Mundarija kirish I bob. Shayboniylar davlatining tashkil topishi


II Bob. Shayboniylarda davlat boshqaruvi



Yüklə 72,08 Kb.
səhifə5/10
tarix02.06.2023
ölçüsü72,08 Kb.
#123098
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
shayboniylar davlati kurs ishi Ibrohimjon

II Bob. Shayboniylarda davlat boshqaruvi.
2.1 Shayboniylar sulolasidan mansab, unvon va lovozimlar.
Buxoro xonligi ma’muriy jihatdan davlat boshqaruvi viloyatlar va tumanlarga bo‘lingan.Xonlikda oliy davlat idorasi temuriylar davridagidek dargoh deb atalgan. Uning tepasida xonturgan. Ijro etuvchi hokimiyat ham awalgidek devon (vazirlik) deb atalgan. Unga devonbegi (bosh vazir) rahbarlik qilgan. Katta nufuzga ega bo‘lgan devonbegi ayni paytda davlatning moliya va xo‘jalik ishlarini ham boshqargan. Biroq, shayboniylar davrida devon faoliyati temuriylar davridagidek nufuzga ega bo‘lmagan. Bunga dargohdagi mansablar mavqeyining kuchli bo‘lmaganligi sabab bo‘lgan.
Yana bir katta davlat mansabi — otaliq edi. Xon siyosatining viloyatlardagi ta ’siri otaliq mansabiga tayinlanganlarning nufuzi bilan belgilangan. Xon viloyatlami shalizodalarga taqsimlab berar ekan, ularga rahnamo etib o‘z nazoratcliisini, ishongan kishisini tayinlagan. Bunday nazoratchi, ishonchli shaxs otaliq deb atalgan. Balog‘atga yetmagan shahzodalar ulg‘ayib, mustaqil faoliyat yuritgunlariga qadar viloyatlardagi davlat ishlarini ularning nomidan otaliqlar boshqargan.
Yana bir davlat mansabi — parvonachi deb atalgan. Uning vazifasi xon farmonlarini, rasmiy hujjatlarni mas’ul shaxslarga, ijrochilarga yetkazishdan iborat bo‘lgan.
Dodxoh mansabida ishlagan am aldor dargohga tushgan arizalarni qabul qilgan va ularga javob qaytargan. Shuningdek, dodxoh mamlakatda adolat mezonlariga amal qilinishini ham nazorat qilgan.
Muhim davlat mansablaridan yana biri — ко ‘kaldosh m ansabi edi. Bu mansabga xon sulolasiga eng yaqin shaxslardangina tayinlangan. Ko‘kaldosh xon siyosatiga fuqarolaming munosabatini o‘rgangan va bu siyosatning daxlsizligini ta ’minlagan.
Xon va shahzodalar o‘rtasidagi ichki munosabatlar masalasi bilan xon yasovuli mansabida ishlagan amaldor shug‘ullangan.
Shayboniylar davlatida eshikog‘aboshi lavozimi ham muhim sanalgan. U dargoh xavfsizligi, undagi tartib hamda kelganketganlardan xabardor bo‘lib turish masalalari bilan shug‘ullangan.
Yuqori davlat lavozimlari ichida katta mavqega ega bo‘lgan lavozimlardan yana biri shayxulislom hisoblangan. Shayxulislom shariat qonunlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirgan.
Qozikalon bo‘lgan amaldor esa sud ishlariga yetakchilik qilgan.
Yana bir muhim davlat lavozimi muhtasib (rais) deb atalgan. Bu lavozimni egallagan amaldor mamlakatda jamoat tartibining saqlanishini, diniy m arosim va amallarga rioya qilinishini kuzatgan, bozorlarda narx-navo va tarozilarning to ‘g‘riligini nazorat qilish bilan shug‘ullangan.
Mehtar lavozimiga tayinlangan mansabdor esa zakot va boshqa tushumlardan tushgan mablag‘larni zarur o‘rinlarda ishlatishni nazorat qiluvchi amaldor hisoblangan.
Xonlikda davlat lavozimi mansabdori hisoblanmasa-da, naqibunvoniga sazovor bo‘lgan shaxsning xon saroyida nufuzi baland b o ‘lgan. Chunonchi, u xonning yaqin va ishonchli kishisi sanalgan. Ayni paytda, u davlat ichki va tashqi siyosati masalalarida xonning maslahatchisi ham hisoblangan. Zarur bo‘lganda elchilik vazifasini ham bajargan.


Yüklə 72,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin