddan Buxoroga ko‘chirtirdi. Ubaydullaxon Buxoroga ota meros mulk deb qarar edi, chunki Shayboniyxon hayotligidayoq Buxoro hokim ligini ukasi M ahm ud Sulton (Ubaydullaxonning otasi)ga bergan edi. Shu tariqa, shayboniylarning M ovarounnahrda tashkil etgan davlati endilikda rasmiy ravishda Buxoro xonligi deb ataladigan bo‘ldi.Ubaydullaxonning tariximizdagi xizmatlari katta. Awalo, u Ismoil Safaviyning hujumlarini bartaraf etib, M ovarounnahrni ularning harbiy-siyosiy tazyiqlaridan saqlab qoldi. Ubaydullaxon hukmronligi davrida Buxoroning poytaxt sifatidagi nufuzi har tomonlama o‘sdi. UbaydullaxonUbaydullaxon o‘z davlatining chegarasini Shayboniyxon davridagi sarhadlarda qayta tiklashga harakat qildi. U Hirotni ishg‘ol etgan Eron qo‘shinini bir necha marta mag‘lubiyatga uchratgan edi. Ayni paytda, u mamlakat ichkarisidagi o‘zaro kurash va tarqoqlikka barham berdi.Ubaydullaxon vafot etgach esa ichki ziddiyatlar yana kuchaydi. Hokimiyat uchun qattiq kurashlar boshlandi. Shayboniyxon avlodlarining har bin toj-taxtga da’vogar edilar. Ularning har bin o‘z ota merosi bo‘lgan hududlarda mustaqillikka intilar, imkoni bo‘lsa, xonlik taxtini egallash ishtiyoqida edilar. Buning natijasida, Ko‘chkunchixonning o‘g‘li Abdullaxon I ning qisqa vaqt hukmdorligidan so‘ng mamlakatda qo‘shhokimiyatchilik vujudga keldi. Ya’ni bir davlatda ikki hukmdor paydo bo‘ldi. Biri — Ubaydullaxonning o‘g‘li Abdulazizxon Buxoroda, ikkinchisi — Ko‘chkunchixonning o‘g‘li Abdullatifxon Samarqandda hukmdorlik qila bosliladilar. Mamlakat bir necha mustaqil hokimliklarga bo‘linib ketdi. Biroq qachondir, kimdir bu holatga chek qo‘yislii kerak edi. Buxoro Abdullaxon II Mamlakatdagi parokandalikka chek qo‘yish uchun markaziy hokimiyatni yana tiklash va kuchaytirish zarur edi. Bu zaruriyatni urushlarsiz amalga oshirib bo‘lmas edi. Ana shunday sharoitda kurash maydoniga Miyonqol hokimi Iskandar Sultonning o ‘g‘li Abdullaxon I I (1534—1598) chiqdi. U shayboniylar sulolasining yorqin vakillaridan biri, no mi Iskandarxon xonadoniga Buxoro yaqinidagi Jo‘ybor qishlog‘ida istiqomat qiluvclii, g‘oyatda katta nufuzga ega bo‘lgan shayx Muhammad Islomning ixlosi baland bo‘lganligi Abdullaxonga bu kurashda juda katta madad bo‘ldi.1556-yili M uham m ad Islomning ko‘magida Abdullaxon Buxoro taxtini amalda egallaydi. Muhammad Islom Alloh nomidan Abdullaxonning faoliyatiga oq fotiha bergan edi. Abdullaxon II Xorazm va Xurosonni Movarounnahrga birlashtirish yo‘lida ko‘p jang-u jad allar olib bordi. Chunonchi,1574 — 1595- yillar oralig‘ida Balxni, Samarqandni, T oshkent va Farg‘onani, Badaxshonni ham da Xorazmni zabt etdi va o‘z davlati tarkibiga qo‘shib oldi. Shundan keyin uning davlati sarhadlari janubda Hirotdan Mashhadgacha, shimolda Orol dengizigacha, Kaspiy dengizidan Issiqko‘lgacha yetdi. Butun Movarounnahr, Xorazm va Xuroson yana yagona hukmdor qo‘li ostida birlashtirildi. XVI asr oxirlariga kelib Buxoro xonligi nisbatan Abdullaxon II Markazlashgan ulkan davlatga aylandi. Rossiyada bu davlatga nisbatan „Великая Бухария“ (Buyuk Buxoro) iborasi qo‘llangan edi.Shunday qilib, XVI asrdagi davlatchiligimiz tarixida yetakchi sulola — shayboniylar sulolasi bo ‘ldi. Sulolaning eng qudratli vakili AbdullaxonII davrida esa o‘zbek davlatchiligi o‘z tarixida yana bir bor yuksak darajaga ko‘tarila oldi. Abdullaxon II garchand davlatni markazlashtira olgan bo‘lsa-da, davlatdagi ichki nizolarga barham bera olmagan edi.Abdullaxon II 1598-yilda vafot etgach, taxtni uning o‘g‘li Abdulmo‘min egalladi. Biroq o‘sha yilning o‘zidayoq Abdulm o‘min fitnachilar tom onidan o‘ldirildi. Undan qolgan ikki yashar o‘g‘ilning xonlik huquqini hech kim tan olmadi. Taxt uchun kurash boshlandi.Buxoroning bir guruh amirlari shayboniylardan Ibodulla Sultonning o‘g‘li Abdulaminni taxtga o ‘tqazishga urindilar. Shayboniylaming boshqa guruhi esa Abdullaxon II ning amakivachchasi — Balx hokimi Pirmuhammadni taxtga o‘tqazdilar.Ichki nizolar tufayli Buxoro xonligida sodir bo‘lgan og‘ir vaziyatdan foydalangan Eron hukmdori shoh Abbos bostirib kirib, Nishopur, Sabzavor, Mashhad, Hirotni egallaydi. Xorazm esa xonlik tasarrufidan chiqib, davlat mustaqilligini tiklab oldi. Ayni paytda, qozoq xoni Tavakkal Movarounnahrga qo‘shin tortib, Axsi, Andijon, Toshkent, Samarqandni egallab, Buxoroga yurish qildi. Pirmuhammadxon qo‘shini 1599-yilda Tavakkal qo‘shinini tor-mor keltirdi va Movarounnahr hududini ozod etdi. Qozoqlar qo‘shini Dashti Qipchoqqa chekindi. Pirmuhammad Buxoro xonligini yana ikki yilcha idora qildi. 1601-yilda Pirmuhammad va kelib chiqishi ashtarxoniylardan bo‘lgan, Samarqand hokimi Boqi Muhammad o ‘rtasida qonli to‘qnashuv yuz beradi. Mag‘lub bo‘lgan Pirmuhammad o‘ldirildi. Shu tariqa u ichki nizolar qurboni bo‘ldi. Shunday qilib Abdullaxon II vafotidan atigi 3 yil o‘tgach bir asr davom etgan shayboniylar sulolasi hukmronligi barham topdi.


Yüklə 72,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin