Mundarija kirish I bob. Ta’lim TIZIMINI MODELLASHTIRISH TEXNOLOGIYASI HAMDA Ta’lim TIZIMIDA DASTURLI Ta’lim


Dasturli ta’lim turlari. Masofaviy ta’lim va uni amaliyotga joriy etish imkoniyatlari



Yüklə 118,02 Kb.
səhifə5/6
tarix13.12.2023
ölçüsü118,02 Kb.
#175887
1   2   3   4   5   6
asosiy zamonaiy ta\'lim muhiti modellari

2.2. Dasturli ta’lim turlari. Masofaviy ta’lim va uni amaliyotga joriy etish imkoniyatlari.
Oliy ta’lim sohasidagi o‘qitish usullari zamonaviy axborot vositalari bilan boyitilishi natijasida ta’lim sifatining yanada ortishi kutilmoqda. Bu borada masofaviy o‘qitish usuli o‘qituvchi (pedagog) va talabalar uchun ham qator qulayliklarga egaligi bilan alohida ahamiyatga egadir. Internet, multimediya kabi texnologik usullar talabalar uchun zarur bo‘lgan o‘quv materiallari, qo‘llanmalar asosida kompyuter dasturlarini ishlab chiqish vazifasini qo‘ymoqda. Zero, masofaviy o‘qitish har qanday sohada ham jahon ta’lim markazlarining uslubiy adabiyotlari, zamonaviy hamda so‘nggi axborotlarni olish va ulardan jamlab foydalanish imkoniyatlarini beradi.
Masofaviy o‘qitish usuli an'anaviy ta’lim shakllaridan farqi qiladi. U talabalarni o‘ziga qulay vaqtda, joyda va sharoitda o‘qitish imkonini beradi. O‘quv kursiga bog‘liq bo‘lmagan holda shaxsiy va guruh talabi asosida o‘quv rejalari ishlab chiqiladi. O‘qitish jarayonida talabalarga ilmiy axborot va ma’lumotlar bo‘yicha markazlashgan tarmoq orqali o‘zaro axborot almashinuvini joriy etish mumkin. O‘quv maydonlari, texnik va transport vositalaridan samarali foydalanish, ma’lumotlarni yig‘ib bir tizimga solingan holda ifodalab berilishi va mutaxassislarni qayta tayyorlashda ham xarajatlarni kamaytirishga erishilishi kutilmoqda. Ta’lim-tarbiya berish jarayonida eng zamonaviy axborot, telekommunikatsiya va turli samarali texnologiyalardan foydalaniladi.
Masofaviy ta’lim o‘qituvchi (pedagog) va mutaxassislarning ham vaqtini tejab, imkoniyati darajasidan kelib chiqqan holda moddiy manfaatdorligini oshirish bilan mustaqil ta’lim olish uchun keng sharoit yaratib beradi. Ta’lim sohasida erishilayotgan yutuqlarning jahon ta’lim tizimi doirasida almashinuvini tashkil etish, bu sohadagi yutuqlarni ho‘lga kiritishni ta’minlashi shubhasizdir.
Masofaviy o‘qitish usuli mutaxassis o‘qituvchi(pedagog)larning oldiga yangidan-yangi dolzarb vazifalarni qo‘ymoqda. Chunki o‘quv materiallarining muntazam to‘ldirib borilishi, ta’lim beruvchilarning ijodiy yondashuv hamda yangiliklar bilan o‘z malakasini oshirishlari va bu ko‘rsatkichlarni jahon ilmi yutuqlari bilan muvofiqlashtirib borishlari talab etilmoqda. Bu o‘qitish usuli ta’lim talabiga asosan talabaning o‘z ustida ishlashini tashkil etish, ko‘proq bilim olishga intilishi, kompyuter bilan mustaqil ishlash va olgan bilimlaridan ijodiy foydalanishini ta’minlaydi hamda olingan bilimlar maxsus o‘quv-uslubiy nashrlar, testlar bilan tekshirilib, to‘ldirilishi mumkin.
Axborot texnologiyalarining keng miqyosda joriy etilishi bilan masofaviy o‘qitishni bir qator ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni echishda ham joriy etish mumkin. Ta’lim sohasiga bo‘lgan fuqarolarning ehtiyojlarini qondirishda qulayliklar yaratish bilan respublikamizning malakali mutaxassislarga bo‘lgan talabi ham qondiriladi. Shuningdek, fuqarolarning ijtimoiy va kasbiy faolliklarini oshirishga erishish mumkin. Xususiy tadbirkorlik bilan mashg‘ul shaxslarning jamiyat hayotidagi faolligini mustahkamlab, ularning dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladi. Bu esa oliy ta’lim tizimida yig‘ilgan ilmiy yutuqlar, mutaxassis xodimlar va ularning ishtirokida yurtimizning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashdek ustuvor rejalarni amalga oshirish vazifasini qo‘ymoqda.
Masofaviy o‘qitish geografik jihatdan turlicha joylashgan ta’lim muassasalari uchun mo‘ljallangan edi. Lekin zamonaviy axborotlar va telekommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi ta’lim-tarbiya jarayonini uzoq masofadan turib amalga oshirishga yo‘l ochib berdi. Natijada masofaviy o‘qitish uslubi asosida o‘qitish tez vaqt ichida Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida o‘qitishda yangi uslublarni qo‘llashga yana bir turtki bo‘ldi. Masofaviy o‘qitish bo‘yicha Xalqaro Kengashning tahlillari shuni ko‘rsatmoqdaki, bugungi kunda jahon miqyosida 10 milliondan ortiq talabalar shu uslub asosida ta’lim olishmoqda. AQSHda shu uslub asosida o‘qitish maqsadida yangi o‘quv markazlari barpo etilmoqda hamda ular milliy kadrlarni zamon talablari asosida tayyorlash va qayta tayyorlash afzalliklariga egadir.
Masofaviy o‘qitishning quyidagi afzalliklari mavjud:
1.O‘qitishning ijodiy muhiti. Mavjud ko‘pgina uslublar asosida o‘qituvchi (pedagog) ilm toliblarini o‘qitadi, talaba- talabalar esa faqat berilgan materialni o‘qiydilar. Taklif qilinayotgan masofaviy o‘qitish asosida esa talabalarning o‘zlari kompyuter axborotlar bankidan kerak bo‘lgan ma’lumotlarni qidirib topadi va o‘zlarining tajribalari yordamida boshqalar bilan yaxshi muloqotda bo‘lishini ta’minlaydi hamda o‘z o‘rnida mehnat ta’limi olishini rag‘batlantiradi.
2. Mustaqil ta’lim olish imkoniyatining borligi. Masofaviy o‘qitish asosida ta’lim berish boshlang‘ich, o‘rta, oliy va malaka oshirish bosqichlarini o‘z ichiga qamrab oladi. Tayyorgarligi turli darajada bo‘lgan inspektorlar o‘zlarining shaxsiy dars jadvallari asosida ishlashlari va o‘zining darajasidagi talabalar bilan muloqotda bo‘lishi mumkin.
3. Ish joyidagi katta o‘zgarishlar. Masofaviy o‘qitish asosida ta’lim berish turi millionlab insonlarga, hammadan ham ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olayotgan yoshlar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratib beradi. Bunday uslub asosida o‘qitish kadrlarni tayyorlashda muhim o‘rin tutadi.
4. O‘qitish va ta’lim olishning yangi va unumli vositasi. Statistik ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, masofaviy o‘qitish asosida ta’lim berish, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qish kabi unumlidir. Bundan tashqari, masofaviy o‘qitish asosida ta’lim olish oliy o‘quv yurti tomonidan qo‘yilgan chegaradan ham chetga chiqib ketadi. Bunday asosda ta’lim olayotgan talabalarning boshqalardan ustunligi ularni eng yaxshi, sifatli materiallar va o‘qituvchi (pedagog)lar bilan ta’minlashdir. Ta’lim berish va boshqarish uslubiyotiga asoslangan holda o‘qituvchi (pedagog) auditoriyada o‘qitish shartlaridan xoli bo‘lishi kerak.
Modulli o‘qitish tamoyillari.
1) modullilik – o‘qitish mazmunidan alohida elementlarini bo‘lib olish;
2) dinamiklik – bilimning xarakatchanligi (amaliyligiga) va tezkorligiga erishish;
3) moslashuvchanlik – ta’lim mazmunini va unga erishish yo‘llarini ta’lim oluvchining individual ehtiyojiga qarab moslashtirish;
4) metodik maslahatning xar tomonlamaligi – ta’lim oluvchining bilish faoliyatida va pedagogik faoliyatda professionallikni ta’minlash;
5) tenglik – ta’lim oluvchi va pedagog o‘rtasida ishchan xamkorlikni ta’minlash;
6) xatoliklarga tayanish tamoyili. Bu tamoyil o‘qitish jarayonida doimiy ravishda xatoliklarni izlash uchun vaziyatlar yaratilishiga, o‘quvchilarning ruhiy faoliyati funksional tizimi tarkibida oldindan payqash tuzilmasini shakllantirishga qaratilgan didaktik materiallar va vositalarni ishlab chiqishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
7) o‘quv vaqtini tejash tamoyili. Bu tamoyil o‘quvchilarda individual va mustaqil ishlash uchun o‘quv vaqtining zahirasini yaratishga yo‘naltirilgan bo‘ladi;
8) uzviylik tamoyili. Bu tamoyil o‘quv maqsadlariga erishish imkoniyatini ta’minlash uchun o‘quv rejasi va dasturlarni ishlab chiqishda tizimli yondashishin anglatadi. Bunda fanlarning maqsadlariga ko‘ra, o‘quv rejadagi soatlar mosligi ta’minlanadi.
9) faoliyatlilik tamoyili: bu tamoyil, modullar mutaxassisning faoliyat mazmuniga muvofiq shakllanishini anglatadi;
10) tizimli kvantlash tamoyili. Bu tamoyil axborotni siqib berish nazariyasi, pedagogik bilimlar konsepsiyasi, didaktik birliklarni yiriklash nazariyalarining talablariga asoslanadi.
11) motivatsiya (qiziqishni uyg‘otish) tamoyili. Bu tamoyilning mo­hiyati, o‘quvchining o‘quv-bilim olish faoliyatini rag‘batlantirishdan iborat bo‘ladi. Bu asosiy qoidadir.
12.) modullik tamoyili. Bu tamoyil o‘qitishni individuallash-tirishning asosi bo‘lib xizmat qiladi.
13) muammolilik tamoyili. Bu tamoyil muammoli vaziyatlar va mashg‘ulotlarni amaliy yo‘naltirilganligi tufayli, o‘quv materialining o‘zlashtirilish samaradorligini oshishiga imkon beradi.
14) kognitiv vizuallik (ko‘z bilan kuzatiladigan) tamoyil. Bu tamoyil psixologik-pedagogik qonuniyatlardan kelib chiqadi, ularga ko‘ra o‘qitishdagi ko‘rgazmalar, nafaqat surat vazifasini, shu bilan birga kognitiv vazifani bajargan taqdirdagina o‘zlashtirish unumdorligini oshiradi.
Modulli o‘qitish dasturining tuzilishi



Modulli o‘qitish dasturida bo‘lishi kerak:




1.

Xarakatlarning rejasi




2.

Axborotlar bloki



3



O‘qitish natijalariga erishish bo‘yicha metodik tavsiyanomalar




4.

Nazorat ishlari






Har bir modul bo‘yicha quyidagi materiallar tayyorlanadi:

1.

O‘qish davrini to‘liq qamrab olgan modulli dastur

2.

Har bir modul bo‘yicha nazariy materiallar (ma’ruza)

3.

O‘quv-uslubiy tarqatma materiallar

4.

Har bir modul bo‘yicha individual topshiriqlar

5.

O‘quv-ilmiy adabiyotlar ro‘yxati

6.

Har bir modul bo‘yicha mustaqil ishlar uchun topshiriqlar

7.

Har bir modul bo‘yicha nazorat topshiriqlari


Xulosa
Shunday qilib, modulli o‘qitish o‘quv jarayonini tashkil etish shakli bo‘lib, unda o‘qitish o‘quv materialining mantiqan tugallangan birliklari modullarni bosqichlar va qadamlar bo‘yicha o‘zlashtirishni anglatadi. Modul amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari ma’ruzalar bilan birga tuzilishi, ularni ma’ruzalar mazmunini o‘rganiladigan yangi material bilan to‘ldirilishi kerak. O‘qitishning modul tizimi mazmunidan uning quyidagi afzalliklari aniqlandi: - fanlar va modullar bo‘yicha o‘qitish uzluksizligining tahminlanishi; - modullararo metodik jihatdan asoslangan muvofiqlik o‘rnatilishi; - fanning modulli tuzilishi tarkibining moslashuvchanligi; - talabalarning qobiliyatiga ko‘ra tabaqalanishi (dastlabki modullardan so‘ng, o‘qituvchi ayrim talabalarga fanni individuallashtirishni tavsiya etishi mumkin); - axborotni «siqib» berish natijasida o‘qitishni jadallashtirish, auditoriya soatlaridan samarali foydalanish va o‘quv vaqti tarkibini, ma’ruzaviy, amaliy (tajribaviy) mashg‘ulotlar, individual hamda mustaqil ishlar uchun ajratilgan soatlarni optimallashtirish. Buning natijasida, talaba yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.
Modul deganda, biror tizimning funksional yuklamasini aniqlashga doir mustaqil qismiga tegishlilik tushuniladi. Nazariy ta’limda esa, modul – bu o‘quvchilarning u yoki bu fan bo‘yicha bilimlariga doir ko‘nikmalarini shakllantirish uchun yetarli axborot yoki harakatlarning aniq belgilangan “doza”si. Yuqorida bayon etilganlarga asoslanib, ta’limiy modul tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin: ta’limiy modul – bu o‘zlashtirish ta’lim oluvchi mazkur modullarni egallashi natijasida shakllantiriladigan bilim, ko‘nikma va malakalarning nazorat qilish shakli bilan muvofiqlikda tugashi zarur bo‘lgan, o‘zida bilishga doir va kasbiy jihatlarni ochib beruvchi o‘quv fanining biror qismi mazmunining mantiqiy tugallangan shakli. Modul bilishga doir va kasbiy tavsifdan iborat bo‘ladi. Ana shunga bog‘liq holda modulning bilishga doir (axboriy) va o‘quv-kasbiy (faoliyatli) qismlari haqida gapirish mumkin. Birinchisining vazifasi – nazariy bilimlarni shakllantirish bo‘lsa, ikkinchisining vazifasi – egallangan bilimlar asosida kasbiy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdir. Blokning bilishga yo‘naltirilgan tarkibi o‘z navbatida ta’limiy va o‘quv-kasbiy qismlarga ajratilgan. Bilishga yo‘naltirilgan qism:
- interfaol, izlanuvchan, muammoli texnologiyalarni qo‘llash; - tushunchalarni bosqichma-bosqich o‘rnatish;
- mustaqil izlanish, shaxsiy tajribaga murojaat etish, tafakkurni rivojlantirish, shaxsiy fikrlarni bayon qilishga undovchi topshiriqlar berish;
- o‘quvchilar o‘quv faoliyatining turli noan'anaviy turlari, tegishli fanning asosiy tushunchalariga ta’rif berish; xilma-xil nazariyalar, g‘oyalar, talqinlarni qiyoslash; adabiyotlardagi ma’lumotlar bilan shaxsiy bilimlarni umumlashtirishga asoslangan evristik shakldagi amaliy mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oladi.
Ta’limiy qism o‘quvchilarga o‘quv materiallarini o‘rganish metod va usullarini ko‘rsatuvchi quyidagi topshiriqlarni o‘z ichiga oladi: Shaxsiy hayotiy tajriba va o‘qib o‘rganilganlarni yodga olish (esga tushurish). Ularga tayanib o‘rganilayotgan masala bo‘yicha shaxsiy fikr (ta’rif, izoh)ni aniqlashtirish. Mavzu yuzasidan mavjud turli nuqtai nazarlarni taqqoslash; Yangi ma’lumotlarni bilish, tahlil qilish va umumlashtirish asosida shaxsiy fikr(ta’rif, g‘oya, yondashuv)ni shakllantirish. Yangi axborotlarning butun to‘plamidan o‘zi uchun zarurlarini ajrata olish. Yangi atamalar, ularning ma’nosi bilan tanishish, ularni yozib olish va xotirada mustahkamlash, avvaldan ma’lum bo‘lgan atamalarning mazmunini aniqlashtirish


Yüklə 118,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin