Mundarija kirish I bob. Shayboniylar davlatining tashkil topishi


Movarounnahrda shayboniylar sulolasi hokimiyatining o‘rnatilishi



Yüklə 72,08 Kb.
səhifə3/10
tarix02.06.2023
ölçüsü72,08 Kb.
#123098
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
shayboniylar davlati kurs ishi Ibrohimjon

1.2.Movarounnahrda shayboniylar sulolasi hokimiyatining o‘rnatilishi.
Abulxayrxon vafotidan soʻng boshlangan o‘zaro qirg‘inlaming yana takrorlanishini aslo istamas edilar. Shu tufayli ular Muhammad Shayboniyxon timsolida bunday qirg‘inga yo‘l qo‘ymaydigan qodir shaxsni ko‘rdilar.Bundan tashqari, Dashti Qipchoq qabilalari ko‘pdan buyon o‘troq hayot tarzida yashashni orzu qilib kelardilar. Bu orzuning ushalishi o‘zgalaming unum dor yerlarini bosib olish hisobiga ro‘yobga chiqishi mumkin edi.Qabilalar rahnam olari Muhammad Shayboniyxonni o‘z orzularini ro‘yobga chiqarishga qodir birdan bir shaxs deb hisoblardilar. Shu bois ham ular va ruhoniylar kuchli yollanma qo‘shinga ega bo‘lgan Muhammad Shayboniyxonni qo‘llab quvvatlaydilar. Ular yerlari unumdor, hunarmandchiligi rivojlangan o‘lkalarda, birinchi navbatda, M ovarounnahrda M uhammad Shayboniyxon hokimiyatining o‘rnatilishi o‘troq hayotga o‘tish imkonini berishini ham yaxshi bilganlar. Bu omillar M uhammad Shayboniyxon hokim iyatining kuchayishiga yordam berdi. Muhammad Shayboniyxonning Movarounnahrdagi ichki siyosiy vaziyatni yaxshi bilganligi ham uning nufuzini yanada oshirdi. Ayni paytda, Movarounnahr aholisi tem uriyzodalaming toj-taxt uchun o‘zaro kurashlaridan charchagan ham edi. Movarounnahr zodagonlari, ruhoniylari va hatto oddiy aholining m a’lum qismi ham Muhammad Shayboniyxon timsolida M ovarounnahrda tinchlik o‘rnatishga qodir yagona shaxsni ko‘rganlar. Shu sababli Muhammad Shayboniyxonni qo ‘llab - quwatlaganlar.Shu tariqa, Muhammad Shayboniyxonning Temuriylar saltanati hududlarida ham o‘z hokimiyatini o‘rnatishi uchun barcha zarur shart-sharoit yetilgan edi. Movarounnahrda Shayboniyxon hukmronligining maqsadi Temuriylar saltanatiga butun o‘rnatilishi barham berish edi. Bu maqsadni ro‘yobga chiqarish uchun u 1499-yilda Movarounnahrga harbiy yurish boshladi. Bu yurish davomidaraqiblarini sarosimaga solib qo‘ygan jang usuli — to‘lg‘amani qo‘lladi. U Samarqandni dastlab 1500-yilda qisqa muddatga bo‘lsa-da egalladi va yangi o‘zbek davlati — shayboniylar davlatiga asos soldi. 1501-yilda esa Samarqandni uzil-kesil bo‘ysundirdi.Samarqand taxti egallangach, Sulton Ali Mirzo qatl etildi. Katta qo‘shinga ega bo‘lgan Muhammad Shayboniyxon endi butun Movarounnahrni egallashga kirishdi. 1503-yilda Toshkent va Shohruxiya shaharlari egallanadi. Shayboniyxon Ulug‘bek Mirzoning Abulxayrxonga uzatilgan qizi Robiya Sultonbegimning o‘g‘illari bo‘lgan amakisi Ko‘chkunchi Sultonni Turkistonga va uning ukasi Suyunchxo‘ja Sultonni Toshkentga, o‘zining ukasi Mahmud Sultonni Buxoro viloyatlariga hokim etib tayinladi 1504- yilda esa Farg‘ona egallandi. Shayboniyxonning harbiy yurishlarida eng faol qatnashgan amakisining o‘g‘li Jonibek Sultonga Axsi va Andijonni tortiq qildi. Jonibek Sulton Abulxayrxonning yana bir o‘g‘li Xo‘ja Mahmud Sultonning o‘g‘li edi. Shu tariqa butun Movarounnahrda shayboniylar sulolasi hukmronligi o‘matildi. Samarqand shahri poytaxt etib belgilandi.Xorazm va Xurosonning Muhammad Shayboniyxon Movarounnahrda mustahkam o'rnashib olgach, endi Xorazmni zabt etishga kirishdi va 1505-yilda uni bosib oldi. 1505-yil kuzida esa Xurosonga yurish boshladi. So‘nggi yillarda o‘zaro ichki nizolar oqibatida inqirozga yuz tutgan temuriylarning Xuroson davlatini egallashi qiyin bo‘lmadi. 1506-yilda Balx, 1507- yilda esa Hirot egallandi. Shundan so‘ng Hirot o‘zining iqtisodiy, siyosiy va madaniy markaz sifatidagi nufuzini yo‘qotdi.Xurosonning ham bo‘ysundirilishi bilan amalda Muhammad Shayboniyxon butun mintaqani yagona bir markaz — Samarqand qo‘l ostida birlashtira oldi. Binobarin, u temuriyzodalar amalga oshirolmagan ishni bajara oldi. Bu uning davlatchiligimiz oldidagi xizmatidir. Shu tariqa Movarounnahr, Xorazm va Xurosonni o‘z ichiga olgan hududda Muhammad Shayboniyxon hukmronligi o'rnatildi va davlatchiligimiz tarixida shayboniylar sulolasi hukmronligi davri boshlandi. Bu vaqtda Eronda shoh Ismoil Safaviy hukmdorhk qilayotgan edi. U о"z davri uchun katta va qudratli qo‘shin tuza olgan edi. Ismoil Safaviy tuzgan saltanat tarixda Safaviylar davlati nomi bilan mashhur.Shoh Ismoil davlati kattagina hududlarni o‘z ichiga olardi. Bu davlatning bir sarhadi Xuroson bilan, ikkinchi sarhadi esa Usmonli turklar davlati bilan tutashgan edi.Shoh Ismoil boshliq Eron safaviylarining Xurosonga tazyiqi tobora kuchayib, talonchilik harakatlari avj oldi. Endi bu ikki hukmdor o‘rtasida urush bo‘lishi muqarrar bo‘lib qoldi.Nihoyat, 1510-yilda ikki hukmdor qo‘shini to‘qnashdi. Marv yaqinida bo‘lgan jangda Eron qo‘shini g‘alaba qozondi. Shayboniyxon va uning safdoshlari jangda halok bo‘lishdi.Bu g‘alaba tufayli shoh Ismoil butun Xurosonni egalladi. Siz VII sinfda bilib olganingizdek, Moni Jarayon ar varounnahr va Xorazmda o‘zbek xalqi IX — XII asriarda shakllangan. To‘g‘ri, bu hududlarda yashagan ajdodlarimiz XVI asrgacha hali yoppasiga o‘zbeklar deb atalmaganlar. Qadim-qadimdan tarixiy turkiy etnik guruhlar nafaqat bizning ona zaminimizda, balki boshqa o‘lkalarda, shu jumladan, Dashti Qipchoqdaham uzoq yillar davomida yashab kelganlar. DashtiQipchoqni XIII asr boshlarida zabt etgan mo‘g‘illar bu o‘lkada yashovchi turkiy qabilalar tarkibiga singib ketganlar va o‘z milliyligini yo‘qotganlar. Shayboniylar yurtimizni egallagach esa Dashti Qipchoqdayashovchi turli o‘zbekqabilalari Movarounnahr va Xorazmga ко‘chib kela boshlaganlar. Bu hodisa Vatanimiz hududidagi etnik jarayonga ta’sir etmay qolmagan. Chunonchi, XVI asrdan boshlab Dashti Qipchoqda ham yashovchi o‘zbek qabilalari ko‘chib kela boshlagach, yurtimizda o‘zbek xalqining tarkibi kengayib bordi. Ikkinchidan, ko‘chib kelgan turli o‘zbek qabilalari iqtisodiy va madaniy taraqqiyot jihatidan o‘zlaridan ustun bo‘lgan mahalliy qardoshlari bilan tabiiy suratda yaqinlashdilar. Uchinchidan, ular o‘troq hayotga moslashib, shu turmush tarziga xos hamma ijobiy jihatlarni qabul qildilar va bora-bora Movarounnahr va Xorazmda awaldan yashab kelayotgan qardoshlari tarkibiga singib ketganlar. Faqat hukmron qabila sifatida ulardan mahalliy aholiga ,,o‘zbek“ degan etnik nom o‘tgan, xolos.

Yüklə 72,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin