IV.Xulosa XV-asr oxiri XVI-asr boshida Temuriy mirzolarning o‟rtasida boshlanib ketgan o‟zaro janjallar taxt uchun kurashlar oqibatida Temuriylar davlati parchalanib ketdi. Natijada shayboniyxon Movoraunnahr xalqlari hayotida muhm o‟zgarishlar yasagan Shayboniylar davlarini tashkil qildi. O‟zbekiston tarixi darslarida bu davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvolni o‟rganish va uni o‟quvchilar ongiga singdirish maqsadida olib borilgan tadqiqotlar ishida quyidagi xulosalarga kelindi.
Birinchidan. Shayboniyxon 1499-1509-yillarda olib borgan yurishlaridan keyin butun Movoraunnahr va Xurosonni qo‟lga kiritdi. Shu tariqa katta hududni egallagan Shayboniyxon davlati tashkil topganligi yoritib berildi.
Ikkinchidan, Shayboniylar davrida etnik o‟zgarishlar ro‟y berib dashti qipchoqdan ko‟chib kelgan qabilalar o‟zlari bilan “o‟zbek” degan etnik nomlarni olib keldilar va butun Movoraunnahr shu nom bilan yuritila boshlanganligi aniqlandi.
Uchinchidan, Shayboniylar davlatida katta qurilish ishlari olib borildi. Shayboniyxon madrasasi, Abdurahm Sadr madrasasi, Baroqxon madrasasi, Masjidi kalon, Mir arab madrasasi, Abdullaxon, Ko‟kaldosh kabi madrasalar buni yaqqol misoli sifatida ko‟rsatib berildi.
To`rtinchidan, Shaybiniylar davrida ilm - fan madaniyat rivojlanib temuriylar qodirgan meros davom ettirildi. Hukmdorlardan Shayboniyxon, Ubaydullaxon kabi shoirlarni xalqimizning ma‟naviy merosiga qo‟shgan hissasi nihoyatda katta ekanligi dalillar asosida asoslandi.
V. Foydalanilgan adabiyotlar 1.Ahmedov.B. O‟zbekiston tarixi manbalari. Toshkent, 2001 yil
2.Ahmedov.B. Tarixdan saboqlar. Toshkent, 1994 yil
3.Axmedov.B. O‟zbek ulusi. Toshkent, 1992 yil
4.Bobur.Z.M. Boburnoma. Toshkent, 1989 yil.
5.Ziyodulla Muqimov. Shayboniylar davlati va huquqi. Tarixiy-. huquqiy tadqiqot. Toshkent, «Adolat*. — 2007.
6. OʻzbekistonOʻzbekiston tarixi fani maktab darsligi
Foydalanilgan internet manbalari .