Mundarija kirish I bob. Ta’lim TIZIMINI MODELLASHTIRISH TEXNOLOGIYASI HAMDA Ta’lim TIZIMIDA DASTURLI Ta’lim



Yüklə 118,02 Kb.
səhifə1/6
tarix13.12.2023
ölçüsü118,02 Kb.
#175887
  1   2   3   4   5   6
asosiy zamonaiy ta\'lim muhiti modellari


MUNDARIJA
KIRISH
I BOB. TA’LIM TIZIMINI MODELLASHTIRISH TEXNOLOGIYASI HAMDA TA’LIM TIZIMIDA DASTURLI TA’LIM.

    1. Modulli tizim tushunchasi. Modulli tizimning tarkibiy qismlari.

    2. Modulli o‘qitish texnologiyasining tamoyillari.

II BOB. TA’LIM TEXNOLOGIYALARI. TEXNOLOGIK PASPORT VA TEXNOLOGIK XARITA TUZISH, O‘QUV JARAYONINI LOYIHALASH QOIDALARI.
2.1. Dasturli ta’limning mazmuni, maqsadi va vazifalari. Dasturli ta’limni vujudga kelish tarixi.
2.2. Dasturli ta’lim turlari. Masofaviy ta’lim va uni amaliyotga joriy etish imkoniyatlari.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning ma’naviy yangilanishini, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishni, jahon hamjamiyatiga qo‘shilishini ta’minlaydigan demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurmoqda. Zamonaviy bozor iqtisodiyotining shakllanishi korxonalar orasidagi raqobat asosida, xalq xo‘jaligining barcha tarmoq va zvenolarini keskin rivojlanishini taqozo etadi. Chunki bozor iqtisodiyotini raqobatsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Korxonalar orasidagi raqobat o‘z navbatida, ilm-fan, texnika texnologiyaning yangi ilmiy texnik taraqqiyotining jadallashuviga olib keladi. Shuning uchun ham bizning davlatimizda «Ta’lim to‘g‘risidagi» Qonuni yangi tahrirda qabul qilindi.
Birinchidan – ilmiy texnik taraqqiyotining hozirgi zamon holati ilm-fanning yuksalib borayotgan roli bilan belgilanadi. XX asrda ayniqsa uning ikkinchi yarmida ilm-fanning rivojlanish tezligi o‘zining eng katta sur’atlariga erishdi. Oxirgi har 10-15 yil ichida ilmiy faoliyatning asosiy ko‘rsatgichlari ikki marotaba oshib bormoqda. Ilm-fan rivojining jadallashuvi va ilmiy-texnikaviy informatsiyaning jadal o‘sishiga va tez-tez yangilanishiga olib keladi. Ilm-fan rivojining eksponent qonuni bo‘yicha rivoji uning ko‘chkisimon o‘sishini anglatadi.
Demak, ilmiy-texnikaviy informatsiyaning o‘sishi ham, ko‘chkisimon hisoblanadi. Jahonda har yili minglab kitoblar, jurnallar chop etiladi va uni minglab dissertatsiyalar himoya qilinadi. Informatsiyaning yuksalib borayotgan ko‘chkisimon oqimi tezligini ta’minlash maqsadida zamonaviy telekommunikatsiyali informatsion tizimlar qo‘llanilmoqda. Ilm-fan rivoji, bu oliy ma’lumotli mutaxasislarning faoliyat doirasidir. Shuning uchun oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash tizimi, ularning o‘ta iqtidorlilariga zamonaviy informatsiya oqimini o‘zlashtirishga, ilmiy tekshirish faoliyati individual va mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga ilmiy-texnikaviy informatsiya va o‘quv ilmiy adabiyot bilan ijodiy ishlay olishga imkoniyat berishi lozim.
Ikkinchidan – hozirgi zamon fanining ko‘chkisimon rivoji ikki, uch va undan ortiq fanlarni ulanishlarida, yangi turdagi fanlar paydo bo‘lishi bilan ham ta’minlanadi. Masalan: geofizika, biogeokimyo, informatika, fizikokimyoviy mexanika va hokazo. Fan daraxti hosil bo‘ladi. Ma’lum fanlar ulanishlarida tug‘ilgan yangi fan – bu yangi yo‘nalishlar, muammolar, mavzular va ilmiy masalalar demakdir. Bu masalalarni oliy maktabning iste’dodli bitiruvchilari hal etishi lozim. Shuning uchun kadrlar tayyorlashni zamonaviy tizimi, ularda o‘ziga xos va nostandart fikrlash qobiliyatini o‘stirishi, o‘z ustida doimiy ravishda chidam va matonat bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishi lozim.
Uchinchidan – ilm-fan rivojining ko‘chkisimon rivoji va ilmiy texnikaviy informatsiyaning shunga o‘xshash o‘sishi, informatsiyaning uzatish va qayta ishlash tezligini oshishiga olib keladi, buning asosida esa hisoblash texnikasi yotadi. Ta’limni individuallashtirilmasdan, zamonaviy informatsion tizimlardan foydalanishni ko‘z oldiga keltirish mumkin emas. Shuning uchun oliy maktab oldiga «O‘qishni, mustaqil bilim olishni individuallashtirish hamda masofali ta’lim tizimi texnologiyasi va vositalarini ishlab chiqish va o‘zlashtirish» vazifasi qo‘yilgan. To‘rtinchidan – ilmiy texnik taraqqiyotining xususiyati muhandislik yechimlar turini keskin oshishi, materiallarning tezda almashinuvi, texnologik jarayonlar mashinalar konstruktsiyasi, boshqarish tizimlarining avtomatlashtirish darajasining oshishi, ilmiy yutuqlar natijasini ishlab chiqarishga tadbiq etish muddatlarini kamayishi hisoblanadi.
Beshinchidan – oliy maktabda jadallashayotgan ilmiy texnik taraqqiyotining ortib boradigan talablariga to‘la javob beradigan mutaxassislarni tayyorlash uchun o‘qitishni jadallashtirish, inson organizmini butun imkoniyatini, uning ongini o‘qitishda ishga solish zarur. Yangi simvolli ko‘rsatuvli o‘qitishni jadallashtirish zarur. Bu esa o‘quv jarayonida informatsiya berilayotganida, o‘quv materialini strukturalash va tizimga solish, o‘qitishni kompyuterlash o‘quv televideniesidan foydalanish taqozo etadi.
Oltinchidan – har qaysi odam tug‘ilgandan boshlab alohida individium hisoblanadi, ya’ni har kimning o‘ziga hos aqliy kurtaklari, ta’lim olishga qobiliyati bo‘ladi. Bundan kelib chiqqan holda, zamonaviy o‘qitish tizimining vazifasi insonning individual qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilmog‘i lozim. Unda ta’kidlanganidek «Yangi pedagogik va axborot texnologiyalari, tayyorgarlikning modul tizimidan foydalangan holda talabalarni o‘qitishni jadallashtirish» lozim.

Yüklə 118,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin